Mustaqil ishi mavzu: Buxgalteriya hisoboti va uning mazmuni. Bajardi
Buxgalteriya hisobotining tarkibi va shakllari. Buxgalteriya hisobotning xalqaro standartlari
Download 56.7 Kb.
|
buxgalteriya mustaqil ish
Buxgalteriya hisobotining tarkibi va shakllari. Buxgalteriya hisobotning xalqaro standartlari
Buxgalteriya hisobotning har bir shakli o’zining aniq maqsadi va elementlariga ega. Buxgalteriya balansining bosh maqsadi bo’lib korxonaning ma’lum sanasidagi buxgalteriya holati to’g’risidagi pul birligidagi axborotlarni berish hisoblanadi. Buxgalteriya balansining asosiy elementlari bo’lib aktivlar, majburiytalar va xususiy capital hisoblanadi. Buxgalteriya balansi subyektning resurslari, resurslarga bildirilgan majburiyatlar va mulk egasiga tegishli xususiy capital to’g’risida iqtisodiy axborotlar beradi va u asosiy buxgalteriya formulasi yoki modeliga muvofiq ushbu hisobotning muhim tomonini aks ettiradi: Aktivlar= Xususiy kapital + Majburiyatlar A= XK + M Xalqaro amaliyotda qo’llanilayotgan balans hisoboti va bizning mamlakatimizda qo’llanilayotgan buxgalteriya balansining tarkibiy tuzilmasidagi asosiy farqlar3
Buxgalteriya natijalar to’g’risida hisobotning maqsadi va asosiy elementlari. Ushbu hisobotning bosh maqsadi bo’lib korxonalarning ma’lum bir davrdagi buxgalteriya xo’jalik faoliyatining yakuniy natijalari to’g’risida axborot berish hisoblanadi. Bu hisobot korxonaning hisobot davrida olganbarcha daromadlari, qilgan sarf xarajatlari, soliq to’lovlari va pirovardida erishgan sof foydasi to’g’risidagi axborotlarni pul birligida aks ettiradi. Aynan ushbu ko’rsatkichlar hisobotning asosiy elementlarini tashkil etadi. Hisobotning muhim elementlarini tashkil etuvchi ushbu ko’rsatkichlar korxonalar rentabelligini, investitsiya qiymatini, to’lov qobiliyatini, buxgalteriya holatini aniqlashda eng muhim manba sifatida ishlatiladi. Bu hisobot yordamida investorlar va kreditorlar o’zlarining pul mablag’larini kelgusi davrlar uchun kirimi va chiqimini bashorat qiladilar, shuningdek ularning qoplanish muddatlarini belgilaydilar hamda mavjud xatarlarga baho beradilar. Respublikamizda amalda bo’lgan “Buxgalteriya natijalar to’g’risida hisobot”ning qisqartirilgan shakli 1.2-jadvalda keltirilgan: 1.2-jadval “Buxgalteriya natijalar to’g’risida hisobot”ning qisqartirilgan shakli
Pul oqimlari to’g’risida hisobotning (4-son shakl) asosiy maqsad bo’lib, korxonada hisobot davrida yuz bergan pul oqimlari (kirim va chiqim), shuningdek pul mablag’larining davr boshi va oxoridagi xolati to’g’risida yig’ma ma’lumotlarni aks ettirish hisoblanadi. Xisobot to’rtta ustunchadan iborat bo’lib, uning 1 va 2-ustunlarida hisobotning ko’rsatkichlari va ularga birikitirilgan satrlarning raqamlari ko’rsatiladi. Hisobotning 3 va 4-ustunlarida mos ravishda pul mablag’larining kirimi va chiqimiga doir ma’lumotlar aks ettiriladi. Xususiy kapital to’g’risida hisobotning (5-son shakl) asosiy maqsadi bo’lib korxonaning hissali kapitali, aksiyadorlik kapitali, emission kapitali, rezerv kapitali, taqsimlanmagan foydasining hisobot davri boshidagi holati va ularning hisobot davri davomida hissa kapitali kiritilishi , aksiyalarning sotilishi , capital emissiyasi, hisobot davridagi sof foyda(zarar) va boshqa manbalar hisobidan o’zgarishi hamda hisobot davri oxiridagi holati to’g’risidagi axborotlarni taqdim qilish bo’lib hisoblanadi. Hisobot to’qqizta ustunchadan iborat bo’lib, uning 1 va 2-ustunlarida xisobotning ko’rsatkichlari va ularga biriktirilgan satrlarning raqamlari ko’rsatiladi. Download 56.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling