Mustaqil ishi Bajardi: To`rayeva Jumagul. Qabul qildi: Egamberdiyev N. A mavzu: Operatsion tizimlarda antivirus dasturlari


Download 46.81 Kb.
bet3/3
Sana18.12.2022
Hajmi46.81 Kb.
#1032178
1   2   3
Bog'liq
To`rayeva Jumagul

Antiviruslar va uning vazifalari
Kompyuter viruslaridan ximoyalanish, ularni yo`q qilish va aniqlash uchun bir necha maxsus programmalar yaratilgan. Bunday programmalar antiviruslar deb ataladi. Kompyuterdagi ma'lumotlar va dasturlar ma'lum virus dasturi tomonidan o'chirilib yuborilishi yoki shikastlanishi mumkin. Virus-dasturlari dasturchilar tomonidan tajriba uchun yoki yomon niyatlarda yaratilib, asosan ular quyidagi vositalar orqali Sizning kompyuteringizga kirishi mumkin:
- noma'lum disketadagi ma'lumotlarni o'qish natijasida (hujjat, o'yin va boshqalar);
- internet tarmog'idan ba'zi xil dasturlarni yuklash natijasida;
- elektron-pochta orqali;
- lokal tarmoq orqali;
- noqonuniy ko'chirilgan va tarqatilayotgan dasturlardan foydalanish oqibatida;
Virus dasturlari asosan Assembler dasturlash tilida tuziladi va ular salbiy ta'siri bo'yicha bir nechta guruhga bo'linadi:
1. Sodda viruslar - operativ xotirani band qilib, kompyuterning ishlashi sekinlashtiradi.
2. Maxsus "stels" viruslari, ular joylashishini o'zgartirib turadi va ularni topish ancha murakkab.
3. Ma'lumotlarga o'zgartirish kiritadigan viruslar.
4. Ma'lumotlarni o'chiradigan viruslar.
5. Foydalanuvchining ayrim bir (mahfiy) ma'lumotlarini Internet tarmog'i orqali virusni yaratgan shaxsga yuboradigan viruslar.
Antivirus programmalari turlarga bulinadi:
- programma detektorlar;
- doktor-programmalar yoki fagi;
- revizor programmalar;
- filtrlovchi programmalar;
- vaksina yoki immunitet programmalar.
Detektor-programmalar - Aniq virusning harakterli holatini qidiradi. Operativ xotira yoki fayldagi kerakli ma’lumotni aniqlaydi. Bunday antiviruslarning kamchiligi shundaki, ular o`zlariga ma’lum bolgan virusnigina aniqlaydi.
Doktor-programmalar yoki fagi xamda vaksina-programmalar nafaqat viruslarni aniqlaydi balki, davolaydi, fayldagi virus tanasini uchiradi, faylni asl holaticha saqlab qoladi. Doktor programmalar ko’p miqdordagi viruslarni aniqlash va yo`q qilish imkoniyatiga ega. Bunday programmalarga: AVP, AidsTest? Scan? Norton Antivirus, Doctor Web kiradi.
Yangi viruslar paydo bo`lgan sari yuqoridagi antiviruslarning yangi versiyalari ishlab chiqish talab etiladi.
Revizor programmalar - viruslardan ishonchli ximoya vositasi xisoblanadi. Revizorlar dasturlarni, kataloglar va diskning sistema bo`limi holatini kompyuter virusdan zararlanmasdan avval eslab qoladi. Shundan keyin, foydalanuvchining xoxishiga binoan oldingi va keyingi holatlarni solishtiradi. O`zgargan holatlarni ekranga chiqaradi. Fayllarni holatini solishtirishda uning uzunligi, modifikastiya vaqti va sanasi, hamda boshqa parametrini solishtiradi. Revizor programmalar yetarlicha murakkab algoritmlarni xatto stels-viruslarni xam yo`q qiladi, virus buzib yuborgan fayllarni o`z holatiga keltiradi. Bunday antivirusga ko’p tarqalgan Rossiyaning Adinf programmasi misol bo`ladi.
Dr Solomon's Antivirus Toolkit
Viruslarni aniqlash va ularni yo`qotish bo`yicha eng yaxshi ko`rsatkichlarga ega , shuninig uchun xam narxi qimmat. Narxi yuqoriligiga qaramay (85$) bu dastur «eng yaxshi tanlov» nomiga sazovor bo`ldi. McAfee firmasining VimsScan dasturi ko’proq «yovvoyi» virus-larni uchiradi. Dr Solomon's Antivims Toolkit dasturining interfeysida ixtiyoriy antivirus funkstiyalar, barcha ma’lum viruslarni to`liq ma’lumoti va ularning zararlari hakida ma’lumotlar mavjud. Bu dastur paketiga tarkibiga kiruvchi yuklovchi disketa Bullet («Sexrli uk») ixtiyoriy sistemada viruslarni tez aniqlaydi va yo`q qiladi. Bu paketninig kamchiligi xakida yangi ma’lumotlarni tarmoq orqali yuklay olmasligi xamda yangi versiyalarni almashtirish yiliga 4 marta bo`ladi.
F-Prot Professional
Bu dastur viruslarni yaxshi aniqlaydi, keng sozlash imkoniyatiga ega, viruslarni aniqlaganda elektron aloqa orqali xabar beradi. Dastur kamchiligi yangi vesriyalar bilan almashtirishda parolni zarurligi va dasturni qaytadan o`rnatish zarurligidir. Viruslarni aniqlash bo`yicha o`tkazilgan testda 99 % viruslarni aniqladi, lekin ulardan 78 % ni uchira oldi. Bu dastur paketida doimiy tekshiruvda qaysi disklar , papkalar va fayllar bo`lishi yoki bo`lmasligi imkoniyatlari mavjud. Bu esa vaqtdan yutadi ya’ni avval tekshirilgan fayllarni tashlab o`tishi xisobiga.
Evgeniy Kasperskiy Antivirus sistemney.
AntiViral Toolkit Pro by Eugene Kaspersky (AVP) Microsoft kor-porastiyasining test laboratoriyasida sertifikatlangan va "Desig-ned for Microsoft Windows95/NT", " Designed for Microsoft Win-dows 98/NT " belgilarni olgan. Bu sistemaning maxsulotlaridan biri, AVP for Windows'98? Secure Computing (AKSh va Buyuk Bri-taniya) kompyuter xavfsizligi jurnalining test laboratoriyasida IN-the-Wild viruslarni detektirlash bo`yicha tekshirildi va «CheckMark» belgisini oldi. Bundan tashqari , AVP boshka xalka-ro sertifikat va sovrinlarga (ICSA kompyuter xavfsizligi xalqaro amerika korporatsiyasi sovrini ) ega. AVP antivirus sistemasi tarkibiga bir nechta dasturlar kiradi:
• DOS, WINDOWS 3.XX, Windows 95/98/NT , OS/2 operastion tizimlarda ishchi stansiyalar uchun AVP versiyalaridan ;
• AVP inspektori - diskni o`zgarishlardan ximoyalovchi revizor ;
• AVP for Novell Netware va AVP for Windows NT -serverlar uchun AVP versiyalari ;
• Brendmauer (Firewall - 1) lar uchun Internetda antivirus ximoya.
Me Afee VirusScan for Windows 95
Viruslarni yaxshi yo`q qiladi, turli operatsion sistemalar bilan ishlay oladi, eng arzon dastur. Kamchiligi: viruslarni yaxshi aniqlay olmasligi va yangi versiyalar uchun qo`shimcha haq to`lanishi. Me Afee VirusScan - mashxur antivirus paketlaridan biri xisoblanadi. O`tkazilgan test natijalariga ko`ra Symantec firmasining Norton Anti Virus dasturi 13 ta makroviruslarni ushladi, McAfee VirusScan 12 ta makrovirus ushladi, 1ta ya’ni Imposter nomli kam uchraydigan virusni ushlay olmadi. Virus Scan dasturi faylli viruslarni «yovvoyi» turlarini qiyin aniqlaydi. Tekshiruv natjalariga ko`ra dastur faylli viruslarni 93 % ni aniqladi. Agarda bu dastur effektivligi yuqori bo`lganda edi, u yaxshi paket xisoblanar edi. Dasturni oson va tez sistema parametrlariga moslashtirib o`rnatish mumkin, bunda dastur parametrlarini o`z ixtyoringizga ko`ra o`zgartirishingiz mumkin.
Brendmauerlar uchun antivirus.
Brendmauerlar xam ximoya uchun tuziladi. Tarmoq ruxsatsiz kirishga to`sqinlik qilgani bilan doimo xam viruslarni yo`qota olmaydi. Kasperskiy laboratoriyasi, CVP (masalan, ChekPoint Fire Wall-1) protokolini ta’minlovchi, ixtiyoriy brendmauerlar uchun AVP for Fire Wall dasturini yaratadi.
AVP for Fire Wall - bu antivirus serveri bo’lib, HTTP, FTP, SMTP va boshqa protokollar bo`yicha qabul qilinayotgan fayllarni tekshiradi. Virus aniqlangan holatda, u faylni davolaydi, zararlangan fayl uzatilishi to`xtatiladi, faylni aloxida katalogga joylaydi va boshqaruviga aloqa orqali xabar beradi.
http://fayllar.org
Download 46.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling