Mustaqil ishi ilmiy rahbar: umrzaqova m. Suv qozonlari

Download 0.57 Mb.
bet2/3
Sana28.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1024810
1   2   3
Bog'liq
BUG\' GENERATORLARI

Qozon agregatining ishlashida qozon suvida muntazam ravishda zararli aralashmalar to‘planib boradi. Suvda erigan aralashmalar (tuzlar) bug‘ hosil bo‘lish jarayonida cho‘kmaga tushadi va qozonning ichki yuzasiga quyqa va shlak tarzida o‘tirib, issiqlik o‘tkazuvchanlikni pasaytiradi, bu esa devorning o‘ta qizib ketishiga sabab bo‘ladi. Suvning qattiqligini pasaytirish (yumshatish) uchun qozonlarga suvni uzatishdan avval, unga soda, natriiy fosfat, ayrim hollarda boshqa tuzlar qo‘shiladi. Suvdagi kalsiy va magniy kationlari fosfatlarning ionlari bilan bog‘lanadi va kam eriydigan tuzlar hosil qilib qozon tubiga cho‘kadi va suv yumshaydi.

Qattiq mexanik aralashmalardan suvni tozalashda tindirish, filtrlash usullaridan keng foydalaniladi. Qozon barabanida suvning aralashmalar bilan ifloslanishi natijasida ko‘pik hosil bo‘ladi. Ko‘pik parchalari suv yuzasiga qalqib chiqib, o‘zi bilan birga zararli araashmalarning ko‘p qismini ilashtirib chiqadi. SHunday qilib, tuzlarning maksimal kontsentratsiyasi qozon suvining yuqori qatlamlarida hosil bo‘ladi. Suvning yuqori qatlamlarini yo‘qotish uchun barabanga qator teshiklar bor quvur joylashtiriladi va shu quvur orqali yuqori qatlamdagi suv olinadi (puflanadi).

Barabandan puflab chiqarilagan suv separatorga yuboriladi. Separatorda suv qaynaydi va uning bir qismi bug‘ga aylanadi, bug‘ esa qurilmaning umumiy tizimiga o‘tadi. Tozalash suvining qolgan qismi texnik kanalizatsiyaga tushirib yuboriladi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling