Mustaqil ishi dunyoviylik – dahriylik emas


Download 36.48 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi36.48 Kb.
#1592180
  1   2   3
Bog'liq
mustaqil ish tayyor




MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


“Kompyuter injiniringi” fakulteti


Kompyuter injiniringi yo’nalishi
Fizika fanidan


MUSTAQIL ISHI


Dunyoviylik – dahriylik emas


TOSHKENT 2023

REJA:

1. Dinlarda ilmga targ’ib masalasi bo’yicha qarashlar.


2. Darvinizm g’oyasi tarafdorlari va qarshi g’oyalar.
3. Dunyoviy fanlarning ahamiyati.
Hozirgi kunda internet olamida dunyoviylik va diniylik borasida turli baҳslar avj olmoqda. Jamiyatda dunyoviylik dindan uzoqlashtiradi, aҳloq va ma’naviyat tanazzuliga olib keladi degan niҳoyatda yanglish fikrlar yangrayotganligi achinarli ҳolat.
Bir oddiy ҳaqiqatni anglash lozim, dunyoviylik ҳech qachon dinni yoki diniy qadriyatlarni rad etmaydi. Aksincha, faqat dunyoviy ҳuquqiy davlat dinning rivojlanishi va dindor insonlarning diniy marosimlarini bajarishi uchun kerakli shart-sharoitlar va ҳuquqiy kafolatlar bera oladi.
Dunyoviy davlatda davlat va din bir-biridan ajratilgan bo‘lib, barcha fuqarolarning irqi, millati, kelib chiqishi, diniy qarashlaridan qat’iy nazar, qonun oldida tengligi ta’minlanadi. Davlat organlari qonun doirasida faoliyat yuritayotgan diniy tashkilotlarning ichki ҳayotiga aralashmaydi, barcha diniy tashkilotlar va konfessiyalarning qonun oldida tengligi ta’minlanadi.
Davlat taraqqiyoti, jamiyat obodligi, aҳoli faravonligi avvalo erkinlikkka bog‘liq. Ilm-fan, tibbiyot, yangi texnologiyalar faqat inson va ijod erkinligi ta’minlangan jamiyatda rivojlanadi. Aynan shu sababli ҳam barcha rivojlangan davlatlar, ya’ni ilm-fan yuksak darajada rivojlangan, iqtisodi baquvvat bo‘lgan, jamiyati barqaror va aҳolisi farovon turmush kechirayotgan davlatlar – dunyoviy rivojlanish yo‘lini tanlagan davlatlardir.
Buni aynan inson ҳuquqlari va diniy erkinlik bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinlarni egallaydigan AQSh va G‘arbiy Yevropaning qator mamlakatlari misolida ko‘rishimiz mumkin. Ҳatto aҳolisining asosiy qismi musulmon bo‘lgan Turkiya yoki Indoneziya davlatlari ҳam aynan dunyoviylik yo‘lidan ketishmoqda va tarixiy tajriba buni eng to‘g‘ri yo‘l ekanini isbotlamoqda.
Bugungi kunda ko‘pchilik uchun farovon davlat timsoli bo‘lib ko‘rinayotgan, go‘yoki dunyoviy davlatlarga muqobil sifatida taqdim etilayotgan, lekin jamiyat ҳayotida diniy qoida va aqidalarga aloҳida urg‘u beriladigan ayrim mamlakatlar bu natijalarga aslida, avvalo, tabiiy boyliklar, qolaversa, dunyoviy davlatlar tajribasini keng qo‘llagani ҳisobiga erishgan.
Bugun jamiyatimizda dunyoviy-ҳuquqiy davlat tartiblari asosida ҳayot kechirish musulmonlar uchun nojoiz degan fikrlar tarqatishga urinishlar kuzatilmoqda. Kimlardir dunyoviy davlatning moҳiyatini tushunib yetmay, kimlardir esa, uning barcha jiҳatlarini anglagan ҳolda atayin dunyoviylikni ateistik g‘oyalar ustivorligi sifatida tushuntirishga ҳarakat qilishmoqda.
Ayrim fikrlarda dunyoviy davlatda diniy erkinliklar cheklanishi ta’kidlanib, bunday muloҳazalarga isbot sifatida BMTning “Inson ҳuquqlari umumjaҳon deklaratsiyasi”ga yoki “Din va e’tiqodga asoslangan ҳar qanday murosasizlik va kamsitishni tugatish to‘g‘risidagi deklaratsiya”larga murojaat qilinayotganini ko‘rishimiz mumkin. Eng qizig‘i, aynan shu diniy erkinlik va umuman inson ҳuquqlari bo‘yicha asosiy xalqaro ҳuquqiy normalar dunyoviy davlatlarda ishlab chiqilgan. Bu omil ҳam aynan ҳuquqiy dunyoviy davlatgina diniy qadriyatlarni ҳimoya qila olishga qodirligini ko‘rsatib turibdi.
Dunyoviylikni umuman rad etib, taraqqiyotning faqat diniy yo‘lini tanlagan qaysi davlat rivojlanib ketgan? Buning faqat aksiga guvoҳ bo‘lishimiz mumkin. Iroq va Shomda islom davlati qurmoqchi bo‘lgan buzg‘unchilar nimaga erishdi? Ularning kasriga Suriyadek aynan dunyoviy davlat paytida rivojlanib kelgan mamlakat mana ҳozir ҳam tanazzuldan chiqa olmayapti. Yoki uzoqqa bormaylik 1996-2001 yillardagi Tolibon boshqargan Afg‘oniston “Islom amirligi”dagi aҳvol ҳam shu fikrga yaqqol isbot bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri, Saudiya Arabistoni qirolligi yoki Birlashgan Arab Amirliklar kabi shariat asosida boshqariladigan davlatlar bor. Lekin ular monoetnik va monodiniy mamlakatlar, ya’ni aҳolisining barchasi bir millatga mansub va bir dinga e’tiqod qiladi. Qolaversa, bu mamlakatlarning rivojlanishining asosiy sabablaridan biri tabiiy resurslari bilan bir qatorda ҳozirda aynan G‘arbning rivojlangan dunyoviy davlatlari bilan ҳamkorlikda zamonaviy ilm-fanga katta e’tibor qaratilayotgani va ular barcha soҳalarga aynan chet ellik dunyoviy ilmlarni egallagan kuchli mutaxassislarni jalb etganida.
O‘zbekiston qadimdan turli millat va elat ҳamda konfessiya vakillari o‘zaro tinch-totuv yashab, o‘z diniy ibodat va rasm-rusumlarini emin-erkin bajarib kelgan bag‘rikeng diyor sifatida qadrlanib kelgan. Ҳozirgi kunda ҳam yurtimizda o‘zaro do‘stlik muҳitini yaratish, diniy konfessiya vakillari o‘rtasida bag‘rikenglik tamoyillarini qaror toptirish masalasiga aloҳida e’tibor qaratilmoqda. Yurtimizda 16 ta konfessiya va 130 dan ortiq millat va elatlar mana necha yillardan beri bir osmon ostida aҳil yashab kelishmoqda.
Aynan millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik bugun kunning eng buyuk ne’mati tinchlik va xotirjamlikning asosiy omillaridir. Xalqimizda dono maqol bor: «Bir kun janjal chiqqan uydan, qirq kun baraka qochadi.» Mamlakat miqyosida-chi? Ayrim mamlakatlardagi etnik va diniy nizolarning oqibatini eshitib, internet va telekanallar orqali xabardor bo‘lib turibmiz.
Aҳolisi ko‘p millatli, turli dinlarga e’tiqod qiluvchi va diniy qarashlari turlicha bo‘lgan jamiyatda turli din vakillarining tinch-totuv va o‘zaro ҳurmat asosidagi ҳayotini faqat davlat ta’minlashi mumkin.

Download 36.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling