Mustaqil ishi kompyuter turlari va ularning vazifalari


Asosiy mantiqiy elementlar


Download 149.18 Kb.
bet5/7
Sana03.12.2023
Hajmi149.18 Kb.
#1798515
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MT № 3 Mamasaxatova Dilfuza

Asosiy mantiqiy elementlar. Bir nechta ventillar yordamida 0 va 1
raqamlarini saqlay oladigan 1 bitli xotira elementlari, ya’ni triggerlar hosil qilinadi. Masalan SR, JK, Tva Dkabi triggerlar. Birinchi sath – mikroarxitektura sathi deb ataladi. Ushbu sathga tegishli bo’lgan elektron sxemalar mashinaga bog’liq bo’lgan programmalarni bajaradi (rus tilida – выполнение машинно–зависимых программ), ya’ni kompyuterda ishlatilgan mikroprotsessorga mos keladigan dasturlarni (programmalarni) bajaradi. Arifmetik mantiqiy qurilma, ya’ni ALU – oddiy arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi. Arifmetik mantiqiy qurilma bilan birga registrlar birgalikda ma’lumotlarni ishlash ketma-ketligini, ya’ni ma’lumotlar traktini shakllantiradi (rus tilida – тракт данных).
Kompyuterning asosiy qurilmalari. IBM kompyuterlarining asosiy qurilmalariga quyidagilar kiradi: sistemali blok, monitor va klaviatura (sichqoncha bilan). Sistemali blokda markaziy protsessor, operativ (tezkor) xotira, qattiq disk, kontrollerlar, disektalar va lezerli kompakt disklar bilan ishlash uchun qurilmalar va boshqalar joylashadi.
Markaziy protsessor. Kompyuterning eng muhim qismini markaziy protsessor, (ya’ni protsessor va boshqaruv qurilmasi) tashkil etadi. Dastur yordamida berilgan ma’lumotlarni o’zgartiradigan, hamma hisoblash jarayonlarini boshqaradigan hamda hisoblash ishlariga tegishli moslamalarning o’zaro aloqasini o’rnatadigan qurilma – protsessor deyiladi. Protsessorning vazifasi arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish, xotiraga murojaat qilish, dasturdagi ko’rsatmalarning berilgan ketma-ketlikda bajarilishini boshqarish va boshqa amallarni bajarish xisoblanadi.
Mikroprotsessor. Mikroprotsessor katta bo’lmagan elektron sxema bo’lib, barcha hisoblarni bajaradi, axborotlarni qayta ishlaydi, dasturlarning ishlashini ta’minlaydi va kompyuter boshqa qurilmalari ishini boshqaradi. U kompyuterning ishlash tezligini ta’minlaydi. IBM RS kompyuterlarida odatda Intel firmasi va unga muvofiq boshqa firmalarning mikroprotsessorlari o’rnatiladi. Operativ xotira o’zida kompyuterda ishlatilayotgan dasturlar va ma’lumotlarni saqlaydi. Ma’lumotlar doimiy xotiradan operativ xotiraga ko’chiriladi, olingan natijalar zarur bo’lgan holda diska qayta yoziladi. Kompyuter o’chirilishi bilan operativ xotiradagi ma’lumotlar o’chiriladi. Bu xotira ikki qismdan iborat bo’ladi. 1-qism operatsion sistema va amaliy programmalar uchun mo’ljallangan. 2-qismi tashqi xotira bo’lib, xizmat uchun foydalaniladi. Qattiq disk (винчестер) kompyuter bilan ishlaganda foydalaniladigan axborotni doimiy saqlashga mo’ljallangan.
Kiritish-chiqarish portlari orqali protsessor tashqi qurilmalar bilan ma’lumot almashadi. Ichki qurilmalar bilan ma’lumot almashuvi uchun maxsus portlar hamda umumiy portlar mavjud.

Download 149.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling