Mustaqil ish Operatsion tizimlarda axborotga paketli ishlov berish bo’yicha rejalashtirish Guruh
Download 111.39 Kb.
|
operatsiyon tizimlar
10-rasm. Xotira manzillarini uskunada himoyalash sxemasi
Xotira va protsessorni uskunada himoyalashni tashkil etish Taymer bo’yicha uzilishlar. OT imtiyozli rejimda bajarilishi paytida monitor xotirasiga va foydalanuvchi xotirasiga cheklanmagan kirish huquqiga ega bo’ladi. base va limit registrlari qiymatlarini yozish komandasi imtiyozli hisoblanadi. Davriy (vaqti-vaqti bilan) uzilishlarni tashkil qilish uchun tizimda taymer – tizimli registr mavjud, bu registr- protsessor vaqtining har bir kvanti (takti) orqali kamaytiradigan maxsus vaqt buyrug’i qiymatini o'z ichiga olgan tizim registri hisoblanadi. Taymer qiymati nolga teng bo’lsa, uzilish paydo bo’ladi. Taymer bo’yicha uzilishlar qurilmalarning davriy so’rovlarini tashkil qilish, vaqtni taqsimlash rejimini amalga oshirish uchun (ma'lum vaqt oralig'idan keyin faol bo’lmagan jarayonlarni istisno qilish uchun) va joriy vaqtni hisoblash uchun ishlatiladi. Taymerga qiymatini yozish buyrug’i imtiyozli hisoblanadi. Qisqacha xulosa Kompyuter tizimi – protsessor, xotira va tashqi qurilma kabi modullardan tashkil topgan. Ularning har biri o’zining kontrolleri bilan boshqariladi va tizimli shina yordamida bog’lanadi. Zamonaviy kompyuter tizimlarida quyidagi modullar mavjud: protsessor, xotira, umumiy shina PCI, portlar – USB, COM, IEEE 1394, SCSI, HDMI va boshq. SCSI-port bir nechta qurilmalar zanjirini bog’lash imkonini beradi. Infraqizil port (IrDA) noqulay va eskirgan. Simsiz interfeys Bluetooth kompyuterni mobil qurilmalar, quloqchin bilan ulash imkonini beradi. Kompyuter tizimi modullari – protsessor, xotira va tashqi qurilmalar hamda ularning kontrollerlari – parallel ishlaydi. Kontroller lokal buferga ega bo’lib, bufer yordamida qurilmalar bilan almashish amalga oshiriladi. Optimallashtirish uchun – DMA rejimi qo’llaniladi. Bu asosiy xotira qismi bo’lib, bufer vazifasini bajaradi. Kiritish-chiqarish zaruriyati protsessor ma’lumoti asosida uzilish orqali bajariladi. Oxirida kontrollerdagi amallar ham uzilishilarni hosil qiladi. OT moduli hisoblangan uzilishlarni qayta ishlovchi qismdasturlar manzilini saqlovchi rezident vektor yordamida uzilishlar bartaraf etiladi. OT – bu uzilishlarni boshqaruvchi dastur sifatida qaraladi. OT tizimda kiritish-chiqarish sinxron va asinxron amalga oshirilishi mumkin. Kiritish-chiqarishni qayta ishlash uchun OT qurilmalar holatlari jadvalini saqlab turadi. Xotirani himoyalash maqsadida ikkita ish rejimi – foydalanuvchi (imtiyozsiz) rejim va OT yadro rejimi (imtiyozli) qo’llaniladi. Xotirani himoyalash uchun ikkita registr – tayanch va chegaralar registrlari ishlatiladi. OT vaqtni taqsimlash uchun taymer bo’yicha tizimli uzilishdan foydalanadi. Download 111.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling