Mustaqil ish tekshirdi : Xolmedov H


Download 1 Mb.
bet2/8
Sana05.01.2022
Hajmi1 Mb.
#229076
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nizomiddin

Diamagnetiklar

Diamagnetik moddalarda tashqi maydon ta‘sirida unga nisbatan teskari yo‗nalgan qo‗shimcha maydon – magnitlanish vujudga keladi, bu maydon asosiy maydon bilan qo‗shilib, uni kuchsizlantiradi. Uzunchoq shakldagi diamagnetikni birjinsli magnit maydonda ipga osib qo‗yilsa, u ferromagnit strelkadan farqli ravishda maydonga tik joylashadi. Magnit dipol magnit maydonning kuchli tomoniga tortilsa, diamagnetik maydonning kuchsiz tomoniga tortiladi. Qiymat jihatdan diamagnetik magnitlanish juda kuchsiz bo‗ladi, diamagnetiklar uchun   10-6 qiymatga ega,   110-6 . Diamagnetiklar magnit momentga ega bo‗lmagan atom va molekulalardan tuzilgan bo‗ladi. Demak, magnit maydonda ularni tartiblashishi haqida gap bo’lishi mumkin emas.Diamagnetizmni moddaga magnit maydon kirish jarayonida ularning hajmida induksiya toklarini vujudga kelishi bilan tushuntiriladi. Induksiya toklari shunday yo‗naladiki, ularning magnit maydoni tashqi maydonni o‗sishiga, tashqi maydonni moddaning ichiga kirishiga to‗sqinlik qiladi, induksiyalangan magnit maydon tashqi maydonaga qarshi yo’nalib, uni kuchsizlantiradi. Bunday tushuntirishda toklarni farqlash kerak. Modda ichida Amper birinchi bor kiritgan molekulyar toklar mavjud bo‗lib, ular qarshiliksiz, Joul issiqligini hosil qilmasdan oqishi mumkin. Bunday toklarni mavjudligi doimiy diamagnetik xossalarni tushuntirishi mumkin. O’tkazuvchanlik toklari odatdagi sharoitda qarshilik tufayli tezda so‗nadi, bu esa magnit maydonda doimo bo‗ladigan diamagnit qutblanishni tushuntira olmaydi.


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling