Mustaqil ish mazvu: pr qo`llanish sohalari


Download 264.2 Kb.
bet1/2
Sana28.12.2022
Hajmi264.2 Kb.
#1009748
  1   2
Bog'liq
Sultonova Marjona 1-mavzu Jamoatchilik



O`zbekiston Respublikasi Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti

MUSTAQIL ISH



Mazvu: PR qo`llanish sohalari
Fan nomi: Jamoatchilik bilan aloqalar asoslari
Guruh: 6-1 AXJA-22
Bajardi: Sultonova Marjona
Tekshirdi: Jamilova B.S.

PRning fan sifatida maydonga chiqishi va ilmiy asoslanishida amerikalik olim Edvard Bernayz xizmatlari alohida e’tirof etiladi. U 1919 yilda Nyu-Yorkda xususiy «piar-byuro»sini ochib, amalda jamoatchilik bilan aloqalarning samarasini ko‘radi. Bu borada tadqiqot olib borib, xulosalarini yozadi. 1923 yili uning «Jamoatchilik fikrining kristallashuvi» kitobi chop etildi. Bu asar PR fanining birinchi nazariy poydevori edi. O‘sha yiliyoq Nyu-York universitetida «Pablik rileyshnz» kafedrasi tashkil etildi. Rus tadqiqotchisi A.Chumikovning «Jamoatchilik bilan aloqalar» asarida qayd etilishicha, E.Bernayz o‘z faoliyatini shunday ta’riflagan: «1919 yili dastlabki ofisimni ochganimda «Pablik Rileyshnz maslahatchisi»ni tayinladim. U mijozlar fikrini tinglab, jamoatchilik bilan aloqalarni rivojlantirish yo‘lida xizmat qila boshladi»16. Shu tariqa nazariyotchilar PRning yangi-yangi qirralarini tadqiq qila boshladilar.


1924 yilda shveysariyalik taniqli psixolog Karl Yungning «Psixologik turlar» kitobi nashr etildi. Umuman, bu olimning asarlari jamoatchilikdagi turli guruhlar psixologiyasi xususiyatlari, ullardagi fikrning shakllanish jihatlarini o‘rganishga katta ta’sir etgan.


XX asrning birinchi choragidan boshlab AQSh, Angliyada PRga oid qator kitoblar nashr etildi. Ularda jamoatchilik bilan aloqalarning nazariy asoslari yanada chuqurroq ifodalab berilgan.
Sobiq mustabid tuzum davrida hukumat demokratiyani ta’minlashga xizmat qiladigan PRdan o‘z maqsadlari yo‘lidagina keng foydalanishsa-da ommaviy tusda u oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilmas edi. Shul bois, u fan sifatida tadqiq etilmasdi. Professor Narzulla Jo‘rayevning quyidagi fikrlari o‘rinlidir: «SSSR tarkibida turib hech qanday milliy ravnaq, ma’naviy taraqqiyot xususida gapirib bo‘lmas edi. Chunki yovuzlik va zo‘ravonlik asosiga qurilgan bu davlat bunday intilishlarga aslo yo‘l bermas edi». PRni tan olmagan va jamoatchilik fikri bilan hisoblashmagan komfirqa ko‘p narsa yutqazdi. Muallif amerikalik adiba Eyn Redning quyidagi fikrini keltiradi: «Insonni fikrsiz qulga aylantirgan yoki uning mehnati samarasini tortib oladigan, erkin tafakkur qilishdan mahrum etadigan yoki aqlga zid harakatlarga undaydigan jamiyat, mavjud qonunlari bilan insonning tabiiy talab-ehtiyojlari o‘rtasida qarama-qarshilik keltirib chiqaradigan jamiyat aslida jamiyat deb atalishiga ham arzimaydi. U – jinoyatchilar to‘dasi yoki olomondir».
Sobiq mustabid tuzum davri mafkurasi to‘g‘risida bu kabi juda ko‘p tanqidiy fikrlar yozildi. Shu yo‘sinda jamoatchilik fikriga mutlaqo quloq solmaslik va uni tan olmaslik harakatlari to‘g‘ri tanqid qilindi. «Imperiyalar milliy ongning uyg‘onishidan o‘t-suv balosidan qo‘rqqan kabi qo‘rqqanlar,– deb yozadi adabiyotshunos Ibrohim G‘afurov «Millatning billurlanishi» maqolasida.– Xalqning umum ishini o‘zi bir yoqadan bosh chiqarib qilishga qodirlik kasb etishi – uning millat bo‘lganligi belgisi va ko‘rsatkichidir»19. Bu fikr zamirida ham kishilarning o‘zaro fikr almashuvi asnosida «bir yoqadan bosh chiqarishi» g‘oyasi zuhur etilmoqda.
Yurtimiz mustaqillikka erishganidan buyon davlat boshqaruvi tizimida jamoatchilik bilan aloqalar amalda o‘z samarasii ko‘rsatmoqda. Buni har bir yetakchi tashkilot va muassasaning matbuot xizmati faoliyati misolida ham ko‘rish mumkin. Jamoatchilik fikrini o‘rganish barobarida jamoatchilikda fikr uyg‘otish, jamoatchilik fikrini shakllantirish muhim o‘rin tutadi. Bu hol demokratik o‘zgarishlar yanada chuqurlashayotgan jamiyatimizda hayot voqeligiga aylanib bormoqda.
Jamoatchilik fikrini o‘rganish – u bilan aloqalarda muhim mezon hisoblanadi. Funksiya deganda amaliyotda ko‘proq bu faoliyatni bajaradigan vazifalar nazarda tutiladi. V. Korolko ta’riflashicha, jamoatchilik bilan aloqalar umuman olganda 3 ta asosiy funksiyani bajaradi:

  1. Jamoatchilikning fikrini o‘rganish va uni kuzatish. PR orqali jamoatchilikning fikrini o‘rganish va faqat shu yo‘l bilan unga samarali ta’sir ko‘rsatish mumkin. Agar jamoatchilik fikri o‘z vaqtida o‘rganilmasa, unda ijobiy maqsadga erishilmaydi.

  2. Jamoatchilik harakatini kuzatish. Demak, jamoatchilikning nafaqat fikrini o‘rganish, balki, harakatini ham kuzatib borish muhimdir. Piarmen jamoatchilikning u yoki bu harakatlarida o‘zini qanday tutadi, shuni aniqlab olishi kerak. Yangi vaziyatlar vujudga kelgan sari, ijtimoiy kayfiyatlar o‘zgargan sari jamoatchilik o‘zini qanday tutmoqda, piarmenning fikricha qay tomonga o‘zgarmoqda, shuni oldindan bilishi taqozo etiladi. Aniqlik piar xodimi faoliyatida muhim o‘rin tutadi.

  3. Tashkilot bilan jamoatchilik o‘rtasida ikki tomonlama manfaatni ta’minlash. Bir tomonlama emas, ikki tomonlama manfaatni ta’minlab, shuning natijasida jamoatchilik bilan hamkorlikni ravnaq toptirish lozim. Bunda hamkorlikning ikki tomonlama foydasi bo‘ladi20.

Mana shu uchta asosiy funksiya jamoatchilik bilan aloqalarni tobora mustahkamlab borishda piarmen uchun juda zarur.


PR funksiyasi jamiyat ijtimoiy instituti sifatida yorqinroq ko‘rinadi. Hindiston davlatining sobiq rahbari Indira Gandi PRni «demokratiyaning yog‘i» deb atagan.
PR hokimiyat organlari va xalq, aholi va biznes, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, shaxslar va ijtimoiy guruhlar o‘rtasida aloqa o‘rnatadi.
Amalda PR demokratiya ravnaq topgan mamlakatlardagina rivojlanadi. Ayni vaqtda u demokratiyani rivojlantirishga ham xizmat qiladi. Bugungi kunga kelib esa piar dunyoviy fan sifatida keng quloch yoyyayotgani boisi ham shunda. PR – mohiyatan dunyoviy fan sifatida bizning ham ilmiy-ma’naviy xazinamizni boyitishga, tashkilotlarning jamoatchilik bilan aloqalarini yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi. 

Download 264.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling