Mustaqil ish Oquvchi: Azimova. X


Download 0.62 Mb.
bet3/10
Sana05.01.2022
Hajmi0.62 Mb.
#217920
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ayolar

Tuxumdon

  • tuxum hujayrani yetishtirib beradi. Tu¬xum hujayrani faqat mikroskopda ko'rish mumkin. Tuxumdonlar embrion juda erta rivojlana boshlaydi, homila olti oyligidayoq tuxumdonda ko'p miqdorda follikulalar paydo bo'ladi. Bu follikulalarning har birida bittadan jinsiy hujayra bor. Yupqa va tekis, bachadon shilliq qavati qiz bola balog'atga yetishi bilanoq estrogen gormoni ta'sirida yetuk endometriyaga aylanadi. Erkaklarning jinsiy hujayrasi spermatozoid ichki jinsiy a'zolar moyaklarda vujudga keladi. Urug' suyuqligi ko'pi bilan 6-7 gramm keladi. Jinsiy aloqa vaqtida erkak urug'i ayol qiniga tushadi.
  • Jinsiy aloqada qinga 200 milliontagacha erkak urug'i tushadi va u yerdagi nordon sharoitda ko'plari halok bo'¬ladi. Spermatozoid qinga tushgach taxminan 2 soatdan so'ng ayolning tuxum hujayrasi bilan bachadon naychasida uchrashishi mumkin. Bitta tuxum hujayraga juda ko'p spermatozoidlar intiladi, lekin tuxum hujayrani o'ragan nursimon toj va yaltiroq parda qarshilik ko'rsatadi. Sperma¬tozoidlar o'zidan maxsus modda ishlab chiqarib, u tuxum hujayra pardasini eritish xususiyatiga ega, lekin faqat bitta yoki bir nechtasi tuxum hujayra ichiga kirgach parda yana berkilib qoladi, ular qo'shilib bitta yadroga aylangach urug'lanish davri tugab, homiladorlik davri boshlanadi.
  • Homila — dastlabki 3-4 oy davomida follikula qoldig'i sariq tana yordamida o'sadi, so'ngra esa yo'ldosh yordamida o'sadi. Homila ona qornida 40 hafta, kalendar hisobi bilan 9 oy (280 kun) o'sadi. Shundan so’ng to'lg'oq tutib, bola tug'iladi. Agar ayolning bo'yida bo'lmagan bo'lsa hayz ko'radi, bunda bachadon shilliq qavatining ustki qavati ko'chib tushadi. Ayol har bir hayz ko'rganida 60-70 gr qon yo'qotishi mumkin. Qiz bola dastlab hayz ko’rganda hayz sikli bir xil bo'lmaydi. Ba'zi qizlarda dastlabki hayz har 3-4 haftada yoki 28 kunda takrorlanadi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling