Mustaqil ishi Reja: Simsiz tarmoqlar Bog’lanish tarmoqlari Axborotning tarqalishi
Download 121.04 Kb.
|
durdon
Fargona davlat universiteti Zootexniya Fakulteti Zootexniya va agronomiya kafedrasi o’quvchisi Hursanova Durdonaning Axborot komunikatsiyalari texnologiyalari fanidanMustaqil ishiReja: 1. Simsiz tarmoqlar 2. Bog’lanish tarmoqlari 3. Axborotning tarqalishiSimsiz tarmoqlar odamlarga simli ulanishsiz o’zaro bog’lanishlariga imkon beradi. Bu siljish erkinligini va uy, shahar qismlaridagi yoki dunyoning olis burchaklaridagi ilovalardan foydalanish imkonini ta’minlaydi. Simsiz tarmoqlar odamlarga o’zlariga qulay va xoxlagan joylarida elektron pochtani olishlariga yoki Web-sahifalarni ko’zdan kechirishlariga imkon beradi. Simsiz tarmoqlarning turli xillari mavjud, ammo ularning eng muhim xususiyati bog’lanishning kompyuter qurilmalari orasida amalga oshirilishidir.Kompyuter qurilmalariga shaxsiy raqamli yordamchilar (Personal digital assistance, PDA), noutbuklar, shaxsiy kompyuterlar, serverlar va printerlar taalluqli. Odatda uyali telefonlarni kompyuter qurilmalari qatoriga kiritishmaydi, ammo eng yangi telefonlar va hatto naushniklar ma’lum hisoblash imkoniyatlariga va tarmoq adapterlariga ega. Yaqin orada elektron qurilmalarning aksariyati simsiz tarmoqlarga ulanish imkoniyatini ta’minlaydi.Bog’lanish ta’minlanadigan fizik xudud o’lchamlariga bog’liq holda simsiz tarmoqlarning quyidagi kategoriyalari farqlanadi: - simsiz shaxsiy tarmoq (Wireless personal-area network, PAN); - simsiz lokal tarmoq (Wireless local-area network, LAN); - simsiz regional tarmoq (Wireless metropolitan-area network, MAN): - simsiz global tarmoq (Wireless Wide-area network, WAN).Simsiz tarmoq tuzilmasi. Simsiz tarmoqlarda simli tarmoqda ishlatiladigan komponentlar ishlatiladi. Ammo, simsiz tarmoqlarda axborot xavo muhiti (medium) orqali uzatishga yaroqli ko’rinishga o’zgartirilishi lozim.Foydalanuvchilar. Simsiz tarmoq foydalanuvchiga xizmat qilishligi sababali, foydalanuvchiga simsiz tarmoqning muhim qismi sifatida qarash mumkin. Foydalanuvchi simsiz tarmoqdan foydalanish jarayonini boshlaydi va uning o’zi tugallaydi. SHu sababli unga "oxirgi foydalanuvchi" atamasi joiz hisoblanadi. Odatda, foydalanuvchi simsiz tarmoq bilan o’zaro aloqani ta’minlash bilan bir qatorda, muayyan ilovalar bilan bog’liq boshqa vazifalarni bajaruvchi kompyuter qurilmalari (computer device) bilan ish ko’radi.Download 121.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling