Mustaqil ishi avtomatlashtirilgan tizimlarning rivojlanish tarixi va tasnifi
Download 35.4 Kb.
|
1 2
Bog'liq2-var 1-Avtomatlashtirilgan tizimlarning rivojlanish ta
Navoiy Davlat Konchilik va Texnologiyalari Universteti Energo-Mexanika fakulteti 7sA 19 TJA guruh talabasi Bahodirov To`lqinning Konchilik mashinalari va uskunalari fanidan MUSTAQIL ISHIAVTOMATLASHTIRILGAN TIZIMLARNING RIVOJLANISH TARIXI VA TASNIFI Reja: Kirish EENHAT ning rivojlanish tarixi EENHAT klassifikatsiyasi Kirish «elektr ta’minoti tizimida elektr energiyasi nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimlari» fanini o‘qitilishidan maqsad - iste’molchilarni kerakli miqdorda va sifatda elektr energiyasi bilan ta’minlab, uni nazorat qilish va hisoblashni avtomatlashtirib beruvchi elektr ta’minot tizimini o‘rganishdir. «elektr ta’minoti tizimida elektr energiyasi nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimlari» fanini o‘rganishning asosiy vazifalari: Elektr ta’minotida energiya nazoratini avtomatik qurish yo‘llarini, shu sistemada ishlatadigan uskunalarni to‘g‘ri tanlash masalalarini, elektr ta’minot tizimida ENHAT masalalarini talabalar o‘zlashtirishidir. «elektr ta’minoti tizimida elektr energiyasi nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimlari» fani bo‘yicha o‘zlashtirilgan ma’lumotlarga, hamda o‘quv rejasida rivojlantirilgan elektr texnikaning nazariy asoslari (zanjirlar nazariyasi, transformatorlar, nosinusoidal katgaliklar qismlari); elektr o‘lchov; elektr mashinalari; elektr ta’minoti sistemasida elektr stansiyalar va podstansiyalar; dasturiy ta’minot va iqtisodiy hisoblarda EHM ishlatilishi; elektr ta’minoti sistemasida elektr tarmoqlari; energetikani matematik masalalari va h.k. fanlarni bilishga asoslanadi. Zamonaviy enеrgеtikaning jamiyat hayotidagi roli ko‘rib chiqiladi, enеrgiyani hosil qilish, uni korxonalarning mavjud iste’molchilari o‘rtasida taqsimlanishi va iste’molchilarda avtomatik tizimlarning turlari o‘rganilgan. Bundan tashqari, O‘zbekiston energetikasida ENHATning rivojlanish istiqbollari ko‘rib chiqiladi, enеrgеtika va sanoat korxonasi elektr ta’minotining loyihalash masalalari batafsil ishlab chiqiladi. Sanoati rivojlangan davlatlarning EENHAT tajribasi ifodalangan (kеltirilgan). Ushbu ma’ruzalar matnida sanoat korxonasida avtomatlashtirilgan hisob tizimini yaratishning maqsad va vazifalarini ko‘rib chiqamiz, uning amalga oshirilishi iqtisodiy va texnik hisob tizimlari uchun muhim iqtisodiy samara olish imkonini beradi. EENHAT qurilishining korxona hajmiga qarab umumlashtirilgan variantlari berilgan. Buyurtmachi va avtomatlashtirilgan tizimlarni ishlab chiquvchi o‘rtasidagi muzokaralar samaradorligini oshirishga alohida ye’tibor qaratilmoqda. Loyihalash qoidalari va texnik jihozlarni tuzish xususiyatlari hamda avtomatlashtirilgan tizimlarni hujjatlashtirish aks ettiriladi. EENHAT - tok transformatorlarining birlamchi datchiklari va zamonaviy elektr hisoblagichlari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Zamonaviy ishlab chiqarishning rivojlantirish strategiyasi avvalo texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishni sezilarli darajada o‘sishini talab qiladi. Dastlab texnologik jarayonlar to‘laligicha inson tomonidan boshqarilgan. Texnologik jarayonlarni murakkablashib borishi natijasida insonlar imkoniyati chegaralovchi foktor sifatida nomoyon bo‘lib boshladi. Avtomatlashtirish bu – texnik vositalar, boshqarish usullari va tizimlarini qo‘llagan xolda ishlab chiqarishdagi to‘g‘ridan to‘g‘ri inson ishtirokini ozod qilish deganidir. Ishlab chiqarishni va samaradorlikni oshirish, maxsulot sifatini va inson mexnat faoliyati sharoitlarini yaxshilash avtomatlashtirishning maqsadi hisoblanadi. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish insonni almashtirgan xolda, boshqarish va nazorat qilish funksiya bajaruvchi turli xildagi boshqarish nazorat tizimlarini yaratishdan iborat. Inson o‘z aqli, bilimi, ko‘nikmasi va tajribasidan foydalangan xolda o‘zi uchun aqliy va jismoniy mehnatni bajaradigan mashinalar yaratadi. Bevosita inson ishtirokini birinchi navbatda moddiy ishlab chiqarish jarayonlaridan ya’ni texnologik jarayonlardan ozod qilish muxim. Istalgan inson mehnatini samaradorligini oshirishni avtomatlashtirish ta’minlaydi. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish inson ishtirokini minimallashtiradigan texnologiyani yaratish demakdir, aniq qilib aytganda u ishchilar sonini kamaytirish, jarayonlarni samaradorligini oshirish, mehnat sharoitini va maxsulot sifatini yaxshilashga yo‘naltilgan tadbirlar kompleksini o‘z ichiga oladi. Axborot texnologiyalarini jadal suratlar bilan rivojlanishi avtomatlashtirish soxasiga xam katta turtki berdi. YA’ni bu soxada ishlab chiqarishda samaradorlikni va avtomatlashtirishni ta’minlaydigan ko‘plab dasturlar paydo bo‘ldi. Avtomatlashtirishda qo‘llaniladigan muxandislik dasturlari. Umimiy qilib qaraganda sanoatda avtomatlashtirish uchun qo‘llaniladigan uch turdagi dasturlar mavjud. Avtomatik tizimlar va avtomatlashtirilgan boshqarishni loyixalash uchun qo‘llaniladigan tizimlar, texnologik jarayonlarni modellashtirish va alohida qismlarini dasturlashga mo‘ljallangan dasturiy paketlar va tizimlar xamda SCADA sistemalar. Lekin yildan yilga dasturiy paketlar intensiv integratsiyasi ntijasida yuqoridagi bo‘linish shartli hisoblanadi. ALT Ishlab chiqarish tizimida asosiy funksiya bu jarayonni loyixalash hisoblanadi. Maxsulot sifati va uning dizayni uning iqtisodiy muvofoqiyati va maxsulotning umumiy ahamiyatini aniqlovchi asosiy faktordir. Agar maxsulot dizaynini yanada yaxshilash imkoni mavjud bo‘lsa maxsulot sifatidan qat’iy nazar u tanazzulga uchraydi. Aksincha maxsulot dizayni yaxshi va uning tannarxi past bo‘lsa bu maxsulot muvofoqiyatini ta’minlaydi. Demak ishlab chiqarish jarayonlarini loyixalash sanoatda juda katta ahamiyatga ega. SHunday qilib dizayn va ishlab chiqarish bir biridan ajralgan bo‘lishi mumkin emas, ular bir biri bilan funksional, texnologik va iqtisodiy bog‘langan va u avtomatlashtirishning ajralmas qismi hisoblanadi. (Mikell P. Groover. Automation, Production Systems 755 bet). Bugungi kunda loyixa tashkilotlariga kompьyuterlashtirish jadal suratlar bilan kirib kelmoqda. Bu loyixa ishini sifat jixatidan yangi bosqichga ko‘tarmoqda, bunda layixalash tezligi va sifati o‘sib bormoqda, ilgari soddalashtirilgan muxandislik masalalari batafsil ko‘rib chiqilmoqda. Bular umumtexnik dasturlar ichidagi yoki mustaqil bo‘lgan maxsuslashtirilgan dasturlardan samarali foydalanish natijasida amalga oshirilmoqda. Loyixa ishlarini avtomatlashtirish bo‘yicha yaratiladigan dasturiy maxsulotlar va texnik vositalarning umumiy nomga ega bu ALT. 1 ALT (inglizchadan CAD, Computer-AidedDesign)– dasturiy vositasi ishlab chiqarish ob’ktlarini (yoki qurilish) loyixalash, shuningdek konstruktorlik yoki texnologik xujjatlarni loyixalash uchun mo‘ljallangan. Shu bilan birga, EENHAT ning texnik bajarilishini ko‘rib chiqamiz. Turli aloqa liniyalari batafsil tasvirlanadi (jumladan, zamonaviylari - Internet va GSM kanallari). Usda, shuningdek, bir necha SCADA tizimlari talablari, operatsion tamoyillari tavsifi va taqqoslash berilgan. Ichki sektorda EENHAT qurilishining o‘ziga xos xususiyatlari haqida gap boradi. Download 35.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling