Mustaqil ishi Fan: Dasturiy Injinering Fan o’qituvchisi: Normatov Nizomiddin Kamolliddin o’g’li Bajardi: G’aniyev Sobir Qodir o’g’li Mavzu
Download 126.18 Kb.
|
DI mustaqil ish 1
Mirzo Ulug’bek Nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti Jizzax Filiali Amaliy Matematika fakulteti Axborot Tizimlari va Texnalogiyalari yo’nalishi Dasturiy Injinering fanidan Mustaqil ishi Fan:Dasturiy Injinering Fan o’qituvchisi: Normatov Nizomiddin Kamolliddin o’g’li Bajardi: G’aniyev Sobir Qodir o’g’li Mavzu: Pythonda while sikli qanday ishlaydi, while sikli yordamida ro'yxatlar va lu'atlar bilan ishlash Reja: 1.While sikli bikan tanishamiz. 2.While da Ro’yxatlar bilan ishlash 3.While da Lug’atlar bilan ishlash 4.While sikli ishlash struktursi(sxemasi) 5.Xulosa 6.Foydalanilgan adabiyotlar while TSIKLI BILAN TANISHAMIZBiz avvalroq for tsikli bilan tanishgan edik. for tsikli ma'lum bir ro'yxatni olib, ro'yxat ichidagi qiymatlar tugaginga qadar biror kodni takrorlar edi. while ham takrorlash operatori bo'lib, for dan farqli ravishda, toki ma'lum bir shart to'g'ri (True) bo'lsa, kodni takrorlayveradi. while so'zi ingiz tilidan "toki" yoki "-gacha" deb tarjima qilinadi. Keling sodda misol ko'ramiz, while yordamida 5 gacha sanaymiz: son = 1 # son ga 1 qiymatini beramiz while son<=5: # toki son 5 dan kichik yoki teng ekan... print(son, end=' ') # son ni konsolga chiqaramiz, son = son+1 # songa 1 qo'shamiz. Natija: 1 2 3 4 5 Yuqoridagi kodni tahlil qilamiz: avval son degan o'zgaruvchi yaratdik va unga 1 qiymatini berdik. 2-qatorda esa toki son 5 dan kichik yoki teng ekan 3-4-qatorlarni bajar dedik. 3-qatorda son ni konsolga chiqardik 4-qatorda son ga 1 qo'shdik. 4-qatordan so'ng kod yana 2-qatorga qaytadi va son<=5 shartini tekshiradi, agar shart bajarilsa 3-4 qator qayta-qayta bajarilaveradi. 5-qadamdan so'ng son=5 bo'lganda while tsikli to'xtaydi. Pythonda += operatori bor. Bu operator o'ng tarafdagi qiymatni chap tarafdagi qiymatga qo'shadi. Misol uchun, yuqorida son = son + 1 o'rniga son += 1 deb yozishimiz mumkin. Download 126.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling