Mustaqil ishi mavzu: Buxgalteriya hisoboti va uning mazmuni. Bajardi


Download 56.7 Kb.
bet1/6
Sana16.06.2023
Hajmi56.7 Kb.
#1510081
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
buxgalteriya mustaqil ish


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
“Buxgalteriya hisobi“ fanidan

MUSTAQIL ISHI

Mavzu: Buxgalteriya hisoboti va uning mazmuni.
Bajardi : BI-320 guruh talabasi Normuhammadova O’.
Tekshirdi: Eshonqulov A.

Samarqand -2022.



Reja:

  1. Buxgalteriya hisobotini tuzishning ahamiyati, maqsadi va vazifalari.

  2. Buxgalteriya hisobotining tarkibi va shakllari. Buxgalteriya hisobotning xalqaro standartlari.

  3. Korxonalarda buxgalteriya hisobotni tashkil etish hamda buxgalteriya hisobotni tuzish tartibi.

  4. Konsolidatsiyalashgan buxgalteriya hisoboti. Buxgalteriya hisobotni tuzish amaliyotini takomillashtirish.



Buxgalteriya hisobotini tuzishning ahamiyati, maqsadi va vazifalari.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, bozor iqtisodiyotiga o’tishning o’ziga xos bosqichma-bosqich o’tish yo’li tanlab olindi. Ana shu yo’l uzra barcha sohada bo’lgani kabi iqtisodiyotda ham bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Buxgalteriya hisobi tizimida ham tizim bozor iqtisodiyoti talablari hamda buxgalteriya hisobotning jahon standartlariga javob berishi maqsadida yildan yilga hisob yurituvchilar va ularni nazorat qiluvchi tashkilotlar uchun aniqlik, qulaylik yaratib beruvchi yangiliklar va o’zgarishlar joriy qilinmoqda.
2017-yildan e’tiboran yangi sifat jihatidan ko’tarilish bosqichiga o’tildi. Buxgalteriya hisobotni rivojlantirishning muhim yo’nalishlaridan biri uni soddalashtirish va ixchamlashtirishdir. Xozirgi kunda budjet sohasida buxgalteriya hisobi standartlarini ishlab chiqishga kirishildi va bosqichma-bosqich joriy qilinmoqda.1
Iqtisodiyotda buxgalteriyaning o’rni va vazifasi aniq qilib belgilab olingan. Xususan, O’zbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi 24 moddadan iborat qonuni buxgalteriya hisobining uchta asosiy vazifasini belgilab berdi:
1.Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy huquqlar va majburiyatlarning holati to’g’risidagi to’liq hammda aniq ma’lumotlarni shakllantirish;
2.Samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish;
3.Buxgalteriya, soliqqa doir va boshqa hisobotni tuzish.
Har bir xo’jalik yurituvchi subyekt o’z faoliyati qonuniy yo’lga qo’yilganligi, korxona faoliyati ijobiy yoki salbiy natija berayotganligi haqida ichki va tashqi foydalanuvchilarga ma’lumot berish maqsadida buxgalteriya hisobotni taqdim etadi. Yuqorida keltirilgan qonunga muvofiq buxgalteriya hisoboti quyidagi asosiy shakllarni o’z ichiga oladi:


Download 56.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling