Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar) — tо‘plangan tajribani tahlil etish
va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga
muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivoj-lantirish.
Uchinchi bosqichda (2005 - va keyingi yillar) kadrlar tizimini takomillashtirish va
yanada rivojlantirish kerak.
Ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalari yanada mustahkamlanadi,
о‘quv-tarbiya jarayoni yangi о‘quv-uslubiy majmualar, ilg‘or pedagogik
texnologiyalar bilan tо‘liq ta’minlanmoqda.
Milliy (elita) oliy ta’lim muassasalarini qaror toptirish va rivojlantirish amalga
oshiriladi. Kasb-hunar ta’limi muassasalarining mustaqil faoliyat yuritishi va о‘zini
о‘zi boshqarishi shakllari mustahkamlanmoqda.
Ta’lim jarayonini axborotlashtirish, uzluksiz ta’lim tizimi jahon axborot tarmog‘iga
ulanadigan kompyuter axborot tarmog‘i bilan tо‘liq qamrab olinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |