Mustaqil ishi mavzu: O`zbekiston aholisi va joylanishi Bajardi: O’taniyozova Muxlisa Qabul qildi: Tojiyeva Zulxumor Toshkent-2023 Reja


Samarqand viloyati aholisi va joylanishi


Download 343.63 Kb.
bet4/4
Sana18.06.2023
Hajmi343.63 Kb.
#1577351
1   2   3   4
Bog'liq
uzb aholisi 2 (3)

3.Samarqand viloyati aholisi va joylanishi
Samarqand viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi viloyatlaridan biri hisoblanadi. U 1938-yil 15-yanvarda tashkil topgan. Ushbu viloyat respublika hududining markaziy qismida, Zarafshon daryosining oʻrta oqimi havzasida joylashgan. Uning chegaralari gʻarb va shimoli-gʻarbda Navoiy viloyati, shimol va shimoli-sharqda Jizzax va janubda Qashqadaryo viloyatlari, janubi-sharqda Tojikiston bilan tutash.

3-rasm. Samarqand viloyati xaritasi


Viloyatning markaziy qismi goʻzal vohadan iborat boʻlib, bu voha uncha keng boʻlmay sharqdan-gʻarbga tomon Zarafshon va Turkiston togʻ tizmalari orasini egallagan. Viloyatning asosiy sugʻoriladigan yerlari xuddi ana shu maydonlarni egallagan.
Aholi soni 2022-yil holatiga koʻra, 4 mln 077 ming 400 kishi. Bu jihatidan Samarqand viloyati respublikada birinchi oʻrinda va respublika aholisining 11.4 foizini tashkil etadi.
Viloyat hududi 16,88 ming km². Samarqand viloyati qishloq tumanlari soni boʻyicha Qoraqolpogʻiston Respublikasi va viloyatlar orasida birinchi oʻrinni egalaydi. Bu viloyatda bunday tumanlar soni 16 ta. Ular quyidagilar: Bulungʻur, Jomboy, Ishtixon, Kattaqoʻrgʻon, Narpay, Nurobod, Oqdaryo, Payariq, Past Dargʻom, Paxtachi, Samarqand, Toyloq, Urgut va Qoʻshrabot tumanlari. Shaharlar soni 2 ta, bular Samarqand va Kattaqoʻrgʻon.

4-rasm. Samarqand viloyati tumanlari aholisi soni (ming. kishi).


Viloyatda tumanlar kesimida tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, 2022- yil 1- aprel holatiga ko‘ra eng ko‘p aholi soni Samarqand shahrida 564,5 ming kishini (Viloyat aholisi sonidagi ulushi 13,9 % ni) va Urgut tumanida 535,4 ming kishini (13,2 % ni ), aksincha eng kam aholi soni Kattaqo‘rg‘on shahrida 92,6 ming kishini (2,2 % ni) tashkil etdi.
Aholi zichligi 1 km kv maydonga 203 kishini tashkil etadi. Eng katta ko’rsatkich Toyloq tumaniga ( 617) , Samarqandda ( 459) , Narpay ( 415) va Oqdaryoga ( 375) . Samarqand VA Toyloq tumanlarining ko’rsatkichlari Farg’ona vodiysining tumanlariga o’xshab ketadi.
Aholi sonining o’sishida migratsiyaning roli uncha katta emas.Viloyat aholisining milliy tarkibida xilma- xil , u uzoq jarayonlar tasida shakllangan . Malumotlariga ko’ra aholining 87,3 foizi o’zbeklar, 7,7 foizini tijiklar va 1,5 foizini ruslar tashkil etgan
Samarqand viloyatida jami bo’lib 1829 ta qishloq aholi punkiti joylashgan.Qishloqlarning ko’pchiligi intinsiv sug’orma dehqonchilik bilan shug’illanadi. Samarqand viloyatining xo’jaligi agrar- indisturial yo’nalishda bo’lib, sanoat, qishloq xo’jaligi , transport va ijtimoiy sohalar, jumladan, turizm ham rivojlanib bormoqda. Mintaqa yalpi hududiy maxsuloti tarkibida sanoat 10,7 foiz, qurilish 7,7 foiz, transport va aloqa 7,5 foiz savdo va umumiy ovqatlanish 7,3 foiz va boshqalarni tashkil qiladi.
Faoliyat ko’rsatayotgan qo’shma korxonlar yarmiga yaqin viloyat markazida , qishloq tumanlari orasida esa bunday korxonalar Urgut, Jomboy va Sanmarq1and tumanlarida ko’proq.


Xulosa
Respublika aholisi, asosan, qadimdan oʻzlashtirilgan, sugʻorma dehqonchilik uchun sharoit qulay boʻlgan voha va vodiylarda zich joylashgan. Mirzachoʻl, Surxon-Sherobod, Qarshi, Markaziy Fargʻona, Ellikqalʻa choʻllarini oʻzlashtirish natijasida hamda turli qazilma boyliklar konlarini topish asosida vujudga kelgan shahar va shaharchalar ham aholining hududiy tarkibiga oʻzgartirishlar kiritdi. Biroq yangi aholi manzillari aholining asrlar davomida tarkib topgan hududiy shakllariga katta oʻzgarishlar kirita olmadi. Aholining asosiy qismi tugʻilib oʻsgan joyida istiqomat qiladi. Bundan choʻl mintaqalarida yashovchi aholi mustasno. Shu bilan birga shaharlar tarmogʻidagi oʻzgarishlar shahar aholisining dinamikasi va joylashishiga katta taʼsir qildi. Keyingi-yillarda ularda sezilarli oʻzgarishlar yuz berdi. 1990—2005-yillarda mamlakat aholisining oʻsish surʻati pasayib borayotgan davrda baʼzi viloyatlarda bu jarayon sekinroq kechdi.Oʻzbekistonda demografik vaziyatning eng muhim xususiyatlari aholi oʻsish surʻatlarining pasayib borishi; aholi tabiiy koʻpayish koʻrsatkichining kamayishi; tashqi migratsiya natijalarining manfiylashuvi; shahar aholisining sust oʻsishi va boshqalar. Mamlakatning shahar aholisi nihoyatda notekis

Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Bo‘riyeva M.R., Tojieva Z.N., Zokirov S.S. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari. .-T.: "Tafakkur",2011.
2.Boʻriyeva M.R. Demografiya asoslari.-T.:,2001.
3.Abdurahmonov Q.X., Abdurahmon X.X. Demografiya.-T.: "Noshir",2011.
Download 343.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling