BorderWidth – Butun tur. Forma chegarasi kengligini belgilaydi.
Caption – Satrli tur. Oyna yoki komponenta sarlavhasi.
ClientHeight – Butun tur. Oyna klient yani ishchi qismi balandligi.
ClientWidth - Butun tur. Oyna klient yani ishchi qismi kengligi.
Color – oyna klient qismi rangi.
Constraints – Oyna o‘lchamlari maksimal qiymatlari. Quyidagi parametrlari mavjud:
MaxHeight – maksimal balandlik.
MaxWidth – maksimal kenglik.
MinHeight – minimal balandlik.
MinWidth – minimal kenglik.
Cursor – Sichqoncha tomonidan forma/komponent keltirilganda ko‘rsatiladigan kursor shakli.
DockSite – Mantiqiy tur. Forma/komponentaga boshqa komponentalarni Drag&Drop yordamida tashlash mumkinligini ko‘rsatadi. Bu xossa MS Office da, uskunalar panelini formadan ajratib yana mahkamlashga imkon beradi.
DragKind - Drag&Drop da ob’yektni ko‘chirish turi. Ikki variant mavjud:
dkDrag – standart Drag&Drop. Ob’yekt joyida qoladi.
dkDock –Ob’yekt o‘zi ko‘chiriladi. YUqorida ko‘rsatilgan panel xossasiga ega bo‘lish uchun shu variantni tanlash lozim.
DragMode –Drag&Drop rejimi. Ikki variant mavjud:
dmManual – Ob’yekt ko‘chirish rejimi foydalanuvchi tomonidan o‘rnatiladi.
dmAutomatic –Draq&Drop rejimi avtomatik ishga tushadi.
Enabled – Mantiqiy tur. Agar xossa qiymati true bo‘lsa, foydalanuvchi bu komponenta bilan ishlashi mumkin.
Font – Matnni formaga chiqarishda ishlatiladigan shrift. Ikki marta shu qatorga chertilsa Windows shrift tanlash standart oynasi chiqadi.
FormStyle – Forma turi. Quyidagi variantlar mavjud:
fsNormal – normal oyna.
fsMDIForm –MDI oynalar uchun ajdod oyna.
fsMDIChild – avlod MDI oyna.
fsStayOnTop – Oyna har doim qolganlari ustida bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |