Mustaqil ishi mavzu: inflatsiya va unga qarshi kurashish yo’llari reja


O`zbekistonda inflyatsiyani kamaytirishning chora tadbirlari


Download 70.57 Kb.
bet4/4
Sana23.01.2023
Hajmi70.57 Kb.
#1111863
1   2   3   4
Bog'liq
Mustaqil ish mavzu inflatsiya va unga qarshi kurashish yo’llari

3. O`zbekistonda inflyatsiyani kamaytirishning chora tadbirlari
Inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi asosiy omillar investitsion faollikning oshishi natijasida iqtisodiyotda vujudga keladigan yuqori talab va tartibga solinadigan narxlarning liberallashtirilishi kutilmoqda. Bunda davlat korxonalarining isloh qilinishi (sh.j. xususiylashtirish) doirasida kapital qo‘yilmalar hajmining o‘sishi investitsion faollikni rag‘batlantiruvchi asosiy omil bo‘ladi.
Iqtisodiyot tarmoqlarida chuqur tarkibiy o‘zgartirishlarni amalga oshirish, tovar va xizmatlarning sifatli bozorini shakllantirgan holda raqobatbardosh bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonini jadallashtirish, aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish va mustahkamlash, davlat aktivlarini boshqarishda bozor tamoyillarini joriy etish mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining yangi bosqichida muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekistonda iqtisodiyotning barqaror o‘sishi va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash borasida ulkan natijalar ko‘zlanayotgan ekan, bu vazifalarni bajarish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim deb hisoblaymiz:

  • iqtisodiyotning etakchi tarmoqlari uchun uzoq muddatli rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va uning izchillik bilan amalga oshirilishini ta’minlash;

  • mamlakatimizning har bir hududi uchun mavjud salohiyatni inobatga olgan holda maxsus rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni ta’minlash;

  • xususiy mulkchilikni rivjlantirish, xususiy tadbirkorlikning yanada jadal o‘sishini ta’minlash;

  • narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida bank kreditlarini aynan iq tisodiyotning real sektoriga jalb etilishini ta’minlash;

  • aholining iste’moli uchun zarur bo‘lgan tovar va xizmatlarning tannarxini oshib ketmasligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqarish vositalarini (asbob uskunalar va boshqalarni) import qilishni asta sekinlik bilan kamaytirib borish hamda ularning ishlab chiqarilishni mahalliylashtirish;

  • iqtisodiyotni modernizatsiyalash, tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish hamda ishlab chiqarishning texnik va texnologik yangilanish jarayonlarini yanada takomillashtirish;

  • moddiy-texnika resurslari va tayyor mahsulotlarni sotish va sotib olish tizimi institutlarida transaksiya xarajatlarini pasaytirish;

  • aholining asosiy qatlamini iqtisodiy faollikka jalb qilish mexanizmlarini takomillashtirish.

2019-yilning mart oyida oziq-ovqat mahsulotlaridan narxlarning o’sishi borasidagi etakchilik meva-sabzavot hamda sut mahsulotlari guruhiga tegishlidir (narxlar mos ravishda 4,5% va 1,5 %ga qimmatlashgan). Tuxum narxlari esa ketma-ket ikki oy davomida arzonlashgan (fevralda 0,2 %, mart oyida 1,2 %).
Yil boshiga nisbatan umumiy hisobida meva-sabzavot mahsulotlari uch oy davomida 17,7 %ga, jumladan, mevalar 21,9 %, sabzavotlar 20,5 % va kartoshka 1,3 %ga qimmatlashgan.
2018-yilning dekabr oyiga nisbatan narxlarning ko’tarilish borasidagi keyingi etakchi o’rinlarni sut mahsulotlari (8,1%) ovqatlanish band etgan (8,0 %).
Inflyatsiya va uning rivojlanishi alohida olingan mamlakatda ma`lum xususiyatlarga ega bo’lishi mumkin. Hozirgi davr inflyatsiyasi, o’tgan davr inflyatsiyasidan farq kiluvchi xususiyatlarga zga. Oldingi inflyatsiyalar vaqtinchalik bo’lib, ular odatda urush vaqtida harbiy xarajatlarni qoplash uchun qog’oz pullar chiqarilishi natijasida yuzaga kelgan. Biror daromad olmasdan turib, ya`ni ishlab chiqarish va tovarooborot sur`atlarini oshirmasdan, yoki bu ko’rsatkichlar kamayib ketgan holda davlat tomonidan bo’ladigan xarajatlarni moliyalashtirishning asosiy yo’llaridan biri qog’oz pullarni muomalaga chiqarishdan iborat bo’lgan. Natijada muomalaga chiqarilgan pullar, muomala uchun zarur bo’lgan oltin miqdoridan oshib ketgan va pulning real qiymati uning nominal qiymatidan tushib ketgan, ya`ni, haqiqatda pul birligi o’zida ko’rsatilganidan kam oltin miqdorni ifoda qila boshlagan.
Dunyoning turli mamlakatlarida xukumat tomonidan mavjud iqtisodiy-ijtimoiy shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda inflyatsiyaga qarshi turli antiinflyatsion siyosatni ishlab chiqaradilar va uni amalga oshiradilar. Davlat tomonidan antiinflyatsion siyosatni olib borishda turli chora-tadbirlar hisoblangan byudjet, ijtimoiy, soliq, baho, kredit-moliya, sanoat-investitsiya, tashqi iqtisodiy va emissiyani amalga oshiradilar.
Byudjet siyosati – bu davlatning asosiy iqtisodiy siyosati hisoblanadi va uning asosiy maqsadi mamlakatning aniq belgilangan muddat mobaynida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo`nalishlari belgilanadi va amalga oshiriladi. Byudjet siyosati yordamida soliqlar va yig`imlar assoida yig`ilgan davlat moliya resurslarini umummilliy vazifalarini bajarish uchun qayta taqsimlanishi amalga oshiriladi. Byudjet siyosatining asosiy tarkibiy qismi bo`lib ijtimoiy siyosat hisoblanadi. Chunki mamlakatdagi ijtimoiy tadbirlarni moliyalashtirish asosan davlat byudjeti tomonidan amalga oshiriladi.
Soliq siyosati – bu davlatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy vazifalarini bajarishi uchun zarur moliya mablag`larini yig`ish uchun xo`jalik yurituvchi sub`ektlar va mamlakat aholisidan soliqlar, to`lovlar hamda majburiy ajratmalarni belgilash, ularni undirish yuzasidan qonun asosida belgilangan tizimdir.
Baho siyosati – bu mahsulotlar, xizmatlar va to`lovga qobiliyatli talab o`rtasidagi mutanosiblikga erishish hamda uni tartibga solib turish bilan bog`liq siyosatdir.
Kredit-moliya siyosati – bu Markaziy bank tomonidan qayta moliyalashtirish stavkasi, majburiy zahiralar me`yori va ochiq bozordagi operatsiyalar orqali mamlakat bank-kredit tizimini boshqarish hamda tartibga solib turishdan iborat.
Sanoat-investitsiya siyosati – bu yalpi ichki mahsulotning o`sishini ta`minlovchi mamlakat sanoat-texnologik qudratini rivojlantirishga qaratilgan siyosatdan iborat.
Tashqi iqtisodiy faoliyat siyosati – bu davlat tomonidan xorijiy mamlakatlar bo`lib tashqi iqtisodiy faoliyatni boj-tarif dastaklari yordamida tartibga solib turishdan iboratdir.
Emissiya siyosati – bu Markaziy bank tomonidan milliy iqtisodiyotning holatiga asosan muomalaga qog`oz pul chiqarish, ularning aylanishini tartibga solish va muomaladagi ortiqcha pullarni aylanmadan chiqarib turishdan iborat siyosatdir.
Dunyoning har bir mamlakatidan xukumat tomonidan antiinflyatsion siyosati mavjud inflyatsiyani tartibga solishga hamda uni o`sish sur`atlarini pasaytirishga qaratilgan bo`lishi lozim. Bunday siyosatni olib borishda asosan ikki shakllardan foydalaniladi:
1) Pul islohotlarini amalga oshirish;
2) Inflyatsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solib turish;
Pul islohotlari – bu mamlakatdagi pul muomalasini tartibga solish va kuchaytirish maqsadida davlat tomonidan mavjud pul tizimini to`liq yoki qisman o`zgartirishlarini amalga oshirishdir. Mamlakatning iqtisodiy rivojlangan holati, pullarning ta`minlanganligi darajasiga asosan pul islohotlarining reval`vatsiya, deval`vatsiya va denominatsiya usullaridan foydalaniladi. Iqtisodiyoti rivojlangan davlatlardan Germaniya Federativ Respublikasi, Isroil va boshqalarda reval`vatsiya usulidan foydalanildi. Reval`vatsiya o`z mohiyatiga asosan milliy pul birligini xorijiy valyutaga nisbatan kursini ko`tarib qo`yishdan iborat. Pul islohotining ikkinchi usuli bo`lib deval`vatsiya hisoblanadi. Deval`vatsiya o`z mohiyatiga asosan milliy pul birligini xorijiy valyutaga nisbatan tushirib qo`yishdan iborat. Deval`vatsiya usulidan asosan iqtisodiyoti bozor munosabatlariga o`tayotgan mamlakatlarda keng foydalaniladi. Pul islohotining uchinchi usuli bo`lib denominatsiya hisoblanadi. Denominatsiya o`z mohiyatiga asosan milliy pul birligidagi ortiqcha nollarni olib tashlab muomalaga yangi pullarni chiqarishdan iborat. Denominatsiya usulida Rossiya (3 dona nolni olib tashladi) va Turtsiya (liradan 6 dona nolni olib tashladi) xukumatlari foydalanishdi.
Inflyatsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solib turish o`z mohiyatiga asosan mamlakatda mahsulotlar, bajarilgan ishlar, ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx-navolarni o`sib borishini cheklash va pul tizimini barqarorlashtirish masadida davlat tomonidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat. Ushbu chora-tadbirlar ikki yo`nalishda olib boriladi:
1) Deinflyatsion siyosat. Ushbu siyosat mamlakatda pulga bo`lgan talabni pul-kredit va moliya mexanizmlari yordamida tartibga solib turiladi. Deinflyatsion siyosat davlat xarajatlarini qisqartrish, kreditlar uchun foiz stavkalarini oshirish, soliq yukini kuchaytirish (soliqlar soni va ularni foiz stavkalarini ko`tarish) va pul massasini cheklashni o`z ichiga oladi. Shuni ta`kidlash lozimki, deinflyatsion siyosat mamlakatdagi iqtisodiy o`sishni sekinlashuviga sabab bo`ladi;
2) Daromadlar siyosati. Ushbu siyosat olib borishda davlat tomonidan mahsulotlar, ko`rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlarga bo`lgan narx-navo va ish haqi ustidan birdaniga nazorat etiladi hamda ularni o`sishini ma`lum chegarasi o`rnatiladi yoki butunlay «muzlatib» qo`yiladi.
Daromadlar siyosati o`z mohmiyatiga ko`ra qat`iy siyosat hisoblanadi va u aholi o`rtasida norozilikni kelib chiqarishi mumkin. Lekin inflyatsiya bilan kurashishda ayrim mamlakatlarda daromadlar siyosatidan foydalaniladi.
Iqtisodiyoti bozor munosabatlariga o`tayotgan mamlakatlarda inflyatsiyaga qarshi kurashish va milliy pul tizimini mustaxkamlash uchu nasosan quyidagi chora-tadbirlar amalga rshirilmoqda:
- milliy iqtisodiyotni sog`lomlashtirish, investitsiya faoliyatining tushib ketishini bartaraf etish va iqtisodiy rivojlanishning oqilona darajasini ta`minlash;
- raqobatbardosh, yuqori texnologik ishlab chiqarishni tashkil etish va uni rivojlantirish maqsadida davlat strategiyasini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish;
- xalq iste`mol tovarlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarish fondlarining tarkibini o`zgartirish va unda zamonaviy texnika hamda texnologiyalarni joriy etish;
-tijorat banklarining investitsiya va kredit faoliyatini rag`batlantirish;
- soliq tizimini takomillashtirish va ushbu yo`nalishda asosiy e`tiborni soliqlarning rag`batlantiruvchi funktsiyasiga qaratish;
- davlat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash;
- mamlakat ichida mahsulotlar, valyuta, kredit er, ko`chmas mulk, mehnat va qimmatli qog`ozlarining yagona bozorini shakllantirish hamda uni rivojlantirish;
- pul-kredit siyosatini iqtisodiyotnign rivojlanishi holatiga asosan o`zgartirib turish;
- tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish va mahsulotlar, ishlar, xizmatlarni eksport qilishni rag`batlantirish;
- erkin bozor baholarini saqlagan holda daromadlar, xarajatlar va narx-navoni davlat tomonidan tartibga solish va uni nazorat qilish;
- davlat byudjet taqchilligini noinflyatsion yo`llar bilan qisqartirish;
- davlatning strategik oltin-valyuta zahiralarini chuqur tahlil etish va ulardan oqilona foydalanish.
Makroiqtisodiy barqarorlikka erishilgan paytda suzib yuruvchi almashuv kursi markaziy bankka, mamlakatning xo`jalik sub`ektlariga ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlar natijasida favqulodda yuzaga keladigan o`zgarishlarga moslashish imkonini berishi mumkin. Bundan tashqari, suzib yuruvchi almashuv kurslari mamlakatga xorijiy kapitallarni oqib kelishini kuchaytirish mumkin, buning natijasida esa milliy valyutaning almashuv kursi ko`tariladi, va bu holat, uning kursini ma`lum darajada foydalan almashuv, kursidan orqali nishon sifatida foydalanmaslik (kursning o`zgarishiga befarq munosabatda bo`lish) inflyatsiya jarayonlarinii kuchayib ketishiga olib kelishi ham mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:


,,Pul, kridit va banklar’’ O.Yu. Rashidov, I.I. Alimov, R.R. Tojiyev
,,Iqtisodiy ta’limotlar tarixi’’ A.Razzoqov ,SH.Toshmatov, N. O`rmonov, P. Xoshimov, F. Egamberdiyev
Bajardi: Raimov Axrorbek
Tekshirdi:

1


2


3


4


5


6.


Download 70.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling