Mustaqil ish Statistika bu?
Download 227.77 Kb.
|
Mustaqil ish
Mustaqil ish 1.Statistika bu? 2.Statistika nima uchun kerak? 3.Iqtisodiyotda rivojlantirishda statistikaning ahamiyati 4.Insonning shaxsiy rivojlanishida statistikaning oʻrni 5.Guruhingizda statistik kuzatish olib boring. 1.Statistika— turli hodisalar va jarayonlarni miqdoriy hisoblash, maʼlumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish yoʻli bilan ijtimoiy hayotning umumiy qonuniyatlarini oʻrganadigan ijtimoiy fanlar tarmogʻi. Tor maʼnoda Statistika bironbir hodisa yoki jarayon toʻgʻrisidagi jamlanma maʼlumotlar (koʻrsatkichlar) majmui (toʻplami)ni bildiradi. Statistika murakkab va sertarmoq fanlar majmuidan iborat boʻlib, ijtimoiy hayotning xilmaxil hodisalarini oʻrganadi va tahlil etadi. 2.Demografik statistika mehnat, aholi bandligi statistikasi; ijtimoiy statistika — aholi turmush tarzini tavsiflaydigan koʻrsatkichlar tizimini va ijtimoiy hayotning turli masalalarini oʻrganadi va h.k. Ularning asosiy vazifasi xalq xoʻjaligi tarmoqlaridagi, jamiyat hayotining ayrim sohalaridagi ijtimoiyiqtisodiy jarayonlarni tavsiflaydigan koʻrsatkichlar tizimini oʻrganish va ishonchli, ilmiy asoslangan maʼlumotlarni aks ettirishdan iborat. Bu vazifalarni bajarish uchun statistika fanida yalpi statistik kuzatish, hodisalarning oʻziga xos tomonlari, xususiyatlari va ular oʻrtasidagi aloqalarni aks ettiradigan koʻrsatkichlar tizimlari, statistik guruhlash natijalari boʻlgan yigʻma va kombinatsiyalashgan jadvallar kabi vosita usullar ishlab chiqilgan va amaliyotda qoʻllaniladi.. Statistikaning yaxshi tomoni shundaki oʻrganilayotgan ijtimoiy iqtisodiy jarayonlarni har tomonlama oʻrganadi,ularni toʻplab qayta ishlaydi,eng aniq koʻrsatkichlarni taqdim etadi va shu maʼlumot orqali oʻrganilayotgan ijtimoiy iqtisodiy jarayonlarga umumiy xulosa yoki baho bera oladi.Agar muammo mavjud boʻlsa uni aniqlashtirib bartaraf etadi. Statistikaning yomon tarafi esa tanlab kuzatishda boʻlishi mumkin boʻlgan hodisani aytishim mumkin.Ya'ni deylik biron bir maktabdagi 11 sinflarni bilim olish koʻrsatgichi statistikasini aniqlash uchun ularda tanlab kuzatishni amalga oshirsak va tanlab kuzatishdagi tanlangan barcha oʻquvchilar a'lo bahoga oʻqisa biz umumiy qilib maktabdagi barcha 11-sinflarga yaxshi deb yoki aksincha tanlanganlar past bahoga oʻqishsa barchaga yomon koʻrsatkich deb baho berishimiz mumkin.Bu tanlama kuzatish xatosi deb ataladi. 3.Iqtisodiyotda statistikaning ahamiyati katta oʻrin tutadi.Iqtisidiyotdagi barcha hodisalarni maʼlumotlarini toʻplab ,qayta ishlab statistikasini aniqlash mumkin.Bu orqali iqtisodiyotdagi mavjud muammolarni hal qilish mumkin.Masalan ishlab chiqarish statistikasini hududlar kesimida oʻrganmoqchi bo'lsak qaysi hududda ishlab chiqarish yuqori yoki qaysi hududda ishlab chiqarish ancha past koʻrsatgichda ekanligini aniqlashtirishimiz mumkin.Va bu orqali oʻsha ishlab chiqarish kam boʻlgan hudud muammolari oʻrganiladi,ishlab chiqarishga qaysi sabab taʼsir koʻrsatishi oʻrganilib ,tahlil qilinadi.Va shu hududda ham ishlab chiqarishni oshirish yoʻllari koʻrib chiqiladi.Investitsiyalar jalb qilinadi.Yangi ish oʻrinlari yaratishga imkon yaratiladi. 4.Insonning shaxsiy rivojlanishida statistikaning oʻrni qanday?Yoki mening statistikam qanday degan savolni hamma-ham oʻziga beravermaydi.Bu esa achinarli hol.Inson har kungi ishlarini hisobini oʻzi uchun amalga oshirishi kerak.Qanday ishlar qildim.Vaqtimni nimaga sarfladim.Mablag'imni nima qildim kabi savollarni oʻziga berishi kerak.Bu orqali ancha narsani aniqlashtirish mumkin.Deylik bir oʻsmir bir kungi statistikasini aniqlash orqali oʻzining koʻp vaqtini nima uchun sarflangani va bu orqali agar vaqti samarali oʻtgan boʻlsa ,bilim olish yoki foydali boʻlgan mashgʻulotlar bilan shugʻullangan boʻlsa uning vaqti besamar ketmagan boʻladi yoki aksincha vaqtining asosini bekorchilikda foyda keltirmaydigan narsalarga sarflagan boʻlsa buni toʻgʻirlashi mumkin boʻladi.Pul sarfini ham statistika orqali normal holatga keltirish mumkin.Bular esa moliyaviy bilimlarni oshirishga xizmat qiladi. 5.Guruhimiz har xil viloyat,har xil odamlar va oʻzgacha fikrlovchi insonlardan tashkil topgan.Ularda ham statistik kuzatish amalga oshirish mumkin.Masalan kim qanday musiqa eshitadi,kimga qanday asarlar oʻqish yoqadi.Qancha odam chet tilini oʻrganish bilan shugʻullanadi va boshqalar. Oʻzim uchun guruhda statistik kuzatish olib borganman.Men guruhimizda ilmiy-yumorga asoslangan vloglarni kuzatuvchilarni aniqlashga harakat qilganman.Buni shaxsiy savol bilan emas balki tashqi hatti-xarakatlar ,ular bilan boʻlgan suhbatda aniqlash mumkin boʻlgan.Statisikam barcha guruh aʼzolari bilan emas balki kam sonli talabalar bilan oʻtkazilgan.Va natijaga qaraydigan boʻlsak ilmiy-yumor bilan yuritiluvchi vloglarni kam kishi kuzatarkan. 2-topshiriq.Jadvaldagi ma'lumotlarni tahlil qiling. Jadvalda asosiy fondlarning oʻrtacha yillik qiymati, ishchilar soni va joriy yilda ishlab chiqarilgan mahsulotlar berilgan.Jadvalda eng yuqori asosiy fondlarning oʻrtacha yillik qiymati 7.0 mln soʻmni tashkil etadi va bunday korxonalar soni 2 taga teng.Eng kam koʻrsatkich esa 1.0 mln soʻmni tashkil ishchilar soni esa 505 ta eng yuqori koʻrsatkichni tashkil etgan .Joriy yilda ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmida eng yuqori koʻrsatkichni 12.9 mln dollarni tashkil etgan .Eng past koʻrsatgich 1.4 mln dollarga teng.18-zavod asosiy fondlarning oʻrtacha yillik qiymati va joriy yilda ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi boʻyicha yaxshi ko'rsatgichga ega.Asosiy fondlarning oʻrtacha yillik qiymati 7.0 mln soʻmni, ishlab chiqarish hajmi esa 12.9 mln dollarni tashkil etgan.Bundan xulosa qilib aytish mumkinki bu zavod agar ishlab chiqarish bilan shugʻullansa yuqori texnologik jihozlar bilan taʼminlangan va ular ishlab chiqaradigan mahsulot ham bozorda yaxshi ahamiyatga ega hisoblanadi.Agar xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanadigan boʻlsa bu korxona IT xizmatlari yoki reklama agentligi boʻlishi mumkin. Eng past koʻrsatkich esa 17-zavodga toʻgʻri keladi.Asosiy fondlarning oʻrtacha yillik qiymati 1.0 mln soʻmga yillik ishlab chiqarish hajmi esa 1.6 mln dollarga tengdir.Lekin ishchilar soni 330 kishini tashkil etadi.Bu esa ushbu zavod qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanishi mumkinligidan dalolat beradi.7-zavod esa asosiy fondlarning oʻrtacha yillik qiymati 6.6 mln soʻmni, joriy yilda ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi esa 11.9 mln dollarga teng.Ishchilar soni esa 200 kishini tashkil etadi.Bu ushbu zavod zamonaviy mahsulotlar yoki aholining asosiy ehtiyojlarini tashkil qiluvchi mahsulotlardan biri boʻlish mumkinligini anglatadi.Yoki xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanadigan zavod boʻlish mumkin.Masalan professional tasvirga oluvchi,ovoz yozish studiyalari va shunga oʻxshash xizmatlar koʻrsatuvchi boʻlish mumkin Download 227.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling