Mustaqil ishi mavzu: Gauss usuli yordamida tenglamalar sistemasini yechish algoritmi Tekshirdi
Download 27.94 Kb.
|
1 2
Bog'liqGauss usuli
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUSTAQIL ISHI Mavzu
- 2-variant. 2-Mustaqil ish Mavzu
- Chiziqli tenglamalar sistemasini Gauss usuli bilan yechish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI MIRZO ULUGʻBEK NOMIDAGI OʻZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI Amaliy matematika fakulteti Kompyuter ilmlari va dasturlashtirish kafedrasi Axborot tizimlari va texnologiyalari yo’nalishi 21-21-guruh talabasi Bo’riboyev Diyorning “Algoritmlar va berilganlar strukturasi” fanidan yozgan MUSTAQIL ISHI Mavzu: Gauss usuli yordamida tenglamalar sistemasini yechish algoritmi Tekshirdi: Tojiyev Ma’ruf Jizzax 2023
2-variant. 2-Mustaqil ish Mavzu: Gauss usuli yordamida tenglamalar sistemasini yechish algoritmi Reja: Gauss funksiyasi haqida batafsil ma’lumot Gauss funksiyasining algoritmi Gauss funksiyasining dasturiy ta’minoti Chiziqli tenglamalar sistemasini Gauss usuli bilan yechish. Ixtiyoriy, ya’ni tenglamalar soni noma’lumlar soniga teng bo`lmagan chiziqli tenglamalar sistemasini tekshiramiz. Bunday sistema uchun yechim yagona bo`lmasligi yoki umuman yechim mavjud bo`lmasligi ham mumkin. Agar chiziqli tenglamalar sistemasi birorta ham yechimga ega bo`lmasa, sistema birgalikda bo`lmagan sistema deyiladi. Agar chiziqli tenglamalar sistemasi yechimga ega bo`lsa, bunday sistema birgalikda deb hisoblanadi. Koeffitsientlari sonlardan iborat bo`lgan tenglamalar sistemasi yechimlarini topish uchun qulay bo`lgan noma`lumlarni ketma – ket yo`qotish (chiqarish) usulini, ya’ni Gauss usulini ko`rsatamiz. Quyidagi ixtiyoriy chiziqli tenglamalar sistemasi berilgan bo`lsin: (1) (1) da deb faraz qilaylik. Dastlab birinchi tenglamadan tashqari barcha tenglamalardan 𝑥 ni yo`qotib, (1) sistemani o`zgartiramiz. Buning uchun birinchi tenglamaning har ikkala tomonini ga bo`lib chiqamiz. Natijada (1) sistemaga ekvivalent bo`lgan yangi sistemani hosil qilamiz: (2) Endi (2) sistemaning birinchi tenglamasini 𝑎 ga ko`paytiramiz va uni ikkinchi tenglamadan ayiramiz. So`ngra birinchi tenglamani 𝑎31 ga ko`paytiramiz va uchinchi tenglamadan ayiramiz va hokazo. Natijada quyidagi, yana (1) sistemaga teng kuchli ushbu yangi sistemani hosil qilamiz: (3) bunda
; Endi (3) sistemaning ikkinchi tenglamasini 𝑎22̀ koeffitsientga bo`lamiz va hosil bo`lgan sistemaning ikkinchi tenglamasini ketma – ket 𝑎32̀ , 𝑎𝑚̀2 koeffitsientlarga ko`paytirib uchinchi tenglamadan boshlab navbati bilan ayiramiz. Natijada (3) ga teng kuchli sistema hosil bo`ladi. Agar (1) sistema birgalikda bo`lsa, u holda natijada quyidagi (4) sistemaga (bunda p (5) sistemaga ega bo`lamiz. (4) sistema pog’onali sistema, (5) sistema esa uchburchak sistema deb ataladi. (5) sistema uchburchak bo`lgan holda so`nggi tenglamadan 𝑥𝑛 ni topamiz, so`ngra 𝑥𝑛 ning qiymatini oldingi tenglamaga qo`yib 𝑥𝑛−1 ni topamiz va hokazo. Demak, agar (1) tenglamalar sistemasi bir qator elementar almashtirishlarni bajargandan so`ng (5) uchburchak sistemaga keltirilsa, u holda (1) sistemaning birgalikda va u yagona yechimga ega ekenligi kelib chiqadi. Agar (1) sistema (4) pog’onali sistemaga keltirilsa, u holda (1) sistema yechimga ega bo`lmaydi yoki cheksiz ko`p yechimga ega bo`ladi. (4) tenglamalar sistemasini quyidagi ko`rinishda yozib olamiz: Bu sistemadagi 𝑥𝑝+1, … , 𝑥𝑛 noma’lumlarga ixtiyoriy 𝛼𝑝 , … , 𝛼𝑛 qiymatlar berib, uchburchak sistemani hosil qilamiz. Undan esa qolgan barcha 𝑥𝑝, 𝑥𝑝−1, … , 𝑥1 noma’lumlarni ketma – ket topamiz. 𝛼𝑝+1, … , 𝛼𝑛 sonlar turli qiymatlarni qabul qilishligidan (5) sistema cheksiz ko`p yechimlar to`plamiga ega ekanligi kelib chiqadi. 5 – misol. Quyidagi sistemani Gauss usul bilan yeching: 𝑥1 + 2𝑥2 − 3𝑥3 + 5𝑥4 = 1 {𝑥1 + 3𝑥2 + 3𝑥3 + 22𝑥4 = −1 3𝑥1 + 5𝑥2 + 𝑥3 − 2𝑥4 = 5 2𝑥1 + 3𝑥2 + 4𝑥3 − 7𝑥4 = 4 Download 27.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling