Mustaqil ishi metodologiya tushunchasi. Dialektika elementlari
Download 37.88 Kb.
|
Metodologiya tushunhasi. Dialektika elementlari.
«Case studies», ya'ni vaziyatli tadqiqotlar o‘tkazish hozirgi zamon metodologiyasidagi muhim yangilikdir. Mazkur tadqiqotlarni o‘tkazishda fanlararo tadqiqotlar o‘tkazish metodologiyasiga tayaniladi, ammo individual sub'ektlarni, mahalliy gruppaviy dunyoqarashlar va vaziyatlarni o‘rganish nazarda tutiladi. «Case studies» atamasi pretsedentning, ya'ni kuzatish ostida bo‘lgan va tushuntirishning mavjud qonunlari doirasiga sig‘maydigan individuallashtirilgan ob'ektning mavjudligini aks ettiradi. Vaziyatli tadqiqot metodologiyasi neokantiantlar Baden maktabining idiografik metodi bilan bog‘liq.
Vaziyatli tadqiqotlarning ikki tipi: matnli va maydondagi tadqiqotlar farqlanadi. Ularning ikkalasida ham mahalliy determinatsiya birinchi darajali ahamiyatga ega. Mahalliy determinatsiya «ichki ijtimoiylik» tushunchasi bilan muayyanlashadi va ayni guruh yoki vaziyatga xos bo‘lgan faoliyat, muloqot shakllari ta'sirida shakllanadigan bilimning noaniq shartlarining tutash tizimi deb, alohida so‘zlar va harakatlarning ma'no-mazmunini belgilaydigan ijtimoiy-madaniy kontekst deb tushuniladi. Vaziyatli tadqiqotlarning ustunligi shundaki, ularda bilim tizimining mazmuni shartlarning pirovard to‘plami, hayotiy vaziyatlarning muayyan va alohida shakllari nuqtai nazaridan ochib beriladi. Hozirgi zamon metodologiyasi o‘z an'anaviy metodlarining universalligi cheklanganligini tushunadi. Masalan, gipotetik-deduktiv metod ishni tayyor gipotezalardan boshlab, «dalillarni eng yaxshi tushuntirish» bosqichidan sakrab o‘tganligi uchun tanqid qilinadi. Abduksiya fikr yuritish orqali empirik faktlardan ularni tushuntiruvchi gipotezaga yuksalishni nazarda tutadi. Bunday fikr yuritish turmushda va amaliyotda ko‘p uchraydi. Har bir inson tushuntirish yo‘llarini izlashda beixtiyor abduksiyaga murojaat etadi. Masalan, vrach kasallik alomatlariga qarab, uning sababini, detektiv esa jinoyat izlariga qarab jinoyatchini qidiradi. Xuddi shuningdek, olim ham sodir bo‘layotgan hodisani tushuntirishda abduksiya metodidan foydalanadi. Mazkur atama induksiya va deduksiya singari mashhur, keng e'tirof etilgan bo‘lmasa ham, u yangi hamda samarali metodologik strategiyani ishlab chiqishda muhim rol o‘ynaydi. Download 37.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling