Mustaqil ishi Mustaqil ish mavzulari


Aralashmalarga oid masalalar yechish.Algebraik usulda ishlanadigan masalalar


Download 28.92 Kb.
bet4/5
Sana26.10.2023
Hajmi28.92 Kb.
#1725088
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mustaqil ishi Mustaqil ish mavzulari-hozir.org

Aralashmalarga oid masalalar yechish.Algebraik usulda ishlanadigan masalalar.
Aralashmalarga oid masalalar ishlash.Bunday masalalarni ishlashda aralashma tarkibidagi moddalarning xossalariga etibor berish kerak.
1- misol.Magniy oksid bilan magniyning 8 gr aralashmasiga xlorid kislota bilan ishlov berilganda 5.6 l (n.sh) vodorod ajralib chiqdi .Boshlangʻich aralashmadagi magniy oksidning massa ulushini (%) aniqlang.
Yechish: Aralashmaning tarkibi magniy va magniy oksid boʻlib bu ikkala modda ham xlorid kislota bilan reaksiyaga kirishadi.
Mg+2HCI=MgCI2+H2 MgO+2HCI=MgCI2+H2O
Tenglamalardan koʻrinib turibdiki , faqat magniy xlorid kislota bilan ta'sirlashgandagina vodorod hosil boʻladi.Shundan foydalanib , aralashma tarkibidagi magniy miqdori topilib masala quyidagicha ishlanadi:
1) Ajralib chiqqan gaz hajmidan foydalanib, magniyning massasini aniqlaymiz:
X g……………………5,6 l
Mg+2HCI=MgCI2+H2
24 g………………….22,4 l
2)Aralashma tarkibidagi magniy oksid massasini ,magniy masalasidan foydalanib topamiz: m(MgO)=m(aralashma)-m(Mg)=8-6=2 г.
3).Aralashma tarkibidagi magniy oksidning massa ulushini xisoblaymiz: w(MgO)=(m(MgO)/m(aralashma) )*100%=2/8*100%=25%
Javobi: 25 %

2- misol.Malaxit bilan Alyuminiy kukunining ozroq aralashmasi qizdiriladi,lekin bunda umumiy massa oʻzgarmaydi.Buni qanday tushuntirish mumkin va dastlabki aralashmada malaxit bilan alyuminiyning foiz tarkibi qanday boʻlgan?


Yechish: Bu masalani yechishda qizdirilgan aralashma tarkibidagi malaxit bilan alyuminiyning xossalariga e'tibor berish kerak.Bizga ma'lumki , malaxit qizdirilganda parchalanadi:
CuCO3•Cu(OH)2=2CuO+H2O+CO2
Parchalanishi natijasida hosil boʻlgan karbonat angidrid va suv (qizdirilganda bugʻ holida ajraladi) atmosfera havosiga qoʻshiladi.Ammo , masala shartida massaning oʻzgarmasligi toʻgʻrisida aytilgan. Bizga maʼlumki, aralashma tarkibida alyuminiy ham boʻlgan. Alyuminiy esa havodagi kislorod bilan ( qizdirilganda) darhol birikadi.
4AI+3O2=2AI2O3
Masala shartida berilgan massaning oʻzgarmasligi shuning uchunki malaxit parchalanganda ajralgan karbonat angidrid va suv miqdoriga teng miqdordagi kislorodni alyuminiy oʻziga biriktirib oladi.
Malaxit parchalanganda ajralgan suv va karbonat angidridning massasi 62g ( 18 g suv bugʻi hamda 44 g karbonat angidrid) ga teng.
CuCO3•Cu(OH)2=2CuO+H2O+CO2
222 g……………………..18 g….......44 g
Demak , alyuminiy 62 gr kislorodni biriktirib olsagina umumiy massa oʻzgarmay qoladi.Alyuminiyning oksidlanish reaksiya tenglamasi asosida 62 g kislorod bilan birikishi mumkin boʻlgan alyuminiyning miqdorini aniqlaymiz:
Х g..………62 g
4AI….+….3O2=2AI2O3
108 g ………96 g………………………………Х=108 х 62 : 96=69 gr
Dastlabki aralashma massasini topish uchun , aralashmadagi malaxit va alyuminiy massalarini qoʻshamiz:
m(aralashma)= m(malaxit)+ m(alyuminiy)=222+69=291 gr
Bundan , aralashma foiz tarkibi quyidagicha:
w(malaxit)=m(CuCO3•Cu(OH)2)/m(aralashma)х100%=
=222/291х100%=76,3%
w(Al)=m(Al)/m(aralashma)х100%=69/291х100%=23.7%
Javob: Malaxit – 76.3%
Alyuminiy–23.7%
3-misol. 42.4 gr Men(NO3)n qizdirilganda 36 g MeNO2 hosil boʻldi.Metalni aniqlang?
Yechish:

Men(NO3)n→ MeNO2


x+162____x+46
X
42.4_____36
42.4x+ 1950.4________36x+2232
2232-1950.4=42.4x+36x
x=44 •2=88


Download 28.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling