Mustaqil ishi jizzax 2023-yil Mavzu: O'rta Osiyo xalqlari yozuvi


Download 420 Kb.
bet3/5
Sana24.01.2023
Hajmi420 Kb.
#1114708
1   2   3   4   5
Bog'liq
O\'rta Osiyo xalqlari yozuvi

O‘ra Osiyoda arab paleografiyasining takomillashuvi bosqichlari. Arab harflari asosidagi fors va turkiy tillar yozuvining shakllanishi uch bosqichni o’z ichiga oladi:
1-bosqich. Bu yozuvning shakllanishi va taraqqiyotining boshlanish bosqichi. Arab yozuvi fors va turkiy tillar uchun qo’llana boshlagan dastlabki paytda ayrim muammolar yuzaga chiqqan, chunki bir tilning harflari ikkinchi bir til uchun ishlatilganda bunday muammoning yuzaga kelishi tabiiy edi. Mas., arab tilida mavjud bo’lgan «al-» aniqlik artikli yoki so’z oxirida uchraydigan ta marbuta harfiga zarurat yo’q edi. Chunki bu narsalarning o’zi fors tilida ta marbuta ustidagi ikki nuqta olib tashlanib, xoyi havvazga aylantirilgan va u-e tovushini bildira boshlagan. Yoki arab tilida mavjud bo’lgan hamza belgisi ayrim birikmalarda izofalikni bildirish uchun ishlatila boshlagan. Arab yozuvining fors tiliga moslashtirib olish IX asrda amalga oshgan.
2-bosqich. Bu bosqich arab harflari asosidagi fors va turkiy alifboning shakllanishi va bu bilan bog’liq holda arab yozuvida sodir bo’lgan ayrim sifat o’zgarishlari bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda mahalliy filolog olimlar mahalliy tillarda mavjud bo’lib, arab tilida yo’q bo’lgan tovushlarni yozuvda aks ettirish uchun to’rtta harf ijod etadilar va bu harflar pe, chim, je harflaridir. Bu harflarning yozuvda qo’llana boshlashi X asrning boshlarida amalga oshgan. G tovushi uchun ham ular harflar yaratganlar. Lekin bu harflar nimagadir amalda qo’llanilmagan va XVI-XVII asrlarga kelib G tovushi uchun Kof harfining ustiga parallel chiziq tortish rasm bo’lgan. Bu chiziq forslarda «sarkash» deb aytiladi. Shunday qilib, nisbatan uncha katta bo’lgan muddat davomida 32 harfdan iborat bo’lgan va arab harflariga asoslangan fors va eski o’zbek yozuvi vujudga kelgan. Bu 32 harf 18 ta shakldan iborat, qolganlari o’zaro nuqtalarning soni bilangina farq qiladi.
3-bosqich. Bu bosqich arablarda mavjud bo’lgan yetti yozuv turini o’zlariga

moslashtirish yo’li bilan yangi yozuv turlarini ijod etish bosqichidir. Agar arablarda yozuvning yetti turi mavjud bo’lgan bo’lsa, (kufiy, muhaqqaq, rayhoniy, nasx, suls, tavki', riqo), Xuroson va Movaraunnaxr qalam sohiblari o’zlarining estetik didlari va badiiy qobiliyatlaridan kelib chiqib, XIV asr ikkinchi yarmidan boshlab, yuqoridagi yetti yozuv turini yanada rivojlantirganlar va ularning bazasida yana yangi to’rt yozuv turini ijod etganlar (ta'lik, shikastayi ta'lik, nastalik, shikastayi nasta'lik). Bular ichida keyinchalik eng keng tarqalgan yozuv nasta'lik yozuvidir.



Download 420 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling