Mustaqil ishi ilmiy rahbar: umrzaqova m. Suv qozonlari


Download 0.57 Mb.
bet3/3
Sana28.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1024810
1   2   3
Bog'liq
BUG\' GENERATORLARI

Suv ekonomayzerlari. Suv ekonomayzerlari ta’minlash suvini qozon agregatining bug‘latgich qismiga kirgunga qadar isitish uchun mo‘ljallangan. Ekonomayzerlarda ta’minlash suvi o‘txonadan chiqayotgan tutun gazlari hisobiga isiydi.

Suv ekonomayzerlari. Suv ekonomayzerlari ta’minlash suvini qozon agregatining bug‘latgich qismiga kirgunga qadar isitish uchun mo‘ljallangan. Ekonomayzerlarda ta’minlash suvi o‘txonadan chiqayotgan tutun gazlari hisobiga isiydi.

Ekonomayzerlar tayyorlangan material turiga qarab po‘latli va cho‘yanli, sirtning shakliga qarab qovurg‘asimon va silliq quvurli, suvni isitish darajasiga qarab qaynaydigan va qaynamaydigan ekonomayzerlarga bo‘linadi.

Cho‘yan ekonomayzerlar odatda, issiqlik uzatishni orttirish maqsadida qovirg‘alangan quvurlardan tayyorlanadi. Bunday ekonomayzerlar bosimi 2,3 MPa bo‘lgan past va o‘rta quvvatli qozon agregatlarida qo‘llaniladi. Cho‘yanning mexanik mustahkamligi kichikligi tufayli bunday ekonomayzerlarni yana ham yuqori bosimlarda qo‘llash mumkin emas.

Cho‘yan ekonomayzerlar qaynamaydigan ekonomayzerlar qatoriga kiradi. Bularda suv qaynash temperaturasidan 20 – 40 K past temperaturasigacha isiydi. Isitish paytidagi suvning quvurdagi tezligi 0,5 – 1 m/s bo‘ladi. Yuvib o‘tayotgan gazlarning tezligi qattiq yoqilg‘i yoqilganda 7 – 10 m/ s atrofida, gaz va mazut yoqilganda 6 – 8 m/s atrofida bo‘lishi mumkin. Bunday tezliklarda sirtning aerodinamik qarshiligi yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan chegarada bo‘ladi. Po‘lat ekonomayzerlar bosimi 2,3 MPa dan yuqori bo‘lgan qozon agregatlarida ishlatiladi. Ular diametri 28 – 42 mm li quvurlardan gorizontal-bukilgan quvurlar tarzida tayyorlanadi Po‘latli ekonomayzer. a – umumiy ko‘rinish; b,v - mos ravishda qaynamaydigan va qaynaydigan ekonomayzerlarning ulash sxemasi; 1,7 – tushirish va berkitish jo‘mragi; 2 – kiritish kollektori; 3 – ekonomayzer quvurlari; 4- isitilgan suvni kiritish kollektori; 5- gazlarni kiritish; 6- qozon barabani; 8,9 – ta’minlash va saqlash klapanlari; 10 – suv bilan ta’minlovchi aylanma quvur.


Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling