7-§. O‘lchashlar birligini ta’minlash tizimining ishlashini axborotlashtirish va avtomatlashtirish darajasini oshirish
44. Axborot tarkibi, uni olish muddatlariga qo‘yiladigan talablarni baholagan holda, sanoat korxonalari va ijtimoiy soha muassasalarining metrologik faoliyat sohasiga oid axborotga bo‘lgan haqiqiy ehtiyojlarini tahlil qilish.
45. Ish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish, integratsiyalashgan axborot tizimlarini, idoralararo ma’lumot uzatish va almashish tarmoqlarini joriy etish va ulardan foydalanish samaradorligini, davlat axborot resurslarining integratsiyasini, shu jumladan elektron davlat xizmatlari taqdim etilishini oshirish.
46. O‘lchashlar birligini ta’minlash axborot fondining unda mavjud bo‘lgan axborotga ishlov berish va uni taqdim etish bo‘yicha axborot va tahliliy imkoniyatlarini kengaytirish.
47. Manfaatdor shaxslarni keyinchalik xabardor qilgan holda, O‘zbekiston Respublikasida o‘lchash vositalarining miqdori va holatini hisobga olish uchun mo‘ljallangan, davlat metrologiya xizmatining o‘zaro bog‘langan axborot resurslari kompleksini ifodalaydigan o‘lchashlar birligini ta’minlash sohasidagi yagona axborot tizimi va ma’lumotlar bazasini shakllantirish.
48. Ish jarayonini optimallashtirish, shuningdek, o‘lchashlar birligini ta’minlash sohasida xizmatlar ko‘rsatish vaqti va mablag‘larini kamaytirish maqsadida axborotlashtirish va masofadan erkin foydalanish mexanizmini ishlab chiqish.
49. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari metrologiya xizmatlari ishining ko‘rsatkichlarini monitoring qilish asosiy mexanizmi sifatida foydalanish.
3-bob. Konsepsiyaning amalga oshishidan kutilayotgan natijalar
50. Konsepsiyaning amalga oshirilishi:
O‘zbekiston Respublikasining Butun jahon savdo tashkiloti (JST)ga qo‘shilishi bo‘yicha bajarilayotgan ishlarni hisobga olgan holda, xalqaro bozorda O‘zbekiston mahsuloti va xizmatlarining raqobatbardoshligi oshishiga, mahalliy ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarni himoya qilishga;
o‘lchash natijalarining O‘V birliklariga kuzatiluvchanligini ta’minlashga, mahalliy mahsulotni chet elga yetkazib berishda o‘lchash va sinash natijalarining tan olinishiga;
sanoat tarmoqlarida foydalaniladigan yuqori aniqlikdagi priborlarning metrologik tekshiruv bilan to‘liq qamrab olinishiga va mahalliy korxonalarning xorijiy metrologiya institutlariga tobeligini kamaytirishga;
savdoda texnik to‘siqlarni bartaraf etishga, shuningdek har yili davlatlararo, xalqaro va xorijiy mamlakatlarning milliy etalonlari bilan solishtirish;
mamlakat iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlari, ijtimoiy sohalari, fan va mudofaasining, birinchi navbatda, qonun bilan tartibga solinadigan sohalarida o‘lchashlar birligini ta’minlash bo‘yicha davlat funksiyalarini bajarish bo‘yicha ehtiyojlarini qoplashga ko‘maklashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |