Mustaqil ish o‘rta Osiyoda buddizmning tarqalishi


Download 254.74 Kb.
bet8/9
Sana24.12.2022
Hajmi254.74 Kb.
#1064079
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi O‘rta Osiyoda buddizmning tarqalishi

SINTOIZM (Sinto-xudolar yo'li demakdir). Yaponiyada keng tarqalgan, an'anaviy milliy xarakterdagi dinlardan biri. Bu din ilk feodalizm davrida (VI-VII asrlar) rivojlangan va urug'chiliq qabilachilikka xos animistik va shomonlik marosimlari yig'indisidan iborat holda vujudga kelgan. Sintoizm ta'limotida Yaponiyada joriy etilgan ijtimoiy-siyosiy tartibning mustahkamligi va o'zgarmasligiga, quyosh tangrisi-Amaterasuning naslidan deb hisoblangan yapon imperatori-Mikado hokimiyatining ilohiyligiga ishonish, imperator ajdodlarini muqaddas deb tan olish, ajdodlar sharafiga tayinlangan oila-urug' marosimlarini bajarish kabilar asosiy o'rin egallaydi. Sintoizmning puxta ishlangan aqidalari yo'q. Diniy marosimlarni kannushlar deb ataladigan alohida kohinlar ijro etadi. Kannushlik vazifasi nasldan-naslga o'tadi. Hozirgi vaqtda yaponlarning yarmida ko'pi Sintoizm bilan Buddizmni teng ko'rib, har ikkalasiga e'tiqod qiladilar; Hayotiy marosimlar-tug'ilish, nikoh kabilar Sintoizm ibodatxonlarida bajarilsa, dafn 'tish va marhumni xotirlash marosimlari buddaviylik ibodatxonalarida o'tkaziladi. Sintoizm bilan buddaviylikning bir-biriga ta'siri kuchli. Sintoistlar buddaviylik dini uchun ibodatxonalar qurish bilan cheklanmadilar, balki o'rta asrlarga kelib sinto-budda qo'shma ibodatxonalari vujudga kela boshlagan. Sintoizmning o'ziga xos xususiyati o'zi targ'ib qilgan xudoga sig'inish, boshqa millat kishilarining bu dinga sig'inishini man etishdan iborat. Sintoistlarning muqaddas kitobi bo'lmagan,ammo ibodatxonalarda yozilgan diniy afsonalar uchrab turadi. VIII asrga kelib og'zaki diniy afsonalar asosida «Kodziki» (Qadimgi ishlar to'g'risida yozuvlar) nomli diniy kitob paydo bo'ldi. Unda asosan imperatorlar sulolasining kelib chiqishi ilohiylashtirilgan.1886 yildan to XX asrning 40 yillarigacha Sintoizm yaponiyaning davlat dini hisoblanar edi. Natijada dinning strukturasi ham o'zgara boshladi, ilohiy ruhlar o'rniga imperator shaxsi ulug'landi. Sintoizmda milliy ibodatxonalar ko'plab qurildi. XIX asrning oxirlariga kelib mohiyatini yo'qota boshlagan Sintoizm 1945 yilda davlatdan ajrtib tashlandi. Hozirgi paytda Sintoizm tarafdorlari unchalik ko'p emas, ammo uni zamonga moslashtirishga urinishlar davom etmoqda.
IUDAIZM-Eng qadimgi dinlardan bo'lib, eramizdan oldigi XIII asrda yaxudiylarning milliy dini sifatida vujudga kelgan. Uning paydo bo'lishi va umstaqil monoteistik din din sifatida maydonga chiqishi markazlashgan yahudiy davlatining tashkil topishi bilan uzviy bog'liqdir.Hozirgi Falastin hududida qadimgi zamonlarda dehqonchilik va chorvachilik bilan shug'ullangan ko'chmanchi yahudiy qabilalari yashagan. Bu qabilalarda din sifatida animizm, magiya, fetishizm, sehrgarlik va turli o'simlik hamda hayvonlarga sig'inish hukmronlik qilgan. Yahudiy qabilalari o'zlarini muayyan hayvonlarning nomalari bilan ataganlar. Iudaizmning «muqaddas» kitoblar to'plamida hayvonlarni va o'simliklarni, tabiatdagi dahshatli, stixiyali kuchlarni, arvohlarni va boshqalarni e'zozlash izlari bor. Ruhoniylar iudaizmning obro'sini ko'tarish maqsadida yahudiylar «mumtoz xalq», unga dinni xudoning o'zi ato etgan, degan fikrni ilgari surardilar; hozir ham qisman. Buning isboti sifatida ular asrlar davomida jamiyatda sodir bo'lgan ulkan ijtimoiy o'zgarishlar iudaizm ta'limotiga hech qanday ta'sir ko'rsatmadi, u yagona milliy dinligicha qoldi, shuning uchun uning ijtimoiy va gneseologik ildizlari ham yo'q, deb jar solmoqdalar. Aslida esa yahudiy xalqining ijtimoiy – iqtisodiy sharoitiga muvofiq iudaizm, boshqa dinlar kabi, shakl va maxzmunini bir necha bor o'zgartirgan.Iudaizm politeizmdan monoteizmga o'tguncha bir qancha tarixiy jarayonni boshdan kechirgan. Bu jarayon ibtidoiy jamoa tuzumidan quldorlik jamiyatiga o'tguncha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi. Mana shu tarixiy davrda yahudiy qabilalari ko'p xudolarga e'tqod qilganlar.Har bir qabilaning, har bir urug', hatto shaharning o'z xudosi bo'lgan; moddiy olam hodisalarining har bir guruhi alohida xudoning nomi bilan bog'langan. «Sening shaharlaring qancha bo'lsa,xudolarning shahri ham shunchadir», deyiladi Tavrot yozuvlarida. Iudaizmda mahalliy avliyolar hisoblanmish Iso (Iisus), Navin, Ibrohim (Avraam), Ishoq(Isaak), Ёqub(Iakov), Yusuf(Iosif) va boshqalar. Bular boshqa dinlarda, jumladan islomda payg'ambar deb tan olingan.Falastindagi Ruvim, Simon, Levin va Iuda singari eng mashhur qabilalar obro'si ko'tarila boshlagan. Bularning orasida Iuda qabilasi kuchli hisoblanib, obro'si juda oshib ketgan, uning xudosi Yaxve esa barcha xudolardan yuqori turuvchi yakka hukmron xudo sifatida qabul qilingan.Ilohiyotchilar fikriga binoan, Bibliyaning birinchi besh kitobi bo'lmish Tavrot (aynan tarjimasi Qonun, Musoning besh kitobi) yahudiylarga yetkazish uchun Muso payg'ambarga xudo Yaxveining shaxsan o'zi Sinion tepaligida bergan. Bibliyaning boshqa qismlari esa (Qadigi ahdga taalluqlisi) xudoning bevosita pand-nasihatlari ta'siri natijasida yahudiylarining boshqa turli payg'ambarlariga yuborilgan deb tushuniladi. Shunda qilib, Bibliyani shakllanishi uzoq davrni o'z ichiga oladi.Hozirgi zamon iudaizmida isloh qilingan iudaizm bilan bir qatorda ortodoksal iudaizm (sof) fundamental iudaizm ham mavjuddir. Ortodoksal iudaizm Isroilda alohida mavqega ega bo'lib, rasmiy davlat dini hisoblanadi. Bunga XX asrda vujudga kelgan muhofazakor yo'nalishdagi iudaizm, uning mafkurachilari iudaizm va sionizm ittifoqining tarafdorlaridir. Markaziy Osiyoda yashayotgan yahudiy dindorlari orasida asosan ortodoksal shakldagi iudaizm mavjud va ular shartli ravishda etnik ko'rinishlar tartibiga muvofiq to'rt xil; yevropaliq buxoro, gro'zin, tog'li yoki tat yahudiylariga bo'linadi.

Bu joylardagi yahudiylarning asosiy qismi, keyinchalik ular Buxoro yahudiylari nomini olgan, chamasi, sosoniylar davrida Mavr va Eron orqali kirib kelgan bo'lsalar kerak.




Download 254.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling