Mustaqil ishi mavzu: inflatsiya va unga qarshi kurashish yo’llari reja


O`zbekistonning inflyatsiya ko`rsatkichi tahlili


Download 70.57 Kb.
bet3/4
Sana23.01.2023
Hajmi70.57 Kb.
#1111863
1   2   3   4
Bog'liq
Mustaqil ish mavzu inflatsiya va unga qarshi kurashish yo’llari

2. O`zbekistonning inflyatsiya ko`rsatkichi tahlili
2019-yilning avgustida iste’mol bozoridagi o‘rtacha narxlar darajasining oy davomidagi o‘sish sur’ati 2,9 %ni tashkil etdi.
Umumiy hisobda 2019-yilning yanvar-avgust oylari davomida iste’mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxi 8,2 %ga qimmatlashdi.
2018-yilning avgust oyiga nisbatan respublika iste’mol sektoridagi o‘rtacha narxlar darajasi 16,5 %ga oshgan.
2018 va 2019-yillarning yanvar-avgust davrlaridagi oylik narxlar o‘zgarishi deyarli o‘xshash tendensiyaga ega: yanvar oyidan may oyigacha o‘rtacha narxlar darajasining ko‘tarilganligi, keyingi ikki oy davomida esa narxlar arzonlashib,
avgust oyida iste’mol narxlari indeksi 100 %lik ko‘rsatkichdan yuqorini tashkil etgan. Biroq, taqqoslanayotgan davrlarning fevral-iyul oylaridagi narxlar o‘zgarishi ko‘rsatkichlari nisbatan bir-biriga yaqin bo‘lib, yanvar va avgust oylaridagi tavofut sezilarli darajani tashkil etgan (2018 va 2019 yillarning yanvar oylarida 2,7 % ga qarshi 1,5 %, 2018 va 2019 yillarning avgust oylaridagi ko‘rsatkichlar 0,3 %ga qarshi 2,9 %ni tashkil etgan).Davlat statistika qo‘mitasi 2020 yilning dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi iste'mol sektoridagi inflatsiya darajasi haqida ma'lumot berdi. 
Davlat statistika qo‘mitasi 2020 yil davomida iste'mol bozoridagi narxlar va tariflarning o‘sish darajasi 11,1 foiz bo‘lganini ma'lum qildi. 2019 yil ushbu ko‘rsatkich 15,2 foiz bo‘lgani e'tirof etilgandi. 
Qo‘mita axborotnomasida ta'kidlanishicha, yilning so‘nggi oyida o‘rtacha iste'mol narxlari va tariflari darajasining oy davomidagi o‘sish sur'ati 1,6 foizni tashkil etgan. 
2020 yilning iyun va iyul oylarida iste'mol narxlari indeksi 2019 yildagi mos davrga nisbatan pasaygan. INI o‘sish sur'ati faqat sentyabr oyiga kelib, mart oyidagi ko‘rsatkichdan o‘tib ketgan.Inflatsiyaning o‘sishi asosan oziq-ovqat mahsulotlari narxida kuzatilgan, nooziq-ovqat mahsulotlari narxi hamda xizmatlar tarifida oylik inflatsiya 1 foizni ham tashkil etmagan 

Download 70.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling