Mustaqil ish. Vаriаnt


Download 56.42 Kb.
Sana05.12.2020
Hajmi56.42 Kb.
#160663
Bog'liq
MUSTAQIL ISH


MUSTAQIL ISH.
Vаriаnt 11

  1. Merkantilizm g‘oyasi vujudga kelishining iqtisodiy va ijtimoiy shart-sharoitlari.

  2. J.S.Mill va uning iqtisodiy qarashlari.

  3. Iqtisodiy resurslarning mazmuni va uning turlari



  1. Merkantilizm g‘oyasi vujudga kelishining iqtisodiy va ijtimoiy shart-sharoitlari.

Merkantilizm (fransuzcha: mercantilisme, italyancha: mercante — savdogar) — 1) iqtisodiy tafakkur tarixida mu-him yoʻnalishlardan biri, hukmron hokimiyat va savdogarlar mafkurasini nazariy asoslashga xizmat qilgan;2) kapitalning dastlabki jamgʻarilishi davrida davlatning xoʻjalik hayotiga faol aralashuvini yoqlovchi iqtisodiy siyosat. Merkantilizm.ning vujudga kelishi va rivojlanishi Buyuk geografik kashfiyotlar va mustamlakachilik tizimining paydo boʻlishi bilan bogʻliq. Merkantilizm – bu muomala sohasida iqtisodiy qonuniyatlarning rivojlanishiga bo’lgan qarashlar tizimi va proteksionizm prinsiplariga asoslangan bir qator davlatlarning iqtisodiy siyosati, u feodalizmning yemirilish davriga muvofiq keladi va ―noindustrial‖ iqtisodiy davrdagi iqtisodiy voqelikni tahlil qilishga uringan ta‘limot hisoblanadi. Merkantilizm, eng avvalo, davlatning iqtisodiy siyosatini ifoda etgan, uning amaliy faoliyati uchun tavsiyalar ishlab chiqqan. Merkantilistlar tadqiqotining maqsadi reallik sifatidagi iqtisodiyotni tahlil qilish emas, balki hukumatga amaliy maslahatlar berishdir. Shuning uchun ular davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini qo’llab- quvvatladilar, yuqori soliq stavkasini va davlat xarajatlarini himoya qildilar. Merkantilistlarning ilmiy dunyoqarash tamoyillari quyidagilar bilan izohlanadi: har qanday oltin va qimmatbaho narsalarga boylik sifatida qarash; mamlakatga oltin va kumushning oqib kelishini ta‘minlash maqsadida tashqi savdoni tartibga solish; arzon xomashyoni import qilish yo’li bilan sanoatni rag’batlantirish; import qilinadigan sanoat tovarlariga proteksionistik tariflarni belgilash; eksportni, ayniqsa, tayyor mahsulotlar eksportini rag’batlantirish; ish haqining past darajasini ushlab turish uchun aholining o’sishi. Milliy farovonlikning zaruriy sharti sifatidagi aktiv savdo balansi doktrinasi shak-shubhasiz, merkantilizmning asosi hisoblanadi. Merkantilizm. dastlab qonuniy yoʻl bilan pulni koʻpaytirishga qaratilgan siyosatni targʻib qilgan. Xorijdan kelgan savdogarlarning pulni oʻz mamlakatiga olib ketishini taqiqpagan, savdodan tushgan pulga mahalliy sanoat mahsulotlarini harid qilish zarur boʻlgan. Merkantilizm. davlatning iqtisodi-yotga faol aralashishini talab etadi. Merkantilizm. taʼlimotiga koʻra, boylik ishlab chiqarishda emas, balki muomala sohasida yuzaga keladi va u aynan mamlakatdagi oltin, kumush va boshqa javohirlarda oʻz aksini topadi. Merkantilizm. 15-asrning 2-yarmidan rivojlana boshlab, 17-asrda ravnaq topdi, 18-asrning 1-yarmiga qadar nufuzini saqgsab keldi. Uning asosiy nazariyotchilari — T. Men (Angliya), A. Serra (Italiya), A. Monkretyen (Fransiya) faol savdoni targʻib qildi, yaʼni mamlakatdan tayyor sanoat mahsulotlarini boshqa joylarga olib borib sotish, bir mamlakatdan arzon bahoda tovar sotib olib, boshqa davlatga qimmat narxda sotish tamoyilini ilgari surdi. M. mo-hiyatan oʻtkinchi taʼlimot boʻlishiga qaramasdan, uning gʻoyalari tovar-pul, moliya-kredit, savdo rivojiga muhim hissa qoʻshdi. Kapitalizmning paydo boʻlishi bilan Merkantilizm.ning asosiy qoidalari yangi iqtisodiy sharoitga mos kelmay qoddi. Merkantilizm.oʻrniga erkin iqtisodiy (proteksionizmga qarshi) faoliyatni nazariy asoslagan klassik siye’siy iktisod maktablari vujudga keldi.Merkantilizm iqtisodiy ta’limotining asosiy mohiyati. XV asr oxiri -XV11 asrlar davomida yangi iqtisodiy bilimlar merkantilizm va u bilan bog‘liq siyosat paydo bo‘ldi. Bu ta’limot bo‘yicha milliy - xalq boyligi muomala sohasida yuzaga keladi (avvalgi qarashlardan prinsipial farq qiladi). Bu ta’limotda ikki davrni ajratish mumkin: 1. Ilk Merkantilizm yoki Monetarizm (ya’ni pul degani) XV-XVI asrlarda (qisman XVII asrda) mavjud bo‘ldi va boylik asosan oltin, kumush va boshqa qimmatbaxo javoxirlardan iborat bo‘ladi, degan g‘oya ilgari suriladi. Shunga oid siyosat ham olib borilgan, unda chetdan imkoni boricha ko‘proq -ko‘proq nodir metallar keltirish va ularni chetga kamroq chiqarish targib qilingan. 2. Rivojlangan Merkantilizm ta’limotida boylik savdo-sotiq sohasidagi savdo balansi asosida yuzaga keladi, imkoni boricha ko‘proq eksport qilish va mumkin qadar kamroq import qilish g‘oyalari ilgari surilgan. Merkantilizm ayrim mamalakatlardagi ko‘rinishi milliy xususiyat kasb etgan, ayniqsa Fransiyada kolbertizm, Germaniyada kameralistika shakllari yaxshi ma’lum. Bu ta’limot yangi tugilayotgan jamiyat-kapitalizm rivoji uchun ijobiy progressiv xarakterga ega bo‘ldi. Kapitalning dastlabki jamgarilishiga imkon yaratdi, mustamlakachilik tizimini qo‘llab-quvvatladi, tovar muomalasi rivojiga olib keldi, moliya tizimining rivoji tufayli iqtisodiyot jonlandi. Merkantilizmda davlat iqtisodiyotga faol ishtirok etish shart, shunga oid iqtisodiy siyosat ham yuzaga keldi. 13 Menkantalizm tarixan cheklangan bo‘lsa ham (u XVIII asrda to‘g‘ri va qattiq tanqidga uchradi). Iqtisodiy bilimlar tarixida munosib o‘rinni egallaydi. Lekin bu ta’limot va unga asoslangan siyosatni to‘la amalga oshirish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi Jon lo tajribasidan ma’lum. Menkantalizm moliya tizimi va savdo rivojiga muxim xissa qo‘shdi. 2. Angliya va Fransiyada ilk klassik iqtisodiy maktabning shakllanishi. A) V. Pettining iqtisodiy bilimlari; B) P.Buagilberning iqtisodiy g‘oyalari. XVII-XVIII asrlarda qulay ijtimoy iqtisodiy sharoitlarda dastlab Angliyada klassik iqtisodiy maktab kurtaklari paydo bo‘la boshladi. Bu yangi iqtisodiy g‘oyalar V.Petti nomi bilan bog‘liq (burjua inqilobi, manufaktura va savdoning rivojlanganligi, agrar isloxat, dexqonlarning chegaralanishi, mustamlakachilik siyosati, qulay tarixiy-tabiiy va geografik hamda iqlimiy sharoitlar tufayli). Klassik iqtisodiy maktabning shakllanishi avvalgi g‘oya merkantilizdan prinsipial farq qiladi, agar merkantilizmda boylikning asosi muomala sohasi (javoxir, oltin, kumush, pul, savdosi) da vujudga keladi deb qaralgan bo‘lsa, endi boylik ishlab chiqarish sohasida vujudga keladi deb isbotlab berildi. V.Petti yangi kapitalistik jamiyatni, erkin tadbirkorlikni, kapitalistlarni ximoya qildi. Xususiy mulkni "Mukaddas" va "Daxlsiz" deb bildi. U iqtisodiy tadqiqotda tabiiy fanlarn ya’ni abstrakt usullarni qo‘llab, xar bir masalaning ichki bog‘liqligiga asosiy e’tiborni qaratdi. Matematik va statistik usullardan keng foydalaniladi. V.Petti «Tabiiy baxo», «(qiymat)», «Siyosiy baxo» tushunchalarini kiritdi, tovar qiymatining unga sarflangan mexnat miqdori bilan ulchanishi g‘oyasiga, ya’ni qiymatning mexnat nazariyasiga asos soldi. "Mexnat boylikning otasi, yer esa uning onasidir" degan fikrni bildirdi. Qiymatni aynan almashuv qiymati (pul) shaklida tushungan. Ish xaqini ishchilarga tirikchilik uchun zarur bo‘lgan jismoniy minimum, ya’ni "Yashash, mexnat qilish va ko‘paytirish" uchun kerakli darajada to‘lansa, bas, degan g‘oyani ilgari surdi. Kapitalistlarning foydasini imkoni boricha oshirishni, ishchilarni soliq to‘lashlarini zarur deb bildi. Pulning roli va uning mamlakatdagi miqdori masalalarini asosan to‘g‘ri xal etdi, ya’ni pul miqdori ishlab chiqarilgan maxsulot miqdoriga to‘g‘ri, pulning aylanish aborotiga esa teskari proporsionalligini anikladi. Pulning meyorida bo‘lishini qo‘llab quvvatladi. Yer va renta masalalarini ancha puxta ishlab chikdi. Ish xaqi va rentaning bir-biriga qarama-qarshiligini isbotladi (er baxosini to‘g‘ri xal etmadi). 14 Petti "Siyosiy arifmetika" va boshqa asarlarida statistika, anikrogi demografik statistika faniga asos soldi (axoli boyligi asosiy masalasini to‘g‘ri kuydi). Milliy daromad masalasini kuydi va uni qisman xal etdi. Fransiyadagi klassik iqtisodiy maktabning dastlabki vaqili p.buagilber ham muxim g‘oyalarni ilgari surdi. Bu mamlakat axvoli angliyanikidan ancha katta farq qiladi. Shu sababli iqtisodiy qarashlarda o‘ziga xoslik seziladi. Agar V.Petti ko‘proq sanoat va savdoni qullagan bo‘lsa, buagilber asosan qishloq xo‘jaligi sohasini tadqiq etdi va o‘zining muxim xulosalarini chiqardi. Qiymatni aynan iste’mol qiymati shaklida tushindi. "Proporsional baxolar" tarafdori edi, erkin tadbirkorlik, raqobat va erkin baxolarni qulladi. Ortiqcha ishlab chiqarish inkrozini to‘g‘ri tushuntirib berdi. Pulga salbiy munosabatda bo‘ldi, oltin va kumushlarni yovyzlik sababi deb bildi. Noto‘g‘ri ravishda faqat qishloq xo‘jaligini qo‘llab quvvatladi, sanoat va savdoga kam e’tibor berdi. Buagilberning iqtisodiy isloxotlari bo‘yicha takliflari o‘z davri uchun nixoyatda ahamiyatlidir. 3. Fiziokratlarning umumiy ta’rifi; A) F. Kenening iqtisodiy ta’limoti. Uning "Iqtisodiy jadval" asaridagi g‘oyalari. B) Tyurgoning iqtisodiy qarashlari. XVIII asrning o‘rtalarida Fransiyada iqtisodiy bilimlar tarixida fiziokratizm yo‘nalishi yuzaga keldi. Bu ta’limot klassik iqtisodiy maktabning tarkibiy, butun zanjirning ajralmas qismi sifatida muxim ahamiyatga egadir. Bu oqimning asosiy vaqillari F.Kene, A. Tyurgo mamlakatdagi usha davr iqtisodiy xolatini xar tomonlama taxlil etib iqtisodiyotning muxim kategoriyalari bo‘yicha kimmatli fikrlarni berdilar. Ular fermerlarni ximoya qilgan xolda avvalo Merkantilizmdan vos kechib, boylikning asosiy manbai mexnat va yer ekanligini ko‘rsatdilar. "Tabiiy tartib" konsepsiyasi asosida "Unumli mexnat" "Sof maxsulot", kapital to‘g‘risidagi bilimlar ilgari surildi. Kapitalistik munosabat, xususiy mulk, erkin baxolar, erkin raqobat davlatning iqtisodga kam aralashuvi "Tabiiy xol" deb tan olindi. Ularning fikricha, qiymat iste’mol qiymati bo‘lib, xatto tabiat, yer in’omi sifatida talqin etiladi. Shundan dexqonchilikdan boshqa sanoat, savdo va xizmat tarmoqlari unumsiz soha deb qaraladi. Bunday noto‘g‘ri fikrning paydo bo‘lishi Fransiyaning usha davrdagi axvoli (agrar mamlakat) bilan bog‘liqdir. Kapital tushunchaning kiritilishi va uning boshlangish va yillik bunak kabi ikki qismga bo‘linishi iqtisodiyot tarixida muxim kadamdir. Shundan doimiy va aylanma kapital g‘oyalari ham kelib chikadi. F.Kenening asosiy "Iqtisodiy jadval" asarida jamiyatdagi sinflar masalasi ko‘tariladi, ammo bunda ba’zi kamchiliklar bor, uni A. Tyurgo rivojlantirib, usha davr uchun to‘g‘ri xulosalar chiqardi. Takror (uzliksiz) ishlab chiqarish 15 jarayoni va yalpi ijtimoiy maxsulot muomalasi birinchi bor kun tartibiga kuyildi. Oddiy takror ishlab chiqarish chizmasi beriladi va tayor maxsulotning aylanish tamoyillari ko‘rsatiladi, bu usha davr uchun katta kashfiet edi. Tarmoqlar, ya’ni sektorlararo taksimotning anik proporsiyalari bo‘lishi zarurligi kayd etiladi, ma’lumki bu tamoyil xozirgi davrda ham muxim. Olim va davlat arbobi A. Tyurgoning iqtisodiy g‘oyalari ancha mukammal bo‘lib usha davrdagi jamiyat va iqtisodiyatdagi jarayonlarni ancha izchil taxlil etadi va sanoatda kapitalistlar va yollanma ishchilar mavjudligi hamda beshta sinf borligi e’tirof etiladi. Bu xulosa to‘g‘ri xulosadir. A. Tyurgo sanoat va xizmat sohalariga ijobiy yondashadi. U kapital va qo‘shimcha maxsulot (qiymat) masalalarini ancha mukammal xal etadi, sanoat, ssuda va kapital xaqida fikr yuritadi. Lekin oxir oqibatda fizokratizm kobigidan chika olmaydi, qo‘shimcha maxsulotning asosiy maxsulotining asosiy shakli yana yerga, yer rentasiga qaytadi. A. Tyurgo davlat chinovnigi, anikrogi moliya vazirligi sifatida ham bir qancha iqtisodiy isloxotlarni utqazishga erishdi. Ammo mamlakatdagi ijtimoy tuzum bu isloxatlarga tusik edi. Xozirgi davr tili bilan aytganda, fiziqatorlar sof bozor munosabatlarini qo‘lladilar, ammo ularning g‘oyasi asosan qishloq xo‘jaligi bilan cheklab kuyildi, barcha fikrlarda mukammallik yetishmas edi. Bu vazifalar esa keyingi olimlar tomonidan xal etildi. Xulosa XU asr oxiri XU11 asrlar davomida yangi iqtisodiy ta’limot merkantilizm va u bilan bog‘liq siyosat paydo bo‘ldi. Bu ta’limot bo‘yicha millat (xalq) boyligining asosi muomala sohasida yuzaga keladi (avvalgi qarashlardan prinsipial farq qiladi). Bu ta’limotda ikki davrni ajratish mumkin. 1. Ilk merkantilizm yoki monetarizm (ya’ni pul degani) XU-XU1 asrlarda (qisman XU11 asrda) mavjud bo‘ldi va boylik asosan oltin, kumush va boshqa kimmatbaxo javoxirlardan iborat bo‘ladi, degan g‘oyani ilgari surdi, shunga oid siyosat ham olib borilgan, unda chetdan imkoni boricha ko‘proq nodir metallar keltirish va ularni chetga kamroq chiqarish targib qilingan. 2. Rivojlangan merkantilizm ta’limotida boylik savdo - sotik sohasida savdo balansi asosida yuzaga kelgan, imkoni boricha ko‘proq eksport qilish va mumkin kadar kamroq import qilish g‘oyasi ilgari surilgan. XU11-XU111 asrlarda qulay ijtimoy-iqtisodiy sharoitlarda dastlab angliyada klassik iqtisodiy maktab ko‘rtaklari paydo bo‘la boshladi. Bu yangi iqtisodiy g‘oyalar V.Petti nomi bilan bog‘liq (burjua inklobi, manufaktura va savdoning rivojlanganligi, agrar isloxot, dexqonlarning chegaralinishi, mustamlakachilik siyosati, qulay tarixiy, tabiiy va geografik hamda iqtisodiy sharoitlar). 16 V. Petti "Tabiiy baxo" (qiymat), "Siyosiy baxo" tushunchalarini kiritdi, tovar qiymatining unga sarflangan mexnat miqdori bilan ulchanishi g‘oyasiga, ya’ni qiymatning mexnat nazariyasiga asos soldi. "Mexnat boylikning otasi, yer esa uning onasidir" degan fikrni bildirdi, qiymatni aynan almashuv qiymati (pul) shaklida tushuuntirdi.

  1. J.S.Mill va uning iqtisodiy qarashlari.

Merkantilizmning yemirilishi va klassik siyosiy iqtisod maktabining paydo bo’lishi (Angliyada) XVII asrga to’g’ri keladi. XVI asrning o’rtalarida boshlangan manufaktura davri XVII asrga kelib sanoatning ayrim tarmoqlarining rivojlanishiga olib keldi. Ayni paytda, qishloq xo’jaligida ham kapitalizm rivojlana boshladi. Buyuk Britaniya iqtisodiyotining rivojlanishi uni dunyoda eng rivojlangan mamlakatga aylantirdi.

Jon Styuart Mill Klassik iqtisodiy maktabining namoyondalaridan hisoblanadi. Jon Styuart Mill (1806-1873) 19-asrning eng buyuk ingliz faylasufi bo'lishga intilgan edi. Kichik Mill hech qachon akademik faoliyat bilan shug'ullanmagan - uning hayoti 1823 yilda kirib kelgan va 1856 yilda rahbarlik qilgan Ost-Hindiston kompaniyasi bilan bog'liq edi. Kompaniyadagi ish uning faol ilmiy, falsafiy va jurnalistik faoliyatiga xalaqit bermadi. 40-lar. Bundan tashqari, Mill siyosatchisi, liberalizm va reformizm tarafdori Jeyms Mill va Jeremiya Bentham singari tarafdori edi (1865 - 1868 yillarda u jamoalar palatasi a'zosi bo'lgan). Zamonaviy olimlar ba'zida Kichik Millni "liberal feministik" deb atashadi, chunki u (do'sti va keyin rafiqasi G. Teylor bilan gaplashib) ayollarning siyosiy va ijtimoiy huquqlarini qizg'in himoya qilgan. Shunday qilib, u barcha ayollar saylov huquqlarini olishlari va shunga ko'ra ularning aholidagi ulushi parlamentda namoyish etilishi kerak degan g'oyani himoya qildi. Uylangan ayol va kasbi bo'yicha ishlashni erkin tanlash imkoniyatiga ega bo'lish uchun turmush qurgan ayollarga mulk huquqi berilishi kerak. Mill davrida ayollarda deyarli hamma bu huquqlardan mahrum bo'lgan. Mill o'z ayollarini zulm qilish to'g'risida (1869) kitobini ayollar masalasiga bag'ishladi. U mashhur "Ozodlik to'g'risida" (1859) ocherkida erkinlik muammosining siyosiy jihatlarini ko'rib chiqdi. Jon Styuart Millning iqtisodiy ta‘limotlar rivojidagi o’rnini aniqlash qiyin. U klassik davrning oxirida ijod qildi, ammo uning keng doirada fikrlay olishi klassik iqtisodchilar ta‘limotlarini o’zgartirishga sabab bo’ldi. Uning iqtisodiy fikrlari bir vaqtning o’zida klassik iqtisodiyotning yetuklik davri hamda iqtisodiy g’oyalarning rivojlanishidagi yangi davrning boshlanishi hisoblanadi. Uning ikki yildan kamroq vaqtda yozilgan ―Siyosiy iqtisod tamoyillari‖ asari birinchi marta 1848-yilda nashr qilindi. Kitobni yozish uchun Mill tomonidan qisqa vaqt sarflangan bo’lsada, kitobda uning iqtisodiy qarashlari yaxshi yoritilishi bilan bir qatorda ushbu fanda hal qilinishi kerak bo’lgan bir qancha muammolar mavjudligi ta‘kidlab o’tilgan. Mill Rikardo ta‘limotini yanada aniqlashtirish hamda bu ta‘limotlarga 19- asrning ikkinchi chorigida paydo bo’lgan yangi ta‘limotlarni qo’shishni o’zining asosiy vazifasi, deb hisoblagan. U talab va taklifni tahlil qilishni rivojlantirish bilan birga xalqaro savdo nazariyalarini rivojlantirishga hissa qo’shgan buyuk tafakkur egasi bo’lgan. Jon Styuart Mill o’zining ―Siyosiy iqtisod tamoyillari‖ (1848-y) asarida (D.Rikardo tomonidan 1817-yilda ―Siyosiy iqtisodning boshlanishi va soliqqa tortish‖ asari chop etilganidan so’ng boshlangan kuchli tanqidlardan) D. Rikardoning iqtisodiy ta‘limotlaridagi muhim g’oyalarni qutqarishga harakat qilgan. Millning asarlari uning g’oyalarining eng yuqori nuqtaga yetganligi bilan ajralib turadi, chunki uning asarlarida klassik iqtisodiy ta‘limotning qaytadan ko’rib chiqilishi hamda Rikardo ta‘limotlarini saqlash, uning asosiy kamchiliklarini bartaraf etilishini ko’rishimiz mumkin. Millning iqtisodiyotga qo’shgan hissasini aytishdan oldin Rikardoning ko’plab tanqidlaridan bir nechtasiga Millning bergan javoblarini tahlil qilish zarur. Ular uchta asosiy manbaga asoslangan. Birinchisi ingliz iqtisodiyoti borasida to’plangan amaliy ma‘lumotlarning Rikardo iqtisodiy ta‘limotlaridan farqlanishi: Jumladan, Maltusning ―Nufus qonuniga‖ asosan aholi sonining o’sishi bilan daromad kamayishi ta‘kidlangan, lekin Mill bunga zid g’oyani, yani texnologiyalar rivojlanishi natijasida daromad o’sishini isbotladi. Ikkinchidan, iqtisodiyot fani borgan sari kasbga aylanib borayotganligi va mos ravishda qabul qilingan ta‘limotlarga ko’proq tanqidiy fikrlar bildiriladi. Iqtisodchilar Rikardoning nazariy g’oyalari, ya‘ni qiymatning mehnat nazariyasi va narxlarni belgilashda foydaning rolini hamda uning talabga bo’lgan ta‘sirini aniqlash asosida ishlashni boshlashdi. Uchinchidan iqtisodiy g’oyalarning texnik tarkibiga e‘tibor bermasdan kelayotgan bir qator gumanitar va jamiyatshunos yozuvchilar 135 Rikardoning iqtisodiy ta‘limotlarini o’zida aks ettirgan va rivojlanayotgan kapitalistik iqtisodiy ta‘limotlarni tanqid qilishdi. Bir qator iqtisodiy ta‘limotlar va hodisalar D.Rikardo ta‘limotlarining tanqidi natijasida vujudga keldi. Sey qonuni D.Rikardo va Djems Mill tomonidan ilgari surilgan nazariya, ya‘ni iqtisodiyot avtomatik ravishda to’liq bandlikni ta‘minlashi, talab va taklif asosida o’zini-o’zi tartibga solishi ba‘zi ortodoksal iqtisodchilar, jumladan, K.Marks tomonidan rad qilindi. Bundan tashqari Fransiya, Shvetsariya, Germaniya va Angliya sotsial adabiyoti namoyondalari tomonidan klassik ta‘limot, ya‘ni iqtisodiy kelishuv kapitalistik iqtisodiyotning to’siqlardan xoli bo’lishi orqali eng yaxshi natijalarga erishishiga shubha bildiriladi. XIX asrdagi bu ta‘limotning eng kulminatsiasi Marksning ―Kapital‖i edi.25 J.S.Mill klassik iqtisodiy maktabning yakunlovchilaridan biri sifatida iqtisodiy ta‘limotlarning rivojlanishiga juda katta hissa qo’shdi. Biz quyida uning asosiy iqtisodiy nazariyalarini ko’rib chiqamiz. Unumli mehnat nazariyasi. J.S.Millning bu nazariyasi o’z mohiyatiga ko’ra A.Smit nazariyasi bilan hamohang. J.S.Millning ta‘kidlashicha, faqat unumli mehnat (natijasi ko’rinib turadigan mehnat) “boylik”, ya‟ni “moddiy ne‟matlar”ni yaratadi. Uning nazariyasidagi yangilik shundan iboratki, mulkni muhofaza qiluvchi mehnatni va jamg’armalarni ko’paytirishga imkon beruvchi malakaga ega bo’lish uchun sarflanadigan mehnatni ham unumli, deb hisoblaydi. J.S.Millning tasdiqlashicha, agar iste‘mol ―jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlarini qo’llab-quvvatlasa va ko’paytirsa‖, unumli mehnatdan keladigan daromadlar unumli iste‘mol hisoblanadi. Uningcha, unumsiz mehnatdan keladigan har qanday daromad bu – faqat unumli mehnat bilan yaratilgan daromadning oddiy qayta taqsimlanishidir. Agar u ishchining va uning oilasining yashashi uchun zarur bo’lgan vositalar minimumini ta‘minlasa, hatto ish haqi iste‘moli unumli hisoblanadi, uning ―zebziynat‖ keltiradigan qismi esa unumsiz hisoblanadi. J.S.Mill qiymat, almashuv qiymat, iste‘mol qiymat tushunchalarini ko’rib chiqadi. Uningcha, qiymat ishlab chiqarish sohasiga emas, balki muomala sohasiga xos hodisa hisoblanadi va bir tovarni boshqa tovarga, shu jumladan, pulga ayirboshlash uchun xarakterli bo’lgan o’rtadagi nisbat hisoblanadi; bunday nisbat bozorda o’rnatiladi. Qiymat (qimmat) nisbiy tushuncha bo’lganligi sababli, u barcha tovarlar bo’yicha birdaniga oshishi mumkin emas. Almashuv qiymat (tovar bahosi) talab va taklif muvozanatlashgan nuqtada o’rnatiladi, ya‘ni talab va taklifga qarab o’rnatiladi, ishlab chiqarish xarajatlari esa taklifni aniqlab beruvchi omil sifatida tavsiflanadi. Tovar qiymatning puldagi ifodasi, uning bahosi hisoblanadi. Baho bevosita raqobat asosida o’rnatiladi. Raqobat esa xaridor arzon olishga, sotuvchi esa qimmat sotishga intilishi sababli kelib chiqadi. Erkin raqobatda bozor bahosi talab va taklif darajasiga qarab o’rnatiladi. Aksincha, «monopolist o’z ixtiyoricha xohlagan yuqori bahoni o’rnatishi mumkin, faqat u xaridor sotib olishi yoki xohlashi mumkin bo’lgan bahodan yuqori bo’lmasa bas; ammo bunga u faqat taklifni kamaytirish yo’li bilan erishishi mumkin». Uzoq davr mobaynida tovar bahosi uning ishlab chiqarish xarajatlaridan past bo’lishi mumkin emas, negaki, hech kim o’z zarariga ishlashni xohlamaydi. Shuning uchun talab va taklif o’rtasidagi barqaror muvozanat «qachonki buyumlar bir-biriga faqat ularning ishlab chiqarish xarajatlariga mos ravishda ayirboshlangandagina o’rnatiladi». Kapital va foyda nazariyasi. J.S.Mill jamg’arish natijasida vujudga keladigan mehnat mahsulotlari zaxirasini kapital, deb atagan. Ishlab chiqarish faoliyati kapital miqdori bilan chegaralanadi. Kapitalning har bir ko’payishi ishlab chiqarishning kengayishiga olib keladi. Agar mehnat qilishga qobiliyatli kishilar topilsa va ular yeyishi uchun ovqat bo’lsa, ulardan qandaydir ishlab chiqarishda doimo foydalanish mumkin. Chunki investitsiyaning asosi sifatida kapitalning tashkil topishi ish bilan bandlik doirasini kengaytirish imkonini beradi va agar «boylarning unumsiz xarajatlari» hisobga olinmasa, ishsizlikka barham berishi mumkin. Ammo J.S.Millning ta‘kidlashicha, kapitalning rivojlanishiga boshqa cheklanishlar ham xos. Ularning biri – kapitaldan keladigan daromadlarning kamayishidir. Uni J.S.Mill kapitalning Me‘yorli unumdorligining pasayishi sababli kelib chiqadi, deb tushuntiradi. Masalan, qishloq xo’jaligi mahsulotlari miqdorini ko’paytirish ushbu miqdor ekvivalentiga nisbatan ko’proq mehnat sarflash evazigagina bo’lishi mumkin. Boshqacha bo’lishi aslo mumkin emas. Umuman, foyda to’g’risidagi masalani tushuntirib berishda J.S.Mill D.Rikardo qarashlariga asoslanadi. O’rtacha foyda Me‘yorining vujudga kelishi shunga olib keladiki, bunda foyda ishlatilayotgan kapitalga mutanosib bo’ladi, baho esa – xarajatlarga. «Sarf-xarajatlar, ya‘ni ishlab chiqarish xarajatlari bir xil bo’lgan joyda foyda ham bir xil bo’lishi uchun narsalar bir-biriga mutanosib tarzda ishlab chiqarish xarajatlari bo’yicha ayirboshlanishi kerak, ishlab chiqarish xarajatlari bir xil bo’lgan narsalar bir xil qiymatga ega bo’lishlari kerak, shuning uchun faqatgina bir xil xarajatlar bir xil daromad olib keladi». J.S.Millning yozishicha, rentaga o’xshagan, maxsus ko’rinishga ega bo’lgan foyda ham amal qiladi. Gap amalda nisbatan ustunlikka ega bo’lgan ishlab chiqaruvchi yoki savdogar to’g’risida boradi. Modomiki, uning raqobatchilari bunday ustunlikka ega emas ekan, unda «u mahsulot qiymatini aniqlab beruvchi ishlab chiqarish xarajatlariga qaraganda kam xarajat sarflab bozorga tovar chiqarishi mumkin. Bunda ... ustunlikka ega bo’lgan kishi renta oluvchiga o’xshab ketadi». J.S.Mill foydaning vujudga kelish sababini xuddi A.Smit va D.Rikardo kabi tushuntiradi: «Foyda ayirboshlash natijasida emas…, balki mehnatning unumdorlik kuchi natijasida vujudga keladi… Agar mamlakatdagi barcha mehnatkashlar tomonidan yaratilgan mahsulot, mehnatkashlar ish haqi ko’rinishida iste‘mol qiladigan mahsulotdan 20 foizga ko’p bo’lsa, unda bahoning qanday bo’lishidan qat‘iy nazar foyda 20 foizni tashkil etadi». Pul, kredit va savdo inqirozi nazariyalari. Pulning mohiyatini J.S.Mill pulning miqdoriy nazariyasidan kelib chiqqan holda tahlil qiladi. U bu bilan o’zini pulning miqdoriy nazariyasi tarafdori ekanligini ko’rsatadi. Bu nazariyaga muvofiq, pul miqdorining ko’payishi yoki kamayishi tovarlar bahosining nisbiy o’zgarishiga ta‘sir ko’rsatadi. Ammo agar uning miqdorining ko’payishi oldi-sotdi miqdorining ko’payishiga (yoki yalpi daromadga) muvofiq kelsa, faqat birgina pul miqdorining ko’payishi bahoning oshishiga olib kelmaydi. Uningcha, boshqa barcha sharoitlar bir xil bo’lganda, “pulning qiymati pul miqdoriga teskari mutanosiblikda o„zgaradi: pul miqdorining har qanaqasiga ko„payishi uning qiymatini pasaytiradi, pulning har qanaqasiga kamayishi esa, uning qiymatini bir xil mutanosiblikda oshiradi... Bu – pulning maxsus xususiyati”. Qachonki pul mexanizmi buzilsa, faqat shundagina iqtisodiyotda pulning ahamiyati sezila boshlaydi. So’ngra J.S.Mill kreditning tabiati va uning iqtisodiyotdagi o’rnini tadqiq qilishga o’tadi. Bu yerda J.S.Mill o’zini A.Smit va D.Rikardo g’oyalarini ommalashtiruvchi oddiy iste‘dod egasi sifatida emas, balki chuqur o’ziga xos tadqiqotchi ekanligini namoyon etadi: «Kredit mamlakatning ishlab chiqarish resurslarini ko’paytirmaydi, 138 lekin kredit tufayli ular ishlab chiqarish faoliyatida ancha to’liq ishlatiladi». Kredit manbayi ayni chog’da unumli iste‘molda bo’lmagan pul shaklidagi kapital hisoblanadi. Foiz to’lash evaziga kredit beruvchi asosiy instrument sifatida depozitli banklar tashkil topadi. Bunda bank krediti bahoga taklifning o’sishi qanday ta‘sir ko’rsatsa, xuddi shunday ta‘sir ko’rsatadi. Kredit to’lovga qobil talabni kengaytirgach va subyektlarning istaklariga ta‘sir ko’rsatgach, savdo konyunkturasini keskin o’zgartirib yuboradi. Muayyan tovarning bahosi oshishi kutilsa, savdogarlar bundan foyda olishga bo’lgan o’z moyilliklarini namoyish etadilar. Agar bunda bahoning oshishi yuqori va uzoqqa cho’ziladigan bo’lsa, unda u boshqa chayqovchilarni ham o’ziga tortadi. Ular tovarlar xaridini kuchaytiradilar, bu esa beriladigan ssuda miqdorini ko’paytiradi, bahoni oshiradi. Bir oz vaqt o’tgandan keyin bahoning o’sishi to’xtaydi va tovarlarni o’z qo’llarida ushlab turganlar foyda olish vaqti kelganini his qiladilar va ularni sotishga kirishadilar. Baho pasaya boshlaydi, tovar egalari katta zarar ko’rmaslik uchun bozorga shoshiladilar, bunday vaziyatdagi bozorda xaridorlar unchalik ko’p bo’lmaganligi sababli, baho oldin oshganiga qaraganda ancha tez pasayib boradi. Shunga o’xshagan bir oz tebranishlar kredit bo’lmagan paytda ham bo’lib turadi. Ammo pul miqdori o’zgarmagan vaqtda bir xil tovarlarga bo’lgan ajiotaj talab boshqa tovarlarning bahosini pasaytiradi. Lekin kreditdan foydalanilganda iqtisodiy subyektlar qo’shimcha pul manbayiga ega bo’ladilar. Bunday vaziyatda chayqovchilik barcha tovarlarni birdaniga qamrab olishi mumkin. Natijada savdo inqirozi kelib chiqadi. Savdo inqirozi uchun «chayqovchilikning jonlanishi ta‘sirida oldin oshgan baholarning tez pasayib borishi tipik hol hisoblanadi. Baholar qaysi nuqtadan osha boshlagan bo’lsa, shu nuqtagacha pasayishi mumkindek tuyuladi yoki iste‘mol va taklif o’zini oqlaydigan darajagacha pasayadigandek bilinadi. Ammo ularning pasayishi ancha chuqur bo’ladi, negaki, har bir kishi zarar ko’rayotgan, ko’pchilik esa bankrotga uchragan bir davrda, hatto ishonchli va atoqli firmalar o’zlari o’rganib qolgan kreditni zo’rg’a olishlari mumkin. Bunday vaziyat shuning uchun sodir bo’ladiki, hech kimda qarzga bergan mablag’ini o’z vaqtida qaytarib olishga ishonch bo’lmaydi. Favqulodda sharoitda bunga vahimachilik kelib qo’shiladi. Pul qisqa muddatga deyarli har qanday foiz to’lash sharti bilan qarzga olinadi, tovarlarni sotishda esa, darhol naqd pulga xarid qiluvchilar shartlaridan ko’riladigan har qanday 139 zararga e‘tibor berilmaydi. Demak, savdo inqirozi davrida baholarning umumiy darajasi shu qadar pasayadiki, oldingi inqirozgacha bo’lgan chayqovchilik davri mobaynida osha boshlagan darajadan ham past bo’ladi». O’z mohiyatiga ko’ra bu iqtisodiy fikrlar tarixida birinchi marta iqtisodiyotning pasayish dinamikasi pullik jihatlarining ifoda etilishidir. Bu yerda J.S.Mill S.Sismondi taklif qilgan iqtisodiy pasayish (inqiroz) tushunchasiga qo’shilmadi. Uning fikricha, inqiroz umumiy ortiqcha ishlab chiqarish natijasi hisoblanadi, deyish katta xatodir. «Bu faqat ortiqcha chayqovchilik xaridining oqibatidir… Uning bevosita sababi kreditning qisqarishi hisoblanadi, bartaraf qilish vositasi esa – taklifni kamaytirish emas, balki ishonchni tiklashdir». Bu ma‘noda J.S.Mill J.M.Keynsning o’tmishdoshidir. J.S.Millning tasdiqlashicha, konvertatsiyalashgan qog’oz valyutalar sharoitida oltinning chetga chiqib ketishi yuzaga kelishi sababli baholar uzoq vaqt oshishi mumkin emas. Biroq qog’oz pullar konvertatsiyalashmaganda (ularni oltinga almashtirish mexanizmi yo’q) baholarning oshishi chayqovchilik shov-shuv (bum)ining kelib chiqishiga olib kelishi va inqirozlarni keltirib chiqarishi mumkin. 1825- yildagi inqiroz bunga misol bo’la oladi. Ammo keyingi 1847-yildagi inqiroz esa foiz stavkasining keskin o’sishi natijasi hisoblanadi. Savdo inqirozlari davrida «pul talabidan ko’ra tovarlarning ortiqchaligi yuzaga keladi, ya‘ni pul taklifining yetishmasligi kelib chiqadi».


  1. Iqtisodiy resurslarning mazmuni va uning turlari

Iqtisodiy resurslar – ma'lum davrda ma'lum bir mamlakat ixtiyorida to‘plangan va mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, ularni iste'molchilarga yetkazib berish va iste'mol jarayonlarida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan vositalar, qo‘r-qutlar, imkoniyatlar va manbalardir.
Iqtisodiy resurslar nima ekanligini tushunish uchun birinchi navbatda resurslar kontseptsiyasini belgilash, ularning tasnifini, ishlab chiqarish qiymatlari va ishlab chiqarish omillari o'rtasidagi bog'liqlikni hisobga olish, ushbu elementlaming har birini alohida ajratish, shuningdek, turli omillarning ta'siriga qarab iqtisodiy resurslardan foydalanishni tahlil qilish kerak.

iqtisodiy resurslaming kontseptsiyasi va tasnifi

Ishlab chiqarish va ishlab chiqarish turli xil iqtisodiy resurslardan foydalanish bilan bevosita bog'liq. Iqtisodiy resurslar tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan barcha turdagi resurslami anglatadi. Aslida, bu boshqa imtiyozlami ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan foydalardir. Shuning uchun ular ko'pincha ishlab chiqarish resurslari, ishlab chiqarish omillari, ishlab chiqarish omillari, iqtisodiy o'sish omillari deb ataladi. Korxonaning iqtisodiy resurslari quyidagilardan iborat:

* tabiiy resurslar (er, er osti boyliklari, suv, o'rmon va biologik, iqlim va dam olish resurslari), qisqartirilgan yer;

* mehnat resurslari (tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish qobiliyatiga ega odamlar), qisqartirilgan-mehnat;

* kapital (pul shaklida, ya'ni pul mablag'lari yoki ishlab chiqarish vositalari, ya'ni haqiqiy kapital);

* tadbirkorlik qobiliyatlari(odamlaming tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishni tashkil etish qobiliyati).

Aristotel va undan keyin o'rta asr mutafakkirlari mehnatni asosiy iqtisodiy resurslardan biri deb hisoblashgan. Bunday yondashuv dunyodagi birinchi iqtisodiy maktab - mersantilizm bilan ajralib turardi. Fizyokratlar maktabi yeri iqtisodiy resurs sifatida alohida ahamiyatga ega edi. Adam Smit mehnat, yer va kapital kabi iqtisodiy resurslarni ko'rib chiqdi. Biroq, ishlab chiqarishning uchta omilining nazariyasi fransuz iqtisodchisi Jan Baptiste Sei (1767-1832) tomonidan aniq ifodalangan. Ingliz iqtisodchisi Alfred Marshall (1842-1924) to'rtinchi omil - tadbirkorlik qobiliyatini qo'shishni taklif qildi.

Endi iqtisodiy resurslarning har birini batafsil o'rganish kerak. Yeг, iqtisodiy resurs sifatida, bir qator xususiyatlarga ega. Birinchidan, eming ishlab chiqarish xarajatlari yo'q. Er tabiiy ob'ekt sifatida mavjud. Bu tabiatning bepul va qayta tiklanmaydigan sovg'asi. Ikkinchidan, insoniyat erlaming o'lchamlarini o'zgartira olmaydi, ya'ni eming cheklanishi kabi xususiyat mavjud. Uchinchidan, er ham foydali qazilmalar, suv va boshqa resurslar manbai hisoblanadi.

Kapital-daromad olish uchun samarali foydalaniladigan moddiy va nomoddiy boyliklar zaxirasi. Boshqacha qilib aytganda, kapital-ko'proq iqtisodiy mahsulotlar ishlab chiqarish uchun yaratilgan har qanday resurs. Ishlab chiqarish omillari kontseptsiyasida kapital moddiy (Real) kapitalni anglatadi - uzoq yoki qisqa muddatli ishlab chiqarishning barcha vositalari. Iqtisodiyotda asosiy va ishchi kapitalni ajratish odatiy holdir.

Asosiy kapital-bir qator ishlab chiqarish davrlarida (binolar, inshootlar, mashinalar, uskunalar, transport vositalari va h.k.) mahsulotga sarflanadigan xarajatlar uzoq muddatli Real aktivlardir. Ishchi kapital - qiymati butunlay yangi tovarlar qiymati uzatiladi va har bir tsikl (xom ashyo, yoqilg'i, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar) tovarlar sotish tadbirkorga pul shaklida qaytadi Real aktivlari. Ba'zi iqtisodchilar ba'zan "kapital" kontseptsiyasining qo'shimcha darajalaridan foydalanadilar: jismoniy kapital, inson kapitali, pul kapitali.

Mavjud mablag'lar mahsulot ishlab chiqarish va sotishning uzluksizligini ta'minlaydi. Resurslardan samarali foydalanish asosan ishlab chiqarishni tashkil etish tamoyillariga bog'liq. Shunday qilib, yuqori samaradorlik aylanma mablag'laming

optimal hajmiga bog'liq. Aylanma mablag'lami shakllantirish uchun korxona o'z va ularga tenglashtirilgan mablag'lardan, shuningdek jalb qilingan va qarz majburiyatlaridan foydalanadi. Aylanma mablag'lami shakllantirish manbalari quyidagilar bo'lishi mumkin: foyda, kreditlar, ustav kapitali, byudjet mablag'lari, qayta taqsimlanadigan resurslar va boshqalar.

Pul kapitalining toifasi alohida ajratilgan. Moliyaviy resurslar-bu korxonaning tasarmfida bo'lgan va moliyaviy majburiyatlami bajarish va ishchilami iqtisodiy rag'batlantirish uchun kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish bo'yicha joriy xarajatlami amalga oshirish uchun mo'ljallangan puldir.

Korxonaning mehnat resurslari - korxonada ishlaydigan va uning ro'yxatiga kiritilgan turli professional va malaka gumhlarining xodimlari. Mehnat resurslari ishlab chiqarishning moddiy elementlarini harakatga keltiradi, mahsulot, qiymat va ortiqcha mahsulotni foyda shaklida yaratadi.

Korxonaning mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligi mehnat unumdorligini tavsiflaydi, bu ish vaqtining birligida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori yoki ishlab chiqarilgan mahsulot yoki bajarilgan ishlar birligiga mehnat xarajatlari bilan belgilanadi.

Bundan tashqari, iqtisodiy resurslar takrorlanadigan va takrorlanmas bo'linadi. Qayta ishlab chiqariladigan ishlab chiqarish resurslariga tabiat (suv havzalari, tuproq, flora, fauna) va jamiyat (ishlab chiqarish vositalari) tomonidan yaratilgan va tiklanganlar kiradi. Xom ashyo sifatida iste'mol qilinadigan minerallar, havo, er uchastkalari qayta tiklanmaydigan narsalarga tegishli. Ushbu uchta iqtisodiy resurs klassik deb ataladi, ammo zamonaviy iqtisodiy nazariyada ko'pincha bir nechta qo'shimcha omillar mavjud. Iqtisodchilar uzoq vaqt davomida bir xil klassik ishlab chiqarish omillariga ega bo'lgan alohida korxonalar va hatto butun mamlakatlar ko'pincha butunlay boshqa iqtisodiy natijalarga erishayotganini payqashgan. Bundan tashqari, har qanday resurslarga boyroq bo'lish va kambag'allar ulami rivojlantirishi mumkin. Ishlab chiqarish omillarini eng yaxshi usulda ishlatish va birlashtirish uchun

maxsus turdagi omil - tadbirkorlik qobiliyati - iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun iqtisodiy resurslar (mehnat, er, kapital) o'zaro ta'sirini samarali tashkil etish qobiliyati zarur. Hozirgi kunda Rossiya bozorida tadbirkorlik qobiliyati nazariy va amaliyotda ishlab chiqarishning zarur omili sifatida tan olingan.

Ishlab chiqarish omillari sifatida ba'zi iqtisodchilar ilmiy va texnologik taraqqiyot va axborotni ajratadilar. Barcha qo'shimcha ishlab chiqarish omillari klassik omillardan yanada samarali foydalanish orqali o'zlarini namoyon qilishlarini birlashtiradi. Iqtisodiy resurslar bir-biriga bog'langan. Bir xil miqdordagi ishchilar, mashinalar va erlar tadbirkorlik, ilmiy-texnik va axborot resurslaridan foydalanishni ta'minlaydigan turli xil mahsulotlami ishlab chiqaradi.

ishlab chiqarish funktsiyasi

Korxona hech narsadan mahsulot ishlab chiqa olmaydi. Ishlab chiqarish jarayoni turli resurslami iste'mol qilish bilan bog'liq. Resurslar ishlab chiqarish faoliyati uchun zamr bo'lgan barcha narsalami - xom-ashyo, energiya, mehnat, uskunalar va makonni o'z ichiga oladi.

Kompaniyaning xatti-harakatlarini tasvirlash uchun ma'lum miqdordagi resurslardan foydalangan holda qancha mahsulot ishlab chiqarishi mumkinligini bilish kerak. Kompaniyaning ishlab chiqarishi mumkin bo'lgan mahsulot miqdori resurslar hajmiga bog'liqligi ishlab chiqarish funktsiyasi deb ataladi. Ya'ni, ishlab chiqarish funktsiyasi-resurs xarajatlari va mahsulot ishlab chiqarish o'rtasidagi texnologik bog'liqlik.

U texnik jihatdan samarali ishlab chiqarish usullarini tasvirlaydi. Ishlab chiqarishning har bir usuli (yoki ishlab chiqarish jarayoni) ma'lum bir texnologiya darajasida ishlab chiqarish birligini olish uchun zarur bo'lgan muayyan resurslar to'plami bilan tavsiflanadi.

Har qanday ishlab chiqarish funktsiyasi ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilingan resurslaming har biri tayyor mahsulotni ishlab chiqarishga qanday hissa

qo'shayotganini ko'rsatib, o'ziga xos texnologiyani aks ettiradi. Ishlab chiqarish funktsiyasi yordamida mahsulotning maksimal ishlab chiqarilishi belgilangan resurs xarajatlarida aniqlanishi mumkin. Boshqa tomondan, ma'lum bir ishlab chiqarish hajmini ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan minimal resurslar miqdorini aniqlash imkonini beradi. Ishlab chiqarish funktsiyasi bir xil natijaga erishish imkoniyatini beruvchi qo'llaniladigan resurslaming turli kombinatsiyalarini aniqlashga yordam beradi.

Iqtisodiy manbalar - bu tovarlar ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan resurslar turi - tovarlar va xizmatlar.

Iqtisodiy resurslarning quyidagi turlari mavjud:

1) tadbirkorlik salohiyati. Bu aholining turli shakllarda mahsulot ishlab chiqarishni tashkil qilish qobiliyatidir;

2) bilim. Bular mahsulot ishlab chiqarish va iste'mol qilishni avvalgisiga nisbatan yuqori darajada tashkil etishga imkon beradigan aniq ilmiy-texnik ishlanmalar;

3) tabiiy boyliklar. Bular aniq minerallar, masalan, er, mineral resurslar, shuningdek, mamlakatning iqlim va geografik joylashuvi;

4) kadrlar. Bu ma'lum bir sifat ko'rsatkichlari - ta'lim, madaniyat, kasb mahorati bilan ajralib turadigan mamlakat aholisining o'ziga xos soni. Umuman olganda, inson resurslari eng muhim iqtisodiy resursdir, chunki ularsiz milliy iqtisodiyotning normal ishlashini tasavvur etib bo'lmaydi;

5) moliyaviy resurslar. Bu milliy iqtisodiyotda mavjud bo'lgan ma'lum pullar bilan ifodalangan kapital.

O'rta asrlarda yagona iqtisodiy manba hisoblangan inson resurslariga, ishchi kuchiga katta ahamiyat berilardi. Fiziokrasiyaning iqtisodiy nazariyasida yer yagona iqtisodiy manba sifatida tan olingan. A. Smit iqtisodiy manbalar sifatida kapital, er va ishchi kuchini aniqladi. Ushbu pozitsiyadan kelib chiqib, J. B. Say “uch omil” - iqtisodiy resurslar nazariyasini shakllantirgan. A. Marshall ushbu ro'yxatni tadbirkorlik potentsiali - to'rtinchi omil, resurs bilan to'ldirdi. Iqtisodiy manbalardan biri sifatida bilimlarni joriy etishning mohiyati E. Toflerga tegishli; u ushbu manbani aniq ilmiy-texnik ishlanmalar, izlanishlar, ilmiy-texnik taraqqiyot, axborot va fan sifatida izohlaydi.



Tabiiy resurslar ularning tarkibi juda xilma-xil bo'lib, er, energiya, suv, biologik, o'rmon, mineral, rekreatsion, iqlim resurslarini o'z ichiga oladi. Ulardan foydalanish o'zaro bog'liq (masalan, er resurslaridan foydalanish uchun uskunalar kerak, va uning ishlashi uchun mineral resurslar kerak - yoqilg'i).

Tabiiy resurslarning muhim turi mineral xom ashyo - ko'mir, tabiiy gaz, neft, metall rudalari, fosfatlar, kaliy tuzlari. Ushbu resursning taqsimlanishi milliy iqtisodiyotda ham global miqyosda teng emas. Tabiiy resurslar quyidagilarga bo'linadi.

1) o'rganilgan. Ularni qazib olish allaqachon amalga oshirilmoqda;

2) ishonchli. Ularning ishonchli mavjudligi ma'lum, ammo turli sabablarga ko'ra ularni qazib olish amalga oshirilmaydi;

3) bashoratli. Bular hipotetik jihatdan mavjud bo'lishi kerak bo'lgan minerallardir, ammo bu ma'lum emas.

Mutaxassislarning fikriga ko'ra, mavjud qazib olish sur'atlarida ularning zaxiralari taxminan 500 yil ichida tugaydi. Shu bilan birga, ularga iqtisodga bo'lgan ehtiyoj har yili o'rtacha 10% ga oshib bormoqda. Ushbu resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish uchun resurslarni tejaydigan texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish davom etmoqda.

Mamlakatimizda inson resurslari cheklangan. Ishsizlik darajasi yuqori bo'lishiga qaramay, ma'lum bir sifat xususiyatlari - kasbiy va malaka darajalarida farq qiladigan kadrlar etishmovchiligi mavjud. Ma'lum bir malaka va kasblarga ega bo'lgan xodimlarning keskin tanqisligi mavjud bo'lib, bu xalq xo'jaligining rivojlanishiga jiddiy to'sqinlik qiladi.

Iqtisodiy resurslarning asosiy xususiyati ularning cheklangan tabiati bo'lib, ular tovarlar - tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish uchun cheksiz ehtiyojdir. Ushbu mulkdan aholining ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish uchun iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish uchun mantiqiy ehtiyoj yuzaga keladi. Bunday holda, resurslarni tegishli ravishda taqsimlash to'g'risida, ya'ni ulardan foydalanish to'g'risida shunday qaror qabul qilish kerakki, natijada maksimal natijaga erishilsin.

Iqtisodiy resurslarning yana bir xususiyati ularning bir-birini to'ldirishi. Masalan, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish uchun bilimlardan foydalaniladi - ilmiy va texnologik ishlanmalarga asoslanib, bir-birini to'ldirishni yanada samaraliroq va maqbul qiladigan iqtisodiy resurs. O'z navbatida, bilim inson resurslarining asosini tashkil etadi va xodimlarning aniq bilimlari, ko'nikmalari va kasbiy ko'nikmalariga asoslanadi.

Harakatlanish iqtisodiy resurslar, ular tarmoqlar, mintaqalar, mamlakatlar o'rtasida harakat qilish qobiliyatidan iborat. Har bir iqtisodiy resursga nisbatan harakatchanlik darajasi har xil bo'ladi va har xil ob'ektiv va sub'ektiv omillarga bog'liq bo'ladi. Masalan, minimal harakatchanlik iqtisodiy resursda - erlarda bo'ladi, chunki uning geografik joylashuvini o'zgartirish mumkin emas. Eng katta harakatchanlik milliy iqtisodiyotlar o'rtasida harakat qila oladigan inson resurslari bilan tavsiflanadi.

Iqtisodiy resurslarning muhim xususiyati ularning almashinuvchanligi bo'lib, ular bitta iqtisodiy resursni boshqasiga almashtirish qobiliyatidan iboratdir. Masalan, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun siz ishbilarmonlik potentsialidan foydalanishingiz mumkin - ishlab chiqarish texnologiyasini o'zgartirish, bilimlarni esa xodimlarni o'z mehnat vazifalarini samarali bajarishlariga o'rgatish. Iqtisodiy resurslarni almashtirish qobiliyati cheklangan va to'liq va to'liq ishlab chiqarilishi mumkin emas. Masalan, kapital inson resurslarini to'liq o'rnini bosa olmaydi. Resurslarni dastlabki almashtirish ijobiy natija berishi mumkin, ammo kelajakda iqtisodiy faoliyat sezilarli darajada murakkablashadi va uning samaradorligi pasayishi mumkin.



Iqtisodiy sub'ektning asosiy vazifasi - bu iqtisodiy xususiyatlardan foydalaniladigan iqtisodiy resurslardan foydalanish samaradorligi va oqilona darajasini doimiy ravishda oshirish, o'zaro almashish, to'ldirish, harakatchanlik.

Milliy iqtisodiyot doirasida iqtisodiy resurslarning aylanishi ularning tegishli bozorlarida (masalan, kapital bozori, mehnat bozori) sodir bo'ladi. Ushbu bozorlarda ma'lum segmentatsiya ham mavjud (masalan, mehnat bozori menejerlar, iqtisodchilar, muhandislar segmentidan iborat).
Download 56.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling