O’g’rilar uchun noutbuklar "birinchi nomerli nishon" ekanligini foydalanuvchilar tushunib yetishlari va ularni qarovsiz qoldirmasliklari zarur. Hatto ofislarda noutbukni kechaga qoldirish mumkin emas, chunki ofisga ko’p kishilar (kompaniya xodimlari, farroshlar, mijozlar) tashrif buyuradilar. Axborotning chiqib ketishi noutbuk egasining ko’p odamlar to’plangan joylarda ham sodir bo’lishi mumkin. Samolet - kompaniya menedjerlari foydalanadigan odatdagi transport vositasidir. Samoletda qo’shni kreslodagi yo’lovchi noutbuk egasining yelkasi ustidan muhim axborotni o’qib olishi mumkin. Hatto "uy sharoitidagi" noutbuklar ham himoyalanishi zarur. Bu holda kompyuterning himoyasi server himoyasidan farqlanmaydi. Juda ham zarur bo’lmagan servislarning o’chirilishi qurilma ishlashini yaxshilaydi.
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |