Mustaqil ish ro’zimurodova Zilola


Axloqiy tarbiya vazifalarini kuyidagilar


Download 353.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi353.97 Kb.
#1576883
1   2   3
Bog'liq
AXLOQ

Axloqiy tarbiya vazifalarini kuyidagilar: 
1. Bolalarda axloqiy his - tuyg‘ular, tasavvurlar va xatti-harakatlarni tarbiyalash. 
2. Xulq madaniyatini va ijobiy sifatlarni tarbiyalash.
3 Shasda axloqiy his-tuygularni tarbiyalash. 
4. Xulqdagi salbiy tomonlarni barham toptirish. 
Bu tarzdagi umumiy vazifalar yosh guruhlari buyicha aniqlashtiriladi va 
о‘quv-tarbiya jarayonining mazmunida о‘z aksini topadi. Axloqiy tarbiyaning 
asosiy tamoyillari quyidagilar: 
- g‘oyaviy va tarbiyaviy ishning ma’lum maqsadga qaratilganligi; 
- ta’lim - tarbiya ishiga bola shaxsini hurmat qilgan holda yondoshish; 


- axloqiy tarbiya ishini xayot va zamon bilan xamnafaslikda olib borish; 
- bolalarning faolligi;
- jamoada tarbiyalash; 
- tarbiyaviy ishning sistemalari va izchilligi;
- ta’sirchanligi; 
- oila, bog‘cha, hamda kattalar tarbiyaviy ta’sirining birligi; 
- boladagi ijobiy sharoitlarga suyanish, 
- bola shaxsini xar tomonlama rivojlantirishni kо‘zda tutish. 
Bolalar bog‘chasida axloqiy tarbiya berish har xil vositalar yordamida 
amalga oshiriladi. Avvalo, bolalarni har xil faoliyatlar vositasida kattalar mehnati 
bilan tanishtirish, mashg‘ulotlarda va mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda ta’lim 
berish kun davomidagi maishiy faoliyatda mustaqil badiiy faoliyatda, kо‘ngil 
ochishlarda qatnashtirish orqali bu ish hal etiladi. Xar xil bayramlar San’at vositalari 
ijtimoiy xayot voqealari, bolalar baiiy adabiyoti, musiqa, ashula, tasviriy va amaliy 
san’at, о‘yinchoq va о‘yin materiallari, ommaviy axborot vositalari, oynai jaxon va 
radio, kino va diafilmlar, diapozitivlar va boshqalar bolalarning axloqiy tarbiyasiga 
katta ta’sir kо‘rsatadi. Bunday vositalardan ma’lum bir izchillik va sistemalilik bilan 
foydalanilgandagina bolalarning axloqiy tarbiyasiga ijobiy ta’sir kо‘rsatish 
mumkin. 
Yuqoridagi aytilganlardan xulosa shuki, axloq Odob o‘zbek millati 
hayotinipg mazmuni hisoblanadi. Kayerda, qaysi jamiyatda, qaysi davlatda 
yaxshi xulq qaror topsa, o‘sha jamiyatdagi kishilarning hayoti farovon, 
turmushi tinch, odamlari boy-badavlat bo‘ladi.


Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga axloqiy terbiya berishda har xil metod 
va usullardan foydalani-ladi. 
Axloqiy tarbiya metodlari - bolalarning axloqiy tasavvur va bilimlarini egallab 
olishi, ularda mada-niy xulq va ijobiy munosabatlarni, shaxsning axloqiy his-tuyg‘ulari 
va sifatlarini tarbiyalashga qaratilgan faoliyat usulidir. Axloqiy tarbiya metodlari 
quyidagi guruhga bо‘linadi. 
1-guruh: axloqiy tasavvur va bilimlarni, ularni bajarish xohishini shakllantirishga 
qaratilgan metod-lar. 
2-guruh: axloqiy his-tuyg‘ular va munosabatlarni rag‘batlantirishga qaratilgan 
yordamchi metodlar. 
Hamma guruh metodlari axloqiy his-tuyg‘ular va shaxsiy sifatlarni tarbiyalashni 
ta’minlaydi. Shu-ningdek, kо‘rsatmali, og‘zaki metodlar, tushuntirishni kо‘rsatish bilan 
qо‘shib olib borish. Tarbiyachining hikoyasi, о‘qib berish, axloqiy mavzularda suhbatlar 
(rasmga qarab, tajribaga asoslanib, о‘qilganlar bо‘yi-cha), kuzatish, rasmlarni 
namoyish qilish, bolalar ada-biyoti va hayotdagi ijobiy misollardan foydalanish asosida 
olib boriladi. 
Yuqorida keltirilgan hamma metodlar orqali bolalarga axloqiy meyor va 
qoidalar, ijtimoiy hayot voqealari о‘rgatiladi, ularda axloqiy tasavvur va tu-shunchalar 
shakllantiriladi. 
Bu metodlarga quyidagi asosiy talablar qо‘yiladi: bolalarning yaxshilik va 
yomonlik tо‘g‘risidagi tasavvur-larini e’tiborga olish, aqliy, xulq-atvor meyorlari-ni 
muhokama qilish uchun maxsus yaratilgan vaziyatda bolalarning о‘zlarini faol 
qatnashtirish, har bir bola-ning his-tuyg‘usiga ehtiyotlik bilan munosabatda bо‘lish. 
Bolani noо‘rin tanqid qilish, uning ustidan kulish, unga nisbatan e’tiborsizlik qilish 


yaramaydi. Hamma metodlardan ma’lum izchillik bilan kompleks ravishda 
foydalaniladi. 
Har bir metod о‘ziga xos bо‘lib, ma’lum vazifani bajaradi. Buni bir qator misollar 
orqali kо‘rib chiqamiz. Tushuntirish kо‘pincha bolalarga yangi axloqiy tushuncha, 
meyor, qoida bayon qilib borilayotganda ish-latiladi. Tushuntirish kattalarning jonlya 
sо‘zi va namunasiga asoslanadi. Masalan: rо‘paradan kelayotgan tanish kishiga 
xushmuomalalik bilan salom berish uchun avvalo, bir oz tо‘xtab, u kishining yuziga 
qarab kulim-sirab «Assalomu alaykum» deyish va yana yо‘lida davom etish kerak. 
Tushuntirish va kо‘rsatish tabiiy holda bо‘lishi kerak. Axloqiy mavzulardagi suhbatni 
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning hamma guruhlarida qо‘llash mumkin. 
Tushuntirish yorqin bо‘lib, bolalarning his-hayajoniga yetarlicha ta’sir etishi kerak. Bu 
metodning asosiy vazifasiga quyidagilar kiradi: 
— bolalarda ijobiy-axloqiy hislarni uyg‘ota olish, ertak kahramonlariga 
hamdardlik bildirish hamda yutug‘idan quvonish va muvaffaqiyatsizligiga birgala-shib 
achinish; 
— bolalarga tushunarsiz bо‘lgan ayrim axloq qoidalarining mazmunini ochib 
berish; 
— axloqiy mavzulardagi hikoyalardan mashg‘ulotlarda, sayrlarda, bolalarning 
о‘z hayoti bilan bog‘liq bо‘lgan joylarda foydalanish. Axloq mavzulardagi suhbatlar 
orqali bolalar axloq meyorlari va qoidalarini, ijo-biy xulq shakllarini egallabgina 
qolmay, shu bilan bir qatorda ularda axloq qoidalari va meyorlariga nisbatan talab 
yuzaga keladi. 
Bolalarning axloqiy tajribalarini kengaytirib borish xulqning axloqiy sabablarini 
aniqlab borish kerak. Suhbat jarayonida bolalar о‘z fikr-muloha-zalarini aytishlariga 
keng imkon beriladi. Shunda ular har bir xatti-harakatini ongli ravishda, axloq 
meyorlari va qoidalari doirasida bajarishga urina-dilar. 


Shuningdek, bolalarga badiiy adabiyotlarni о‘qib berish, san’at asarlari va amaliy 
san’at buyumlarini tomosha qilish, musiqa va ashula eshitish bolalarda estetik hisni 
uyg‘otadi hamda axloqiy qoida va meyor-larni singdirib boradi. 
Amaliy va о‘yin metodlari — о‘yin mashqlar, muam-moli vaziyatlar, 
izlanuvchanlik faoliyati, pedagogik masalalarni yechish, didaktik va harakatli, 
sahnalash-tirilgan о‘yinlar inssenirovka bolalarning hamma faoliyatiga rahbarlikni 
ham shu guruh metodlariga kiritish mumkin. 
Metodlar axloqiy tasavvur va tushunchalarni mustahkamlashga, bolalarda 
axloqiy tajribani tо‘p-lashga, axloq meyorlari va qoidalarini ongli ravishda egallab 
olishga yordam beradi. 
О‘yin kichik bog‘cha yoshidagi bolalar uchun mashq hisoblanadi va axloqiy xо‘lq 
va odatlarni tarbiya-lashning eng ta’sirli usulidir. Unga qoidalarni mashq qildirish — 
foydali odatlarni qaytarish kabi-lar kiradi. 
Muammoli vaziyat о‘zining ahamiyati jihatidan mashqqa juda yaqin turadi, 
ammo uning о‘ziga xos tomo-ni bolada faollik, ijodkorlik, mustaqillik namoyon bо‘lishi 
uchun sharoit yaratadi. Dastlab hikoya — vaziyat (tugallanmagan hikoya) tavsiya 
etiladi, masalan, birorta hikoya ma’lum yerida tо‘xtatiladi. Tarbiyachi bolalarga 
hikoyadagi qahramonlar xulqini baholashni tavsiya eta-di. Bolalarning javoblari 
muhokama etiladi va hikoyadagi ijobiy insoniy xulq haqida bir fikrga kelinadi. 
Axloqiy tarbiya metodlaridan tarbiyachi bolalarda ijobiy axloqiy sifatlarni 
mustahkamlash bola xulqidagi saibiy tomonlarni bartaraf etish maqsadida 
foydalaniladi. Bunda tushuntirish, ishontirish, suhbat shakllari qulay bо‘ladi. 
Rag‘batlantirish va jazolash axloqiy tarbiyaning qо‘shimcha metodi bо‘lib, u asosiy me-
todlarga ta’sir etishning о‘ziga xos vositasi bо‘lib xiz-mat qiladi. Tarbiyachi boladagi 


ijobiy xatti-harakatni faollashtirish yoki bо‘lmasa, bolani yomon qiliqlardan qaytarish 
uchun rag‘batlantirishdan foydalaniladi. 
Bolalar bog‘chasida rag‘batlantirish shakllari: maqtash, ma’qullash, bolaga 
о‘yinda bosh rolni berish. Jazo shakllariga esa tanbeh, ma’qullamaslik, yaxshi kurgan 
о‘yinchog‘ini bermaslik kiradi. Jismoniy jazo qat’iyan man etiladi. Jazoning bosh 
vazifasi yuzaga kelgan nizolarni bartaraf etish, yangisining yuzaga kelishiga yо‘l 
qо‘ymaslik. 
Axloqiy odatlarni tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlari quyidagilardan 
iborat: 
1. Axloqiy tarbiya jarayonini insonparvarlashti-rish, ya’ni pedagog va 
bolalarning о‘zaro munosabatlari bolaning shaxsiga nisbatan hurmat bilan qarashga 
asoslanishi kerak. 
2. Pedagogik jarayonni shunday tashkil etish ke-rakki, unda bolaning о‘zi ijobiy 
odatlarni egallab borish, salbiy xususiyatlarni yо‘qotishga intilsin. 
3. Axloqiy tarbiya bolaning ijobiy xulqiga asosla-nib amalga oshirilishi zarur. 
4. Bolani tarbiyalash uchun yaxshi hissiy muhit yara-tish kerak. Jazolash va 
qо‘rqitish bilan ijobiy axloqiy sifatlarni tarbiyalab bо‘lmaydi. 
5. Bolada axloqiy odatlarni shakllantirish uchun undagi ma’lum odatlarga 
asoslanish kerak. 
6. Ijobiy odatlarni yuzaga keltirish uchun qizi-qarli faoliyatlarni tashkil etish 
kerak. Shunday qilib, bolalarning axloqiy tasavvur va tushunchalarni egallab olib, uni 
kundalik odatga aylantirishlari uchun bolalarning kattalar rahbarligidagi faoliyatni 
tashkil etish lozim. Demak, tarbiyachi bola shaxsida ax-loqiy his-tuyg‘ularni tarbiyalash 
uchun hamma vosita va metodlarni qо‘llasa, yaxshi xulq namunalarini о‘rgatish ancha 
oson kechadi. 


ADABIYOTLAR RO`YXATI 

Download 353.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling