Mustaqil ish симсиз гетерогенли алоқа тармоқларида боғланишларни таъминлаш методлари таҳлили. Bajardi: 026-18 Sultonov M. Toshkent 2021
OCDMA tarmoqlarini kelib chiqishi
Download 0.7 Mb.
|
[Переслано от Nosa Arslonov Nosirjon Izzatulla o`g`li] [ Фотогра
4.OCDMA tarmoqlarini kelib chiqishi.
Keng polosali tarmoqlarning rivojlanish bosqichlari 1990 yillardan boshlandi va jadal suratlar bilan foydalanuvchi kirish tarmoqlarida paydo bo'la?tgan muammolar, ya'ni multiservis xizmatlarini taqdim etishga bo'lgan tezlikni ta'minlash uchun turli simli va simsiz texnologiyalar kashf etildi: ADSL, kabel modem va WiFI texnologiyalari birinchi bosqichida va ikkinchi bosqichida ADSL2+, HDSL, VDSL2, WiMax, Fibre-to-the-x(FTTx) va HSPDA, va LTE texnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutlarida rivojlantirildi. Ikkinchi bosqichdagi texnologiyalar foydalanuvchilarga multiservis xizmatlar ya'ni yuqori tezlikdagi internet. ovozli va video aloqa shuningdek televideniya xizmatlaridan foydalanishga yo'l ochdi. Foydalanuvchilarning paketli tarmoqga ulanish imkoniyati VoIP xizmatini tashkil etilishi aloqa tashkil etish narxini arzonlashishiga sabab bo'ldi va turli xil ilovalar ?rdamida xalqaro qo'ng'iroqlarni amalga oshirishga qulaylik yaratdi. Keng polosali tarmoqlarda ADSL texnologiyasi asosida ovozli va internet xabarlarini yuborish, "double-play" nomini oldi va tarmoqning evolyutsiyasi natijasida "triple-play" xizmatlari ya'ni ovozli, internet va video xizmatlari taqdim etila boshlandi. ADSL keng polosali tarmoqlarda eng keng tarqalgan texnologiya xisoblanadi, bu texnologiyadan 1990 yillar boshida foydalanish boshlangan. Yuqori sifatli video(HDTV) xizmatlarini keng polosali tarmoqlar bo'yicha uzatish ortib borgan sayin foydalanuvchi kirish qismining tezligiga bo'lgan talabni ortishiga olib keldi va natijada optik tolali kirish tarmoqlaridan foydalanish samarali ekanligi aniqlandi, va foydalanuvchilarga multiservis xizmatlarni taqdim etishdagi muammolar hal bo'ldi. Hozirda optik kirish tarmoqlarida turli multipleksorlash usullari mavjud, TDMA, WDMA, OCDMA multipleksorlash usullari eng afzal deb topilgan usullardan bo'lib, WDMA usuli GPON texnologiyasida keng qo'llanilib kelinmoqda. Bazi kamchiliklariga qaramasdan OCDMA tizimi qolgan multipleksorlash usullaridan afzal sanalmoqda.Bir modali optik tolaning juda yuqori uzatish imkoniyati va signalning so'nish darajasi pastligi tufayli, transport tarmoqlarda va abonent kirishtarmoqlarida optik toladan foydalanish texnik va iqtisodiy tamondan samarali ekanligi aniqlangan. Ko'p modali optik tolada signalni uzoq masofaga uzatish imkoniyati mavjud emasligi tufayli, lokal tarmoqlarda foydalaniladi. Bitta kanal orqali mul`tiservis xizmatlarni taqdim etishda abonent kirish tarmoqlarida yuqori tezlikli uzatishni ta'minlash muhim sanaladi va mul`tipleksorlash usulidan foydalanish talab etiladi. Hozirgi kunda ko'plab telekom operatorlari tomonidan PON texnologiyasini abonent kirish tarmoqlarida qo'llanilmoqda va ITU-T va IEEE tashkilotlari tomonidan ko'plab PON standartlari taklif etilmoqda. Abonent kirish tarmoqlarida FTTx texnologiyasi mavjud mis simli texnologiyaga nisbatan takomillashgan texnologiya sifatida qaralmoqda. O'tgan yillar mobaynida rivojlangandalatlarda ushbu texnologiyani keng tadbiq qilindi.2.1-rasmda soddalashtirilgan passiv optik tarmoq arxiteturasi keltirilgan, nomidan ma'lumki ushbu tarmoqda stantsiya va foydalanuvchi o'rtasida aktiv komponentlar mavjud emas. Aktiv qurilmalar faqatgina stantsiya va foydalanuvchi qismdagi qurilmalarda bo'ladi. Markaziy ofis(stantsiya) tamondan standart bir modali optik tola va foydalanuvchiga yaqin joyda passiv optik splitter 1:N shaklida joylashtiriladi. Passiv optik splitterdan chiqgan optik tola foydalanuvchilarning uyi yaqinidagi kommutator(ko'p qavatli uylarning yo'lagida joylashtirilgan)ga ulanadi ?ki foydalanuvchining modemiga ulanadi. Hozirgi standardlarda keltirilishicha passiv optik liniyadan uzatila?tgan signalning masofasi chegaralangan, maksimum 20 km. Foydalanuvchi va markaziy stantsiya o'rtasidagi passiv komponentlar optik taqsimlangan tarmoq deb nomlanadi. PONda uzatila?tgan signalning quvvatiga bog'liq holda foydalanuvchilarning soni 2-128 orasida bo'ladi, ammo odatda 2,4,8,16, 32, 64 tadan iborat splitterlar foydalaniladi. Markaziy stantsiyadan foydalanuvchilar tomon 1490 nm to'lqin uzunlikdagi signal uzatiladi va tarqatila?tgan video 1550 nm to'lqin uzunlikda bo'ladi. Uzatila?tgan signal tarqatish usulida va tanlangan usulda; uzatila?tgan internet ma'lumotlari va televideniya video signallari har bir foydalanuvchining MAC addresiga yuboriladi va foydalanuvchi qabul qila?tgan internet paket ma'lumotlarini MAC addresiga ko'ra ajratib oladi. Foydalanuvchi qismida ONUdan markaziy stantsiya tomonga internet ma'lumotlari 1310 nm to'lqin uzunlikda uzatiladi. Televideniyaning video ma'lumotlari faqat bir tomonga uzatiladi, ya'ni foydalanuvchi faqat qabul qiladi. Foydalanuvchilar ma'lumotlarini bir vaqtda uzata?tganda signallar orasida kolliziya(interferentsiya)ni oldini olish uchun ko'p kirishli protokoldan foydalaniladi, masalan kanallarni vaqt bo'yicha ajratish usuli(TDMA) har bir foydalanuvchi uchun vaqt yacheykalari ajratiladi.Bunday turdagi passiv optik tarmoq TDM PON deb nomlanadi. ONU foydalanuvchilarning uyida, offisda, uylarning yo'lagida ?ki boshqa joylarda o'rnatilishi mumkin. FTTx (fiber to the x. -to-the-home/office/business/neighborhood/curb/user /premise /node). Agar optik tola foydalanuvchining uyidagi terminalgacha kelmagan bo'lsa, kommutatordan foydalanuvchining uyiga qadar UTP mis kabel olib kiriladi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling