Mustaqil ishi Mavzu: Oraliqning chegaralarini belgilash tartibi Тopshirdi


Download 226 Kb.
bet1/7
Sana22.03.2023
Hajmi226 Kb.
#1286488
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
BOBUR STATISTIKA


Urganch RANCH texnologiya
Universiteti

Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) fakulteti


2103-IQ-S-guruh talabasi Erniyozov Boburning
Statistika fanidan


Mustaqil ishi
Mavzu: Oraliqning chegaralarini belgilash tartibi


Тopshirdi: ____________________


Qabul qildi: _______________


Urganch-2023
REJA:

1.Variatsion qatorlar va ularning turlari


2. Oraliq soni va kengligini aniqlash
3.Taqsimot egri chiziqlari

Variatsion qatorlar va ularning turlari


Statistik to‘plam - bu, turli shakllardagi statistik qatorlardir. Eng oddiy boshlang‘ich qatorlar bevosita kuzatish jarayonida vujudga keladi. Bunday qatorlar tartibga ega bo‘lmasdan, qayd qilishdagi holatga asoslanadi. Odatda to‘plam birliklari ma’lum belgilar asosida saflab, tasniflab, guruhlab tartibga solinadi.

Statistik qator - bu, tartiblangan statistik to‘plamdir.
Bunday tartiblangan statistik to‘plam statistik qatorlar deb ataladi, chunki ular sonlar qatori (ketma - ketligi) bilan ta’riflanadi. Statistik qatorlar turli shakllarda va yo‘llar bilan tuziladi. Ularni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin.


Taqsimot qatorlari de-ganda to‘plam birliklarini ma’lum belgilar asosida guruhlarga (qismlarga) bo‘linishi tushuniladi.


Saflangan qatorlar
Variatsion qatorlarning eng sodda shakli saflangan (bo‘ysiralangan, ranjirlangan) qatorlardir. Ayrim miqdoriy belgilar asosida statistik to‘plam belgilarini bo‘ysiralash yo‘li bilan ko‘payuvchi yoki kamayuvchi shaklda tuzilgan qatorlar saflangan qatorlar deb ataladi.


Diskret qatorlar

Diskret qatorlar to‘plam birliklarini uzuqli o‘zgaruvchi belgi asosida guruhlash natijasidir.


Agarda saflangan qator tayanchi bo‘lib tadrijan, darajama-daraja, uzuq-uzuq o‘zgaruvchi belgi xizmat qilsa va uning ayrim miqdoriy qiymatlari tez-tez takrorlanib tursa, ularni sanab, muayyan variantaning variantlar sonini, sig‘im hajmini, vaznini aniqlash mumkin. Natijada saflangan qatorga qaraganada variantalarning umumiy soni qisqaradi va har biri bir qancha birliklarni qamrab oluvchi guruh maqomini oladi.
Bunday ikki unsurdan tashkil topgan taqsimotlar diskret variatsion qatorlar deb ataladi.



Download 226 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling