Mustaqil ish samarqand davlat arxitektura va qurilish instituti fuqarolik jamiyati fanidan
Download 27.46 Kb.
|
XOLBEKOV.A
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fuqarolik jamiyati insoniyat taraqqiyotining yuqori bosqichi. Fuqarolik jamiyati g’oyalar evolyutsiyasi.
- 2. Fuqarolik jamiyati g’oyalar evolyutsiyasi.
- 3. O’zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlantirish strategiyasi.
- Фойдаланилган адабиётлар рўйхати
MUSTAQIL ISH SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA VA QURILISH INSTITUTI Fuqarolik jamiyati fanidan 301-guruh 3-kurs QMB va KICH guruhi talabasi XOLBEKOV.A Samarqand – 2020 Fuqarolik jamiyati insoniyat taraqqiyotining yuqori bosqichi. Reja. Fuqarolik jamiyati insoniyat taraqqiyotining yuqori bosqichi. Fuqarolik jamiyati g’oyalar evolyutsiyasi. O’zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlantirish strategiyasi. Insoniyat taraqqiyotining barcha davrlarida fuqarolik jamiyatini qurish eng ezgu g‘oya sifatida amal qilgan. Unga erishish uchun turli darajadagi nazariy qarashlar ilgari surilgan. Bir guruh olimlar fuqarolik jamiyatini qurish g‘oyasi G‘arb tamadduni mahsuli sifatida amaliyotga tadbiq etilmoqda deb hisoblamoqdalar, aslida SHarq mamlakatalarimutafakkirlari ijodida bu masalaga oqilona yondashuv uch ming yil ilgari shakllangan. Ijtimoiy taraqqiyotning ma’lum davrlarida sharq mamlakatlari etakchilik mavqeini egallagan. Har qanday fan, o‘z mohiyatiga ko‘rat umumbashariydir. Dunyo xalqlari katta-kichikligidan qatiy nazaruning rivojiga hissalarini qo‘shgan. SHu nuqtai nazardan fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish to‘g‘risidagi g‘oyalar, bilimlar bir yoqlama bo‘rttirish yoki kamsitish noto‘g‘ri yondoshuvdir. Fuqarolik jamiyati va uning tushunchalari Markaziy Osiyo ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotining yorqin namunasi “Avesto” muqaddas kitobida yoritilgan. 2001 yilda millat ma’naviy madaniyatining eng qadimgi manbasi “Avesto”ning 2700 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A. Karimov: “ ... bu noyob asar bebaho tarixiy hujjat bo‘lib, u biz yashagan bu qadim yurtda, bu zaminda o‘zining madaniyati va boy ma’naviyatiga ega bo‘lgan buyuk davlat bo‘lganligidan, ajdodlarimizga, asrlar davomida bitmas tuganmas quch vaqudrat va tayanch sifatida xizmat qilganligidan dalolat beradi” debalohida e’tirof etgan. Darhaqiqat, “Avesto”ning bosh g‘oyasi “ezgu fikr, ezgu maqsad, ezgu amal” har qanday jamiyat va insonlararo munosabatlarning ma’naviy asosi ekanligidan dalolatdir. Adolatli davlat boshqaruvi, uning mukammal nazariy asoslarini yaratish borasida ulkan ilmiy meros qoldirgan o‘rta asrlar mutafakkiri, davlat arbobi Nizomulmulkning “Siyosatnoma” asari muhim manba hisoblanadi. U amaldorlarni axloqiy fazilatlariga qarab tanlash, adolat va insofni oyoq osti qiladigan kishilarni davlat ishlariga aralashtirmaslikni, davlatni boshqarishda kengash bilan olib borish, faoliyatlarni muntazam nazorat qilish, itoat, ijro va sifatlari to‘g‘risidagi qarashlari bilan ahamiyatlidir. Ayniqsa, Nizomulmulkning«Ko‘pchilik bo‘lib qabul qilingan tadbir eng savobli bo‘ladi va shunday yo‘l tutish kerak» degan fikrlari ajdodlarimizning davlat qurilishining adolatli tartibotlarigakatta e’tibor berganligidan dalolatdir. 2. Fuqarolik jamiyati g’oyalar evolyutsiyasi. Fuqarolik jamiyatining antik konseptual ta’limotida jamiyat va davlat fenomenlarining uzviyligi qadimgi yunon dunyoqarashining muhim xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Xususan, Aflotunning (mil. av. 427–347 y.) “Davlat” dialogida fuqarolarning shaxsiy va ijtimoiy hayotini ajratishgina emas, ijtimoiy sohani hozirgidek zamonaviy talqinda, siyosiy faollik sifatida tushunilgan. Bunda jamiyat hayotining siyosiy jihatlari, fuqarolik jamiyati tizimining umumiy tavsifi sifatida namoyon bo‘ladi. Fuqarolik jamiyati g‘oyasining keyingi rivoji Aflotunning shogirdi Arastu(mil. av. 384–322 y.) ijodi bilan bog‘liq. Ustozi kabi Arastu ham eng mukammal jamiyat g‘oyasini ishlab chiqishga diqqat e’tiborini qaratadi, biroq fuqarolik jamiyati g‘oyalari tarkibida bu masala o‘zgacha nazariy jihatlarni tashkil qiladi. Uni ko‘proq ijtimoiy transformatsiya emas, balki davlat tuzilmasidagi o‘zgarishlar qiziqtiradi. Bundan tashqari Arastu o‘zining nazariy ishlanmalarida davlat haqidagi mavhum g‘oyaga tayanishni emas, jumladan Aflotunga xos bo‘lgan, balki voqe’likda mavjud bo‘lgan boshqaruv shakllarini solishtirish, qiyosiy tahlil qilishga tayanadi, bu jihat esa uning davlat va jamiyat borasidagi pozitsiyasini konkretroq bo‘lishini ta’minlaydi. Fuqarolik jamiyatining tarixiy ko‘rinishlari ifodasi Evropa-O‘rta er dengizi an’anasi asosida fuqarolik jamiyatining dastlabki ko‘rinishlari – Uyg‘onish davridagi italyan shahar-davlatlariga borib taqaladi. Bunda fuqarolik jamiyati shahar boshqaruvi tizimiga asoslangan, muayyan shahar doirasidagi, ijtimoiy munosabatlar tizimi sifatida harakterlanadi. Qadimgi rim mutafakkiri Mark Tuliy Sitseron (mil. av. 106-43 yillar) ham jamiyat va davlat (respublika)ni tenglashtiradi. Sitseronning «Davlat haqida» va «Qonunlar haqida» asarlari davlat va huquq muammolariga bag‘ishlangan. Davlat Sitseron talqinida qadimgi yunon mutafakkirlarining konsepsiyalaridagi kabi davlatning barcha erkin a’zolari umummanfaat ifodasi sifatidagina emas, balki bu a’zolarning o‘zaro kelishilgan huquqiy munosabatlari majmui, muayyan huquqiy tuzilma, «umumiy huquqiy tartibot» sifatida ham namoyon bo‘ladi. Sitseron davlat tushunchasiga birinchilardan bo‘lib huquqiy tus beradi, bu ta’limot keyinchalik juda ko‘p mutafakkirlar, shu jumladan «huquqiy davlat» g‘oyasining hozirgi tarafdorlari tomonidan ham e’tirof etiladi.
Fuqarolik jamiyati haqida turlicha tarixiy va metodologik yondashuvlar va interpretatsiyalarni inkor etmagan holda, yangi davrda fuqarolik jamiyati konseptuallashuvi jarayonida muhim rol o‘ynagan Uyg‘onish davri olimlardan biri Nikolo Makiavelli (1469–1527) bo‘lib, u pragmatik, tajribaviy ijtimoiy fanga asos soldi. Fuqarolik jamiyati Makiavelli uchun sinfiy, partiyaviy qarama-qarshi qiziqishlar majmuidir. Unga ko‘ra fuqarolik jamiyati xalqdan axloqiy asosni – ezgulik va fazilatni, ijtimoiy qiziqishlar va respublika tuzilmasi qiziqishlari oldida burchni his qilish va jasoratni talab qiladi. Boshqacha qilib aytganda, u erkin individlar uchun munosib birlashma bo‘ladi. Davlatni himoya qilish uchun hukmdor qo‘lidagi barcha vositalarni ishga solishi kerak bo‘ladi, yolg‘on, shafqatsizlik hatto urush ham bundan mustasno emas. Davlat qiziqishlari unda birlamchi ahamiyat kasb etgan. Makiavelli davlatning mutlaqo mustaqilligini talab qilgan, cherkovdan ham, ya’ni davlat va umuman siyosat sohasining sekulyarizatsiyasi tarafdori bo‘lgan. U davlat boshqaruvining o‘ziga xos siyosiy mahorat maktabini yaratadi, unda hech qanday axloqiy normalar bilan hisoblashmay, “maqsad har qanday vositani oqlaydi” degan tamoyilni ishlab chiqqan. Zamonaviy tadqiqotchilar ta’kidlashicha, demokratik qayta qurish g‘oyalari va fuqarolik jamiyati shakllanishi yosh xivaliklar va yosh buxoroliklar uyushmalari dasturlarida o‘z aksini topgan. Ular jadidlar liberal harakati sifatida nafaqat ijtimoiy munosabatlarni isloh qilishda, balki 1920 yilda Xiva va Buxoroda xalq namoyishlarida ishtirok etganlar. Turkiston avtonomiyasi uchun kurashgan jadidlar, mustaqillik uchun harakatga munosib hissasini qo‘shgan. Huquqiy davlatni fuqarolik jamiyati rivojlanishining natijasi va uning o‘zini o‘zi yanada takomillashtirishi omili deb hisoblash mumkin. Huquqiy davlatchilikning shakllanish jarayoni, hech shubhasiz, ancha uzoq vaqt davom etadi. U fuqarolik jamiyati shakllanishi bilan birga takomillashib boradi. Har bir davlatda bo‘lganidek, huquqiy davlat hokimiyatining suverenligi ham mamlakat ichida uning barcha fuqarolarga va ular tashkil etuvchi nodavlat tashkilotlariga nisbatan ustunligida va undan tashqarida davlatning tashqi siyosatni yuritish, boshqa davlatlar bilan munosabatlar o‘rnatishda va mustaqilligida namoyon bo‘ladi. Etuk fuqarolik jamiyatisiz huquqiy demokratik davlat qurish mumkin emas, chunki ongli erkin fuqarolargina kishilik jamiyatining eng oqilona shakllarini yaratishga qodirdirlar. SHunday qilib, fuqarolik jamiyati erkin individ va markazlashgan davlat xohish-irodasi o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in hisoblansa, davlatning vazifasi parchalanish, tartibsizlik, tanglik, tanazzulga qarshi ish ko‘rish, erkin shaxsning huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat. Huquqiy davlat – bu shunday bir davlat hokimiyatdirki, u huquq normalariga binoan, va ularning doirasida ish ko‘radi, bu normalarni buzish, bekor qilish yoki cheklashga jur’at etmaydi, fuqarolar va ularning birlashmalarining uzviy tabiiy-tarixiy huquqlarini e’tirof etadi. Фойдаланилган адабиётлар рўйхати: 1. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. Тошкент, “Ўзбекистон”, 2014. 2. Каримов И.А.. “Биздан озод ва обод Ватан қолсин”. Тошкент, “Ўзбекистон”, 1996. 3. Каримов И.А.. “Янги уй қурмай туриб – эскисини бузманг”. Тошкент, “Ўзбекистон”. 1993. 4. Каримов И.А. “Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаёт – пировард мақсадимиз”. Тошкент, “Ўзбекистон”. 2000. 5. Каримов И.А. “Ўз кежагимизни ўз қўлимиз билан қурмоқдамиз”. Тошкент, “Ўзбекистон”. 1999. 6. Каримов И.А. “Ўзбекистон келажаги буюк давлат”. Тошкент, “Ўзбекистон”. 1992. 7. Каримов И.А. “Адолатли жамият сари”. Тошкент “Ўзбекистон”. 1998. 8. Каримов И.А. “Янгича фикрлаш ва ишлаш – давр талаби”. Тошкент, “Ўзбекистон”. 1997 9. Одилқориев Х.Т. Сиёсий маданият.Тошкент., ИИВ Академияси нашрёти. 2004. 10. Одилқориев Х. Т. Ўзбекистонда фуқоролик жамиятининг моҳияти ва қадриятлари тизими //Ўзбекистонда фуқоролик жамиятини шакллантириш: муаммолар ва ечимлар. – Т., 2004. Download 27.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling