“Yosh velosipedchilar”(2/3)
Yosh velosipedchilar (2/3) topshirig‘iga izohli yechim:
1km=1000m va 1soat=60daqiqa ekanligidan foydalanamiz:
Malikning tezligi 6•1000:60=100 m/daq
Farhodning tezligi 4•1000:60=66,(6) m/daq.
Eng katta tezlik Malikniki, keyin Farhodniki va eng kichik tezlik Asrorniki.
Malik Farhod Asror
Topshiriq 1. Yosh velosipedchilar(2/3) KOD:MA 5 035 01 A6
Mazmun sohasi : o‘zgarishlar va bog‘liqliklar
Kompetentlik sohasi : qo‘llash
Kontekst : ommaviy
Murakkablik darajasi : o‘rta
Javob shakli : qisqa-bog‘lanish hosil qilish
Baholash sohasi (mavzu sohasi) : turli subyektlarning harakat tezligini o‘zaro bog‘lash, turli tezlik birliklarini aylantirish
Maksimal ball : 2
Topshiriq xususiyati
Baholash mezoni
JAVOB TO‘LIQ TO‘G‘RI DEB QABUL QILINADI:
Kod 2: Berilgan javoblarda kattalikning o‘zgarish miqdori aniq ko‘rsatib berilgan:
- “Malik-Farhod-Asror”
JAVOB QISMAN TO‘G‘RI DEB QABUL QILINADI:
Kod 1: Berilgan javoblarda kattalikning o‘zgarish miqdori to‘liq emas:
- faqat Asror tezligi berilgan kartochka uchinchi o‘rinda joylashganda, qolgani esa xato joylashgan
JAVOB QABUL QILINMAYDI
Kod 0: Boshqa javoblar berilgan.
Kod 9: Javob berilmagan.
“Yosh velosipedchilar”(3/3)
Malik do‘sti Farhodnikiga tashrif buyurdi va ular musobaqa uyushtirishga qaror qilishdi. Kim avvalroq o‘rmonga yetib boradi va avvalroq qaytib keladi. Natijada Malik g‘alaba qozondi. U charchaganini his qildi va uyga qaytishga qaror qildi. Malik o‘z uyidan do'stining uyigacha velosipedda 9 daqiqa yo‘l bosib, 6 km/soat tezlikda yurdi. Qaytishda tezligini yarmiga kamaytirsa, u do‘stining uyidan xuddi shu yo‘l orqali qancha vaqt harakatlanadi?
Savolga javobingizni sonlarda yozing va keyin uni izohlab tushuntiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |