Mustaqil Ishi Mavzu: Qadimgi Rimdagi iqtsodiy g’oyalar. Xristianlikning vujudga kelishi


Download 102.5 Kb.
bet6/7
Sana02.06.2024
Hajmi102.5 Kb.
#1839976
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Rahmonov dilshod

Xristianlikning ta’limoti. Manbalar xabar berishicha, xristianlik yahudiy muhitida yuzaga kelgan. Bu esa xristianlikning yahudiylikdan kо‘p jihatdan ta’sirlanishiga sabab bо‘ldi. Xristianlikning asosiy g‘oyasi - Isoning odamzodning xaloskori «messiya» ekanligi yahudiylikda mavjud bо‘lib, oxiratga yaqin kelishi kutilayotgan xaloskor haqidagi ta’limotdan kelib chiqqandir.
Keyinchalik bu ta’limot Xudoning mujassamlanishi yoki Isoning ikki mohiyati - odam mohiyati, xudo mohiyati haqida «gunohni yuvish», ya’ni Isoning о‘zini ixtiyoriy tarzda qurbon qilishi haqiqatdagi ta’limot bilan mustahkamlanadi. Xristianlik muqaddas ruh ota-xudo, о‘g‘il-xudo va muqaddas ruh - uch yuzlik xudo tо‘g‘risidagi ta’limot, jannat va dо‘zax, oxiratda gо‘yo dunyoning oxiriga borish, Isoning qaytishi haqida va boshqa aqidalarni о‘z ichiga oladi.
Xristian jamoasining shakllanishi, uning aqidalarini tartibga solinishi, cherkov munosabatlarining ishlab chiqilishi, diniy tabaqalar tuzumining vujudga kelishi eramizning IV asr boshlarida 324 yili xristianlik Rim imperiyasida davlat dini deb e’lon qilinganidan sо‘ng amalga oshdi.
325 yili tarixda birinchi marta Rim imperatori Litsiniya imperiya hududidagi xristian jamoalarini о‘zaro kelishtirish va tartibga solish maqsadida Nikey shahrida I Butun Olam Xristian Soborini chaqirdi. 381 yili Konstantinopolda II Butun Olam Xristian Sobori bо‘lib о‘tdi. Bu soborlarda xristianlik ta’limotining asoslari qabul qilindi va bu asoslar 12 qismda ifodalandi.

  1. Birinchi qismda olamni yaratgan Xudo haqida sо‘z yuritiladi.

  2. Ikkinchi qismda Xudoning о‘g‘li Isus Xristosga imon keltirish haqida sо‘z boradi.

  3. Uchinchi qismda ilohiy mujassamlashuv haqida sо‘z yuritilib, unga kо‘ra, Iso Xudo bо‘la turib, bokira Bibi Maryamdan tug‘ilgan va inson qiyofasiga kirgan.

  4. Òо‘rtinchi qismda Isoning azob-uqubatlari va о‘limi haqida sо‘z ketadi. Bu gunohlarning kechirilishi haqidagi aqidadir. Bunda Isoning tortgan azoblari va о‘limi tufayli Xudo tomonidan insoniyatning barcha gunohlari kechiriladi deb e’tiqod qilinadi.

  5. Beshinchi qismda Isoning xochga mixlanganidan sо‘ng uch kun о‘tib qayta tirilganligi haqidagi aqida keladi.

  6. Oltinchi qismda Isoning meroji haqida sо‘z yuritiladi.

  7. Ettinchi qismda Isoning nuzuli (ikkinchi marotaba erga qaytishi) haqida sо‘z yuritiladi.

  8. Sakkinchi qism Muqaddas Ruhga imon keltirmoq borasidadir.

  9. Òо‘qqizinchi qism cherkovga munosabat haqida.

  10. О‘n birinchi qism о‘lganlarning ommaviy tirilishi haqida.

  11. О‘n ikkinchi qismda abadiy hayot haqida sо‘z yuritiladi.

Xristianlikning bundan keyingi falsafiy va nazariy rivojida avliyo Avgustinning ta’limoti katta rol о‘ynadi. Beshinchi asr bо‘sag‘asida u dinning bilimdan afzal ekanligini targ‘ib qila boshladi. Uning ta’limotiga kо‘ra, borliq inson aqli bilishga ojizlik qiladigan hodisadir, chunki uning ortida ulug‘ va qudratli Yaratuvchining irodasi yashiringan.
Avgustinning taqdir haqidagi ta’limotida aytilishicha, Xudoga imon keltirgan har bir kishi najot topganlar safidan о‘rin egallashi mumkin. Chunki imon taqdir taqozosidir.
Xristianlikda sirli marosimlar (tainstva) katta о‘rin egallaydi. Cherkov ta’limotiga kо‘ra, bunday paytlarda Xudo tomonidan dindorlarga alohida savoblar nozil bо‘ladi. Ularning "sirli marosim" deb atalishiga sabab xristianlik aqidasiga kо‘ra bu amallar bajarilayotgan vaktda Muqaddas Ruh ham qatnashadi. Bu marosim va bayramlar barcha xristian yо‘nalishlarida mavjud, faqat ularni amalga oshirish shakli va о‘tkazilish vaqti turlicha.


XULOSA
Dastlabki iqtisodiy g’oyalar insoniyatning paydo bo`lishi bilan shakllangan, ammo bizgacha yetib kelganlari m.a. 2-ming yillikka to`g’ri kelib, ko`proq qadimiy Osiyo xalqlarining xo`jalik faoliyatini aks ettiradi. Antik dunyoga ma`lum darajada amaliyotni nazariy umumlashtirish, abstraktsiyalash oqibatida birinchi iqtisodiy mushohadalar, ayrim iqtisodiy tushunchalar, kategoriyalar shakllana boshladi.
Qullikka asoslangan natural xo`jalik, ayniqsa qishloq xo`jaligi qo`llab-quvvatlangan, boylikning asosiy manbai mehnat deb hisoblangan Hindistonda «buyumning qiymati»ni «ish kunlari» bilan belgilash, mahsulotning bozor bahosi bilan uning tabiiy qiymati o`rtasidagi farq aytilgan, foyda masalasi ko`tarilib, uning miqdori cheklangan. Davlatning iqtisodga aralashuvi qo`llab-quvvatlangan.
Xitoydagi iqtisodiy g’oyalar ancha rivojlangan bo`lib, tabiiy huquq nazariyasi ilgari suriladi, ularda mehnat taqsimoti, davlatning roli, xalq boyligi va hukmdorlar mulki o`rtasidagi bog’lanish, iqtisod va qonun masalalariga tegib o`tiladi.
Agar Osiyoda quldorlik ko`proq patriarxal shaklda bo`lsa, antik dunyoda u klassik ravishda ro`y bergan, natural hunarmandchilik, dehqonchilik xo`jaligi qo`llangan, ammo bu davr oxirida savdo, sudxo`rlik ham qo`llab-quvvatlangan. Pulning asosan almashuv (Ksenofont jamg’arish) funktsiyasi tan olingan. Mahsulot ishlab chiqarishni rag’batlantirish, boylik jamg’arish zararli deb hisoblangan. «Ekonomika», «Xrematistika» tushunchalari kiritilgan, ular bir-biriga qarshi qo`yilgan, qiymat (qimmat) kategoriyasi, tovarlarning almashuv tamoyillari (ilk yo`nalish) keltirilgan, ammo buning mezoni (mehnat miqdori, foydalilik) aniq berilmagan.
Rimda quldorlik yaxshi yuksaldi, lekin tanazzulga ham uchray boshladi (Osiyoda feodalizm munosabatlari oldinroq ro`y bergan). Qulchilikka munosabat o`zgardi, erkin sohibkorlik ustunligi oydin bo`lib qoldi, dehqonchilik bilan chorvachilik, yirik savdo va sudxo`rlik faoliyati qo`llandi (Tsitseron). Mayda ishlab chiqarishga o`tish jarayoni, islohotlar (Grakxlar) yo`li boshlandi.

Katon tomonidan foyda tushunchasi kiritilgan, ammo uni xato ravishda qiymatdan ortiq mahsulot deb bilgan.


Zoroastrizmning muqaddas kitobi Avesto va xristianlik kitoblari Bibliya, Injilda ham muhim iqtisodiy g’oyalar mavjud, masalan sotsializmning bosh tamoyili bo`lgan «ishlamagan tishlamaydi» g’oyasi eramiz boshida ma`lum edi.


Download 102.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling