Mustaqil ish O‘z mutaxassisligi bo‘yicha doklad yozish. Mavzu: vpn haqida!


Download 15.85 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi15.85 Kb.
#225346
Bog'liq
2-тема. Mustaqil ish doklad


Mustaqil ish 2. O‘z mutaxassisligi bo‘yicha doklad yozish.


Mavzu:

VPN haqida!

VPN hozirgi kunda ommalashib bormoqda. Hattoki uyimizdagi routerlada ham vpn-server va uning tezkor shifrlash xizmati kiritilgan. VPN o’zi nima v anima uchun bizga kerak?

VPN (Virtual Private Network) – inglizchadan “virtual shaxsiy tarmoq” deb tarjima qilinadi. Tarmoq nima? Ikki va bir nechta bog’lamlarni o’zaro axborot almashunuvi uchun mo’ljallangan imkoniyat. Shaxsiy tarmoq esa albatta keng omma uchun emas, ma’lum bir guruh uchunligini chunamiz. Shu ikki so’zni o’zidanoq VPN ikki va chegaralangan toifalar uchun o’ylab topilganini tushunamiz.

Birinchidan, bu xizmatdan foydalanadigan a’zolar, ma’lumotlar o’zaro almashinishi uchun va qolgan tarmoqlar bilan aralashib ketmaslik maqsadida markirovka qilishlari zarur. Ikkinchidan, bu tarmoq uchinchi tarafga oshkor bo’lmasligi uchun shifrlanadi. Uchinchidan, bu tarmoqqa ulanishni indifikatsionlash va boshlang’ich nuqtasini maxfiylash orqali shaxsiy qilib olinadi.

Bu uslubdan ko’pincha katta tarmoqli tashkilotlar o’z ishchilari ma’lumotni bemalol almashishi uchun VPN ulanishdan foydalanishadi. Masofaviy foydalanuvchini korporativ tarmoqqa ulashning yuqoridagi misoli eng odatiy VPN stsenariylaridan biridir. Foydalanuvchi o'zini xuddi uydagidek his qiladi - aniqrog'i, uyda, ta'tilda yoki ish safari paytida u o'zini ish joyida his qila oladi va korporativ xizmatlardan muammosiz foydalanishi mumkin.

Shu bilan birga, tajovuzkor ushbu foydalanuvchi aynan nima bilan shug'ullanayotganini, qanday ma'lumotlarni uzatayotgani va qabul qilayotganini shunchaki bila olmaydi. Bundan tashqari, o'z xavfsizligi bilan shug'ullanadigan kompaniyalarda xodimlar foydalanadigan barcha qurilmalar qayerda bo'lishidan qat'i nazar VPN ulanishlaridan foydalanishga majbur. Hatto internetdan foydalanish ham bu holatda korporativ tarmoq orqali va xavfsizlik xizmatining qat'iy nazorati ostida o'tadi!



Va nihoyat, VPN-dan shaxsiy foydalanish uchun yakuniy foydalanish turli xil tarmoq cheklovlarini chetlab o'tishdir. Masalan, ma'lum bir hududda blokirovka qilingan yoki o'z xizmatlarini ko'rsatmaydigan manba’larga kirish huquqini olish. GlobalWebIndex hisobotiga ko'ra, 2014 yilning o'zida 166 millionga yaqin kishi VPN-lardan ijtimoiy tarmoqlarga kirish uchun foydalangan.

Umuman olganda, VPN endi kerakli narsa bo'lib, doimiy ravishda ommalashib bormoqda. Albatta, biz ushbu texnologiya va uning imkoniyatlari haqida eng umumiy ma'noda gaplashdik - haqiqiy hayotda nafaqat texnik, balki qonunchilikni ham o'z ichiga olgan ko'plab nuanslar mavjud.
Download 15.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling