Mustaqil ishi tuproqni pestitsidlar bilan ifloslanishi va ularni oldini olish. Reja


Respublika miqyosida atrof muhitga chiqarilgan asosiy ifloslantiruvchi moddalarning soxalar ulushi bo‘yicha dinamikasi (yilda/mivg tonna)


Download 1.33 Mb.
bet2/3
Sana06.04.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1334817
1   2   3
Bog'liq
1-20 TMJ guruh Yigitaliyev B

Respublika miqyosida atrof muhitga chiqarilgan asosiy ifloslantiruvchi moddalarning soxalar ulushi bo‘yicha dinamikasi (yilda/mivg tonna)
Mustaqillikka erishgunga qadar dehqonchilik faoliyatida pestitsidlar yoppasiga keng masshtabda qo‘llanilgan va yillar davomida ularning qoldiqlari to‘planishi natijasida tuproqning ifloslanishi vujudga kelgan
Har bir tuproqka tushgan kimyoviy modda tuproq qatlamlarida saqlanib, miqdori ortib boraveradi, ya’ni tuproq qoplami uzok yillar davomida zaharli moddalar ta’sirida qoladi.
Yuqoridagi ifloslovchi manbalardan turli ko‘rinishda (suyuq, qattik, gaz va boshqa) tuproq qoplamiga tushadi, ayniqsa sanoatlashgan Toshkent va Navoiy viloyalarida turli ko‘rinishdagi chiqindilar miqdori yuqori bo‘lib, chiqindilarning asosiy qismi maxsus maydonlarga ko‘miladi.
Sanoat va maishiy chiqindilar bo‘yicha olib borilayotgan amaliy islohatlar natijasida ma’lum qismi zararsizlantirilib, qayta ishlanmoqda, bu bilan tuproq qoplami kimyoviy ifloslanishining kamayishiga erishilmoqda. Buni quyidagicha ifodalash mumkin:
Atmosfera havosiga chiqarilayotgan minglab tonna tashlanmalar yil davomida yomg‘ir, qor, shamol va boshqa omillar ta’sirida tuproq qoplamiga tushib, tuproqning kimyoviy ifloslanishini oshishiga olib keladi.
Bundan tashqari tuproqni havfli kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi qishloq xo‘jaligida turli o‘g‘itlar qo‘llanilishi bilan vujudga kelmoqda.
Ayni kunda tuproqlarning kimyoviy ifloslanishi har kachongidan ko‘ra avj oldi va bu bir muayyan hudud uchun emas, balki mintaqaviy va global darajadagi muammolarga olib kelmoqda Bu o‘rinda respublikamizning janubiy Surxondaryo viloyatining bir necha tumanlariga o‘zining chiqindi tutunlari bilan bir qator muammolarni keltirib chiqarayotgan Tojikiston alyuminiy zavodi (TojAZ) faoliyatini keltirishimiz mumkin.
TojAZ birgina 2002 yilda 21,613 ming tonna atmosfera orqali tuproq, o‘simlik, hayvonot va suv qoplamiga vodorod ftorid - NG‘, azot ikki oksidi -N0, uglerod ikki oksidi - SO, oltingugurt to‘rt oksidi - 802 kabi zaharli moddalarni chiqargan, natijada esa tuproq qoplamida ayrim kimyoviy elementlarning miqdori ruhsat etilgan miqdori (REM) ko‘rsatkichidan bir necha marta ortgan va tuproqning bir qator xossalariga salbiy ta’sir etgan.
Eng achinarlisi bu holat shu hududda yashovchi xomilador ayollar, yosh bolalarga sezilarli ta’siri achinarli holatlarga olib kelgan. Bir qator olimlarimiz (I.Orestor, G.Raxmatkariyev, YE.Kamilov 1995) va O‘zR Yergeodezkadastri Davlat Qo‘mitasining Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot davlat instituti xodimlari TojAZ ning chiqindilaridan zarar ko‘rayotgan Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun va Denov tumanlarida ilmiy tadqiqotlar olib borishdi.
TojAZ ning faoliyati mobaynida nafaqat Tojikiston Respublikasi hududi, balki O‘zbekistonning Sariosiyo, Uzun va Denov tumanlari atrof- muhity, xususan tuproq, suv, havo qoplami, o‘simlik va hayvonot dunyosi kimyoviy ifloslanishdan zararlanmokda.

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling