Mustaqil ishi mavzu: qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar hisobi moliyaviy hisob fanidan
Download 7.98 Kb.
|
ASQARBEK MOLIYAVIY XISOB 1
OLIY VA O’RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNVIVERSITETI MSS-93 GURUH TALABASI MUSTAQIL ISHI MAVZU: QISQA MUDDATLI MOLIYAVIY INVESTITSIYALAR HISOBI MOLIYAVIY HISOB FANIDAN REJA 2.Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar 1. Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar buxgalteriya hisobi Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar buxgalteriya hisobi - bu moliyaviy aktivlarni likvid qimmatli qog'ozlarga aylantirishdan boshlab, kreditlar berishgacha bo'lgan investitsiyalarni hisobga olish jarayonlarini avtomatlashtirish uchun maxsus ishlab chiqilgan dastur. Buxgalteriya tizimi qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar sifatida amal qilish muddati bir yildan ko'p bo'lmagan investitsiyalar, masalan, qisqa muddatli foizli ssudalar, depozit sertifikatlari, davlat g'azna qog'ozlari, veksellar va aktsiyalar ko'rinishidagi qimmatli qog'ozlar kabilarni tasniflaydi. shuningdek kontragentlarga davriy moddiy yordam ko'rsatish. Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish dasturi faqat hujjatlarga asoslanib, siz haqiqatan ham ularga ega ekanligingizni tasdiqlaydigan va ba'zi hollarda kredit shartnomasini tuzishni nazarda tutadigan mablag'larni qabul qilishga imkon beradi. Samarali moliyaviy buxgalteriya hisobi bilan kompaniya joriy majburiyatlarni to'lash uchun kerak bo'lganidan ortiqcha naqd pulga ega va shuning uchun bu bo'sh mablag'lar foizlar, dividendlar ko'rinishida qo'shimcha daromad olish uchun ishlatilishi mumkin. qimmatli qog'ozlarni qayta sotish. Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar - o’zida muomala muddati 12 oydan oshmaydigan, engil sotiladigan moliyaviy aktivlarning xarid qilinishiga oid investitsiyalardir. Ularning sintetik (umumlashgan) hisobi 5800-«Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar» hisobvarag’ida yuritiladi. Ushbu hisobvaraq muddatli bo’lib (bir yildan oshmagan muddat ichida), xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning investitsiyalarini, ya’ni boshqa bir korxonalarning qimmatli qog’ozlari, foizli davlat va mahalliy obligatsiyalari, shuningdek bir korxonaning boshqa korxonaga bergan qarzlarining holati va harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun xizmat qiladi. Ushbu hisobvaraq foizli obligatsiyalarga investitsiyalar va shu kabi qimmatli qog’ozlar, shuningdek boshqa korxonalarga berilgan qarzning holati va harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun xizmat qiladi. Agarda foizli obligatsiyalarga investitsiyalar va shu kabi qimmatli qog’ozlar, shuningdek boshqa korxonalarga berilgan qarzlarni qaytarish muddati bir yildan oshmasagina, bu investitsiyalar 5800-«Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar» hisobvarag’ida hisobga olib boriladi. Bundan tashqari, qaytarish (qayta sotib olish) 77 muddati ko’rsatilmagan boshqa qimmatli qog’ozlar uchun investitsiyalar, agar ulardan daromad olish mo’ljali bir yildan ortiq bo’lmasa ham korxonalar 5800- «Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar» hisobvarag’ida sintetik hisobini olib boradilar. Hisobvaraqlar rejasiga muvofiq ushbu hisobvaraq bo’yicha quyidagi hisobvaraqlar ochilishi mumkin: 5810-«Qimmatli qog’ozlar» 5830-«Berilgan qisqa muddatli qarzlar» 5890-«Boshqa joriy investitsiyalar». Korxonalarda 5810-«Qimmatli qog’ozlar» hisobvarag’ida aktsiya, davlat va maxalliy zayomlarning foizli obligatsiyalariga bir yildan kam muddatga qilingan investitsiyalarning holati hisobga olib boriladi. Korxonalar daromadli va barqaror faoliyat yurituvchi boshqa bir korxonalar aktsiya yoki obligatsiyalarini bir yildan kam muddatga xarid qilganda 5810- «Qimmatli qog’ozlar» hisobvarag’i debetlanib, 5110-«Hisob-kitob schyoti», 5210- «Valyuta schyoti» yoki boshqa material va har xil qiymatliklarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar kreditlanadi (agar qimmatli qog’ozlarning qiymati moddiy qiymatliklar bilan to’lansa yoki sotuvchi korxonaga berilsa). Ushbu qimmatli qog’ozlarni sotish va qayta sotish (qoplash) jarayonida 9220-«Boshqa aktivlarni sotilishi va turli chiqimi» hisobvarag’i debetlanib, 5810- «Qimmatli qog’ozlar» hisobvarag’i kreditlanadi. 5830-«Berilgan qisqa muddatli qarzlar» hisobvarag’ida korxonalarning boshqa bir korxonaga bergan qisqa muddatli qarzlarining harakati hisobga olinadi. Ushbu berilgan qarzlarga quyidagicha: debet 5830-«Berilgan qisqa muddatli qarzlar» hisobvarag’i kredit 5110-«Hisob-kitob schyoti» yoki boshqa hisobvaraqlar yozuvi beriladi. Korxonalar bergan qarzlari qaytarib berilganda 5110-«Hisob-kitob schyoti» yoki boshqa hisobvaraqlar debetlanib, 5530-«Berilgan qisqa muddatli qarzlar» hisobvarag’i kreditlanadi. 5890-«Boshqa joriy investitsiyalar» hisobvarag’ida korxonalarning 78 mamlakat va chet el valyutalarida omonat sertifikatlari, banklardagi depozit schyotlarga qilingan investitsiyalarning va boshqa joriy investitsiyalarning harakati hisobga olinadi. Korxonalarda 5800-«Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar» hisobvarag’i bo’yicha analitik hisob investitsiyalar va ob’ektlarning turlari bo’yicha, ya’ni sotib olingan qimmatli qog’ozlar turlari va ularni chiqargan korxonalar bo’yicha yuritiladi. Masalan, korxonalar 5810-«Qimmatli qog’ozlar» hisobvarag’ida aloxida «Davlat obligatsiyalari», «Maxalliy zayom obligatsiyasi». «Korxonalar obligatsiyasi» (obligatsiyaning turlari bo’yicha), shuningdek aktsiyaning turlari bo’yicha «Oddiy aktsiyalar» va «Imtiyozli aktsiyalar» uning ob’ektlari bo’yicha ham (aktsiyani chiqargan korxonalar bo’yicha) alohida analitik hisobvaraqlar ochib, ularning harakatini hisobga oladilar. 5830-«Berilgan qisqa muddatli qarzlar» hisobvarag’ida analitik hisob qarzlarni olgan korxonalar bo’yicha berilgan qarzni qaytarib olish muddatlari bo’yicha yuritiladi. Korxonalarda ochilgan analitik hisobvaraqlar mamlakat hududidagi va chet eldagi qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar to’g’risidagi ma’lumot olish imkonini berishi kerak. Korxonalarda moliyaviy investitsiyalarning sintetik hisobi ularning muddatidan qilib chiqqan holda alohida hisobvaraqlarda yuritiladi. Download 7.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling