Mustaqil ishi dunyoviylik – dahriylik emas


Download 36.48 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi36.48 Kb.
#1592180
1   2   3
Bog'liq
mustaqil ish tayyor

Buning uchun diniy g‘oyalardan davlatga qarshi targ‘ibot olib borishda, diniy asosdagi nizo, nafrat va adovat uyg‘otish, fuqaroviy totuvlikni buzishda foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi kerak. Dunyoviylik yoki sekularizm diniy muassasalarning davlatdan, jamiyatdan ayri turishi kerakligini uqtiruvchi qarash va oqimdir. Dunyoviylarga koʻra din va eʼtiqod kishilarning shaxsiy masalasi boʻlmogʻi lozim.

. Dunyoviylik nafaqat davlatni din taʼsiridan, balki dinni ham davlat siyosati taʼsiridan saqlaydi. Hozirgi kunda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning koʻpchiligi dunyoviydir. Jumladan, Oʻzbekistonda ham din va davlat strukturalari bir-biridan ayirilgan.

Dahriylik (arab, dahr — vaqt, taqdir, falak) — islom paydo boʻlmasdan ilgari arab jamiyatida keng tapqalgan aqida. "Oʻlim", "takdir", "ajalning yetishi" maʼnolarini anglatgan bu aqidaga koʻra, insonning takdiri oldindan belgilab qoʻyilgan, u erkin iroda yoki ixtiyor egasi emas, peshonasiga "yozilgan" narsa, albatta, sodir boʻladi va undan qutulishning iloji yoʻq.

. Johiliya arablarida narigi dunyo borligiga, bu dunyoda zahmat chekkanga u Doʻnyoda ajr, gunoh ishlar qilganlarga azob berilishiga ishonch yoʻq edi. Borlizing egasi, oliy hokimi sifatida muayyan bir xudo emas, kandaydir "dahr", taqdiri falak, inson irodasi bilan hisoblashmaydigan va undan yuqori turadigan tasodifiy oʻzgarishlar jarayoni tasavvur qilinardi.

Ularning eʼtiqodicha, oʻlimdan soʻng hamma narsa tugaydi, shuning uchun bugungi kun bilan yashab qolish kerak. Bunday hissiyot Qurʼonda quyidagi soʻzlar bilan ifodalangan: "Ular deydilar: faqat bitta — bu dunyodagi hayotimiz bor — yashaymiz va oʻlamiz; bizni dahr (vaqt, takdir) xalok qiladi" (Josiya surasi, 24-oyat).

Keyinchalik, islom adabiyotida "dahriy" soʻzi "moʻʼmin" soʻzining aksi sifatida ishlatila boshlandi. Oʻrta asrlarda bir qancha olim, mutafakkir va shoirlar (mas, Mansur Halloj) Dahriylikda ayblanib, shafqatsiz jazolangan. Hozir ham musulmon dunyosida Dahriylik qoralanadi.

Dahriylik va ateizm atamalari bir maʼnoni anglatmasada, shoʻrolar davrida ularni sinonim soʻz sifatida ishlatish rasm boʻlib qolgan edi.





Download 36.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling