Mustaqil ishi Mavzu: Immunologik tolerantlik


Download 87.46 Kb.
Sana21.11.2020
Hajmi87.46 Kb.
#149418
Bog'liq
Immunolgiya


Urganch davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo’nalishi 194-guruh talabasi Yusupova Quvonchoyning Immunalogiya

fanidan




Mustaqil ishi


Mavzu: Immunologik tolerantlik.

Urganch-2020

Mavzu: Immunologik tolerantlik.

Reja:

1.Immunologik tolerantlikning ochilish tarixi.



2.Tolerantlikka sababchi omillar.

3.Tolerantlikning hujayraviy asoslari.

Tolerantlik yoki immunologik tolerantlik – barcha antigenlarga immunoreaktivlik xususyatini saqlagan

holda organizmning muayyan antigenligiga nisbatan immunologic javobini yo'qolishi yoki susayishi.

«Tolerantlik» terminini ingliz olimi P.Medavar (1953) tomonidan ko'chirib o'tqazilgan begona to'qimaga nisbatan organizm immuno sistamasi «chidamliligini» ko'rsatish maqsadida taklif etilgan.

«Immunologik falajlik» , «areaktivlik» ,

«antigen og'irligi» kabi teminlar tolerantlikning

Har xil shakillariga mos keladi.

Sog'lom organizmning immun tizimi o'zining antigenlariga nisbatan tolerant bo'lishi tufayli organism to'qima va hujayralariga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan antitelolarni ishlab chiqarmaydi. Homilaning alloantigenlarga nisbatan tolerantlikning fiziologik holati homiladorlik paytida vujudga keladi, degan taxminlar mavjud. Qon hosil qiluvchi (plazmatik) hujayralarnimg ona qornida bo'ladigan almashinuvlari natijasida har xil tuxumli egizaklarda ham qonning guruhlangan antigenlariga nisbatan o’zaro fiziologik Tolerantlik paydo bo'lishi mumkin.

Bakterya va viruslarga nisbatan Tolerantlik latent, ya'ni yashirin infeksiya yuqqanida (masalan odamda zardobida gepatit virusi tushganda) kuzatiladi. Organ va toʻqimalar transplantatsiyasi (koʻchirib oʻtqazish) da transplantantning taqdiri retsipiyentda donorning gistooʻrindosh antigenlariga nisbatan hosil qilinayotgan Tolerantlikning qanchalik toʻliq va uzoq boʻlishi bilan aniqlanadi. Xususiy antigenlarga nisbatan Tolerantlikning buzilishi avtoimmun kasalliklarni keltirib chiqaradi.Tolerantlik toʻliq yoki immun javobning biron shakliga taalluqli boʻlishi mumkin (masalan antigenlar hosil qilish qobiliyatini yoʻqotganda hujayra immunitetini saqlab qolish) Tolerantlikning murakkab tabiati, bu holatni oʻrganish uchun tajribalar oʻtkazish vaqtida ochiladi. Immunokomponent hujayralar maʼlum klonlari hayot faoliyatining pasayishi yoki butunlay toʻxtashi natijasida qaytmas Tolerantlik vujudga kelishi kuzatilgan. Bunday holat immune sistema pishib yetilmagan davrda, ayniqsa, organizmga koʻp miqdorda antigenlar kiritilganda paydo boʻladi (homilaning ona qornida rivojlanishi davrida yoki bola tugʻilgandan keyingi dastlabki kunlarda).

Voyaga yetgan organizmlarda Tolerantlikni, ionlovchi nurlar yoki immunodepressantlar yordamida immunokomponent hujayralarni toʻliq boʻgʻish bilan vujudga keltirish mumkin. Organizmga kichik dozadagi eruvchan antigenlar kiritib, qaytar Tolerantlik hosil qilsa boʻladi. Bunday antigenlarning molekulalari limfotsitlar membranasiga joylashgan immunoglobulinlarning molekulalari bilan birikib, ularni toʻsib qoʻyadi, deb taxmin qilinadi.

Qaytar Tolerantlikni antigen-antitelo kompleksi ham hosil qiladi. Tolerantlik V limfotsitlar hamda fagotsitlarning immun javobini toʻxtatib turuvchi maxsus T-limfotsitlar mavjud. Bunday T-limfotsitlar (supressorlar) xususiy antigenlarga nisbatan fiziologik Tolerantlikni saqlab turishi mumkin. Antitelolarning bir meʼyorda hosil boʻlishini amalga oshiruvchi Tolerantlik shakli ham mavjud; bu jarayonda vujudga kelgan barcha antitelolar toʻqimalardagi antigenlar bilan bogʻlanadi. Tolerantlikni organizmga koʻp miqdorda antitelolar kiritish orqali ham hosil qilish mumkin. Bu antitelolar antigen molekulalarini limfotsitlarga yetkazmasdan ushlab qoladi yoki antigenni immunokomponent hujayralardan toʻsib turadi. Organizmning tashqi muhitning noqulay sharoitlariga chidashi ham Tolerantlik deb ataladi.

Oʻsimliklarda Tolerantlik himoya reaksiyasining bir turi, yuqtirilgan kasallikka javoban oʻziga xos chidamlilikning namoyon boʻlishi. Turda Tolerantlikning paydo boʻlishi tanlash natijasi bilan bogʻliq boʻlib, tabiiy populyatsiyalardagi evolyutsion jarayonda oʻsimlik bilan patogen oʻrtasida uzoq vaqt davom etgan oʻzaro taʼsirlar natijasida vujudga keladi. Madaniy oʻsimliklar Tolerantlik tufayli epifitotiya (yoppasiga zararlanish) sharoitida qam qoniqarli hosil beradi. Tolerantlikning namoyon boʻlishi ekologik sharoitlarga (harorat, havo, tuproq), yosh oʻsimlik ontogenezi fazalariga va boshqalarga bogʻliq. Barcha navlarga mansub boʻlgan oʻsimliklar Tolerantlikni qulay sharoitlarda oʻstirilganda (oziqlantirish, agrotexnika) oshadi. Tolerant navlardan keng miqyosda foydalanish xavfli, chunki ular boshqa oʻsimliklarni zararlovchi manba boʻladi; kasallik qoʻzgʻatuvchi yangi mikroorganizmlarning paydo boʻlishiga qulay sharoit yaratadi.

Voyaga yetgan organizmlarda Tolerantlikni, ionlovchi nurlar yoki immunodepressantlar yordamida immunokompetent hujayralarni toʻliq boʻgʻish bilan vujudga keltirish mumkin. Organizmga kichik dozadagi eruvchan antigenlar kiritib, qaytar T. hosil qilsa boʻladi. Bunday antigenlarning molekulalari limfotsitlar membranasiga joylashgan immunoglobulinlarning molekulalari bilan birikib, ularni toʻsib qoʻyadi, deb taxmin qilinadi. Qaytar T.ni antigenantitelo kompleksi ham hosil qiladi. T. V limfotsitlar hamda fagotsitlarning immun javobini toʻxtatib turuvchi maxsus Tlimfotsitlar mavjud. Bunday T-limfotsitlar (supressorlar) xususiy antigenlarga nisbatan fiziologik T.ni saqlab turishi mumkin. Antitelolarning bir meʼyorda hosil boʻlishini amalga oshiruvchi Tolerantlik shakli ham mavjud; bu jarayonda vujudga kelgan barcha antitelolar toʻqimalardagi antigenlar bilan bogʻlanadi. T.ni organizmga koʻp miqdorda antitelolar kiritish orqali ham hosil qilish mumkin. Bu antitelolar antigen molekulalarini limfotsitlarga yetkazmasdan ushlab qoladi yoki antigenni immunokompetent hujayralardan toʻsib turadi. Organizmning tashki muhitning noqulay sharoitlariga chidashi ham Tolerantlik deb ataladi. Oʻsimliklarda Tolerantlik himoya reaksiyasining bir turi, yuqtirilgan kasallikka javoban oʻziga xos chidamlilikning namoyon boʻlishi. Turda T.ning paydo boʻlishi tanlash natijasi bilan bogʻliq boʻlib, tabiiy populyatsiyalardagi evolyutsion jarayonda oʻsimlik bilan patogen oʻrtasida uzoq vaqt davom etgan oʻzaro taʼsirlar natijasida vujudga keladi. Madaniy oʻsimliklar Tolerantlik tufayli epifitotiya (yoppasiga zararlanish) sharoitida kam qoniqarli hosil beradi. T.ning namoyon boʻlishi ekologik sharoitlarga (harorat, havo, tuproq), yosh oʻsimlik ontogenezi fazalariga va boshqalarga bogʻliq. Barcha navlarga mansub boʻlgan oʻsimliklar Tolerantlikni qulay sharoitlarda oʻstirilganda (oziqlantirish, agrotexnika) oshadi. Tolerant navlardan keng miqyosda foydalanish xavfli, chunki ular boshqa oʻsimliklarni zararlovchi manba boʻladi; kasallik qoʻzgʻatuvchi yangi mikroorganizmlarning paydo boʻlishiga qulay sharoit yaratadi.Farmakologiya va toksikologiyada Tolerantlik zaharli va farmatsevtik moddalar ( narkotiklar ) ga nisbatan sezuvchanlikning pasayishini anglatadi. Uzoq vaqt davomida organizmga kichik dozalarni kiritish natijasida kuchli taʼsir etuvchi zaharlarga koʻnikish mitridatizm deb ataladi.

Bakteriya va viruslarga nisbatan Tolerantlik latent, yaʼni yashirin infeksiya yuqqanida (mas., odamda zardob gepatiti virusi) kuzatiladi. Organ va toʻqimalar transplantatsiyasi (koʻchirib oʻtqazish) da transplantantning takdiri retsipiyentda donorning gistooʻrindosh antigenlariga nisbatan hosil qilinayotgan T.ning qanchalik toʻliq va uzoq boʻlishi bilan aniklanadi. Xususiy antigenlarga nisbatan T.ning buzilishi avtoimmun kasalliklarni keltirib chiqaradi. Tolerantlik toʻliq yoki immun javobning biron shakliga taalluqli boʻlishi mumkin (mas., antigenlar hosil qilish qobiliyatini yoʻqotganda hujayra immunitetini saqlab qolish). T.ning murakkab tabiati, bu holatni oʻrganish uchun tajribalar oʻtkazish vaqtida ochiladi. Immunokompetent hujayralar maʼlum klonlari hayot faoliyatining pasayishi yoki butunlay toʻxtashi natijasida qaytmas Tolerantlik vujudga kelishi kuzatilgan. Bunday holat immune sistema pishib yetilmagan davrda, ayniqsa, organizmga koʻp miqsorda antigenlar kiritilganda paydo boʻladi (homilaning ona qornida rivojlanishi davrida yoki bola tugʻilgandan keyingi dastlabki kunlarda).

Immun tizim - organizm ichki muhitining sofligini, ya’ni go meostazining doimiyligini ta’minlay oladigan a’zo, to'qima, hujayra va hair xil gumoral omillar yig'indisi. Uning vazifasi, organizmdagi o'zining «antigenlarini»,

irsiy begona antigenlardan ajratib, ularni qayta ishlab yuborishga qaratilgan. Har bir immunologik reaksiya asosida antigenni tanish jarayoni yotadi, agar immun tizim «yot» omilni aniqlasa, darhol immun javob ishga tushadi. Organizmlarning «o'zinikini» «begonadan» ajrata olish xususiyatiqadimdan mavjud bo'lib, lekin faqat umurtqali hayvonlarda linmfatik a’zolar immun tizim sifatida shakllangan. Masalan, ular organizmida o'ziga xos xilma xil immunoglobulinlar (antitelolar) ishlab chiqariladi.Immun tizim organizmning boshqa himoya omillaridan, birinchi navb atd a reaksiyalaming maxsusligi, antitelo va limfotsit turlarining ko'pligi, immunologik xotira hosil qila olish xususiyatlari bilan ajralib turadi. Immun jarayonlar maxsus bo'lishiga qaramay, organizmning boshqa tizimlari bilan chambarchas bog'langan Organizmga turli xil antigenlar tushishi mumkin, ularning har biriga qarshi o'ziga xo s maxsus antitelolar va limfotsitlar ishlab chiqariladi. Masalan, Bakteriyalar odam organizmiga tushsa, ularga qarshi immun javob rivojlanadi, bu jarayon bakteriyalarga qarshi immunitet deyiladi. Bakteriyalar ajratgan toksin va patogen omillarga qarshi esa antitoksik immunitet yuzaga keladi. Umuman organizmda patologik omilga qarab viruslarga, protozoalarga, zamburug'larga va boshqalarga qarshi rivojlanadigan immunitet turlari tafovut qilinadi. Lekin shuni yodda tutish kerakki, kasallik qo’zg'atuvchi rezistentlik omillari bilan ta’sirlashadi va ularning ta’sirlarini yengib limfa tizimi va qonga tushganidan so'ng, ularga qarshi hujayraviy vagumoral immunitet rivojlanadi.

Bakteriyalarga qarshi immunitet. Bakterial infeksiyaning patogeneziga qarab immunitet mikroblarga yoki ularning toksinlariga qarshi qaratilgan bo'lishi mumkin. Masalan, bo'g'ma, qoqshol, botulizm kabi kasalliklar patogenezida ular ishlab chiqargan ekzotoksinlarning ahamiyati juda katta , shuning uchun hosil bo'lgan gumoral im m un javob, asosan,toksinlarga, keyin mikroblarga qaratilgan bo'ladi. Organizmda mikroorganizmlarga qarshi himoyaning asosiy mexanizmi Fagositoz hisoblanadi. Maxsus antitelo va limfokinlarning opsonik ta’siri natijasida fagositoz kuchayadi. Bunda antitelolar faol markazlari bilan epitopni(antigen determinantasi) biriktirsa, Fc-qismi bilan fagositoz qiluvchi hujayra membranasidagi retseptorlarga birikadi. Bunda hosil b o 'lg a n immun kom pleks(antigen-antitelo) kom plem ent sistemani faol lashtirishi hisobiga bakteriyalarning immun lizisi amalga oshadi. Hujayra ichida ko'payuvchi bakteriyalarga n isbatan (brutsella, Men ingokokk, gonokokk va mikobakteriyalar) hujayraviy immunitet rivojlanadi. Sil mikobakteriyalari, brutsella, salmonella va boshqa fakultativ hujayra ichi parazitlari fagositoz qiluvchi hujayralarda tirik saqlanib qoladi (tugallanmagan fagositoz). Ularni faqat sustkor giper ta’sirchanlik reaksiyalaridii yuzaga keladigan immun yallig'lanish o'choqlarida limfokinlar ta’sirida Faollashgan makrofaglar o'ldira olishi mumkin.Odam shilliq qavatlaridagi bakteriyalarga qarshi himoyani sekretor immunoglobulinlar ta’minlaydi. Bu antitelolar bakteriyalarning yuza qismida joylashgan antigenlar bilan birikib, mikroblarning epiteliy hujayralariga yopishishiga yo'l qo'ym aydi.Вakteriyalarga qarshi immunitet steril va nosteril bo'lishi mumkin. Steril immunitetda odam organizmi infeksiya qo'zg'atuvchisidan to'liq ozod bo’ladi. Bunday holat ko'kyo'tal, chinchechak va boshqa ko'pgina kasallliklardan keyin yuzaga keladi. Nosterillanilmagan imunitetda kasallik qo'zg ‘atuvchisi ma’lum vaqtgacha organizmda saqlanib qoladi. Masalan, brutsedlyoz, sil, zaxm kabi surunkali kasalliklarda nosteril immunitet kuzatiladi. Ma’lum bir hollarda nosteril immunitet steril immunitetga aylanishi ham mumkin. Odam organizmida har minutda bir necha ming hujayra har xil omillar ta’sirida mutatsiyaga uchraydi va ulardan ma’lum bir qismi havfli o'smasimon (raksimon) hujayralarga aylanadi. Shunga qaramay, rak kasalligi boshqa kasalliklar orasida birinchi o'rinda turmaydi, chunki immun sistema organizmni mutatsiyaga uchragan hujayralardan tozalab turadi. O ' smaga qarshi immunitetning rivojlanishida quyidagi jarayonlar kuzatiladi: mutatsiyaga uchragan hujayra usti membranasidagi antigenlar o'z tuziilishini o'zgartiradi yoki yangilari paydo bo'Iadi. HLA-sistemaning 1 sinfgenlari sintez qilgan biomolekulalarham tuzilishini o'zgartiradi. Bu o'zgargan antigenlarni organizmda 3 xil immun tizim hujayralari tanib olish xususiyatiga ega: 1) tabiiy killerlar, ular doimo organizmda bo'lib, o'sm a

hujayralarini tezda taniydi va o'ldiradi; 2) K-limfotsitlar, ular faqat o'sma hujayralari antigenlariga antitelolar birikkanidan so'ng, bu kompleksga birikib, organizmdagi «yot» hujayrani o'ldiradi; 3) T-killerlar, hujayraviy immunitet mahsuli bo'lib, o'sm a hujayrasini topgach uni o'ldiradi. Organizmni o ‘sma hujayralaridan himoya qilishda interferonlar ham kattaahamiyatga ega. Oxirgi izlanishlar, o'smta hujayralari organizm immun tizimi faoliyatini susaytiruvchi omillar ishlab chiqarishini ko‘rsatdi. Shuning uchun o'sma kasalligini davolashda maxsus usul va dorilar bilan bir qatorda immune holatni tiklovchi vositalar (interferon, timus preparatlari, interleykin-1 va2, monoklonal antitelo va boshqalar)dan ham foydalaniladi qo'shilganda, uning antigenlik va immunogenligini oshirib bera oladigan m oddalarga adyuvantlar (lot. adjuvans, adjuvantis - yordam yoki imkon beruvchi) deb aytiladi. Bularga aluminiy gidroksid yoki aluminiy fosfat, yog' emulsiyasi, sirt faol moddalar, grammanfiy bakteriyalarning lipopolisaxaridlari va Freynd adyuvanti (mineral yog‘,emulgator vao'ldirilgan sil mikobakteriyalarining birikm asi) misol bo'la oladi. Adyuvantlarning ta’sir mexanizmi, ular kiritilgan joyda antigenlarni parchalanishdan saqlash (depo vazifasi),fagositozni kuchaytirish, limfotsitlarga mitogen ta’sir qilishigaasoslangan.Harqanday antigen o'ziga xos, ya’ni noyob tuzilishgaega boiganligi sababli ularning quyidagi tasnifi tafovut qilinadi:

1 . Geteromaxsuslik - har xil turga xos mavjudotlarda bir biriga juda o 'xshash bo'lgan antigenlar borligi. M asalan, Forsman antigenlari ot, qo'y eritrotsitlari va cho'chqa miyasi hujayralarida topilgan.

2.. Turga xos maxsuslik - bir tur a’zolarga xos bo'lgan antigenlar.

M asalan, tibbiyot sudekspert xodimlari qon dog'ini maxsus immun zardoblar yordamida odamga yoki hayvonga tegishli ekanligini aniqlashadi.

3 . Guruhga xos maxsuslik (izoantigenlar) - har xil odamlarga xos bo'lganmaxsuslik. Masalan, qon guruhlari, rezus omil yoki HLA — sistemasi.

Tibbiyotda, guruhga xos moslik qon quyishda, a’zo va to'qim alarni ko'ch irib o'tkazishda katta aham iyatga ega. Odam larning eritrotsit, leykotsit, trombotsit va qon plazmalarida 70 dan ortiq izoantigenlar borligi aniqlangan. K.Landshteyner qon guruhlarini kashf qilgani uchun 1930- yilda nobel mukofoti lauerati bo'lgan.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.Хаитов P.M. Иммунология: учебник для студентов вузов/ Р. М. Хаитов. - 2-е изд., перераб. и доп.. - Москва: ГЭОТАР-Медиа, 2011. - 528 с.

2.Иммунология. / Д. Мейл, Дж. Бростофф, Д.Б. Рот, А. Ройтт - М.: Логосфера, 2007. - 568 с.

3. Азаев М.Ш. Теоретическая и практическая иммунология [Электронный ресурс]/Азаев М.Ш., Колесникова О.И., Ксиленко В.Н., Дадаева А.А., Ильичева Т.Н., Сергеев А.Н. - Изд-во Лань.



4. Галактионов В.Г. Иммунология. - 3-е изд., перераб. и доп. - М.: Издательский центр «Академия», 2004. - 528 с.

4.I.MUHAMEDOV, E.ESHBOYEV, N.ZOKIROV, M.ZOKIROV.MIKROBIOLOGIYA IMMUNOLOGIYA VIRUSOLOGIYA, 2006-yilgi nashri.
Download 87.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling