Mustaqil ish tayyorladi: yo‘ldoshev nozimbek


Download 0.81 Mb.
Sana17.05.2020
Hajmi0.81 Mb.
#107185
Bog'liq
YO‘LDOSHEV N

MUSTAQIL ISH

TAYYORLADI: YO‘LDOSHEV NOZIMBEK

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

“IQTISODIYOTDA AXBOROT TIZIMLARI” FAKULTETI

MAVZU: Mo’g’ullar istelosi va zulmiga qarshi xalq qo’zg’aloni

REJA

1.Chingizxon boshchiligida mo’g’ul davlatining tashkil topishi.

2.Mo’g’ullarning Markaziy Osiyoga istelochilik yurishlari.

3.O’lkada mo’g’ullar hukimronligining o’rnatilishi va uning oqibatlari.

Chingizxon

Temuchin (Chingizxon) taxminan 1155-yil O’nan daryosi yaqinidagi Delpun Bo’ldan qishlog’ida tug’ilgan, 1227-yil esa vafot etgan.

Temuchin oliy hokimiyat murvatini o'zining o'g'illari va eng yaqin kishilariga topshiradi. Jumladan, uning yaqin safdoshlaridan Subitoy, Xubiloy, Jebe, farzandlari: Jo'jixon, Chig'atoy, O'qtoy, Tulixonlar birinchi bo'lib tuman sohiblari bo‘lganlar.

O'z dovyurakligi, ustamonligi, makkorligi bilan mashhur bo'lgan Temuchin (1155-1227) XII asrning oxirlariga kelib, nafaqat, mo'g'ullarning ko'p sonli urug'-qabilalarini, shu bilan birga ular bilan yonma-yon yashab kelgan ko'plab turkiy elatlar, chunonchi, jaloyirlar, oyratlar, qaraitlar, naymanlar, qoraxitoylar, qirg'izlar, uyg'urlar, qarluqlar va boshqalarni ham birin-ketin bo'ysundirib, kuchli davlatga asos soldi. Bu davlat harbiylashgan tizimga asoslanganligi bilan ajralib turardi. XIII asr boshlariga kelib Chingizxon qo'shni davlatlar va xonliklarni birin - ketin bosib olishga kirishadi. Agar 1206— yilga qadar bepoyon G'o'bi sahrosidagi qavm - qabilalar itoatga keltirilgan bo'lsa, 1206 - 1211— yillar davomida Sibir va Sharqiy Turkiston xalqlari(buryat, yoqut, oyrat, qirg'iz va uyg'urlar) bo'ysindiriladi.

Mo'g'ul sarkardasi Xubiloy Yettisuvning shimoliy hududlarini ishg'ol etib, bevosita Xorazmshohlar davlati chegaralariga yaqinlashib boradi.

1211— yilda uyg'urlar yeri istilo etilgach, Chingizxon Xitoyga

hujum boshlaydi. 1215— yil boshlariga kelib Shimoliy Xitoy

poytaxti Pekin ishg'ol etiladi. 1217— yilda Xuanxe daryosining

shimolidagi barcha yerlar mo'g'ullar tasarrufiga o'tadi. Ayni

chog'da, 1218— yilga kelib g'arb tomonda Yettisuv hududining

qolgan qismi ham egallanib, mo'g'ullarga tobe bo'ladi. Endilikda

Chingizxonning asosiy bosh maqsadi - uning jahonga hukmron

bo'lishiga katta to'g'onoq bo'lib turgan buyuk Xorazmshohlar qo'shinini tor-mor keltirib, uning yerlarini o'z qo'l ostiga kiritish edi.

Bu davrda Xorazmshohlar davlatining ichki ijtknoiy-siyosiy ha-yoti g'oyatda murakkab, ziddiyatli kechayotgandi. Bu davlat tashqaridan ulug'vor, keng hududlarga yoyilgan, qudratli saltanat tarzida ko'rinsa-da va uning hukmdori Muhammad Xorazmshoh o'zini «Iskandari soniy», «xudoning yerdagi soyasi» deb bilsa-da, biroq, haqiqatda esa, Xorazmshohlar sulolasi ichdan yemirilishga, tanazzulga yuz tutgan edi. Avvalo, oliy hokimiyat boshqaruvida chuqur ixtiloflar hukm surardi. Bir tomondan, Muhammad yurgizayotgan rasmiy siyosatga nisbatan uning onasi Turkon Xotun va uning qavmlaridan iborat nufuzli siyosiy kuchlar doimiy muxolifatchilik munosabatida bo'lib kelardi. Ikkinchi tomondan, mahalliy hududlar beklari va hokimlari ham markaziy hokimiyat bilan hisoblashmay, o'zboshim-chalik qilar, xalqqa haddan ziyod jabr - zulm o'tkazardi. Bu davrda Xorazmshohlar davlati oliy devonida ham, mahalliy hokimlar, amaldorlar o'rtasida ham poraxo'rlik, xoinlik, sotqinlik holatlari avj olib borayotgan edi. Uchinchidan, xalqning hokimiyatdan noroziligi ko'plab g'alayonlarni keltirib chiqarmoqda edi. Bunday qaltis vaziyat, shubhasiz, mamlakat birligiga raxna solib, uni tobora zaiflash-tirayotgan edi.

Buning ustiga, Muhammad Xorazmshohning xalifalik hududlarini qo'lga kiritish da'vosi bilan 1217— yilda Bag'dod sari qo'shin tortishi ham xalifalik hukmdorlarini qahr-u g'azabga keltirgandi. Hatto, xalifa an-Nosir Chingizxonga elchilar orqali maxsus noma yo'llab, undan yordam so'raydi, mo'g'ul qo'shinlarini Movarounnahr mulklariga bostirib kirishiga ham ishora qiladi. Chingizxon qo'shni davlatdagi barcha sir-u sinoatlardan to'liq xabardor edi. U Xorazm davlatidan Mo'g'ulistonga qatnaydigan bir guruh yirik savdogarlardan iborat o'z josuslik mahkamasini tashkil qilib, ular xizmatidan foydalanib kelardi. Mahmud Yalavoch, Hasan Xoja, Yusuf O'troriy singari kishilar shular sirasiga kirardi. Shu bois, Chingizxon va uning o'rdasi Xorazmshohlar davlatida kecha-yotgan barcha ziddiyatli voqealardan, uning zaif nuqtalaridan xabardor edi.

1218— yili Chingizxon amri bilan Xorazm davlatiga 500

tuyada qimmat baho sovg'alar, tillo-kumush bisotlar, savdo mollari ortilgan, asosiy tarkibi musulmon savdogarlaridan iborat 450 kishilik karvon yuboriladi. Karvon O'trorga keladi. O'tror hokimi Inolchiq(G'oyrxon) karvon ahlining mo'g'ul josuslari ekanini fahmlab, Xorazmshohning maxsus farmonini kutmay uni yo'q qilishga buyruq beradi. Shu tariqa, karvon butunlay talanib, qirg'in qilinadi. Chingizxon uchun endi Movarounnahrga bostirib kirish fursati yetgan edi. Bu vaqtga kelib Chingizxon va uning lashkarboshilari tasarrufida 200 ming kishilik jangovar qo'shin tayyor holga keltirib qo'yilgandi.

Chingizxon qo'shinining hujumi xavfi yaqinlashib kelayotgan-ligini Muhammad Xorazmshoh va uning arkoni davlati ham yaxshi bilardi. 1219— yilda Chingizxonning son-sanoqsiz qo'shinlari mamlakatga bostirib kira boshlagach, Xorazmshoh o'z tinchi, halovatini ko'zlab, mamlakat taqdirini o'z holiga tashlab, yaqin xesh-u aqrabolari bilan janubga tomon qochishni ma'qul ko'rdi. Bunday holat tez orada butun mamlakat uchun fojiali oqibatlarga olib keldi. Mo'g'ullarning birinchi hujumiga duchor bo'lgan hudud O'tror bo'ldi. Chingizxon va uning lashkarining o'trorliklardan alohida qasdi bor edi. Negaki, Chingiz yuborgan savdo karvoni huddi shu yerda saranjom qilinganligi ularning yodidan ko'tarilmagandi. Chig'atoy va O'qtoyning son-sanoqsiz kuchlari shahar qal'alariga bosqin uyushtirgan kezlarda o'trorliklar ularga qarshi mardonavor jang qildilar. Shahar aholisi G'oyrxon va Qorachor bahodirlar yetakchiligida tengsiz du'shman bilan uzoq vaqt jon berib, jon olishdilar. Shahar mudofaasi 5 oydan ziyod davom etdi. Xalq qarshiligi to'xtovsiz davom etdi. Biroq oxir-oqibatda shahar dushman tomonidan egallandi.

Mo'g'ul bosqinchilari Movarounnahrning boshqa hududlarida ham birin-ketin egallay boshladilar. Gullab-yashnagan Buxoro, Samarqand, Xo'jand singari shaharlar bosib oldi va ularning aholisiga nisbatan behad yovuzliklarni amalga oshirdi. Masalan, Chingiz qo'shini 1220— yilning fevralida musulmon Sharqining yirik islom markaz-laridan sanalgan Buxoro ustiga yopirilib keladi. Buxoro xalqi bir necha kun davomida dushmanga matonat bilan qarshilik ko'rsatadi. Bu esa Chingizxonni darg'azab etadi. Natijada, u shaharni yakson qilish, boyligini talash, xalqini qirg'in qilishga buyruq beradi. Buxoro qamali 12 kecha-yu kunduz davom etdi. Mo'g'ullar yondirilgan, kuli ko'kka sovurilgan shaharni egallagach, ko'ngiilariga kelgan noma'qulchiliklarni amalga oshirdilar, shahar himoyachilari butunlay qirib tashlandi.

Chingizxon galalari 1220— yil mart oyida eng yirik va obod shaharlaridan biri Samarqandni qo'lga kiritish uchun barcha makkorona tadbirlarni qo'lladilar. Atrof joylarni oldin bosib olib, shaharni tashqi dunyodan ajratishga harakat etdi. Boshqa bahodirlar qo'shinidan qo'shimcha kuchlar chorlab, uch kunlik qattiq jangdan so'ng Chingizxon qo'shini shaharga yorib kirishga va uni butunlay o'ziga bo'ysundirishga erishadi.

Xo'jand himoyachilari ko'rsatgan favqulodda jasorat alohida o'rin tutadi. Temur Malik boshchiligidagi mudofaa kuchlari qariyb 5 oy davomida ko'ksini qalqon etib, yovuz dushman hamlasini daf etib, behisob qurbonlar berib o'z yurtini himoya qildilar, ilojsiz qolgan paytdagina olov ichida yonayotgan shahar qal asini tark etdilar. Shunda ham Temur Malik bir qism dovyurak, qo'rqmas jangchilari bilan Sirdaryoga yo'nalib, maxsus orolda joylashib dushmanga zarba beradi. Nihoyat, ular maxsus kemalarda mo'g'ullar hujumiga bardosh berib, yo'1-yo'lakay jang qilib, Xorazm sari harakatlanadilar. Xalq qahramoni Temur Malikning bundan keyingi vatanparvarlik faoliyati Xorazm va ona yurtning boshqa hududlarini himoya qiluvchilar safida davom etdi.

Mamlakatning Buxoro, Samarqand, Xo'jand singari yirik markazlarining qo'ldan ketishi Xorazmshoh va uning arkoni davlatini shu qadar larzaga soldiki, buning natijasida, hukmdor o'z saltana-tining janubi-g'arbiy hududlari bo'ylab chekinib bordi. O'zining kaltabin siyosati, qat'iyatsizligi, qo'rqoqligi orqasida kechagi «qudratli» hukmdor endilikda ojiz-u notavon bir kimsaga aylanib qoldi. Ilojsiz qolgan shoh oxiri Kaspiy dengizidagi Ashura oroliga qochadi. O'sha yerda katta o'g'li Jaloliddinni taxt vorisi etib tayinlab, 1220— yilning dekabrida xor-u zorlikda vafot etadi. Jaloliddin Manguberdi Urganchga yetib kelib, shahar mudofaasiga kirishadi. Lekin Urganchdagi Qipchoq amirlari Turkon xotunning akasi Xumorteginni sulton deb e'lon qilib, Jaloliddin Manguberdiga qarshi suiqasd uyushtirmoqchi bo'ladilar. Bundan xabar topgan Jaloliddin Temur Malik boshchiligidagi 300 suvoriy bilan Urganchni tark etib, Xurosonga ketishga majbur bo'ladi.

Muhammad Xorazmshohning o'g'illari: O'zloqshoh va Oqshohlar ham mo'g'ullar tomonidan asir olinib, qiynab o'ldiriladi. Podshoh bilan ko'p yillar muxolifatchilikda bo'lib, yurtning parokandalikka, chuqur ziddiyatlarga yo'liqishiga sababchi bo'lgan, o'ziga haddan ziyod bino qo'ygan, saltanat ichida saltanat qurgan Turkon Xotun qismati ham fojiali yakun topadi. U ham mo'g'ullar tomonidan asir olinib, behisob mol-u dunyosi talanib, o'zi Mo'g'ulistonga haydab ketiladi. Tarixiy manbalarda Turkon Xotunning Chingizxon xotinlaridan biriga cho'ri sifatida tortiq qilingani aytiladi.Movarounnahrning asosiy shaharlarini bosib olgan, behisob boyliklarga ega bo'lgan mo'g'ullar 1221— yil davomida Xuroson o'lkasi hududlari tomon hujum boshlab, birin-ketin Balx, Termiz, Marv, Nishopur, Hirot, Mozandaron singari boy shaharlar, qal'alarni bosib oldilar. Biroq shuni aytish joizki, mo'g'ul bosqinchilari Movarounnahr va Xuroson yerlarini osonlikcha qo'lga kiritgan ernaslar. 

Xorazmshohning to'ng'ich o'g'li, jasur lashkarboshi Jaloliddin Manguberdi (1198 -1231).

Jaloliddin Manguberdi ancha yillar ilgari G'azna, Voliyon, Guch, Bust va Hindiston hududlarigacha bo'lgan yerlarga hokim etib tayinlangan edi. Shu bois, G'azna tomon yurdi, yo'lda ko'pgina qo'shin boshliqlari Sulton Jaloliddinga qo'shildi. Sulton Jaloliddin Niso, Qandahorda mo'g'ullar qo'shinini tor-mor etib, G'aznaga yetib keldi. Jaloliddin Manguberdi katta qo'shin to'plab, Valiyon qal'asi, Parvon tekisligida mo'g'ul qo'shinlari bilan jang qilib, ularni tor-mor etadi. Chingizxon Jaloliddin Manguberdiga qarshi shaxsan o'zi qo'shin tortadi. 1221— yil 25-noyabrda Sind (Hind) daryosi bo'yida tengsiz jang bo'ladi. Bu jangda Jaloliddin Manguberdi ko'rsatgan jasoratga mo'g'ul hukmdorining o'zi ham tan berib, lol qolgan. Bu hayot -mamot jangida Xorazm bahodiri, uning yigitlari arslonlardek jon berib, jon olardi. Chingizxon lashkari hisobsiz bo'lsa-da, uning jang maydonidagi asosiy kuchlari parokanda holiga tushib qolgandi. Biroq pistirmadagi 10 ming nafar sara lashkar jangni Chingizxon foydasiga hal qiladi. Jaloliddin Manguberdi 1231-yilning 15-avgustda Turkiya hududlarida o’ldiriladi.

TEMUR MALIK

Temur Malik — xorazmshoh Muhammad hukmronligi davrida Xoʻjand hokimi, Jaloliddin Manguberdining yaqin safdoshi, moʻgʻullar istilosiga qarshi kurash olib borgan sarkarda, xalq qaxramoni, 1219 yilning dekabrda 3 kunlik jangdan keyin Banokatnni egallagan Aloq noʻyon boshliq 5 ming kishilik moʻgʻul qoʻshini Xoʻjandni qamal qilishga kirishadi. Temur Malik ilgariroq har ehtimolga qarshi Sirdaryo oʻrtasidagi orolda, suv 2 shoxga boʻlinib oqadigan joyda, bir mustahkam qalʼa qurdirib qoʻygan edi. Moʻgʻul qoʻshini son va qurolaslaha jihatdan ustun boʻlgani bois shaharni mudofaa qilish qiyinlashadi. Natijada, Temur Malik 1000 kishilik otryadi bilan 1220 yilning aprelda orolga koʻchib oʻtadi va tezlikda qalʼani jangga tayyorlashga kirishadi. Shahar va qalʼa atrofini dushman halqa qilib oʻrab oladi. Manjaniqaan otilgan toshlar orolga yetmagandan soʻng moʻgullar xoʻjandlik yoshlar va ilgari olingan asirlardan hashar tarzida foydalanishga qaror qiladilar. taxminan 50 ming hasharchi tevarakatrofdan tosh, shoxshabba va xashak keltirib daryoga tashlaydi, moʻgʻullarning 20 ming kishilik qoʻshini esa jangga kirishadi.

Temur Malik usti namat hamda sirkali loy bilan suvalgan, oʻq otish uchun darichalari bor kemalar yasatadi. Kunda tongda har ikki tomonga 6 tadan kemada suzib kelib, yovga qirgʻin keltiradi. Oxir oqibat vaziyat tanglashgach, Temur Malik orolni tashlab ketishga majbur boʻladi. U qolgan askarlari va yuklari ortilgan 70 qayikda Sirdaryoning quyi oqimi boʻylab suzib ketadi. Barchinligʻkent (Qiziloʻrdadan taxminan 50 km jan.da boʻlgan) yaqinida moʻgʻullar daryoni toʻsib qoʻyadilar. Temur Malik  qirgʻoqqa tushib, dushman bilan jang qiladi. Koʻp talafot berib, yolgʻiz oʻzi Kizilqum choʻli orqali 1220 yilning yozida Xorazmga yetib keladi. Askar toʻplab Joʻjixon qoʻshiniga kuchli zarba beradi. Kasba (Yangikent) shahrini moʻgʻullardan ozod qiladi. Ammo, saltanatda yuzaga kelgan mushkul siyosiy vaziyat tufayli Xorazmni tark etadi. Temur Malik  1221—32 yillar davomida Sulton Jaloliddin bilan birgalikda moʻgʻullarga qarshi kurash olib boradi. Jaloliddin halokatidan keyin oʻz yurtiga qaytadi. Maʼlum vaqtdan soʻng Temur Malik moʻgʻullar tomonidan qoʻlga olinadi va qatl qilinadi.

Xulosa.

Mening bu mavzudan olgan xulosam shuki Muhammad Xorazimshoxning qorqqoqligi , o’zboshimchaligi bo’lmaganda hamda mamlakating ichki ahvolini yaxshilay olganda Chingizxon qo’shinlari Xorazimshohlar davlatini bosib olmasdi. Muhammad Xorazimshoh , uning onasi hamda qavimlari o’rtasidagi ishonchsizlik muhiti ham mamlakatning parchalanishiga olib keldi. Mamlakatni saqlab qolishga intilgan Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik kabi buyuk bobolarimzning mardonavorlarcha kurashgani esa hammamizga ibrat bo’lishi kerak .

Foydalanilgan adabiyotlar:

  • Vikipedia.org
  • Ziyo.uz
  • Aim.uz
  • E-tarix.uz

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling