Mustaqil ishi Bajardi: To`rayeva Jumagul. Qabul qildi: Egamberdiyev N. A mavzu: Operatsion tizimlarda antivirus dasturlari


Download 46.81 Kb.
bet2/3
Sana18.12.2022
Hajmi46.81 Kb.
#1032178
1   2   3
Bog'liq
To`rayeva Jumagul

Linux operatsion (amaliy) tizimi.
O‘zagi Unix operatsion tizimi asosida ishlangan, tarmoq operatsion tizimi. Linux ilk bor 1991yili LiniusTorvalds tomonidan chiqarilgan. Linuxning muhim xususiyatlaridan biri – u bepul dasturiy ta’minot Fondi doirasida, GNU oshkora litsenziyasiga ko‘ra bepul tarqatiladi. Asosan, Internetda va intratarmoqlarda serverlar yaratish uchun qo‘llanadi.
UNIX operatsion (amaliy) tizimi.
Bell laboratoriyasi tomonidan yaratilgan tarmoq operatsion tizimi. Ilk bor UNIX operatsion tizimi Bell Laboratory tomonidan 1969 yili taklif qilingan, azaldan tarmoqlarda ishlatish uchun mo‘ljallangan edi. Hozirgi kunda UNIX, Si tilida yozilgan ko‘pfoydalanuvchili va ko‘pmasalali operatsion tizim. Tizimning bosh tarkibiy qismi bo‘lib mikroo‘zak hisoblanadi. Uning ichiga tarmoqlararo uzatishni boshqarish bayonnomasini/ bajaruvchi modul joylashtirilgan. UNIX operatsion tizimi bir qancha ijobiy xislatlarga ega, ulardan birinchi navbatda quyidagilarni ko‘rsatish zarur:
-amaliy dasturlarni bir turdagi kompyuterdan boshqa turdagisiga ko‘chirib o‘tkaza olish;
-ma’lumotlarni tarqoq ishlovini bajarish imkonini beradigan tarmoq xizmatlarining keng yig‘masi;
-bir vaqtning o‘zida turli xildagi fayl majmualarining mavjud bo‘lishi;
yuz berayotgan ishlov jarayonlarini foydalanuvchilar tomonidan rejalash imkoni;
-RISC protsessorlari bilan yaxshi uyg‘unlashuvi;
-xar xil ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim qilingan mahsulotlarni oson ishlatish;
rivojlanish va kengayish uchun ochiqlik;
UNIX superkompyuterlari, ishchi-stansiyalar va maxsus shaxsiy kompyuterlarda keng ishlatiladi.
UNIXWare operatsion (amaliy) tizimi. UNIX operatsion tizimining Novell korporatsiyasi tomonidan ishlabchiqilgan rusumi. UNIXWare tizimi birinchi navbatda NetWare tarmoqlarida ishlatish uchun yaratilgan. Shu bilan birga, bu operatsion tizimining muhitida hududiy tarmoqlarning bayonnomalari ham bajariladi. UNIXWare oddiy grafik interfeysga ega. Bu 32-xonali tizim «ish stoli» deb ataluvchi muhitda ishlaydi. UNIXWare ko‘pmasalali, ko‘pfoydalanuvchili, ko‘poqimli tizimdir.
Solaris operatsion (amaliy) tizimi. SUN Microsystems korporatsiyasi tomonidan taklif qilingan UNIX operatsion tizimining rusumi. Solaris simmetrik multiprotsessorli ishlovbajaradi, tasvirlar bilan ishlash vositalariga ega, ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlaydi. Tizim Internet tarmog‘i, elektron pochta, shu jumladan, nutqiy pochta, faksimil aloqa bilan o‘zaro ishlay oladi. Yuqori unum va masshtablanuvchilik xususiyatlariga ega.
Windows operatsion (amaliy) tizimi. Microsoft korporatsiyasi tomonidan shaxsiy kompyuterlar uchun taklif qilingan operatsion tizimlar oilasi. Windows tizimi ko‘pmasalali va ko‘poqimli bo‘lib, qulay grafik interfeys bilan tavsiflanadi, virtual xotiraning boshqaruvini taqdim qiladi va ko‘pgina tashqi qurilmalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Windowsni ishlatib, foydalanuvchi birdaniga bir necha amaliy jarayonlar bilan samarali ishlash imkoniyatiga egabo‘ladi. Dunyoda 90% ga yaqin kompyuterlar Windows operatsion tizimi boshqaruvida ishlaydi.
Windows 95 operatsion (amaliy) tizimi. Windows 95 aloqa va muloqot uchun ishlab chiqilgan birinchi operatsion tizimdir. Ilk bor 1995 yilning 24 avgustida chiqarilgan Microsoft korporatsiyasining operatsion tizimi, amaliy tizimi. Windows 95 o‘zining imkoniyatlariga ko‘ra o‘zidan avvalgi Windows
3.1. operatsion tizimi, amaliy tizimini ancha ortda qoldirgan. Foydalanuvchining yangi interfeysiga qo‘shimcha ravishda, Windows 95 o‘z ichiga ko‘pgina muhim angitdan kiritilgan funksiyalarga ega. U, 32-xonali qo‘llanmalarni quvvatlaydi, bu esa, maxsus shu operatsion tizim uchun yaratilgan qo‘llanmalar yanada tezroq ishlashini anglatadi. Shu bilan birga, Windows 95, Windows va DOSning eski qo‘llanmalarini bajara oladi. Windows 95da, DOSdagi asosiy xotira 640K va fayl nomining uzunligi 8 belgi bo‘lishi kerakligi kabi cheklovlar bekor qilingan.
Utilitlar va drayverlar Utilita-dasturlar bu operatsion tizimni imkoniyatlarini kuchaytiruvchi dasturlar. Masalan: disklar ustidan har xil amallarni bajaruvchi dasturlar, kompyuter ishini tezlashtiruvchi dasturlar, ma’lumotlar hajmini o‘zgaruvchi dasturlar, viruslarni aniqlovchi dasturlar va hokazo. Masalan, qattiq disk (vinchester) bilan turli ishlarni amalga oshirish uchun maxsus dasturlar zarur. Vinchesterni bo‘laklarga bo‘lish, uning ma‘lum bo‘laklarini parol bilan himoyalash uchun Disk Manager deb ataluvchi dastur ishlatiladi. Diskning holatini tekshirish uchun esa NDD (Norton disk doctor) dasturi ishlatiladi. Bu dastur yordamida disk segmentlari tekshirilib, undagi xatoliklar topiladi va bartaraf etiladi. Diskdagi ma‘lumotlarni optimizatsiya qilish, ya‘ni bir tartib bilan joylashtirib chiqishga xizmat qiluvchi SD (Speed Disk) dasturi mavjuddir. Uning yordamida diskdagi ma‘lumotlar tartibga keltiriladi, bu esa diskdagi ma‘lumotlarga murojaat qilishni yengillashtirib, kompyuter ishini tezlatadi.
Yuqorida sanab o‘tilgan dasturlarni ishlatish qulay bo‘lib, dialog darchasida hosil bo‘ladigan menyu punktlaridan mosini tanlash va ishlatishdan iboratdir. Utilitlar guruhlarga birlashtirilib, ularning eng ko‘p ishlatiladiganlari Norton Utilities, PC Tools Deluxe, Mace Utilities lar bo‘lib hisoblanadi. Utilitlarni quyidagi tartibda guruhlarga bo‘lib chiqish mumkin: • Siqadigan dasturlar maxsus usullarni qo‘llagan holda ma‘lumotlarni siqilgan holda joylashtirib, ularning arxiv nusxalarini hosil qilishga yordam beradilar. Masalan, PKZIP, PKUNZIP va ARJ dasturlari bularga misol bo‘la oladi.
• Disklardagi ma‘lumotlarning rezerv nusxalarini hosil qiladigan dasturlar qattiq u1076 diskka yozilgan ma‘lumotlarni tezlik bilan disketlarga yoki strimmerlarga nusxalash uchun yordam beradilar. Masalan, Norton Backup, Fast Back Plus.
• Antivirus dasturlari, ular xilma-xil turdagi viruslarga qarshi samarali kurashish uchun xizmat qiladilar.
• Kommunikatsion dasturlar kompyuterlararo ma‘lumotlarni almashinish uchun ishlatiladilar. Masalan, Brooklin Bridge, DeskLink, LapLink, Fast Link. Telemate, Procomm, Dataline dasturlari kompyuterlarning telefon kanallari orqali muloqot qilinishiga yordam bersa, WinFax Pro, Bit Fax, Fax It dasturlari telefon ma‘lumotlarini faks modem orqali uzatish imkoniyatini yaratadilar.
• Kompyuterni diagnostika qilish dasturlari uning konfiguratsiyasini va ishga layoqatliligini tekshirishga imkon beradi. Masalan, Cheeck It, ND lags, Control Room, System Sleuth dasturlarini shu dasturlar turkumiga kiritish mumkin. Disklarni tekshirish uchun Disk Technician Advance, Calibrate dasturlari qo‘llanilishi mumkin.
• Disk uchun mo‘ljallanilgan dastur-kesh diskdan ma‘lumot o‘qishni ancha tezlashtirishga imkon beradi, chunki ushbu holda operativ xotirada diskning tez-tez ishlatilib turadigan bo‘laklarini o‘z ichiga olgan kesh-bufer hosil qilinadi. Masalan, Smart Drive, NKache, Super PC Kwik.
• Disklarni optimizatsiya qilish dasturlari disklarda saqlanadigan ma‘lumotlar hajmini ancha oshirishga va ma‘lumotlarni tezroq topishga yordam beradi. Masalan, Speed Disk yoki Fast Trax dasturlari.
• Disklarni dinamik siqishtirishga imkon beruvchi dasturlar disklarda saqlanilishi mumkin bo‘lgan informatsiya hajmini ancha oshirishga yordam beradi. Masalan, Stacker, Double Space, Super Stir dasturlari.
• Avtonom ravishda chop qilish dasturlari (skulerlar) fayllarni chop qilishni boshqa ishlar bilan bir vaqtda amalga oshirishga imkon beradi. Masalan, Print Cashe dasturi.
• Xotirani boshqarish uchun mo‘ljallanilgan operativ xotirani yaxshiroq boshqarish uchun ishlatiladi. Masalan, Software Carousel va Switch It dasturlari xotiraga bir qancha dasturlarni yuklashga va biridan ikkinchisiga osonlik bilan o‘tishga yordam beradi.
Boshqa ko’p tarqalgan tizimli dasturlardan biri bu drayver dasturlari va dasturqoplamalar. Drayverlar-dasturlar bu operatsion tizimga tashki va ichki qurilmalar bilan ishlashda qulayliklar yaratuvchi dasturlar. Bu dasturlar asosan shu qurilmalar chiqaruvchi firmalarda yaratiladi va qurilmalar bilan birga tarqalinadi. Masalan: monitorlar drayverlari, CD-ROM lar drayverlari va hokazo. Dastur qoplamalar bu operatsion tizimning imkoniyatlardan chiroyli va qulay holda foydalanishni ta’minlovchi dasturlar. Shulardan eng taniqlisi bu NORTON COMMANDER dasturi.

Download 46.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling