Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar


Download 80.61 Kb.
Sana09.02.2023
Hajmi80.61 Kb.
#1182326
Bog'liq
Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar


Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar
1.Falsafaning fan sifatida mill.avv. VI asrda Yunonistonda shakllanishi va unda dunyoning asosi nimalardan iborat?
Antik falsafa falsafa tarixida muhim oʻrin tutadi. U avvalo, falsafa tushunchasining fanga kirib kelishiga sababchi boʻldi, hozirgi kungacha boʻlgan barcha falsafaga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatdi. Yuz yil davom etgan tayyorgarlik davridan soʻng yunon falsafasining mumtoz davri boshlandi. Uning gullab yashnashi miloddan avvalgi 7—6-asrlarga toʻgʻri keldi, taʼsiri esa ming yil mobaynida sezilib turdi. Vizantiya va islom mamlakatlarida yunon falsafasining hukmron taʼsiri keyingi ming yillikda saqlanib qoldi; keyinchalik, Renessans va gumanizm davrlarida, Yevropada yunon falsafasining uygʻonishi yuz berdi, bu esa Renessans davri platonizmi va aristotelizmidan boshlab Yevropa falsafiy tafakkurining butun taraqqiyotigacha boʻlgan davrdagi ijodiy yangilanishlarga olib kedsi.
Yunon falsafasi miloddan avvalgi 6—5-asrlarda butun Yu.dagi yunon polislari falsafasining davomchisi boʻlgan mumtoz yunon ellinistik falsafasi (miloddan avvalgi 4-asr) va ellinistikRim falsafasiga, yaʼni miloddan avvalgi 3-asrdan milodiy 6-asrgacha davom etgan Rim imperiyasiga tarqagan ellinistik falsafaga boʻlinadi. Ellinistik falsafa Sokratgacha boʻlgan falsafa (miloddan avvalgi 6—5-asrlar) va mumtoz (klassik) falsafaga (Sokrat, Platon, Aristotelʼ — miloddan avvalgi 4-asr) ajraladi. Sokratgacha falsafa, oʻz navbatida, kosmologik (gilozoistik) falsafaga (miloddan avvalgi 6—5-asrlar) va antropologik falsafaga (miloddan avvalgi 5—4-asrlar) boʻlinadi.
Yunon falsafasi ilkkosmologik— Sokratgacha falsafa davri, ruhoniylar bilan birga siyosiy yoʻnalishdagi mutafakkirlar va yetti donishmand tomonidan tayyorlangan olimlar davri bilan boshlanadi. Ulardan biri miletlik Fales boʻlib, Aristotel uni birinchi faylasuf deb hisoblagan; u birinchi kosmolog , torroq maʼnoda ioniya naturfalsafasi maktabining vakili, bu maktabga Anaksimandr, Anaksimen, Ferekid, Diogen va boshqalar ham mansub edi. Undan soʻng Eleya maktabi vujudga kelib borliq falsafasi bilan shugʻullandi (miloddan avvalgi 580—430), bu maktabga Ksenofan, Parmenid, Eleyalik Zenon, Meliss mansub edilar; ayni vaqtda bu maktab bilan birga Pifagor maktabi ham mavjud edi. Bu maktab vakillari uygʻunlik, oʻlchov, son masalalari boʻyicha tadqiqot olib bordilar. Bu maktabga Fillolay (miloddan avvalgi 5-asr oxiri) krotonlik Alkmeon (taxminan miloddan avvalgi 520), musiqa nazariyotchisi, faylasuf va matematik Arxit Tarentskiy (taxminan miloddan avvalgi 400—365) va uning tarafdori haykaltarosh Katta Poliklet (miloddan avvalgi 5-asr oxiri), Heraklit, keyin Empedokl va Anaksagor mansub edi. Hamma narsani qamrab oluvchi qomusiy tafakkur egasi Demokrit, uning mashhur oʻtmishdoshi Levkipp hamda Demokrit maktabi vakillari Sokratgacha kosmologiyaning oxirida turadilar. Shu bilan birga soʻnggi davrda antropologik sofistikada rivojlanish yuz berdi (taxminan miloddan avvalgi 475—375), uning vakillari, asosan, Protagor, Gorgiy, Gippiy, Prodik boʻlgan. Yunon falsafasining eng mashhur 3 vakili — Sokrat, Platon, Aristotel tufayli Afina taxminan 1000 yil yunon falsafasining markazi boʻldi.
Tarixda birinchi marta Sokrat tomonidan insonni falsafiy anglash masalasi qoʻyildi. Platon falsafani tugallangan dunyoqarash — siyosiy va mantiqiyetnik sistema sifatida yaratdi; Aristotel esa falsafaga haqiqiy mavjudlikni tadqiqiynazariy oʻrganuvchi fan sifatida qaradi. Bu 3 mashhur yunon mutafakkirining har biri oʻsha vaqtdan buyon oʻzicha alohida va turli shakllarda 2 ming yildan buyon jahon falsafasining rivojlanishiga taʼsir koʻrsatib keladi. Yunon falsafasining ellinistikrim davri bir-biri bilan parallel ravishda mavjud boʻlgan muhim falsafiy maktablarning paydo boʻlishi bilan boshlanadi (miloddan avvalgi 4-asr); faqat neoplatonizm keyinroq — 500 yildan soʻng vujudga keldi. Sokrat taʼsirida butun bir maktablar guruhi tashkil topadi: sokratchilar (asosiy vakili Ksenofont), megar maktabi (unga Evbulid va imkoniyat tushunchasining birinchi nazariyotchisi Diodor Kronos (miloddan avvalgi 307 yilv.e.) mansub boʻlgan), siniklar (Antisfen, Diogen), birmuncha keyinroq jamiyatni diniy qayta oʻzgartiruvchi pruzalik Dion Xrizost; pirovardida kirena maktabi (Aristipp va Evgemer). Bu maktablar unchalik uzoq yashamadi. Platon tarafdorlari Platon akademiyasi nomi ostidagi falsafiy maktabga birlashdilar (qad. Akademiya — miloddan avvalgi 348—270, oʻrta Akademiya — miloddan avvalgi 315—215, yangi Akademiya — miloddan avvalgi 160 — milodiy 529; oʻrta Akademiyaning vakillari — Arkesilay va Karnead; yangi Akademiyaning vakillari — Sitseron va Mark Terensiy Varron (miloddan avvalgi 116 — miloddan avvalgi 28); Akademiyadan keyin ("yangi"sidan farq qilgan holda) platonizm vujudga keldi. Unga boshqa faylasuflar bilan birga Plutarx (taxminan 45—120) va Frasill (Platon sharhlovchisi) kirgan.
Aristotel tarafdorlarining katta qismi aniq fanlar bilan shugullangan, peripatetik deb nom olgan mashhur olimlar boʻlgan; qadimiy peripatetiklar bilan birga mashhur botanik Teofrast, musiqa nazariyotchisi Aristoksen (taxminan miloddan avvalgi 350), tarixchi va siyosatchi messinalik Dikearx; keyingi peripatetiklar orasida fizik Straton, geograf va astronom samoslik Aristarx (Stratonning shogirdi, taxminan miloddan avvalgi 250) va Klavdiy Ptolemey (taxminan milodiy 150), vrach Galen, Aristotelning sharhlovchisi Rodoslik Andronik (taxminan miloddan avvalgi 70) boʻlgan.
Epikur asos solgan maktab keng yoyildi, bu maktabga boshqalar bilan birga Lukretsiy ham mansub edi. Skeptik maktabning vakillari (unga Akademiya vakillaridan koʻplari kirgan edi) Pirron va keyinchalik vrach Sekst Empirik edi. Stoya maktabi juda muhim falsafiydiniy harakatga aylandi, neoplatonizm va xristianlikning paydo boʻlishiga qadar mavjud boʻldi. Kitionlik Zenon asos solgan bu maktabni qadimiy Stoyada Xrizip adabiy jihatdan pishitdi; oʻrta Stoyada boshqalar bilan birga Panetsiy Rodoslik va Posidoniy bor edi; bu maktabga tarixchi Polibiy ham yaqin turgan. Keyingi Stoya davrida, asosan, 3 Rim faylasufi — Seneka, Epiktet va Mark Avreliy asosiy rol oʻynadi
Neoplatonizmda, uning asoschisi Plotin fikricha, Rim, Afina, Aleksandriya, Siros, xristian falsafiy maktablari bir-biridan farq qiladi. Plotin bilan birga Porfiriy, Prokl, ayolfaylasuf Gipatiya, Yamvlix, imperator Yulian Apostat (332—363), ensiklopedist Marsian Kapella (5-asrning 1-yarmi), Boetsiy mashhur neoplatonchi boʻlishgan. [[El[[linizm davrida gʻarb va sharq dini hamda falsafasini oʻzida birlashtirgan gnostika rivojlandi. Bobil gnostikasidan moniylik va uning yorugʻlik hamda zulmat olami haqidagi taʼlimoti paydo boʻldi. Milodning birinchi yuz yilligi falsafasi uchun Filonning Bibliyani majoziy, platonchastoikcha talqini jiddiy taʼsir koʻrsatdi. U Aleksandriya maktabiga asos soldi, uning anʼanalarini aleksandriyalik Kliment va Origen davom ettirdi, bu esa gʻarb falsafasiga koʻproq taʼsir koʻrsatgan xristian falsafasining boshlangʻich holati edi. Yunon falsafasining turli xil koʻrinishlari islom falsafasida mavjud, uning taʼsirini hind falsafasida ham payqash mumkin.
2.Demakrit, Aflatun, Arastu falsafiy qarashlari haqida bayon eting.

Demokrit Qadimgi Yunon faylasuflari ichida, birinchi bo’lib insonning ichki dunyosiga murojaat qildi. U niyatni (xatti-harakat sababini) harakatdan ajratadi. Ayni paytda, ―Nomusli va nomussiz odamni nafaqat qilmishi balki niyati orqali ham bilib olsa bo’ladi‖, deydi mutafakkir. Demokrit hayo va ishonchni insonni qing’ir ishlardan qaytarib to’ruvchi kuch tarzida ta’riflaydi. Faqat ruhan zaif va gumroh odamlargina o’z muvaffaqiyatsizliklarini ma’budlar, taqdir va tasodifdan ko’radilar. Nodon va yomon odam lazzat, baxt hamda hayotning maqsadi haqida noto’g’ri tasavvu’rga ega bo’lgani uchun o’zini baxtsizlikka mubtalo qiladi. Suqrot (miloddan avvalgi 470-399 yillar) qarashlariga kelsak, u, Konfutsiyga o’xshab, axloq bilan huquqni bo’linmas yaxlitlikda olib qaraydi: «Nimaiki qonuniy bo’lsa, o’sha adolatdandir». Ikkala mutafakkir ham hukmronlikning yaxshi yoki yomon deb baholanishini fuqarolar tarbiyasi bilan bog’laydi, jasorat va betama’ xizmat namunalarini o’z davlatlari o’tmishidan topadi.


Qadimgi Yunon nafosatshunosligida Aflotunning (milodgacha 427-347) qarashlari diqqatga sazovordir. Uning nafosat borasidagi fikr-mulohazalari asosan «jon», «Fedr», «Bazm», «qonunlar», «Davlat» singari asarlarida o’z ifodasini topgan.
Aflotun Suqrotdan farqli o’laroq, g’oyalar muammosini o’rtaga tashlaydi. Uning
nazdida asl borliq ana shu g’oyalardan iborat. Umumiy tushunchalar qancha
bo’lsa, g’oyalar ham shuncha. o’oyalarning o’rni narsalarga nisbatan birlamchi;
avvalo g’oyalar, undan keyin narsalar. Atrof-tevarakdagi his etiluvchi narsalar hissiyotdan yuksak turuvchi g’oyalarning in’ikosidir. Aflotunning fikriga ko’ra, asl go’zallik his etilguvchi narsalar dunyosida bo’lmaydi, u g’oyalar olamiga taalluqli.«Davlat» asarida faylasuf Suqrot va Glaukon suhbati asnosida g’or haqidagi mashhur masal-afsonani keltirar ekan, bizga ko’rinib turgan, biz yashayotgan dunyo bor-yo’g’i soyalar o’yini haqiqiy dunyoni ko’rish uchun esa inson ojiz lik qiladi. Inson g’or devoriga kishanband qilingan tutqunga o’xshaydi, u faqat haqiqiy borliqning soyasini ko’zata oladi, xolos, haqiqiy borliq esa ana shu soya ortida ko’rinmay qolaveradi. Go’zallik ham haqiqiy borliqqa taalluqli. Unga hissiyotlar yordamida yetishish mumkin emas, faqat aql orqaligina uni anglash mumkin; u-o’zgarmas, zamon va makondan tashqarida. Bu o’rinda Aflotunning haqiqiy go’zallik sifatida Xudoni nazarda tutayotganini ilg’ash qiyin emas. Ana shu nuqtai nazardan kelib chiqqan holda, Aflotun, san’atkorni o’ziga xos nusxa ko’chiruvchi sifatida talqin etadi; u his etiladigan narsalar olamini aks ettiradi, bu olam esa o’z navbatida, g’oyalarning nusxalaridir. Demak, san’at asari-nusxadan olingan nusxa, taqlidga taqlid soyaning soyasi. Shu bois in’ikosning in’ikosi sifatida san’at, birinchidan, bilish quroli bo’la olmaydi, aksincha, u aldamchi ro’yo, asl olamning mohiyatiga yetib borish yo’lidagi to’siqdir. Ikkinchidin, u axloqqa nisbatan betaraf turadi, hatto axloqning bo’zilishiga ham sabab bo’lishi mumkin. Uchinchidan, tomoshabinni ma’naviy yuksaklikka emas, balki ruhiy kasallikka olib keladi. Chunki u his etilguvchi narsalar olamini turli vositalar orqali in’ikos ettirar ekan, ko’p hollarda go’zallikka taalluqli bo’lmagan, hunuklik, sharmandalik va behayolikni ham tasvirlaydi. Shu sababli ideal davlatdan san’atning o’rin olishi shart emas.
Aflotun ilhomning ikki xilini keltiradi, biri, — «tartibga soluvchi», ikkinchisi-«lazzat beruvchi». Birinchisi odamlarning «yaxshilanishiga» xizmat qilsa, ikkinchisi, «yomonlashtiradi». Xo’sh, shuning uchun nima qilish kerak? Faylasuf o’ziga xos senzurani taklif etadi; yoshi ellikdan oshgan odamlar orasidan maxsus «baholovchi» kishilarni belgilash lozim, ular davlat miqyosida badiiy ijodni nazorat qilishni doimiy amalga oshirib turadilar. Ideal davlatda kulgili asarlarni (komediyalarni) sahnalashtirish mumkin, faqat ularda rollarni muhojirlar va qullar o’ynashi kerak bo’ladi. Fojiani esa qat’iy senzura asosidagina sahnalashtirishga ruhsat beriladi.
Aflotun san’atning asl manbaini bilimda emas, ilhomda deb hisoblaydi. Uning nazdida shoir «faqat ilhomlangan va jazavaga tushgan paytida, unda es-hush yo’qolganida ijod qiladi; toki es-hushi joyida ekan, u ijod va karomat qobiliyatidan mahrum». Shoir o’zi anglamagan holda, telbavor, savdoyi bir holatda ijod qiladi. Shu bois san’at qonun-qoidalarini bilishning o’zigina yetarli emas: san’atkor bo’lib tug’ilishi lozim.
Qadimgi Yunon nafosatshunosligining yuksak cho’qqisi Arastu (milodgacha 384-322) ijodidir. Uning «Xitob» («Ritorika»), «Siyosat», ayniqsa «She’riyat san’ati» («Poetika») asarlarida nafosatshunoslik muammolari o’rtaga tashlangan.Arastu go’zallik masalasini o’z tadqiqotlari markaziga qo’yadi. U go’zallikni tartib, mutanosiblik va aniqlikda ko’radi. Go’zallikning nisbatan yuksak ifodasi esa, tirik jonzotlarda, ayniqsa, insonda namoyon bo’ladi. Go’zallikning yana bir belgisi, Arastu fikriga ko’ra, miqdorning cheklanganligi. «Jonsiz narsalar kabi jonli mavjudotlar ham hajman oson ilg’ab olinadigan bo’lishlari kerak, deydi faylasufShunga o’xshash fabula ham oson esda qoladigan cho’ziqlikka ega bo’lishi shart». Go’zallikning eng muhim belgisini esa, Arastu o’zviy yaxlitlik deb ataydi. Uning talqiniga ko’ra, yaxlitlik ibtido, markaz va intihodan iborat bo ’ladi. Arastugacha go’zallik va ezgulik aynanlashtirilar edi. Arastu esa birinchi bo’lib ularni farqlaydi; ezgulik faqat harakat orqali, go’zallik harakatsiz ham voqye bo’ladi, degan fikrni o’rtaga tashlaydi.
Arastuning san’at haqidagi fikrlari ustozi Aflotun qarashlaridan jiddiy farq qiladi. Uning fikriga ko’ra, san’at asari, tabiat asari singari shakl va materiya (modda) birligidan iborat. San’atkor ongida Olamiy Aqlda mavjud bo’lgan narsalardan boshqa biror narsaning mavjud bo’lishi mumkin emas. Zero tabiat va inson faoliyatining manbai Olamiy Aqldagi g’oyalar yig’indisidir. Ular yo «tabiatdagi» jarayon, yoki «san’at» orqali o’zligini namoyon qiladi. San’at tabiat o’z maqsadini amalga oshiradigan shakllardan biri, xolos. Lekin eng yetuk, mukammal shakli. San’at tabiat oxiriga yetkaza olmagan narsani oxiriga yetkazadi. Chunki bunda unga insoniy zehn-idrok ko’maklashadi.
Arastuning axloqiy qarashlari, asosan o’g’liga bag’ishlangan ―Nikomaxning axloq kitobi‖ va ―Evdemning axloq kitobi‖ hamda ―Katta axloq kitobi‖ risolalarida o’z aksini topgan Epikur esa o’z qarashlarida falsafaning amaliy maqsadini, axloqiy mazmunini ta’kidlaydi: ―Insoniing biror bir iztirobiga davo topolmaydigan faylasufning so’zlari ma’nosizdir. Badandan kasallikni quva olmaydigan tabobatdan xech qanday foyda bo’lmagani kabi, ruh (qalbni) davolay olmaydigan falsafadan ham foyda yo’q‖.
Epikurning fikriga ko’ra insonda tanlov ixtiyori bor. U ham Demokrit kabi ezgulik raqidagi ta’limotni lazzat va iztirob muammosidan boshlaydi. Uning uchun eng muhim ruhiy xotirjamlik. Do’stlaridan birini u shunday deb yozadi; - ―Zarrin to’shagu to’kin dasto’rxoning bo’lib, bexalovat yashagandan ko’ra, poxol to’shakda xotirjam yotganing afzal!‖ Fazilatlar orasida Epikur adolat bilan donishmandlikka alohida e’tibor bilan qaraydi. Adolat tushunchasida mutlaqlik va nisbiylik xollari mavjudligini ta’kidlab o’tadi: ―Umuman, adolat hamma uchun bir xil, chunki u odamlararo munosabatlardagi foydali xodisa, lekin muayyan mamlakatlarning o’ziga xosligi nuqtai nazaridan va shunga o’xshash boshqa sharoitlarda adolat barcha uchun bir xilda bulolmay qoladi‖ Fazilatlarning mohiyati insonni lazzatga olib borishidan, xotirjamlikka hamda ruhning faoliyatli holatiga xizmat qilishdan iboratdir. Baxt esa axloqiy va jismoniy sog’loml ikdan yo’zaga keladi.
Ushbu mavzuga oid qarashlar, g’oyalar, nazariyalar juda qadimda shakllangan bo’lib, ularning asoschilari yunon faylasuflari Aflotun va Arastu asarlarida ham qayd etilgan.
Ya’ni, Arastuning fikricha, davlat tarkibiga ayrim shaxslar, oilalar va qishloqlar kirishi kerak. Biroq alohida shaxslarning hammasi ham davlat tarkibiga taalluqli bo’lmaydi deganda, aynan qullar nazarda tutilgan. Shu bilan birga, uning fikricha,o’zligiga ega bo’lmagan kishi tabiatan quldir. U faqat jismoniy ishlarga mo’ljallangan bo’lib, xo’jayiniga itoatda bo’lmog’i lozimligini ta’kidlagan.Arastuning fikricha, davlat bir joyda yashovchi insonlarning o’zaro muloqoti, adolatsizlikka qarshi o’zini himoya qilish uchun to’zgan ittifoqi yoki xo’jalikdagi ayriboshlash uchungina bo’lgan muloqot emas. ―Davlat shu paytdagina yo’zaga keladiki, oila va urug’ o’rtasida baxtli hayot uchun muomala paydo bo’lsa, ularning hayoti komil va to’liq bo’lgan sharoit va vaqtda davlat paydo bo’ladi.‖
Arastu polisning mavjud shakllarini o’rganib, uchta to’g’ri (monarxiya, aristokratiya, politiya) va uchta noto’g’ri (tiraniya, oligarxiya, demokratiya) shakllarini alohida ko’rsatib o’tadi, hamda ularning har birini batafsil ta’riflaydi.Jumladan, monarxiya - yunoncha so’z bo’lib, yakka hokimlikdir. Arastu bunda shoh hokimligining patriarxal va mutlaq monarxiya shakllarini ko’rsatgan. Agar davlatni hammadan ustun turuvchi shaxs boshqarsa, unda mutlaq monarxiya bo’lib, bunday hukmdorga nisbatan qonun bo’lmasdan, o’z fuqarolari orasida eng ulug’’vor odam darajasiga ko’tariladi va unga barcha itoatda bo’ladi.Aristokratik boshqaruvda esa siyosiy to’zum ozchilik tomonidan amalga oshirilib, davlatni sharafli, olijanob ko’pchilik boshqarishini qayd etgan.«Davlatning to’g’ri shakli sifatida Arastu monarxiya boshqaruvini (podshohlikni), aristokratiya va politiyani ko’rsatadi. Shunga muvofiq ravishda tiraniya, oligarxiya va demokratiyani u noto’g’ri va xato boshqaruv shakllari deb hisoblaydi».
Arastu eng yaxshi va ideal davlat shakli deb politiyani ko’rsatadi. Politiyada davlatni umumiy manfaat yo’lida ko’pchilik boshqaradi. Bu boshqaruv oligarxiya va demokratiyaning uyg’unlashgan shakliga o’xshash bo’ladi. Arastu Politiya xos bo’lgan mulkdorlar va mulksizlarning, boylik va erkinlik kabi manfaatlarning bunday birlashuvi juda ko’plab davlatlarga xosligini ta’kidlaydi.Arastu yuqori hokimiyat qonunga emas, xalqga bog’liq bo’lgan o’ta demokratiyani tanqid qilar ekan, boylar va kambag’allar murosasiga, qonun ustuvorligiga asoslangan mo’tadil demokratiyani qo’llab-quvvatlaydi. Shuning uchun ham u solon islohotlariga yuksak baho beradi.
Arastuning politiyasi oligarxiya va demokratiyaning eng yaxshi jihatlarini o’zida ifoda etadi. Ayni chog’da bu politiya ularning kamchiliklaridan ham xolidir. Politiya - davlatchilikning ―o’rta‖ shakli va unda ―o’rtachalik‖ hamma narsada ko’rinadi: axloqda - mo’tadillik, mulkda - o’rtacha farovonlik, hukmdorlikda -o’rta tabaqa va hokazo. Arastu ―o’rtacha‖ kishilardan iborat bo’lgan davlat eng yaxshi davlat to’zumiga ega bo’lishini alohida ta’kidlaydi. Arastuning o’rta bo’g’inga suyangan jamiyat afzalliklari haqidagi bunday qarashlari O’zbekistonda o’rta mulkdorlar sinfini shakllantirish uchun harakat borayotgan hozirgi paytda ayniqsa ahamiyatlidir.
Bu o’rinda gap, agar mulk shakllari xilma-xilligi va birinchi navbatda xususiy mulk har qanday davlatning demokratik negizlari barqarorligining iqtisodiy asosi hisoblansa, real ishlab chiqarish vositalarining o’rta mulkdorlaridan iborat kuchli qatlamning mavjud bo’lishi uning siyosiy asosi ekanligi haqida bormoqda. Aholi orasida haqiqiy mulkdorlar o’rta qatlamining ko’pchilikni tashkil etishi mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni orqaga qaytarish imkoniyatlarini bartaraf etishning kafolati hisoblanadi.
Shu sababli biz iqtisodiy o’zgarishlar jarayonini respublikada o’rta mulkdorlarning chinakam sinfini shakllantirishdek dolzarb vazifani hal qilish bilan bog’lamoqdamiz. Odam o’zini chinakamiga mulkdor deb his etmas ekan, o’z huquqlari uchun, pirovard natijalar va ishlab chiqarish samaradorligi uchun mulkdor sifatida kurashmaydi. Jamiyatda barqarorlikni saqlab qolish va himoya qilishga intilmaydi.
Zotan, Arastu fikriga ko’ra, lozim darajadagi tenglikning yo’qligi davlatni parokandalik sari yetaklaydi. Bunday hol odatda nisbiy tenglikning hamda siyosiy adolat prinsipining bo’zilishi oqibatida kelib chiqadi (tenglik birinchi holatda miqdor bilan o’lchansa, ikkinchisida - qadr-qimmat bilan o’lchanadi).
Aristokratiya va politiya hukmronlik qilgan to’zum davlatning to’g’ri shakllari bo’lib, unda bitta shaxs, ozchilik yoki ko’pchilik hokimiyatdan umumiy baxt saodat, umumiy foyda, manfaatlar yo’lida foydalanadi.U o’z davridagi mavjud davlat to’zumlarining nazariyalarini, shakllarini tanqidqilgan holda, ularga o’zining ideal davlat loyihasini qarama-qarshi qo’yadi. Uning fikricha, ideal davlat qurish uchun mavjud to’zumni ag’darish, insonni qayta tarbiyalash talab qilinmaydi.
Shunday davlat to’zumini joriy etish kerakki, u mavjud shart-sharoitda maqbul bo’lsin. Davlat to’zumini yaxshilash uni qurishdan ko’ra osondir. Bu yerda yaxshi qonunchi va haqiqiy siyosatchi davlatning muayyan sharoitlariga mos keldigan, nisbatan yaxshi shakllarini ham nazarda tutishi lozim.Mavjud davlat to’zumining shakllarni takomillashtirishda siyosiy rahbar davlat to’zumining umuman qancha turi borligini bilishi kerak. Shuning uchun Arastu ilgari surayotgan ideal davlat loyihasida Qadimgi Yunonistonda ma’lum bo’lgan davlatning barcha tiplari ko’rib chiqilgan.
Arastuning fikricha, davlatdagi siyosiy to’zumga alohida e’tibor berish zarur, chunki aynan siyosiy to’zumda davlatni boshqarish asoslari yotadi va u davlatda oliy hokimiyat deb qayd etiladi. Siyosiy to’zum qonun hukmini ko’zlaydi, qonun hukmronlik qilmagan yerda siyosiy to’zum mavjud bo’lmaydi. Hokimlar hokimiyatni boshqarishda va mazkur davlat shaklini himoya qilishda, qonunlarni bo’zuvchilarga qarshi kurashda qat’iy amal qilishlari lozim. Qonun hukmron bo’lgan joydagina adolat qaror topishi mumkin. Adolat - siyosatning maqsadidir. Adolat umumiy baxt-saodat bo’lishi bilan birga umumiylikka tegishli adolatli qismlarga mos bo’lishi lozim. Teng adolatlilik butun davlatga foydali bo’lishi bilan birga, barcha fuqarolarga ham tegishli bo’ladi.
Arastu adolatning ikki xil, ya’ni tenglashtiruvchi va taqsimlovchi ko’rinishini farqlaydi. Tenglashtiruvchi adolat mezoni ―arifmetik tenglik‖ bo’lib, bu tamoyil fuqaroviy-huquqiy kelishuvlar, oldi sotdilar, zararni qoplash, jazolash singari sohalarda qo’llanadi. Taqsimlovchi adolat mezoni esa ―g eometrik tenglik‖dan kelib chiqib, yetishtirilgan ne’matlarni har kimning qo’shgan hissasiga qarab taqsimlashni bildirgan. Bu holda tegishli narsalarga (hokimiyatga, hurmatga, moddiy boylikka) boshqalar bilan teng yoki teng bo’lmagan miqdorda egalik qilish mumkin.
Tenglashtiruvchi adolat ikki qismga bo’linadi. Ayrim ijtimoiy munosabatlar erkin tarzda malga oshadi, masalan:, oldi-sotdi, qarz berish va shunga o’xshash erkin bo’lmagan munosabatlarga o’g’rilik, o’ziga og’dirish, shikast yetkazish, yolg’on guvohlik berish, haqorat kabi holatlar kiradi.Shunday ekan, amaliyotchi kishilar, davlat boshliqlari har doim adolat yo’zasidan ish ko’rishlari lozim. Zero, siyosat aynan yaxshi qonunlar chiqarish, davlatni boshqarishning eng yaxshi to’zilishi bilan shug’ullanishi lozim.
«Siyosiy boshqaruv, Arastu nuqtai nazariga ko’ra, odamlar tomonidan emas, balki qonun tomonidan boshqaruvdir. Chunki odamlar, hatto eng yaxshilari ham, tuyg’u va ehtirosga moyildirlar, qonun esa birday o’zgarmasdir»
Demak, ideal davlatning asosiy jihati shundaki, bu davlatda har qanday faoliyat qonun asosida amalga oshirilishi lozim. Arastu siyosiy to’zumdagi uch huquq to’g’risida fikr yuritgan:Qonun chiqaruvchi huquq, ma’muriy huquq va sud huquqi.
Arastu o’zining huquqiy qarashlarida Suqrot va Aflotunlarning adolat va qonun aynan bir degan g’oyasiga qo’shiladi. Huquq o’zida adolatni aks ettiradi va kishilar o’rtasidagi siyosiy munosabatlar me’yori bo’lib xizmat qiladi. Umuman, siyosiy ma’nodagi huquqni Arastu ―siyosiy huquq‖ deb ataydi. Bu esa siyosiy bo’lmagan huquq yo’qligini, siyosiy bo’lmagan, ya’ni zulmga, istibdodga asoslangan boshqaruv shakllarida huquq bo’lmasligini anglatadi.Adolat haqida fikr yuritganda esa, eng avvalo, adolatni axloqiy fazilat sifatida ulug’’lagan. ―Adolatsizlik deb qonunni bo’zuvchilarga, boshqalardan ortiqroq oluvchi va boshqalarga teng munosabatda bo’lmaydiganlarga nisbatan ishlatilgan. Arastuning fikricha, ―Qonunga yarasha ish qiluvchi, barchaga barobar qarovchi kishigina adolatlidir.

3.O’rta asrlardagi nominalizm va realism oqimlarining ta’limotlari haqida so’zlang.


Nominalizm - universaliylar masalasida real narsalarning haqiqatan ham mavjudligiga shubha bilan qarovchi yunalish. Ularning fikricha hech qanday real narsalar mavjud emas, faqat ularning nomlarigina mavjud, o'zlari esa mavjud emas. Nominalizm (lot. nomen — ism, nom) — oʻrta asr sxolastik falsafasidagi yoʻnalish. Realizmta qarama-qarshi ravishda N. olamda faqat yakka nar-salar, predmetlar mavjud, umumiy tushunchalar (universaliylar) esa fa-sat narsalarning nomlaridangina ibo-rat deb, yoki inson aql-idrokida boʻla-digan sof tafakkur hosilalari (kon-septlar, muʼtadil N.ning "konseptualizm" nomi shundan) deb hisoblaydi. Vakillari: I. Rosselin, Dune Skot, U. Okkam. N. 11 —12-asrlarda paydo boʻldi, ayniqsa, 14—15-asrlarda rivojlandi


Realizm (lot. realis — moddiy, haqiqiy) — falsafiy yoʻnalish. Unga koʻra, ongdan tashqaridagi mavjud reallik goʻyo ideal obʼyektlarning mavjudligidan (Platon, oʻrta asr sxolastikasi) yoki subʼyekt, bilish jarayoni va tajribaga bogʻliq boʻlmagan bilish obʼyektidan (20-asr falsafiy R.i) iboratdir. Oʻrta asr R.i universaliylar (umumiy tushunchalar) real va ongga bogʻliq boʻlmagan holda mavjud deb uqtirgan (qarang Nominalizm). Hozirgi zamon falsafasida realistik oqimlar ustuvorlik qiladi. Zamonaviy R.ning muhim yoʻnalishlari: tarixiy materializm, neorealizm, neotomizm va yangi ontologiya hisoblanadi. Yangi ontologiyaning mazmunini metafizik R. tashkil etadi. Tahlil markazida reallik bizga qanday berilgan va uni biz qay darajagacha bila olamiz degan masala turadi. Hozirgi zamon R.iga fenomenologiya va ekzistensializm muhim hissa qoʻshyapti
4.Uyg’onish davridagi fan taraqqiyoti haqida nimalar deya olasiz?


Uygʻonish davri (Renessans) — Markaziy Osiyo, Eron, Xitoy (9-12 va 15-asrlar), Gʻarbiy Yevropada yuz bergan alohida madaniy va tafakkuriy taraqqiyot davri. "Renessans" atamasi dastlab Italiyadagi madaniy-maʼnaviy yuksalish (14—16-asrlar)ga nisbatan qoʻllanilgan, uni oʻrta asrchilik turgʻunligidan yangi davrga oʻtish bosqichi deb baholaganlar. Renessansning asosiy alomatlari: tafakkurda va ilmu ijodda dogmatizm, jaholat va mutaassiblikni yorib oʻtib, insonni ulugʻlash (qarang Gumanizm), uning isteʼdodi, aqliyfikriy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish; antik davr (yunonrum) madaniyatiga qaytib, uni tiklash, boyitish; cherkov sxolastikasidan qutulib, adabiyot va sanʼatda dunyoviy goʻzallik, hayot taronalarini qizgʻin kuylash; inson erki, qurfikrlilik uchun kurashish. Buning natijasi oʻlaroq, ijodiy qudrat va tafakkur kuchini namoyish etadigan ulugʻvor badiiy asarlar, salobatli binolar yaratildi, ilmfan rivojlandi. Italiyada shoir Petrarka va Dante, rassom Jotto, adib va mutafakkirlar Bokkachcho, Ariosto, Tasso, Byome Renessans gʻoyalarining jarchilari boʻlib maydonga chiqsilar. Keyinchalik Mikelanjelo, Rafael, Shekspir, Servantes Yevropaning turli mamlakatlarida buni davom ettirdilar. Ammo Renessans, yaʼni Uygʻonish faqat Yevropa hodisasi emas. Dunyo madaniyatini yaxlit olib oʻrgangan olimlarning ishlari shuni koʻrsatdiki, Osiyo markazida joylashgan Movarounnaxr, Xuroson va Eronda Italiyaga qaraganda bir necha asr oldin (9— 12-asrlar) ulkan madaniy koʻtarilish yuz bergan, ilmfan, falsafa, adabiyot kuchli rivojlanib, ilgʻor insonparvarlik gʻoyalari jamiyat fikrini band etgan, aqliy va ijodiy faollik gurkiragan. Bu davr dunyo ilmida "Musulmon Renessansi" (A. Mets) yoki "Sharq Uygʻonishi" (N. I. Konrad) nomi bilan atalib kelinmoqda. Sharq Uygʻonish davrida Yevropa Uygʻonish davrining asosiy belgilari mujassam: joʻshqin ijodiy faoliyat, ulkan bunyodkorlik ishlarining amalga oshirilgani, aqlni hayratga soluvchi bemisl asarlarning yaratilgani shundan dalolat beradi. Sharq Uygʻonish davri ham ulugʻ allomalar, qomusiy bilim sohiblari, mashhur mutafakkirlarni yetishtirdi. Aniq fanlar sohasida Muhammad Xorazmip, Abu Bakr Roziy, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad alFargʻonip, Umar Xayyom, Mirzo Ulugʻbek jahonshumul kashfiyotlar qildilar. Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Ibn Rushd, Muhammad Gʻazoliy, Nasafiy Aziziddinlarning falsafiy asarlari tafakkur xazinasini boyitdi, olam, odam va jamiyat yaxlitlikda tadqiq etilib, yangi qonuniyatlar ochildi, aqliy bilim ufqlari kengaydi, fozil jamiyat va komil inson nazariyasi chuqur ishlab chiqiddi. Sheʼriyatda Abu Abdullo Rudakiy, Abulalo alMaarriy, Abulqosim Firdavsiy, Jaloliddin Rumiy, Hofiz Sheroziy, Nizomiy Ganjavip, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy kabi daho ijodkorlar yetishib, oʻlmas asarlar yaratdilar, ishqmuhabbat, qahramonlik, ozodlik va ezgulikni kuyladilar. Miniatyura rassomchiligida bir necha maktablar shakllandi, bunda Kamoliddin Behzod rasmlari yangi ijodiy yoʻnalishga asos soldi. Uygʻonish davri ning yana bir belgisi xalq ruhini ifodalaydigan "Ming bir kecha", "Kalila va Dimna", "Qirq vazir", "Toʻtinoma", "Sindbodnoma", "Jomeʼul hikoyot" kabi qiziqarli sarguzashtlarga toʻla, shavqu zavq qoʻzgʻatadigan asarlarning koʻpaygani, ikkinchi tomondan "Xamsa"larda boʻlganiday, insoniy ideallarni mujassam etgan hikmat va falsafaga boy umumbashariy gʻoyalarning tasvirlanishidir.

Eron va Markaziy Osiyo xalqlari bir necha ming yillik sivilizatsiya tarixiga ega. Zotan, qadimiyati, qad. davlatchiligi boʻlmagan xalqda Uygʻonish davri ham boʻlmaydi. Markaziy Osiyoda 9—13-asrlarda oʻz xalqining qadimiyatiga qaytish, Avesto falsafasini Qurʼon maʼrifati bilan uygʻunlashtirib, qayta tiklashga intilish tasavvuf taʼlimoti, "ishroq" falsafasida namoyon boʻlgan. Shu asosda turli nazariyalar, taʼlimotlar yuzaga kelib, fikriy xilmaxillik rivojlandi. Tasavvufiyorifona taʼlimotning qaror topishi, tariqatlar ham, aslida, hurfikrlik va inson kamolotiga boʻlgan ishonchning nishonasi edi. Uygʻonish davri vakillari dinga emas, balki dinni sxolastika va jaholat manbaiga aylantirgan kishilarga qarshi kurashganlar.


Tafakkurdagi ikki: akliy (ratsionalizm) va vajdiy (irratsionalizm) yoʻnalish namoyandalari zohiran oʻzaro kelishmay kelgan boʻlsalarda, amalda Yevropa Uygʻonish davrida boʻlganidek, inson ongini bedor etish, uni aqidaparastlik (taqlidchilik) gʻuboridan tozalashda hamkorlik qildilar. Shu bois hurfikrli mutafakkirlar orasida ratsionalist olimlar bilan birga, orif sufiylar ham bor edi.


Sharq Uygʻonish davri vakillari oʻz xalklarining ked. madaniyat bilan birga, yunon vahind xalklari merosidan ham foqdalanishgan. Yunon olimlarining asarlari 8—9-asrlarda arab tiliga tarjima qshshndi, sharxlandi. Aflotun, Arastuni Sharq faylasuflari ham oʻz ustozlari deb hisoblashgan, Plotin qarashlari Ibn alArabiyga taʼsir etib, "vahdatul vujud" falsafasiga turtki berdi. Biroqyunonlar koʻp fikrlarni qad. osiyoliklardan olganlar. Bu tarix qonuniyati; Abu Rayhon Beruniyning "Kitob attafhim li avoil sinoat attanjim" asari qoʻlyozmasi (13a).yuksalishga shaylangan xalq oʻz madaniyati va oʻzigacha yaratilgan bashariy yutuqlarni oʻzlashtirib, yana yuksaklikka koʻtariladi.


Sharq Uygʻonish davri keng koʻlamli: taʼlim va tahlil, madrasamaorif rivojlangan, ulkan kutubxonalarda yuz minglab jild kitoblar yigʻilgan, "xazinat ulhikma", "dor ululum"larda tolibi ilmlar, ustozshogirdlar suhbati bardavom edi, olimning obroʻeʼtibori yuksak qadrlandi. Sharq Uygʻonish davri yutuqlari Gʻarbiy Yevropadagi Uygʻonish davriga bevosita taʼsir etgan. Chunki 12—14-asrlarda musulmon olami bilan Yevropa davlatlari orasida aloqa kuchaygan edi. Ayniqsa, tutash chegara mamlakatlari: Qurdoba (Ispaniya), Kavkaz, Bolqon ya.o. da bu jarayon kuchli boʻlgan. Yevropaliklar Sharq olimlarining asarlarini lotin, ispan, yahudiy tillariga qilingan tarjimalar orqali yoxud bevosita arab tilida oʻqib oʻrganganlar. Ibn Sinoning "Tib qonunlari", "AshShifo", Forobiyning "Ilmlar tasnifi", Ahmad Fargʻoniyning "Samo harakatlari va yulduzlar ilmining jami kitobi", Muxammad Muso Xorazmiyning "Aljabr val muqobila", Ibn Rushd, Abu Bakr Roziy asarlari tarjima qilinib, keyinchalik nashr etilgan. Algebra, algoritm fanlari Xorazmiy asarlari tufayli shakllangan. "Tib krnunlari" 7 asr mobaynida Yevropa untlarida tibbiyot darsligi sifatida xizmat qildi. Ibn Sino shogirdi Ibn Rushd goyalari Italiya, Fransiya hurfikrligini boshlab bergan. Ibn Sino — Avitsenna, Ibn Rushd — Averroes, Ahmad Fargʻoniy — Al Frageni, Abu Bakr Roziy — Al Ramzats, Abu Maʼshar Balxiy — Albumazar degan lotincha nomlar ostida mashhur boʻlgan. "Oʻsha paytda (13—16-asr) jaholat changalidagi Yevropaning koʻpgina qismida musulmonlar ilm charogʻini yoqdilar...; ispanlar yozuvi ham, shimoliy oramiy yozuvi ham Osiyodan olingan; shim., gʻarbiy va sharqiy Yevropa madaniyati yunon — rumo — arab urugʻidan unib chiqqandir" (G.Gerder). Platon, Aristotel asarlari ham Yevropaga dastlab arabcha tarjima va talqinlar orqali kirib borgan. "Sharkliklar Gʻarbni Aristotel falsafasi bilan yoritdilar" (Gegel).


Aniq fanlar va ularni oʻrganish usullarini, dehqonchilik va chorvachilik ilmlari, dengizda suzish, qarbiy texnikani Yevropa sharqdan olib rivojlantirdi. "Matematika, kimyo, tibbiyot sohasida musulmonlarning xizmati buyuk... bu fanlarda musulmonlar Yevropaning muallimlari boʻlib qoldilar" (G. Gerder). Yevropa Uygʻonish davri adiblari Dante, Petrarka, Bokkacho Sharq ilmfani, adabiy asarlaridan ilhomlanganlar. Dante "Bazm", "Ilohiy komediya" asarlarida Ibn Sino va Ibn Rushdni oʻz ustozlari qatorida ehtirom bilan tilga oladi. Axmad Fargʻoniy asarlaridan foydalanganini qayd etadi. K. Marloning "Buyuk Temur" dramasida Amir Temur jasur, xaloskor inson sifatida tasvirlangan.


Musiqada ham Uygʻonish davri jarayoniga xos yuksalish dastlab Sharkda yuz berdi. Markaziy Osiyo xalqlarining qad. anʼanalari arab, hind va fors musiqiy meros asarlari, cholgʻulari bilan oʻzaro taʼsir jarayonlari natijasida yanada boyib qaytadan jonlandi. Zero, Forobiy va uning izdoshi Ibn Sino musikaning nazariy, falsafiy va estetik masalalarini atroflicha tadqiq etib, umumsharqiy taʼlimotni yaratishgan. Xususan, Yaqin va Oʻrta Sharq xalklari musiqa amaliyotiga tayangan holda, kuy va usullar, qoʻllaniladigan sozlar, muayyan shakl va janrlar doirasida mushtaraklik mavjudligini isbotlashgan. Forobiyning "Kitob ul musiqa alkabir" ("Musiqaga doyr katta kitob") va, ayniqsa, Ibn Sinoning "Javomeʼ ilm ulmusiqi" ("Musiqaga oid ilmlar toʻplami") kabi asarlarida yunon olimlari (Pifagor, Aristoksen va boshqalar)ning qarashlari boyitilib, tovushlar balandpastligi munosabatlari matematik uslubda ifodalangan. Shuningdek, sof tovushqator tizimi, undan oʻrin olgan budlarning muloyimat va munofirat tasnifoti, iyqo nazariyasi ilk bor asoslab berilgan. 12—13-asrlarda ijodiy va aqliy kuchlar rivojini namoyish etgan Oʻn ikki maqom tizimi yuzaga keldi. Amir Temur (14 a.) va Temuriylar (15—16-asrlar) musiqaning barcha jabhalarida yangi Uygʻonish davri yuzaga kelishini taʼminlab berishdi. Turli mamlakatlardan Samarqand, Buxoro kabi markazlarga keltirilgan sanʼatkorlar — bastakorlik, musiqa ijrochiligi va musiqashunoslik jadal rivojlanishiga hissa koʻshishgan. Mazkur sohalarda nainki muayyan kasb egalari, balki oʻzga badiiy ijod sohiblari, xususan, Mirzo Ulugʻbek, Jomiy, Navoiy, Husayn Boyqaro, Zahiriddin Boburlar ham nom chiqarishgan. Bu davrda mahalliy maqom ijodiyoti va ijrochiligi yuksaldi, ogʻzaki anʼanadagi musiqaning boshqa rivojlangan shakllari (doston, ashula, cholgʻu kuy va boshqalar) keng oʻrin egallab, oʻzlarining yuqori pallalariga koʻtarildi. Ayni shu jarayon keyinchalik Buxoro Shashmakrmi, Xorazm maqomlari va Fargʻona — Toshkent makom yoʻllari, katta ashulalar shakllanishiga olib keldi.


Yevropa musikasida Uygʻonish davri tamoyillari dastlab 14-asrda tashkil topgan ilgʻor yoʻnalish — "Are nova" namoyandalari (ayniqsa, Italiyadagi vakillari — F. Landino va boshqalar) ijodida oʻz ifodasini topdi. Ular dunyoviy mazmundagi ilk professional vokal musiqa shakllari (ballada, madrigal, kachcha va boshqalar)ni ijod qilishdi, sheʼriy matnlar mazmuniga alohida ahamiyat berib ifodali, erkin tuzilishdagi kuylar yaratishdi. Uygʻonish davri cholgʻu musiqaning dastlabki mustaqil shakl va janrlari (richerkar, prelyudiya, fantaziya, tokkata) yuzaga keldi, ayniqsa lyutnya, klavesin va klavikord musiqasi keng rivoj topdi. Ijodkorlar va musiqa nazariyotchilarining antik davr badiiy merosiga qiziqishi tufayli yangi janrlar (mas, yunon tragediyasini "tiklash" jarayonida — opera), koʻp ovozli musiqada polifoniyankng qatʼiy uslubi, keyinchalik gomofoniya uslubi k,aror topdi. Diniy musiqa janrlari (messa, motet) isloh qilindi, notalar chop etilishi joriy etildi, jonli musiqa amaliyotini umumlashtiruvchi musiqa nazariyasi (Tinktoris, J. Sarlino) rivoj topdi. Aynan shu davrda muayyan xalklarda yangi milliy va mahalliy kompozitorlik maktablari paydo boʻldi: niderland (Dyufai, Y. Okegem, J. Depre), fransuz (K. Janeken va boshqalar), nemis (G. Fink va boshqalar), ingliz (Dansteybl, U. Byord va boshqalar), ispan (K.de Morales va boshqalar), Rim (Palestrina), Venetsiya (A. va J. Gabriyeli) va boshqa Uygʻonish davrining pirovardida Yevropa kompozitorlik ijodiyotida Sharq mavzu va obrazlariga qiziqish kuchayib, ingliz G. Pereyem va fransuz J. Ramo umumsharqona ekzotikani ifodalashgan. Bular anʼanasi keyinchalik Sohibqiron Amir Temurni bosh qahramon sifatida gavdalantirgan Italiya (A. va D. Skarlattilar, A. Vivaldi va boshqalar), Germaniya (G. Gendel, G. Teleman va boshqalar) mualliflarining operalarida teranlashgan.


Uygʻonish davrida teatr sanʼati xayot koʻzgusi hisoblanib, koʻpqirrali inson xarakteri, real voqelik ziddiyatlarini aks ettirishga alohida ahamiyat berdi. Bu davr teatr namoyandalari antik drama tajribalaridan foydalanib xalq tomosha sanʼati anʼanalarini rivojlantirdilar, kundalik hayot zavqshavqini idrok qilishga daʼvat etilgan dunyoviy sahna asarlarini yaratishga harakat qildilar (L. Ariosto, A. Politsiano, N. Makiavelli va boshqalar). Ispaniyada Uygʻonish davridagi teatr rivoji M. Servantes va Lope de Vega, Angliyada U. Shekspir ijodi bilan bogʻliqdir. Uygʻonish davrida teatr sanʼati professional omillari kuchaydi, dramaturgiya va aktyorlik sanʼati nazariyasi qaror topdi, ilk teatr binolari qurildi.


Uygʻonish davri meʼmorligi qad. anʼanalarni oʻzlashtirib, uni yangi mazmun bilan boyitdi, yangi meʼmoriy qurilmalar vujudga keldi, koʻp qavatli uylar, yangi qiyofadagi jamoat binolari qad koʻtardi. Binoni tashqi va ichki tomonlarini bezash, kenglikni tashkil etish borasida xam muayyan yutuqlarga erishildi. Bu oʻzgarishlar Italiyaning Florensiya, Piza, Siyena, Genuya, Milan, ayniqsa, Venetsiya sh.larida juda sezilarli boʻldi. Ulkan binolar, gʻoyat katta gumbazli va bir nechta ustunli saroy va ibodatxonalar qurildi, ayniqsa, florensiyalik meʼmorlar antik meʼmorlik anʼanalari va order tizimidan unumli foydalandi. Bu anʼanalarni oʻrta asr Italiya meʼmorlik texnikasi yutuqlari, mahalliy qurilish xom ashyolari va konstruksiyalari bilan uygʻunlashtirib, renessans meʼmorligi uslubini yaratdilar. Devor sathi tekisligining yaxlitligiga eʼtibor kuchaydi, meʼmorlik mujassamotining chizikli ritmi va mutanosibligiga, xonaning kengligiga, uning yaxlit va koʻrkamligiga ahamiyat berila boshlandi; turar joy va ibodatxonalar qurilishi ham yangilandi. Shaharning ijtimoiy maʼmuriy markazi tarhi va tuzilishi bilan bogʻliq boʻlgan yangi tipi paydo boʻldi. Florensiyada shakllangan yuksak Uygʻonish davrining mumtoz uslubi Rimaa, keyinroq Venetsiyada monumental yodgorliklar (monumental sanʼat) yaratilishiga sabab boʻldi. Yirik meʼmoriy ansambllar vujudga keldi, "ideal" shaharlarning loyihalari yaratildi.


Italiya meʼmorligida paydo boʻlgan yangi anʼanalar Uygʻonish davrining buyuk meʼmorlari ishlarida uz aksini topdi. Jumladan, Filippo Brunelleski katta gumbazli bino qurish muammosini hal qildi (diametri 42 m boʻlgan 8 qirrali gumbazli SantaMariya del Fore sobori), L. Alberti oʻzi yaratgan yangi meʼmoriy kompozitsiyalarini ilmiy nazariy bayon qilgan "Meʼmorlik toʻgʻrisida 10 kitob" asari bilan nazariyotchi olim sifatida namoyon boʻldi. Shu tarzda yuksak Uygʻonish davri meʼmorligi uslubiga zamin yaratildi. Yuksak Uygʻonish davri ning asosiy tamoyillari Rimda shakllandi va rivojlandi, davrning insonparvarlik gʻoyalari ulugʻvor va hashamatli meʼmoriy kompozitsiyalarda oʻz ifodasini topdi. Amaliyotda antik meʼmoriy orderlar erkin va ijodiy ishlatila boshlandi, meʼmoriy uslublar birlashtirilib yagona milliy meʼmorlik uslubi shakllandi. D. Bramante, Rafael, Mikelanjelo va boshqa murakkab meʼmoriy majmualarida yuksak mahorat, boy ilm va nazariy fikr, oʻtkir tafakkurni namoyon qildilar, badiiy yechimining goʻzalligi, nisbat va shakllar oʻyinining boyligi, kompozitsiya yechimining rang-barangligi insonga zavq bagʻishlaydigan meʼmoriy makonni yaratdilar.


Soʻnggi Uygʻonish davrida yirik meʼmoriy inshootlar oʻrnini xususiy buyurtmalar kengroq egalladi. Villa, palatsso qurilishi sohasida koʻzga koʻrinarli ishlar qilindi. Bogʻpark meʼmorlik uslubi (bogʻ tuzish sanʼati) shakllandi. Pastbalandlikka ega boʻlgan maydonda bogʻ yaratish muhim ahamiyat kasb etdi: pastbalandliklar birbiri bilan murakkab zinalar orqali bogʻlandi, tepalik va qiyaliklar turli bezak qurilmalar (gʻor, suv kaskadlari, favvora, haykallar) hamda manzarali oʻsimliklar bilan bezatildi. Asosiy yoʻl, qolgan yoʻlka va zinalar darvozaga yoʻnaltirilgan boʻlib, kompozitsiyaning tugal boʻlishini taʼminlagan. Meʼmoriy nazariy masalalarga eʼtibor ortdi. Bunyod etilayotgan binolarni ilmiy asoslashga intilish kuchayib, bir nechta ilmiy asarlar yaratildi. 16-asr oʻrtalaridan Italiyada maxsus oʻquv yurtlari, akademiyalar tuzildi va ularda meʼmorlikka oid taʼlim berilishi muhim voqea boʻldi. Bu esa Yevropa meʼmorligining keyingi taraqqiyotiga taʼsir koʻrsatdi, meʼmoriy klassitsizm tamoyillarining shakllanishida muhim rol oʻynadi.


Uygʻonish davri Italiyadan tashqarida (shartli ravishda "shimoliy" deb nomlangan) 15-asrda rivojlandi. Gotika anʼanalarini ijodiy anglagan ustalar ayrim hodisalarni amaliy yoʻl bilan oʻzlashtirib bordilar. Niderlandiya va Germaniyada Uygʻonish davri meʼmorligi soʻnggi gotikaning taraqqiy etgan davriga toʻgri keldi (Antverpendagi ratusha, 1561—65, meʼmori K. Floris; Germaniyaning Geydelbergidagi saroy, 1556—59). 16-asr oʻrtalarida Fransiyada antik davrga hamda Italiya Uygʻonish davri meʼmorligiga asoslangan oʻziga xos meʼmoriy uslub shakllandi (Shambor qasri, 1519—40, meʼmori T. va D. Surdo, P. Nevo va boshqalar). Ispaniya, Chexiya, Polsha, Vengriya Uygʻonish davri meʼmorligi oʻziga xos milliy xususiyatlarga ega boʻlgan (Pragadagi Belveder yozgi saroyi, 1535— 63, meʼmori J. Spatsio va boshqalar).


Uygʻonish davrining buyuk gʻoyalari, ayniqsa, tasviriy sanʼatda yorqin ifodalandi; hayotga muhabbat, insonga, uning irodasi va aqliga katta ishonch bildirildi. Antik davr merosini ijodiy oʻzlashtirgan italyan rassomlari zamonasining ilmfan yutuklariga tayanib inson va uni oʻrab turgan muhitni haqqoniy aks ettirishga urindilar. Ular sanʼatni perspektiva, proporsiya, nursoya, ritm, rangshunoslik, hajm, rakurs va h.k. hamda odam tanasi tuzilishi haqidagi aniq bilimlar bilan boyitdilar, ikonadan kartinaga oʻtildi, haykaltaroshlik mustaqil janrga aylandi, freska sanʼati kjsaldi. Yangi davrning ilk xususiyatlari 13—14-asrlar rassomlar (rassom Jotto, haykaltarosh N. Pizano) ijodida kuzatildi, 15-asr boshlarida yangi badiiy dunyoqarash rassom Mazachcho, haykaltarosh Donatello ijodida yorqin namoyon boʻldi. Yuksak Uygʻonish davri Italiya sanʼatida nisbatan qisqa davrni oʻz ichiga oladi, lekin mazmunan juda ulug boʻlib, Italiya sanʼatining "oltin asri" hisoblanadi. Bu davr Leonardo da Vinchining psixologik taʼsirchan asarlarida, uygʻunlikda ishlangan Rafael polotnolarida, kurash ruhi bilan yoʻgʻrilgan Mikelanjelo rangtasvir va haykaltaroshlik asarlarida, Jorjone, Titsianning koloritga boy hayotbaxsh kartinalarida va boshqalarda namoyon boʻldi. 16-asrning 2choragidan boshlangan Italiyadagi iqtisodiy va madaniy inqiroz gumanistik goyalarning barbod boʻlishi va soʻnishini boshlab berdi. Uygʻonish davrining dunyoviy, hayotbaxsh sanʼati va madaniyati oʻrnini tushkun gʻoyalarni ilgari suruvchi tashqi jihatdan yaltiroq, lekin hayotdan, uning muammolaridan uzoq boʻlgan sanʼat (manyerizm) egallay boshladi va keng yoyildi.




Uygʻonish davri Italiyadan tashqarida Gʻarbiy va Markaziy Yevropada 15-asrdan boshlab notekis rivojlandi, individual inson obrazi va uning muhitiga boʻlgan katta qiziqish diqqatga sazovor. 15-asr niderland rassomlari Ya. Van Epk va X. van der Gus, keyinchalik boshqa rassomlar oddiy odamlarni tasvirlashga katta eʼtibor berdi. 16-asr 2yarmi rassomlari (P. Breygel Katta) ijodida demokratik anʼanalar yorqin namoyon boʻldi. Germaniyada keskin siyosiy va gʻoyaviy kurashlar davrida oʻtkir ijtimoiy xususiyatga ega bulgan grafika va rangtasvir keng tarqaldi (A. Dyurer, X. Xolbeyn Kichkina va boshqalar). Fransiyada oʻta uygunlashgan dunyoviy mazmundagi Uygʻonish davri rivojlandi, psixologik portretlar va monumental bezak haykaltaroshligi tarqaldi (rassom F. Klue, J. Fuke, haykaltarosh J. Gujon, J. Pilon va boshqalar). Uygʻonish davriga xos xususiyatlar Ispaniya, Chexiya, Polsha va boshqa mamlakatlarda ham namoyon boʻldi. Uygʻonish davri Yevropa mamlakatlarining madaniy va gʻoyaviy hayotida katta ijobiy rol oʻynadi, bu davrda jahon madaniyatining eng nodir va bebaho asarlari yaratildi. Sharqda ham, Gʻarbda ham Uygʻonish davri insoniyat taraqqiyotining benazir davridir. Uygʻonish davrining koʻp gʻoyalarini 18-asr maʼrifatparvarlik vakillari meros qilib oldi. Uygʻonish davri ijodkorlarining ilmiy va adabiy asarlari hozirda ham maʼnaviyatimiz yuksalishiga xizmat qilib kelmoqdaUygʻonish davri (Renessans) — Markaziy Osiyo, Eron, Xitoy (9-12 va 15-asrlar), Gʻarbiy Yevropada yuz bergan alohida madaniy va tafakkuriy taraqqiyot davri. "Renessans" atamasi dastlab Italiyadagi madaniy-maʼnaviy yuksalish (14—16-asrlar)ga nisbatan qoʻllanilgan, uni oʻrta asrchilik turgʻunligidan yangi davrga oʻtish bosqichi deb baholaganlar. Renessansning asosiy alomatlari: tafakkurda va ilmu ijodda dogmatizm, jaholat va mutaassiblikni yorib oʻtib, insonni ulugʻlash (qarang Gumanizm), uning isteʼdodi, aqliyfikriy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish; antik davr (yunonrum) madaniyatiga qaytib, uni tiklash, boyitish; cherkov sxolastikasidan qutulib, adabiyot va sanʼatda dunyoviy goʻzallik, hayot taronalarini qizgʻin kuylash; inson erki, qurfikrlilik uchun kurashish. Buning natijasi oʻlaroq, ijodiy qudrat va tafakkur kuchini namoyish etadigan ulugʻvor badiiy asarlar, salobatli binolar yaratildi, ilmfan rivojlandi. Italiyada shoir Petrarka va Dante, rassom Jotto, adib va mutafakkirlar Bokkachcho, Ariosto, Tasso, Byome Renessans gʻoyalarining jarchilari boʻlib maydonga chiqsilar. Keyinchalik Mikelanjelo, Rafael, Shekspir, Servantes Yevropaning turli mamlakatlarida buni davom ettirdilar. Ammo Renessans, yaʼni Uygʻonish faqat Yevropa hodisasi emas. Dunyo madaniyatini yaxlit olib oʻrgangan olimlarning ishlari shuni koʻrsatdiki, Osiyo markazida joylashgan Movarounnaxr, Xuroson va Eronda Italiyaga qaraganda bir necha asr oldin (9— 12-asrlar) ulkan madaniy koʻtarilish yuz bergan, ilmfan, falsafa, adabiyot kuchli rivojlanib, ilgʻor insonparvarlik gʻoyalari jamiyat fikrini band etgan, aqliy va ijodiy faollik gurkiragan. Bu davr dunyo ilmida "Musulmon Renessansi" (A. Mets) yoki "Sharq Uygʻonishi" (N. I. Konrad) nomi bilan atalib kelinmoqda. Sharq Uygʻonish davrida Yevropa Uygʻonish davrining asosiy belgilari mujassam: joʻshqin ijodiy faoliyat, ulkan bunyodkorlik ishlarining amalga oshirilgani, aqlni hayratga soluvchi bemisl asarlarning yaratilgani shundan dalolat beradi. Sharq Uygʻonish davri ham ulugʻ allomalar, qomusiy bilim sohiblari, mashhur mutafakkirlarni yetishtirdi. Aniq fanlar sohasida Muhammad Xorazmip, Abu Bakr Roziy, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad alFargʻonip, Umar Xayyom, Mirzo Ulugʻbek jahonshumul kashfiyotlar qildilar. Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Ibn Rushd, Muhammad Gʻazoliy, Nasafiy Aziziddinlarning falsafiy asarlari tafakkur xazinasini boyitdi, olam, odam va jamiyat yaxlitlikda tadqiq etilib, yangi qonuniyatlar ochildi, aqliy bilim ufqlari kengaydi, fozil jamiyat va komil inson nazariyasi chuqur ishlab chiqiddi. Sheʼriyatda Abu Abdullo Rudakiy, Abulalo alMaarriy, Abulqosim Firdavsiy, Jaloliddin Rumiy, Hofiz Sheroziy, Nizomiy Ganjavip, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy kabi daho ijodkorlar yetishib, oʻlmas asarlar yaratdilar, ishqmuhabbat, qahramonlik, ozodlik va ezgulikni kuyladilar. Miniatyura rassomchiligida bir necha maktablar shakllandi, bunda Kamoliddin Behzod rasmlari yangi ijodiy yoʻnalishga asos soldi. Uygʻonish davri ning yana bir belgisi xalq ruhini ifodalaydigan "Ming bir kecha", "Kalila va Dimna", "Qirq vazir", "Toʻtinoma", "Sindbodnoma", "Jomeʼul hikoyot" kabi qiziqarli sarguzashtlarga toʻla, shavqu zavq qoʻzgʻatadigan asarlarning koʻpaygani, ikkinchi tomondan "Xamsa"larda boʻlganiday, insoniy ideallarni mujassam etgan hikmat va falsafaga boy umumbashariy gʻoyalarning tasvirlanishidir.

Eron va Markaziy Osiyo xalqlari bir necha ming yillik sivilizatsiya tarixiga ega. Zotan, qadimiyati, qad. davlatchiligi boʻlmagan xalqda Uygʻonish davri ham boʻlmaydi. Markaziy Osiyoda 9—13-asrlarda oʻz xalqining qadimiyatiga qaytish, Avesto falsafasini Qurʼon maʼrifati bilan uygʻunlashtirib, qayta tiklashga intilish tasavvuf taʼlimoti, "ishroq" falsafasida namoyon boʻlgan. Shu asosda turli nazariyalar, taʼlimotlar yuzaga kelib, fikriy xilmaxillik rivojlandi. Tasavvufiyorifona taʼlimotning qaror topishi, tariqatlar ham, aslida, hurfikrlik va inson kamolotiga boʻlgan ishonchning nishonasi edi. Uygʻonish davri vakillari dinga emas, balki dinni sxolastika va jaholat manbaiga aylantirgan kishilarga qarshi kurashganlar.


Tafakkurdagi ikki: akliy (ratsionalizm) va vajdiy (irratsionalizm) yoʻnalish namoyandalari zohiran oʻzaro kelishmay kelgan boʻlsalarda, amalda Yevropa Uygʻonish davrida boʻlganidek, inson ongini bedor etish, uni aqidaparastlik (taqlidchilik) gʻuboridan tozalashda hamkorlik qildilar. Shu bois hurfikrli mutafakkirlar orasida ratsionalist olimlar bilan birga, orif sufiylar ham bor edi.


Sharq Uygʻonish davri vakillari oʻz xalklarining ked. madaniyat bilan birga, yunon vahind xalklari merosidan ham foqdalanishgan. Yunon olimlarining asarlari 8—9-asrlarda arab tiliga tarjima qshshndi, sharxlandi. Aflotun, Arastuni Sharq faylasuflari ham oʻz ustozlari deb hisoblashgan, Plotin qarashlari Ibn alArabiyga taʼsir etib, "vahdatul vujud" falsafasiga turtki berdi. Biroqyunonlar koʻp fikrlarni qad. osiyoliklardan olganlar. Bu tarix qonuniyati; Abu Rayhon Beruniyning "Kitob attafhim li avoil sinoat attanjim" asari qoʻlyozmasi (13a).yuksalishga shaylangan xalq oʻz madaniyati va oʻzigacha yaratilgan bashariy yutuqlarni oʻzlashtirib, yana yuksaklikka koʻtariladi.


Sharq Uygʻonish davri keng koʻlamli: taʼlim va tahlil, madrasamaorif rivojlangan, ulkan kutubxonalarda yuz minglab jild kitoblar yigʻilgan, "xazinat ulhikma", "dor ululum"larda tolibi ilmlar, ustozshogirdlar suhbati bardavom edi, olimning obroʻeʼtibori yuksak qadrlandi. Sharq Uygʻonish davri yutuqlari Gʻarbiy Yevropadagi Uygʻonish davriga bevosita taʼsir etgan. Chunki 12—14-asrlarda musulmon olami bilan Yevropa davlatlari orasida aloqa kuchaygan edi. Ayniqsa, tutash chegara mamlakatlari: Qurdoba (Ispaniya), Kavkaz, Bolqon ya.o. da bu jarayon kuchli boʻlgan. Yevropaliklar Sharq olimlarining asarlarini lotin, ispan, yahudiy tillariga qilingan tarjimalar orqali yoxud bevosita arab tilida oʻqib oʻrganganlar. Ibn Sinoning "Tib qonunlari", "AshShifo", Forobiyning "Ilmlar tasnifi", Ahmad Fargʻoniyning "Samo harakatlari va yulduzlar ilmining jami kitobi", Muxammad Muso Xorazmiyning "Aljabr val muqobila", Ibn Rushd, Abu Bakr Roziy asarlari tarjima qilinib, keyinchalik nashr etilgan. Algebra, algoritm fanlari Xorazmiy asarlari tufayli shakllangan. "Tib krnunlari" 7 asr mobaynida Yevropa untlarida tibbiyot darsligi sifatida xizmat qildi. Ibn Sino shogirdi Ibn Rushd goyalari Italiya, Fransiya hurfikrligini boshlab bergan. Ibn Sino — Avitsenna, Ibn Rushd — Averroes, Ahmad Fargʻoniy — Al Frageni, Abu Bakr Roziy — Al Ramzats, Abu Maʼshar Balxiy — Albumazar degan lotincha nomlar ostida mashhur boʻlgan. "Oʻsha paytda (13—16-asr) jaholat changalidagi Yevropaning koʻpgina qismida musulmonlar ilm charogʻini yoqdilar...; ispanlar yozuvi ham, shimoliy oramiy yozuvi ham Osiyodan olingan; shim., gʻarbiy va sharqiy Yevropa madaniyati yunon — rumo — arab urugʻidan unib chiqqandir" (G.Gerder). Platon, Aristotel asarlari ham Yevropaga dastlab arabcha tarjima va talqinlar orqali kirib borgan. "Sharkliklar Gʻarbni Aristotel falsafasi bilan yoritdilar" (Gegel).


Aniq fanlar va ularni oʻrganish usullarini, dehqonchilik va chorvachilik ilmlari, dengizda suzish, qarbiy texnikani Yevropa sharqdan olib rivojlantirdi. "Matematika, kimyo, tibbiyot sohasida musulmonlarning xizmati buyuk... bu fanlarda musulmonlar Yevropaning muallimlari boʻlib qoldilar" (G. Gerder). Yevropa Uygʻonish davri adiblari Dante, Petrarka, Bokkacho Sharq ilmfani, adabiy asarlaridan ilhomlanganlar. Dante "Bazm", "Ilohiy komediya" asarlarida Ibn Sino va Ibn Rushdni oʻz ustozlari qatorida ehtirom bilan tilga oladi. Axmad Fargʻoniy asarlaridan foydalanganini qayd etadi. K. Marloning "Buyuk Temur" dramasida Amir Temur jasur, xaloskor inson sifatida tasvirlangan.


Musiqada ham Uygʻonish davri jarayoniga xos yuksalish dastlab Sharkda yuz berdi. Markaziy Osiyo xalqlarining qad. anʼanalari arab, hind va fors musiqiy meros asarlari, cholgʻulari bilan oʻzaro taʼsir jarayonlari natijasida yanada boyib qaytadan jonlandi. Zero, Forobiy va uning izdoshi Ibn Sino musikaning nazariy, falsafiy va estetik masalalarini atroflicha tadqiq etib, umumsharqiy taʼlimotni yaratishgan. Xususan, Yaqin va Oʻrta Sharq xalklari musiqa amaliyotiga tayangan holda, kuy va usullar, qoʻllaniladigan sozlar, muayyan shakl va janrlar doirasida mushtaraklik mavjudligini isbotlashgan. Forobiyning "Kitob ul musiqa alkabir" ("Musiqaga doyr katta kitob") va, ayniqsa, Ibn Sinoning "Javomeʼ ilm ulmusiqi" ("Musiqaga oid ilmlar toʻplami") kabi asarlarida yunon olimlari (Pifagor, Aristoksen va boshqalar)ning qarashlari boyitilib, tovushlar balandpastligi munosabatlari matematik uslubda ifodalangan. Shuningdek, sof tovushqator tizimi, undan oʻrin olgan budlarning muloyimat va munofirat tasnifoti, iyqo nazariyasi ilk bor asoslab berilgan. 12—13-asrlarda ijodiy va aqliy kuchlar rivojini namoyish etgan Oʻn ikki maqom tizimi yuzaga keldi. Amir Temur (14 a.) va Temuriylar (15—16-asrlar) musiqaning barcha jabhalarida yangi Uygʻonish davri yuzaga kelishini taʼminlab berishdi. Turli mamlakatlardan Samarqand, Buxoro kabi markazlarga keltirilgan sanʼatkorlar — bastakorlik, musiqa ijrochiligi va musiqashunoslik jadal rivojlanishiga hissa koʻshishgan. Mazkur sohalarda nainki muayyan kasb egalari, balki oʻzga badiiy ijod sohiblari, xususan, Mirzo Ulugʻbek, Jomiy, Navoiy, Husayn Boyqaro, Zahiriddin Boburlar ham nom chiqarishgan. Bu davrda mahalliy maqom ijodiyoti va ijrochiligi yuksaldi, ogʻzaki anʼanadagi musiqaning boshqa rivojlangan shakllari (doston, ashula, cholgʻu kuy va boshqalar) keng oʻrin egallab, oʻzlarining yuqori pallalariga koʻtarildi. Ayni shu jarayon keyinchalik Buxoro Shashmakrmi, Xorazm maqomlari va Fargʻona — Toshkent makom yoʻllari, katta ashulalar shakllanishiga olib keldi.


Yevropa musikasida Uygʻonish davri tamoyillari dastlab 14-asrda tashkil topgan ilgʻor yoʻnalish — "Are nova" namoyandalari (ayniqsa, Italiyadagi vakillari — F. Landino va boshqalar) ijodida oʻz ifodasini topdi. Ular dunyoviy mazmundagi ilk professional vokal musiqa shakllari (ballada, madrigal, kachcha va boshqalar)ni ijod qilishdi, sheʼriy matnlar mazmuniga alohida ahamiyat berib ifodali, erkin tuzilishdagi kuylar yaratishdi. Uygʻonish davri cholgʻu musiqaning dastlabki mustaqil shakl va janrlari (richerkar, prelyudiya, fantaziya, tokkata) yuzaga keldi, ayniqsa lyutnya, klavesin va klavikord musiqasi keng rivoj topdi. Ijodkorlar va musiqa nazariyotchilarining antik davr badiiy merosiga qiziqishi tufayli yangi janrlar (mas, yunon tragediyasini "tiklash" jarayonida — opera), koʻp ovozli musiqada polifoniyankng qatʼiy uslubi, keyinchalik gomofoniya uslubi k,aror topdi. Diniy musiqa janrlari (messa, motet) isloh qilindi, notalar chop etilishi joriy etildi, jonli musiqa amaliyotini umumlashtiruvchi musiqa nazariyasi (Tinktoris, J. Sarlino) rivoj topdi. Aynan shu davrda muayyan xalklarda yangi milliy va mahalliy kompozitorlik maktablari paydo boʻldi: niderland (Dyufai, Y. Okegem, J. Depre), fransuz (K. Janeken va boshqalar), nemis (G. Fink va boshqalar), ingliz (Dansteybl, U. Byord va boshqalar), ispan (K.de Morales va boshqalar), Rim (Palestrina), Venetsiya (A. va J. Gabriyeli) va boshqa Uygʻonish davrining pirovardida Yevropa kompozitorlik ijodiyotida Sharq mavzu va obrazlariga qiziqish kuchayib, ingliz G. Pereyem va fransuz J. Ramo umumsharqona ekzotikani ifodalashgan. Bular anʼanasi keyinchalik Sohibqiron Amir Temurni bosh qahramon sifatida gavdalantirgan Italiya (A. va D. Skarlattilar, A. Vivaldi va boshqalar), Germaniya (G. Gendel, G. Teleman va boshqalar) mualliflarining operalarida teranlashgan.


Uygʻonish davrida teatr sanʼati xayot koʻzgusi hisoblanib, koʻpqirrali inson xarakteri, real voqelik ziddiyatlarini aks ettirishga alohida ahamiyat berdi. Bu davr teatr namoyandalari antik drama tajribalaridan foydalanib xalq tomosha sanʼati anʼanalarini rivojlantirdilar, kundalik hayot zavqshavqini idrok qilishga daʼvat etilgan dunyoviy sahna asarlarini yaratishga harakat qildilar (L. Ariosto, A. Politsiano, N. Makiavelli va boshqalar). Ispaniyada Uygʻonish davridagi teatr rivoji M. Servantes va Lope de Vega, Angliyada U. Shekspir ijodi bilan bogʻliqdir. Uygʻonish davrida teatr sanʼati professional omillari kuchaydi, dramaturgiya va aktyorlik sanʼati nazariyasi qaror topdi, ilk teatr binolari qurildi.


Uygʻonish davri meʼmorligi qad. anʼanalarni oʻzlashtirib, uni yangi mazmun bilan boyitdi, yangi meʼmoriy qurilmalar vujudga keldi, koʻp qavatli uylar, yangi qiyofadagi jamoat binolari qad koʻtardi. Binoni tashqi va ichki tomonlarini bezash, kenglikni tashkil etish borasida xam muayyan yutuqlarga erishildi. Bu oʻzgarishlar Italiyaning Florensiya, Piza, Siyena, Genuya, Milan, ayniqsa, Venetsiya sh.larida juda sezilarli boʻldi. Ulkan binolar, gʻoyat katta gumbazli va bir nechta ustunli saroy va ibodatxonalar qurildi, ayniqsa, florensiyalik meʼmorlar antik meʼmorlik anʼanalari va order tizimidan unumli foydalandi. Bu anʼanalarni oʻrta asr Italiya meʼmorlik texnikasi yutuqlari, mahalliy qurilish xom ashyolari va konstruksiyalari bilan uygʻunlashtirib, renessans meʼmorligi uslubini yaratdilar. Devor sathi tekisligining yaxlitligiga eʼtibor kuchaydi, meʼmorlik mujassamotining chizikli ritmi va mutanosibligiga, xonaning kengligiga, uning yaxlit va koʻrkamligiga ahamiyat berila boshlandi; turar joy va ibodatxonalar qurilishi ham yangilandi. Shaharning ijtimoiy maʼmuriy markazi tarhi va tuzilishi bilan bogʻliq boʻlgan yangi tipi paydo boʻldi. Florensiyada shakllangan yuksak Uygʻonish davrining mumtoz uslubi Rimaa, keyinroq Venetsiyada monumental yodgorliklar (monumental sanʼat) yaratilishiga sabab boʻldi. Yirik meʼmoriy ansambllar vujudga keldi, "ideal" shaharlarning loyihalari yaratildi.


Italiya meʼmorligida paydo boʻlgan yangi anʼanalar Uygʻonish davrining buyuk meʼmorlari ishlarida uz aksini topdi. Jumladan, Filippo Brunelleski katta gumbazli bino qurish muammosini hal qildi (diametri 42 m boʻlgan 8 qirrali gumbazli SantaMariya del Fore sobori), L. Alberti oʻzi yaratgan yangi meʼmoriy kompozitsiyalarini ilmiy nazariy bayon qilgan "Meʼmorlik toʻgʻrisida 10 kitob" asari bilan nazariyotchi olim sifatida namoyon boʻldi. Shu tarzda yuksak Uygʻonish davri meʼmorligi uslubiga zamin yaratildi. Yuksak Uygʻonish davri ning asosiy tamoyillari Rimda shakllandi va rivojlandi, davrning insonparvarlik gʻoyalari ulugʻvor va hashamatli meʼmoriy kompozitsiyalarda oʻz ifodasini topdi. Amaliyotda antik meʼmoriy orderlar erkin va ijodiy ishlatila boshlandi, meʼmoriy uslublar birlashtirilib yagona milliy meʼmorlik uslubi shakllandi. D. Bramante, Rafael, Mikelanjelo va boshqa murakkab meʼmoriy majmualarida yuksak mahorat, boy ilm va nazariy fikr, oʻtkir tafakkurni namoyon qildilar, badiiy yechimining goʻzalligi, nisbat va shakllar oʻyinining boyligi, kompozitsiya yechimining rang-barangligi insonga zavq bagʻishlaydigan meʼmoriy makonni yaratdilar.


Soʻnggi Uygʻonish davrida yirik meʼmoriy inshootlar oʻrnini xususiy buyurtmalar kengroq egalladi. Villa, palatsso qurilishi sohasida koʻzga koʻrinarli ishlar qilindi. Bogʻpark meʼmorlik uslubi (bogʻ tuzish sanʼati) shakllandi. Pastbalandlikka ega boʻlgan maydonda bogʻ yaratish muhim ahamiyat kasb etdi: pastbalandliklar birbiri bilan murakkab zinalar orqali bogʻlandi, tepalik va qiyaliklar turli bezak qurilmalar (gʻor, suv kaskadlari, favvora, haykallar) hamda manzarali oʻsimliklar bilan bezatildi. Asosiy yoʻl, qolgan yoʻlka va zinalar darvozaga yoʻnaltirilgan boʻlib, kompozitsiyaning tugal boʻlishini taʼminlagan. Meʼmoriy nazariy masalalarga eʼtibor ortdi. Bunyod etilayotgan binolarni ilmiy asoslashga intilish kuchayib, bir nechta ilmiy asarlar yaratildi. 16-asr oʻrtalaridan Italiyada maxsus oʻquv yurtlari, akademiyalar tuzildi va ularda meʼmorlikka oid taʼlim berilishi muhim voqea boʻldi. Bu esa Yevropa meʼmorligining keyingi taraqqiyotiga taʼsir koʻrsatdi, meʼmoriy klassitsizm tamoyillarining shakllanishida muhim rol oʻynadi.


Uygʻonish davri Italiyadan tashqarida (shartli ravishda "shimoliy" deb nomlangan) 15-asrda rivojlandi. Gotika anʼanalarini ijodiy anglagan ustalar ayrim hodisalarni amaliy yoʻl bilan oʻzlashtirib bordilar. Niderlandiya va Germaniyada Uygʻonish davri meʼmorligi soʻnggi gotikaning taraqqiy etgan davriga toʻgri keldi (Antverpendagi ratusha, 1561—65, meʼmori K. Floris; Germaniyaning Geydelbergidagi saroy, 1556—59). 16-asr oʻrtalarida Fransiyada antik davrga hamda Italiya Uygʻonish davri meʼmorligiga asoslangan oʻziga xos meʼmoriy uslub shakllandi (Shambor qasri, 1519—40, meʼmori T. va D. Surdo, P. Nevo va boshqalar). Ispaniya, Chexiya, Polsha, Vengriya Uygʻonish davri meʼmorligi oʻziga xos milliy xususiyatlarga ega boʻlgan (Pragadagi Belveder yozgi saroyi, 1535— 63, meʼmori J. Spatsio va boshqalar).


Uygʻonish davrining buyuk gʻoyalari, ayniqsa, tasviriy sanʼatda yorqin ifodalandi; hayotga muhabbat, insonga, uning irodasi va aqliga katta ishonch bildirildi. Antik davr merosini ijodiy oʻzlashtirgan italyan rassomlari zamonasining ilmfan yutuklariga tayanib inson va uni oʻrab turgan muhitni haqqoniy aks ettirishga urindilar. Ular sanʼatni perspektiva, proporsiya, nursoya, ritm, rangshunoslik, hajm, rakurs va h.k. hamda odam tanasi tuzilishi haqidagi aniq bilimlar bilan boyitdilar, ikonadan kartinaga oʻtildi, haykaltaroshlik mustaqil janrga aylandi, freska sanʼati kjsaldi. Yangi davrning ilk xususiyatlari 13—14-asrlar rassomlar (rassom Jotto, haykaltarosh N. Pizano) ijodida kuzatildi, 15-asr boshlarida yangi badiiy dunyoqarash rassom Mazachcho, haykaltarosh Donatello ijodida yorqin namoyon boʻldi. Yuksak Uygʻonish davri Italiya sanʼatida nisbatan qisqa davrni oʻz ichiga oladi, lekin mazmunan juda ulug boʻlib, Italiya sanʼatining "oltin asri" hisoblanadi. Bu davr Leonardo da Vinchining psixologik taʼsirchan asarlarida, uygʻunlikda ishlangan Rafael polotnolarida, kurash ruhi bilan yoʻgʻrilgan Mikelanjelo rangtasvir va haykaltaroshlik asarlarida, Jorjone, Titsianning koloritga boy hayotbaxsh kartinalarida va boshqalarda namoyon boʻldi. 16-asrning 2choragidan boshlangan Italiyadagi iqtisodiy va madaniy inqiroz gumanistik goyalarning barbod boʻlishi va soʻnishini boshlab berdi. Uygʻonish davrining dunyoviy, hayotbaxsh sanʼati va madaniyati oʻrnini tushkun gʻoyalarni ilgari suruvchi tashqi jihatdan yaltiroq, lekin hayotdan, uning muammolaridan uzoq boʻlgan sanʼat (manyerizm) egallay boshladi va keng yoyildi.


Uygʻonish davri Italiyadan tashqarida Gʻarbiy va Markaziy Yevropada 15-asrdan boshlab notekis rivojlandi, individual inson obrazi va uning muhitiga boʻlgan katta qiziqish diqqatga sazovor. 15-asr niderland rassomlari Ya. Van Epk va X. van der Gus, keyinchalik boshqa rassomlar oddiy odamlarni tasvirlashga katta eʼtibor berdi. 16-asr 2yarmi rassomlari (P. Breygel Katta) ijodida demokratik anʼanalar yorqin namoyon boʻldi. Germaniyada keskin siyosiy va gʻoyaviy kurashlar davrida oʻtkir ijtimoiy xususiyatga ega bulgan grafika va rangtasvir keng tarqaldi (A. Dyurer, X. Xolbeyn Kichkina va boshqalar). Fransiyada oʻta uygunlashgan dunyoviy mazmundagi Uygʻonish davri rivojlandi, psixologik portretlar va monumental bezak haykaltaroshligi tarqaldi (rassom F. Klue, J. Fuke, haykaltarosh J. Gujon, J. Pilon va boshqalar). Uygʻonish davriga xos xususiyatlar Ispaniya, Chexiya, Polsha va boshqa mamlakatlarda ham namoyon boʻldi. Uygʻonish davri Yevropa mamlakatlarining madaniy va gʻoyaviy hayotida katta ijobiy rol oʻynadi, bu davrda jahon madaniyatining eng nodir va bebaho asarlari yaratildi. Sharqda ham, Gʻarbda ham Uygʻonish davri insoniyat taraqqiyotining benazir davridir. Uygʻonish davrining koʻp gʻoyalarini 18-asr maʼrifatparvarlik vakillari meros qilib oldi. Uygʻonish davri ijodkorlarining ilmiy va adabiy asarlari hozirda ham maʼnaviyatimiz yuksalishiga xizmat qilib kelmoqda


5.XVII asr G’arbiy Yevropa falsafasi haqida bayon eting.


Uyg‘onish davri falsafasi falsafiy mushohada yuritishning mazmuni va usuliga yangi yo‘llar qidirish bilan belgilanadi. Tajribaga asoslangan bilimlar rivoji sxolastik usulni voqyey dunyoga qaratilgan yangi tarzdagi usul bilan almashtirishni taqozo qilar edi. Falsafiy tafakkurning yangi usulini yangi zamon falsafasi sifatida ifodalash mumkin. Taxminan XVI asrning oxiri – XVII asrning birinchi yarmida iqtisodiy rivojlanishning markazi asta-sekin Angliya, Niderlandiya va, qisman, Fransiyaga ko‘cha boshladi. Eng ko‘p darajada ishlab chiqilgan fanlar matematika va mexanika bo‘lib qoldi. Mutafakkirlar aynan mexanikani butun dunyoviy borliq sirlarini ochib beradigan kalit deb tushundilar. Nyutonning kashfiyotlari dunyoni o‘rab turgan hodisalarning mexanik sababiy bog‘lanishda ekanligi haqidagi tasavvurlarni mustahkamladi. Nyuton qarashlarida mexanik sababiyat chuqur matematik asoslarga ega ekanligini topdi. Shu bilan birga, mexanika harakatni qabul qilsa ham, taraqqiyotni rad etadi, shuning uchun ham o‘sha davr olim va faylasuflarining fikrlash tarzi ko‘proq metafizik edi.


Yangi zamon moddiyunchiligining otasi ingliz faylasufi F.Bekon (1551-1626) edi. Uning fikricha, falsafa avvalo amaliy xususiyatga ega bo‘lmog‘i lozim: agar u sxolastikachiligida qolsa, u haqiqiy bo‘la olmaydi. Shuning uchun ham yangi fan bo‘lgan tabiatshunoslikning tajribaviy usulini ishlab chiqish Bekongagina nasib etdiki, u unda insonning tabiat ustidan kelajakdagi kuch-qudrati va hokimiyatining garovini ko‘rdi. Ammo bunday hokimiyatga faqat uning qonunlari ketidan boribgina erishish mumkin. Fanlarning xulosalari aniq dalillarga tayanishi va undan keng umumlashmalarga ko‘tarilishi lozim. Tajribaga asoslangan bilimlarga Bekon tomonidan ishlab chiqilgan va qo‘llanishga tavsiya etilgan induksiya, ya'ni kuzatish, tahlil qilish, solishtirish va tajriba o‘tkazishdan tarkib topgan usul muvofiq kelar edi. Ammo tajriba faqat shundagina haqiqiy bilim berishi mumkinki, qachonki ong yolg‘on sanamlar va timsollardan ozod bo‘lgan bo‘lsa. Nasl timsollari – bu shunday adashishdirki, inson tabiat haqida kishilar hayoti kabi muhokama yuritishidan kelib chiqqandir; g‘orlarning timsollari ayrim odamlarning didi va hatti-harakatlari ko‘nikmasi tufayli ta'lim-tarbiya bilan bog‘liq ravishda kelib chiqqan ayrim kishi xususiyatidan paydo bo‘lgan adashishlardir; bozor timsollari bu dunyo to‘g‘risida mavjud bo‘lgan tasavvurlar va fikrlarni ularga nisbatan tanqidiy munosabatsiz ravishda muhokama yuritish odatidir; teatr timsollari obrumand kishilarga ko‘r-ko‘rona ishonchga tayanadi.
Ingliz falsafiy tafakkurining yirik vakillaridan biri Tomas Gobbs (1588-1679) dir. «Birinchi falsafa» haqidagi o‘z mulohazalarida Gobbs shuni ta'kidladiki, «jismlilik» (ya'ni modda) abadiydir, garchi ayrim jimslar vaqtinchalik bo‘lsa ham. Jismliylik xususiyatlari (yoki «aksidensiyalar») harakat va sokinlik, rang va boshqalardir. Harakatni u jismlarning makondagi o‘rin almashishi sifatida qarab chiqdi, ya'ni mexanik sifatida, tabiatdagi barcha jismlarni nafaqat mexanizmga o‘xshatib, balki inson va jamiyatni ham unga monand qildi. Gobbs falsafiy ta'limotining mexanistik ekanligi yana shu bilan ifodalanadiki, u o‘zining talqinida harakatni ikki jismning to‘qnashuvi natijasi sifatida ko‘rsatib, uni ilohiy birinchi turtki nazariyasiga (deizm) havola qildi. Gobbsning ta'kidlashicha, barcha bilimlarga his-tuyg‘u yordamida erishib bo‘ladi, shu bilan birgalikda u o‘zining bilish nazariyasida aqlning muhim ahamiyatini, ayniqsa uning matematik amallarini ko‘rsatib o‘tdi.
Agar F.Bekon Yangi zamonning xususiyati sifatida tabiatni o‘rganishining tajribaga asoslangan tajribaviy usulini ishlab chiqishni boshlab berganligi bilan, Gobbs esa tajribaga asoslanganlikni chuqurlashtirganligi bilan belgilab bergan bo‘lsa, fransuz olimi va faylasufi Rene Dekart (1596-1650) aksincha, tajribaga aql bergan ma'lumotlarning oddiy amaliy tekshirish o‘rnini ajratib, afzallikni aqlga qaratdi.
Yangi zamon ratsionalizmining asoschisi bo‘lgan Dekart barcha fanlar uchun umumiy bo‘lgan usulni ishlab chiqish vazifasini qo‘ydiki, u ko‘p hollarda bilimlar natijasini belgilab beruvchi inson aqlida borligi taxmin qilingan «tug‘ma g‘oyalar» yoki aksiomalar deb atalgan narsalarni taqozo etar edi. Tug‘ma aksiomalar qatoriga u matematika va mantiqning ko‘pchilik qoidalarini qo‘ydi, masalan, «to‘g‘ri to‘rt burchak to‘rtdan ko‘proq tomonlarga ega emas». Dekartning tabiatga qarashlari mexanistik xususiyatga ega. Xudo dunyoning mavjud bo‘lishlik va taraqqiyotiga birinchi turtkini beradi, ammo keyinchalik uning rivoji moddaning mustaqil ijodiy energiyasi orqali rag‘batlantiriladi. Dekart evolyusiya g‘oyasini ishlab chiqqanlarning birinchilaridan biridir (garchi mexanistik asosda bo‘lsa ham). U bu g‘oyani tabiat haqidagi barcha soha ta'limotlariga – yulduzlar va sayyoralarning tashkil topishidan tortib o‘simliklar, hayvonlar va insonlarning paydo bo‘lishlarigacha tatbiq etdi. Dekart fikricha, yulduz va sayyoralarning tizimlari moddaning quyunsimon harakati natijasida tashkil topadilar. Dunyoviy modda cheksiz, bir xil bo‘lib, bo‘shliqqa ega emas va cheksiz ravishda bo‘linishi mumkin. U mexanik qonunlar tomonidan belgilangan to‘xtovsiz ravishda miqdoriy va sifatiy jihatdan o‘zgarib turadigan holatdadir. Tirik mavjudotlar dunyosi ham ushbu qonunlarga bo‘ysunadi: hayvonlar – bular murakkab mashinalardir. Inson esa, hayvonlardan farqli o‘laroq, aqlga ega, shuning uchun u mexanika qonunlari doirasidan tashqariga chiqadi. Dekart moddiy javhar bilan bir qatorda (uning tomonidan uzunlik sifatida tushuniladigan) Xudoning va uning tomonidan yaratilgan ruhiy, fikrlovchi javhar jonning mavjudiligini tan olishga majbur bo‘ldi. Shunday qilib, Dekart falsafasining alohida xususiyati dualizm edi.
Dekart uchun muhim muammo haqiqat bilimlarni hosil qilish va usul muammosi ediki, uning vositasida ana shunday bilim olish imkoniyati vujudga kelsin. Bilim mohiyati shunda ediki, har qanday bilimga yoyiladigan keskin shubhaning taqozosi haqiqiy bilim olish imkoniyatini tasdiqlashga olib kelishi mumkin. Men barcha narsaga shubha qilishga boshlayman, - deb mulohaza yuritadi Dekart, negaki, shuni tushunamanki, meni yovuz va xiylagar shayton yoki qandaydir boshqa bir aldamchi aldayapti. Ammo shu bilan birga men shunga shubha qilmaymanki, mening shubham mavjuddir, ya'ni fikr bordir. Shu yerdan Dekartning mashhur xulosasi sarchashma oladi: «Men fikrlayapman, demak, men mavjudman!». Fikr haqiqiyligi va fikrlovchi mohiyati borligidan, u ashyolar borlig‘ining haqiqiyligiga yetib boradi.

Dekartning bilish usulini tahliliy yoki aqliy sifatida ta'riflash mumkin. Aqliy (ratsionalizm) - aql yoki fikrni bilish manbai va uning haqiqiyligi me'yori deb tan oluvchi falsafiy qarashdir. Ratsionalizm usuli fikrning aniqligi va uning o‘zining amallarining bir-biriga qarama-qarshi emasligini, fikr ob'ektini oddiy qismlarga bo‘lib va ularning har birini alohida o‘rganishni, keyin esa fikr harakatini soddadan murakkabga tomon borishini taqozo etadi. Dekart fikricha, hyech qanday uzoq narsa yo‘qki, uni kashf etishga erishib bo‘lmasin.


Dekart ratsionalizmi juda ko‘plab o‘z davomchilariga ega bo‘ldiki, ular ichida eng yirigi Niderland faylasufi Benedikt Spinoza (1632-1667) edi. Alohida olingan maxsus javhar (substansiya) sifatidagi fikr haqidagi tasavvurni rad etib, Spinoza Xudoni yagona cheksiz javharga qo‘shdi, ya'ni g‘oyaviylik va moddiylikni birlashtirdi. Ushbu javhar o‘z o‘zining sababi bo‘lib, hyech qanday boshqa sabablarga muhtoj emas. Shaxs sifatida mutlaq mahrum bo‘lgan Spinoza talqinidagi Xudo tabiatga ayniyatdadir. Yagona javhar bo‘lgan Xudo -tabiat ikki sifatga - uzunlik (masofa) va ongga ega. Garchi turli darajada bo‘lsa ham, fikrlash qoibiliyati eng oddiy ashyolardan tortib inson miyasigacha tarqalgandinr. Fikr Spinoza tomonidan tabiatni o‘z-o‘zini idrok etishi sifatida talqin qilinadi. Bundan muhim xulosa kelib chiqadi: g‘oyalarning tartib va aloqasi, ashyolarning tartib va aloqasi kabidir. Fikrning yetukligi uning tabiat qonunlari bilan muvofiqligi me'yori bilan ifodalanadi va aynan shunga o‘xshash bilib olingan bilimlarning shakllari va dunyoning qonunlari fikrning haqiqiy qoidalaridir. Narsani bilish uning yakkaligi vositasida umumiylik unsurini ko‘ra bilish, ayrimlik ko‘rinish - modusdan javhar (substansiya) tomon borish demakdir.
Spinozaning diqqat markazida ozodlik masalasi turadi. Uning tushunishicha, javharda zaruriyat va ozodlik qo‘shilib ketadi. Xudo (javhar) ozoddir, negaki, u nimaiki qilsa, o‘zining zaruriyatidan kelib chiqadi. Tabiatda, unga esa Spinoza insonni ham kiritadi, sababiy bog‘langanlik (determinizm), ya'ni zaruriyat hukmronlik qiladi. Birok, inson alohida ko‘rinishga ega bo‘lgan modusdir. Unga fikr yuritish xosdir. Insoniy iroda chegaralangandir. Inson ozodligi aql bilan irodaning birligidan tashkil topadi, shuning uchun ozodlik darajasi ham aqliy bilim darajasi orqali ifodalanadi. Ozodlik va zaruriyat bir-birini taqozo etadi. Spinoza fikricha, zaruriyatning qarama-qarshisi ozodlik emas, balki o‘zboshimchalikdir.
Insonning hatti - harakati o‘zini saqlash (instinkt) g‘arizasi ta'siri ostida va undan kelib chiqadigan (affektlar) jazavalar doirasida yotadiki, ularning asosiylari shodlik, g‘am-alam va istakdir. Hamonamki, inson ularga bo‘ysunar ekan, u ozod emas. Insonning ozodlik muammosi ular ta'siridan kutilishdan iboratdir. Bu esa ochiq va aniq bilishni mo‘ljallaydi. Shunday tarzda Spinoza «ozodlik idrok etilgan zaruriyat» ekanligini tushunishga yetib keladi.
Djon Lokk ingliz falsafasida hissiy bilish (empirizm) ning vakilidir. U «tug‘ma g‘oyalar» mavjudligini rad etib, bizning barcha bilimlarimizni biz tajriba va hissiy bilishdan olishligimizni ta'kidlaydi. Inson «sof lavha» sifatida tug‘iladiki, unga hayot o‘zining «yozuvlari»ni, ya'ni bilimlarni yozadi. Dekart ratsionalizmiga qarama-qarshi ravishda, Lokk bilishning birdan bir manbai hisdir (sensualizm) degan ta'limotni asosladiki, u bilimlarning barcha mazmunini his-tuyg‘u a'zolaridan keltirib chiqarib, uni hissiy bilishning unsurlarining jami hisoblar edi. «Ilgari his-tuyg‘uda bo‘lmagan hyech narsa, aqlda ham bo‘lmaydi», -deb ta'kidlagan edi Lokk.
Lokk qarashlarining muhim jihati uning birlamchi va ikkilamchi sifatlar haqidagi nazariyasidir. Birlamchilar kabi, ikkilamchi sifatlar ham tashqi tajriba asosida qo‘lga kiritilgan g‘oyalarga taalluqlidir. Birlamchi sifatlar bu makon, miqdor (massa), harakat va hokazolardir. Ularni u ob'ektiv ravishda mavjud deb hisoblaydi. Ikkilamchi sifatlarning kelib chiqishi his-tuyg‘u a'zolarining xususiyati bilan bog‘liqdir. Ularga Lokk is, ta'm, rang va boshqalarni taalluqli deb biladi. Bu xususiyatlar faqat sub'ektiv ravishdagina mavjuddirlar. O‘sha zamondayoq ma'lum bo‘lgan ediki, tovushlar havoning tebranish tufayli kelib chiqadilar, nur tarqalishining to‘lqinli va korpuskulyar nazariyasi ishlab chiqilgan edi. Bundan Lokk shunday xulosaga kelgan ediki, is, ta'm va rang faqat insoniy idrokkagina xosdir. Oydinlik darajasi nuqtai nazaridan u bilimning uch turini ajratib ko‘rsatdi: hissiy, yoki yakka ashyolar haqida bilim beruvchi boshlang‘iya bilim; namoyishkorona yoki daliliy, xulosa vositasida chiqariladigan bilim, masalan, solishtirish, taqqoslash va tushunchalar munosabati orqali aniqlanadigan bilim; ichki tuyg‘u (intuitiv) bilimi - uning oliy turi - aql orqali uning bir-biriga bevosita muvofiqligi yoki muvofiq kelmasligi haqidagi bilim. Lokk belgilarning umumiy nazariyasi sifatida semiotika tushunchasini ilmiy istilohga kiritdi.
Leybnits (1646-1716) falsafiy tizimining o‘zagi yagonalik haqidagi ta'limot - monadologiyadir. Dunyo monadalardan yoki ruhiy unsurlarning zarrachalaridan tashkil topgandir. Monadalar faollikga ega bo‘lib, mustaqildirlar, ular uzluksiz ravishda o‘zgarishda bo‘lib, azob-uqubat chekishga, idrok etishga va ongga qodirdirlar. Monadalarning birligi va bir-biriga muvofiqligi Xudo tomonidan «tayin etilgan uyg‘unlik» natijasidir. Rivojlanish darajalariga qarab Leybnits uch xil monadalarni farqlaydi. Kuyi darajadagi monadalarga faqat noaniq tasavvurlar xosdir (jonli bo‘lmagan va o‘simliklar dunyosi ana shunday holatdadir). Yuqori darajadagi monadalar his-tuyg‘uga ega bo‘lib, ularga tayangan holda oydinroq tasavvurlar sohibidirlar (hayvonlar va inson). Ushbu ikki monadani Leybnits jon monadalari sifatida ifodalaydi. Monadalar o‘zlarining eng yuqori rivojlanish bosqichlarida appersepsiyalarga (ongga ega bo‘lish) qodir bo‘ladilar. Leybnits ularni monada-ruhlar sifatida ifodalaydi. Monadalarning har birida rivojlanish imkoniyati mavjuddir. Har bir monada o‘zida o‘z kelajagini ham, o‘zining o‘tmishini ham olib yuradi.
Leybnits modda bilan bir qatorda va undan mustaqil ravishda mavjud bo‘lgan borliqning mustaqil ibtidolari sifatidagi makon va zamon haqidagi tasavvurni rad etadi. Makonni u ayrim olingan ko‘plab yakka jismlarning o‘zaro joylashishining tartibi sifatida qarab chiqadiki, ular bir-biridan tashqarida mavjuddirlar. Zamon esa uning tomonidan bir-biri bilan almashib turadigan hodisalar yoki jismlarning holatining tartibi sifatida talqin qilinadi. Leybnits falsafasining yorqin sahifalaridan biri uning tomonidan umumiy va yakkaning dialektikasini ishlab chiqilganligidir: alohida olingan yakka monada dunyoning bir markazga to‘plangan va yagona va cheksiz Koinotning ko‘zgusidir. Leybnits sezilarli darajada mantiq rivojiga o‘z hissasini qo‘shib, uning tuzilishi va daliliy qonunlarini ochib berib, uning ramzini ishlab chiqdi. U hozirgi zamon simvolik va matematik mantig‘ining asoschilaridan biridir.
Djordj Berkli (1658-1753) sub'ektiv idealizmning yirik vakillaridan biri edi. Berkliga Lokkning birlamachi va ikkilamchi sifatlar haqidagi g‘oyalari ta'sir o‘tkazgan edi. Ammo Berkli, Lokkdan farqli o‘larok, barcha sifatlarni ikkilamchi (ya'ni sub'ektiv) hisoblaydi. Og‘irlik va barcha makoniy xususiyatlar va aloqalar bizning hissiy a'zolarimizning qobiliyatlari bilan ifoda qilinadilar. Berklining dalilicha, biror ashyoning o‘zi bizga katta ham ko‘rinishi (undan kam masofadagi uzoqlikda) va kichik ham bo‘lib tuyilishi (undan katta masofadagi uzoqlikda) mumkin. Bundan shu narsa kelib chiqadiki, katta-kichiklik va uzoqlashganlik turli his - tuyg‘u a'zolari vositasida hosil bo‘lgan his - tuyg‘uga tayanuvchi induktiv xulosa asosida paydo bo‘ladi. Berkli nazaricha, mavjud bo‘lishlik» - «idrok qilishda» demakdir. Ashyolarning ob'ektiv mavjudligini va tashqi dunyo hodisalarini, va demakki, «modda» tushunchasini Berkli rad etadi. Bu tushuncha umumiy bo‘lganligidan qalbakidir, negaki uning asosida shunday taxmin yotadiki, go‘yo biz, bizning his - tuyg‘ularimiz mazmunini tashkil qiluvchi ashyolarning ayrim xususiyatlaridan chetga chiqishimiz mumkin va «umuman modda» asosi bo‘lgan bizning barcha his - tuyg‘ularimiz uchun umumiy bo‘lgan abstrakt g‘oya tashkil topishi mumkin. Ammo biz moddani modda sifatida idrok qilmasdan, balki ashyolarning muayyan xususiyatlari bo‘lgan - ta'm, is, rang va shunga o‘xshashlarni idrok qilishimiz mumkinki, uni Berkli «g‘oyalar» deb atadi. Atrofimizni o‘rab turgan ashyolar Xudo aqlida g‘oyalar sifatida mavjud bo‘lib, u esa, o‘z navbatida, yerdagi hayotning manbai va sababidir.
Ingliz faylasufi, ruxshunosi, tarixchisi va iqtisodchisi David Yum (1711-1776) Berklining zamondoshi edi. Tashqi dunyo mavjudmi, degan savolga, Yum ikkilanibroq «bilmayman» deb javob berar edi. Axir bizning aqlimiz, ular keltirib chiqargan narsalar bilan emas, balki bizning his - tuyg‘ularimizning mazmuni bilangina ish yuritadi. Yumning nuqtai nazaricha, to‘g‘ri bilim faqat mantiqiy bo‘lishi mumkin, ammo o‘rganilayotgan mavzular dalillarga tayanganligi tufayli va mantiqiy isbot qilish mumkin bo‘lmaganligi sababli tajribadan keltirib chiqariladi. Tajribani o‘zini Yum «taassurotlar» oqimi sifatida ifodalab, uning sabablari ma'lum emasligi va bilib bo‘lmasligini qayd etadi. Tajribani mantiqiy asoslab bo‘lmasligi omili shuning dalilidirki, tajribaviy bilim ishonchli bo‘la olmaydi. Masalan, tajribada biz biror voqyea haqida avval bir taassurotga, keyin esa boshqasiga ega bo‘lamiz. Ammo ikki hodisaning birin-ketin kelishini mantiqiy jihatdan isbot qilib bo‘lmaydi, negaki, birinchi hodisa ikkinchining sababi bo‘lishi mumkin, ikkinchi esa - birinchining oqibati bo‘la oladi. Ushbu dalildan kelib chiqib Yum sababiyatning ob'ektiv xususiyatini bilish mumkin emasligi haqida xulosa chiqaradi. Shu bilan birgalikda Yum ob'ektiv sababiyatni tug‘ilgan g‘oyalar yoki hissiy taassurotlar qiyofasini eslash ko‘rinishida mavjudligiga yo‘l qo‘yadi. Barcha hissiy taassurotlarning hammasi ham biz uchun teng qiymatga ega emas: ularning ba'zilari yorqinroq, jonliroq, barqarorroq bo‘lib, dunyoda amaliy ravishda ma'lum bir narsani ko‘zlab ish tutish uchun yetarlidir. Pirovardida, Yum bizning ishonchimiz uchun manba nazariy bilim emas, balki din xizmat qilishligini ta'kidlashga majbur bo‘ldi. Masalan, biz yil fasllarining davriy o‘zgarishiga, har kuni quyosh chiqib, keyin botishiga ishonamiz. Bu ishonch ushbu hodisani takrorlanishini ko‘rish odatiga asoslangan. Yum cherkovni tanqid ostiga oladi. Ammo u dinning kelib chiqishi va ijtimoiy vazifalarini tushuntirishga urinib, uning ahamiyatini, jumladan, axloqiy me'yorlarni barqaror qilish va uning ta'sirchanligining garovi ekanligini ta'kidlaydi.
6.XVIII asrfrantsuzfaylasuflariningqarashlarihaqidaso’zlang.

XVIII asrda Fransiyada falsafiy taraqqiyot Ma'rifatchilik panohida amalga oshirildi. Barcha ijodiy fikrlovchi fransuz faylasuflari amalda ma'rifatparvarlar edilar. Ularning mashhur vakillari orasida Volter, Russo, Didro, Lametri, Gelvetsiy va Golbax bor edi. Fransiyada ma'rifatparvarlarga e'tiroz bildiruvchi sifatida ilohiyotchilar chiqdilar. Ma'rifatparvar-faylasuflar o‘z qarashlarida mexanistik shakldagi moddiyuncha dunyoqarashni targ‘ib qildilar, garchi ularning ba'zilarining asarlarida, masalan, Didroning organizmlar taraqqiyoti haqidagi qarashlarida dialektik unsurlar ham mavjud edi. Didro nuqtai nazaricha, tabiat (materiya) barcha narsalarning sababi bo‘lib, o‘z o‘zicha yashaydi, abadiy mavjud bo‘ladi, negaki, u o‘zining sababidir. Ayrim olingan kishiga nisbatan modda shunday narsadirki, his - tuyg‘u a'zolariga qandaydir tarzda ta'sir o‘tkazadi; moddiy jismlar esa atomlardan tashkil topgandir. Ma'rifatparvarlar o‘zlarining birinchi navbatdagi vazifalaridan biri sifatida davlat hokimiyatini dunyoviylashtirish, ya'ni cherkovni davlatdan ajratishni maqsad qilib qo‘ygan edilar. Ular cherkovlar va diniy mazhablar faoliyati ustidan davlat nazoratini o‘rnatishni nazarda tutar edilarki, toki ular diniy taassub va dushmanlik urug‘ini sochish bilan shug‘ullanmay, fuqarolik qonunlariga og‘ishmay amal qilsinlar. Ma'rifatparvarlar insonni boshqatdan tarbiyalab, undagi ijobiy tomonlarni rivojlantirishga va pirovardida, atrofdagilarni, avvalo ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirishga urindilar.


XVIII asrning oxiri XIX asrning boshida Fransuz inqilobi voqyealarining kuchli ta'siri ostida bo‘lgan, iqtisodiy va siyosiy jihatdan qoloq Germaniyada shunday falsafa vujudga keldiki, uning shakllanishida tabiatshunoslik va ijtimoiy fanlarning yutuqlari kata o‘rin tutdi. Fizika va kimyo katta muvofaqqiyatlarga erishdi, jonli tabiatni o‘rganish olg‘a qadam bosdi, matematika sohasida shunday kashfiyotlar qilindiki, ular juda ko‘p jarayonlarni miqdoriy jihatdan aniq ifodalashga imkon berdi. Bundan tashqari, atrof muhit tomonidan tana a'zolari rivojining bir-biri bilan sababiy aloqadorligi haqidagi Lamark ta'limoti katta qiziqish bilan kutib olindi. Eng yangi astronomik, geologik va embriologik nazariyalar ham katta qiziqish uyg‘otdi. Bu barcha nazariyalar, hamda kishilik jamiyatining taraqqiyot nazariyasi muqarrar ravishda rivojlanish g‘oyasini voqyeylikni bilishning nazariyasi va usuli sifatida ishlab chiqish zaruriyatini rag‘batlantirar edi.


7.Nemis klassik falsafasining yirik namoyondalari kimlar? Ularning falsafiy g’oyalarini malardan iborat?


Nemis mumtoz falsafasi I.Kant, I. Fixte, F.Shelling, G.Xegel va L.Feyerbax kabi shaxslar nomi bilan bog‘liqdir.
Nemis mumtoz idealizmining asoschisi Immanuil Kant (1724-1804) faqat buyuk faylasuf sifatidagina emas, balki keng qamrovli chuqur olim sifatida ham mashhurdir. Uning tomonidan ishlab chiqilgan quyosh sistemasining bahaybat gazsimon tumandan kelib chiqqanligi haqidagi ta'limot hozirgacha astronomiyada asosiy ilmiy g‘oyalardan biri hisoblanadi. Kantning ilmiy tabitashunoslik sohasidagi kashfiyoti uning zamondagi tabitashunoslik qoidasini faqat Koinot tuzilishigagina emas, balki uning kelib chiqishi va rivojiga nisbatan ham qo‘llashga birinchi urinish edi. Kantning xizmatlaridan yana biri uning hayvonlarni ehtimol tutilgan kelib chiqishining tartib bilan taqsimlanishi haqidagi g‘oyasi va insonlarning irqiy jihatdan tabiiy kelib chiqishi to‘g‘risidagi nazariyasi edi.
Kantning nuqtai nazaricha, eng muhim falsafiy muammolarni yechishga kirishishdan oldin inson bilimining chegarasi va imkoniyatini tadqiq qilish lozim. Kant fikricha, biz dunyoni qanday bo‘lsa, o‘shanchalikda emas, balki bizga qanday namoyon bo‘lishiga qarab bilamiz. Bizning bilimimizga faqat ashyolar ko‘rinishi yoki fenomenlar yetib keladi. His-tuyg‘u a'zolariga «narsa -o‘zida» («veщ v sebe») ta'siri natijasida hissiy tartibsizlik vujudga keladi. Bu tartibsizlik bizning aqlimiz quvvati orqali birlik va tartibga solinadi. Biz nimaniki tabiat qonunlari hisoblasak, aslida hodisalar dunyosiga aql orqali kiritiladigan aloqadir, yoki boshqacha aytganda, bizning aqlimiz qonunlarni tabiatga buyruq qiladi. Ammo hodisalar dunyosiga inson ongidan mustaqil bo‘lgan ashyolar mohiyati bo‘lgan «narsa o‘zida» muvofiq keladi. Ularni mutlaq bilish mumkin emas. «Narsa o‘zida» bizlar uchun noumenlar, ya'ni aql bilan bilinadigan, ammo tajribada berilmaydigan mohiyatdir. Kant inson aqlining kuchiga cheksiz ishonishni aqidaparastlik deb atab, uni shubha ostiga olib baholaydi.
Kant nuqtai nazaricha, makon va zamon g‘oyasi insonga idrokdan oldin ma'lum bo‘lgan. Makon va zamon g‘oyaviy bo‘lib, voqyeiy emasdirlir. Hissiy taassurotlar bir-birlari bilan o‘zaro hukmlar vositasida bog‘lanadilarki, ular asosida kategoriyalar, ya'ni umumiy tushunchalar yotadi. Kant nazaricha, bular «sof fikr»ni ifodalovchi «sof mantiqiy» shakllar bo‘lib, uning ashyolari emas. Kategoriyalar insonga apriodi, ya'ni har qanday tajribagacha berilgandir.
Bilish haqidagi ta'limotda Kant dialektikaga katta o‘rin ajratadi: qarama-qarshilik bilishning zaruriy lahzasi sifatida qarab chiqiladi. Nemis falsafasi Kantdan keyin I.G. Fitxe (1762-1814) va F. Shelling (1775-1854) tomonidan ishlab chiqildi. Ular hodisalar va ashyolarning kantchasiga qarama-qarshi qo‘yilishini muayyan yagona qoida bo‘lgan – Fixtedagi mutlaq «Men» va Shellingdagi borliq bilan fikrdagi mutlaq ayniyat asosida dalillab, uni bartaraf qilishga harakat qildilar. Bundan tashqari, Shelling dialektika kategoriyalarini , jumladan ozodlik va zaruriyat, yagonalik va ko‘plikning ayniyati va boshqalarni sinchkovlik bilan tahlil qilib, Xegel dialektikasining xabarchisi sifatida xizmat qildi.
Nemis falsafasi o‘z rivojining cho‘qqisiga Xegel (1770-1831) ijodida erishdi. Xegel dialektikaning qonunlari va kategoriyalari haqidagi ta'limotni rivojlantirib, birinchi marta dialektik mantiqning asosiy qoidalarini ishlab chiqdi va o‘sha davrdagi ta'limotlarda hukm surgan metafizik ong usulini tanqid ostiga oldi. Kantning «narsa-o‘zida»siga u dialektika prinsipini qarama-qarshi qo‘ydi: mohiyat o‘zini namoyon etadi, hodisa mohiyatlidir. Xegelning qayd etishicha, asosida «dunyo aqli», «mutlaq g‘oya» yoki «dunyo ruhi» yotgan kategoriyalar voqyeylikning ob'ektiv shakllaridir. Bu-dunyoni paydo bo‘lishi va rivojiga turtki bergan faol ibtidodir. O‘z-o‘zini bilish jarayonida dunyo aqli uch bosqichni bosib o‘tadi: o‘zini idrok qiluvchi mutlaq g‘oyaning o‘z uyasida bo‘lishi davri, ong tabiatida, ya'ni g‘oya o‘z mazmunini dialektikaning qonun va kategoriyalari tizimida (Mantiq) ochishida; tabiat hodisalari ko‘rinishida g‘oyaning «boshqacha borliq»(inobыtie)da rivojlanishida, ya'ni tabiatning o‘zi rivojlanmaydi, balki tushunchalargina rivojlanadi (Tabiat falsafasi); g‘oyaning inson ongi va bashariyat tarixida rivojlanishida (Rux falsafasi). Ushbu oxirgi bosqichda mutlaq g‘oya o‘z o‘ziga qaytib, o‘zini insoniy ong va o‘z o‘zligini bilishda tushunib oladi.
Taraqqiyot g‘oyasi butun Xegel falsafasiga singdirilgan. Taraqqiyot oldinma-ketin, quyidan yuqoriga qarab boradi; bu jarayonda miqdor o‘zgarishlaridan sifat o‘zgarishlariga o‘tish yuz beradi, taraqqiyotning manbai esa, har qanday o‘z-o‘zidan bo‘ladigan harakat prinsipidan iborat bo‘lgan qarama-qarshiliklardir.
Xegel nuqtai nazaricha, tarix mohiyatini quyidagi so‘zlar bilan ifodalash mumkin: «aql tarixdadir». Aql, Xegel fikricha, umumjahon tarixiy ibtidosi bo‘lib, tarixda mutlaq g‘oyaning rivojlanishi sifatida namoyon bo‘ladi. U yoki bu davrda dunyoviy ruhning sohibi sifatida qandaydir bir xalqning ruhi oldinga chiqadi, Ayni vaqtda boshqa xalqlar o‘zlarining gullab-yashnagan davrlarini orqada qoldirib, o‘z imkoniyatlarini tugatganliklari sababli inqirozga yuz tutadilar, boshqa bir xalqlar esa endigina taraqqiyot sari yo‘l boshlagan bo‘ladilar. Xegel nazaricha, aql tarix jarayonida shunday amalga oshadiki, unda har bir xalq ruhning o‘z-o‘zini bilishga o‘z hissasini qo‘shishga haqlidir. Xegel mohiyati ozodlikni anglashga erishish bo‘lgan umumjahon tarixini davrlashtirish mezonini belgilab beradi. Bunday ko‘tarilishga to‘rt bosqich muvofiq keladi: 1) sharq dunyosi; 2) Yunon dunyosi; 3) Rim dunyosi; 4) olmon (german) dunyosi.
Sharq xalqlarida ozodlik bo‘lmagan, ozod odam sifatida faqat bir kishi - zolim hukmdor tan olingan. Yunon-rim dunyosiga ozodlikning mavjudligi xosdir, ammo u chegaralangan hududlarda-ba'zilar uchungina idrok etilgan. Shuning uchun Yunon-rim dunyosining davlat tuzumi qullikni inkor etmaydi. To‘la ozodlik o‘z ifodasini faqat German xalqlarida topdiki, ular o‘z tarixiy taraqqiyotlari davomida Reformatsiya (diniy islohot) va 1789 yildagi Fransuz inqilobi mahsulini meros qilib olib, umumiy fuqarolik va siyosiy ozodlikka erishdilar.
Xegel falsafasi ichki ziddiyatlarga ega. Bilish tizimi, bir qancha turdagi anglash bosqichlaridan o‘tib, oxirgi bosqich bo‘lgan o‘z-o‘zini anglashda tugallanadiki, uni amalga oshiruvchi narsa Xegel falsafasining o‘zi bo‘lib chiqadi. Shunday qilib, Xegel usuli va tizimi o‘rtasida qarama-qarshilik kelib chiqadi.
Lyudvig Feyerbax (1804-1872) moddiyunchilik nuqtai nazaridan Xegel falsafasini jiddiy va har tomonlama tanqid ostiga olgan birinchi faylasufdir. Falsafa mavzusini ifodalab, Feyerbax shunday qarorga keladiki, uning diqqat markazida inson turmog‘i lozim. «Yangi falsafa, -deb yozadi nemis mutafakkiri, – tabiatni ham inson poydevori sifatida qo‘shgan holda, insonni falsafaning yagona, umumiy va oliy mavzusiga aylantiradi»1. Shundan ko‘rinadiki, Feyerbax moddiyunchiligi antropologik xususiyat kasb etadi. Insonni vujudga keltiradigan yagona sabab yoki asos tabiatdir. Shuning uchun, falsafaning vazifasiga qayta to‘xtab, Feyerbax yozadiki, uni ta'limotini «ikki og‘iz so‘zda ifodalash mumkin: tabiat va inson».
Tabiat (yoki olam) Feyerbax uchun abstrakt tushuniladigan substansiya emas, balki o‘zining butun xilma-xil va behisob ko‘rinishlarida berilgan hissiy hodisadir: «tabiat tushunchasi ostida men shuni tushunamanki, - deb yozadi faylasuf, - u insonni o‘zidan boshqa insoniy bo‘lmagan barcha hissiy kuchlar, narsalar va mavjudotlardan farq qiladigan majmuadir… Tabiat inson uchun bevosita uning hayotining asosi va mavzusi sifatida hissiy jihatdan namoyon bo‘ladigan barcha narsadir»2. Xuddi shuningdek, cheksizlik, kuch-qudrat, birlik, zaruriyat, abadiylik kabi tabiatning xususiyatlari, ya'ni «barcha hissiy xususiyatlarni chiqarib tashlangandan keyingi qolgan mohiyat», «tabiatning mavhum mohiyatidan» yoki fikrdagi tabiatdan boshqa narsa emas.
Tabiat abadiy bo‘lib, hyech kim tomonidan yaratilgan emas. U o‘z-o‘zining sababi bo‘lib, «fikrda yoki niyatda va iroda hukmlarida emas, balki astronomik yoki samoviy, mexanik, kimyoviy, fizik, fiziologik yoki organik kuch yoki sabablarda»3 o‘zining asosiga ega. Biror bir vaqtda tabiat (olam) bo‘lmagan edi degan tasavvurni faylasuf «be'mani va asossiz uydirma» deb ataydi. Tabiat doimiy ravishda rivojlanish jarayonidadir. Hozirgi yer qurasi o‘zining avvalgi holatidan farq qiladi. Hayot murakkab kimyoviy o‘zaro ta'sirlar (reaksiyalar) mahsuli sifatida paydo bo‘lgan. Ilgari mavjud bo‘lgan ko‘plab hayvonlar va o‘simliklar hozir vaqtda qirilib ketgan. Inson va uning ongi ham tabiat rivojining mahsulidir. Idealizmni tanqid qilib, Feyerbax borliq bilan ongning bir-biriga nisbati haqidagi masalaning moddiyuncha yechimini ifodalab beradi: «borliq - sub'ekt (ega), ong - predikat (kesim)»4. «Fikriy borliq haqiqiy ongdan tashqaridagi siymosi modda bo‘lib, voqyeylikning umumiy asosidir»5.
Feyerbax nuqtai nazaricha, idealizm va din umumiy ildizlarga ega. «Agar siz idealizmni inkor etsangiz, u vaqtda Xudoni ham inkor etasiz! – deb yozadi u. Faqat Xudogina idealizmning asoschisidir»6. Feyerbax yoshlik yillaridayoq o‘z ismini yashirgan holda «O‘lim va abadiy yashash haqida fikrlar» degan asarini nashr qildirib, unda jonning o‘lmasligi haqidagi e'tiqodni tanqid ostiga olgan edi. Buning kim tomonidan yozilganligi aniqlangandan keyin, kitob musodara qilinib, uning muallifi esa dars berish huquqidan mahrum qilinib, universitetdan bo‘shatildi. yetuk yoshda Feyerbax ochiqdan-ochiq xudosizlik nuqtai nazariga o‘tib, uni u «insondan farq qiluvchi Xudodan yuz o‘girish» sifatida ifodaladi.
Feyerbax tug‘ma diniy his-tuyg‘ular haqidagi nazariyaga qarshi chiqib, dinni tarixiy taraqqiyot mahsuli sifatida qarab chiqadi. Xudo, Feyerbax qarashicha, insonlarning o‘zlari tomonidan o‘z mohiyatlarini ifodalash sifatida vujudga keltirilgan ob'ektga aylantirilgan abstrakt tushunchadir. Dinning ildizlarini Feyerbax kishilar hayotining sharoitidan, va avvalo, unga tobe bo‘lmagan va hissiy jihatdan tashqi ta'siri insonga tushib turadigan kuchlarda ko‘radi. Inson hamma vaqt o‘z ehtiyojlarini qondirishga harakat qiladi. Ammo uning bu intilishlari insonning tabiat kuchlari oldidagi ojizligiga borib taqaladi. Uydirma va xayol xudolar to‘g‘risidagi tasavvurlarni tug‘diradiki, ular insonning amalga oshirib bo‘lmaydigan ehtiyojlarini qondirishga qoldirdilar. Din insonga uning hayotini o‘zgartirish, orzulariga yetkazish imkonini beradigan umid va kuch bag‘ishlovchi uydirma va xayol mahsulidir. «Xudo, - deb yozadi faylasuf, - shunday zotki, inson o‘zining mavjudligi uchun unga ehtiyoj sezadi»7. Feyerbax fikricha, dinning ildizlari bashariyat tarixi jarayonida o‘zgaradi. Agar ma'jusiylik dinlarining ildizlari insonning tabiat kuchlari oldida ojizligi va undan tobeligida yashiringan bo‘lsa, hozirgi zamon jamiyatda ular ijtimoiy kuchlar sohasida yotadilar.
Diniy axloqqa Feyerbax insonning baxt-saodatga bo‘lgan tabiiy intilishi asosiga qurilgan «xudbinlik axloqi»ni qarama-qarshi qo‘yadi. Shu bilan birga, faylasuf baxt-saodatni alohida olingan kishining emas, balki bashariyatniki sifatida nazarda tutadi. «Ayrim olingan baxt-saodat» g‘oyasini u «umumiy baxt-saodat» g‘oyasi bilan almashtiradi. Bu baxt - saodatga erishish imkoniyati faqat kishilarning bir - birlariga muhabbati asosidagina amalga oshishi mumkin. Feyerbax fikricha, aynan «muhabbat axloqi»gina jamiyatda uyg‘unlikka olib keladi va ijtimoiy adolatsizlikka barham beradi.

8.XX asrfalsafasi, uningoqimlari, xususiyatlarihaqidaso’zlabbering.


Ma’lumki, hamma zamonlarda ham falsafa o`z davrining dolzarb muammolarini xal etish yo`llarini topishga harakat qilgan. ХХ asrga kelib insoniyat fan va texnika taraqqiyoti soxasida o`lkan yutuqlarni qulga kiritdi. Lekin shu bilan birga, aynan ushbu asr ijtimoiy silsilalar, ikkita jahon urushi, ekologik inqiroz, og`ir yo`qotishlar davri ham bo`ldi. Bu esa falsafiy fikrning taraqqiyotida o`z aksini topdi, uning turli yo`nalish va oqimlari shug`ullangan muammolarning salmog`i, maqsad-muddaosini aniq belgiladi. Buning natijasi sifatida, hozirgi davr falsafasida nixoyatda xilma — xil oqim va yo`nalishlar mavjud. O`z navbatida bu ilm-fan va amaliyotning hamda XIX asrning ikkinchi yarmi va hozirgacha bo`lgan falsafa ilmi rivojining asosiy xususiyatlarini belgilaydi.


Hozirgi zamon falsafasining eng asosiy tamoyillari umuminsoniylikning ustuvorligi, uning milliylik bilan uyg`unligi, demokratik erkinliklar, inson qadri, biror ta’limotni mutloqlashtirmaslikdir. Bag`rikenglik va tolerantlik hozirgi falsafiy ta’limotlar rang-barangligini ta’minlaydi.
An’anaviy falsafada, turli G`oyaviy tizimlarga bo`linishiga qaramay, muxim muammolarni xal etishda ma’lum bir umumiylik mavjud edi. Hozirgi zamon falsafasida aksincha, falsafiy muammolarning ko`p xilligi va o`ziga xosligi, turli-tumanligi, ular asosida falsafiy oqimlarning mustaqil yo`nalish sifatida shakllanganligi yaqqol ko`zga tashlanadi.
An’anaviy falsafada aql — inson mohiyatining belgilovchisi, deb talqin etilgan bo`lsa, endi ratsionalizmga qarshi insonning mavjudligi (ekzistensializm) muammolari, hamda uning noratsional mohiyati ilgari surila boshladi. Ya’ni ilgari ma’rifatparvarlik G`oyasi ustuvor bo`lsa, endilikda ko`proqinson huquqlariga e’tibor kuchayib ketdi. Falsafa guyoki, mavxumlikdan aniqlik tomon bordi, umumiy emas, aniq-ravshan masalalarni xal qilish boshlandi.
An’anaviy falsafada hodisalar mexanika qonunlari asosida tushuntirishga harakat qilingan bo`lsa, endi bunday tahlil doirasidan chetda qolgan muammolar o`rganila boshlandi.
Bugungi kunga kelib ko`pgina falsafiy oqimlar o`zlarining an’anaviy falsafaga aloqador ekanliklarini hamda ulardan farq qilishlarini ta’kidlash maqsadida, nomlariga «neo», ya’ni yangi, zamonaviylashgan degan ma’noni anglatuvchi qo`shimchani qo`shganlar. Masalan, neopozitivizm, neotomizm va boshqalar shular jumlasiga kiradi.
Fanning jamiyat hayotidagi o`rnini belgilash va unga nisbatan munosabatga qarab, zamonaviy falsafiy ta’limotlarni asosan ikki yo`nalishga ajratish mumkin. Ulardan biri — ssiyentizm (lot scientia — fan) ya’ni fan mavjud barcha ijtimoiy muammolarni xal etishi mumkinligini ilm-fan taraqqiyotining doimiy ijobiyligini asoslovchi falsafiy dunyoqarash. Ssiyentizm G`oyalari, neopozitivizm, texnologik determinizm kabi ta’limotlarning asosini tashkil etadi.
Ikkinchisi — antissiyentizm, ya’ni fan taraqqiyoti jamiyat hayotiga salbiy ta’sir ko`rsatishini asoslovchi falsafiy dunyoqarash. Bunday dunyoqarash ekzistensializm, frankfurt ijtimoiy-falsafiy maktabi, Rim Klubining bir qator tarmoklarini, ba’zi diniy-falsafiy oqimlarning fanga munosabatini ifodalaydi. Antissiyentizm ilm-fan taraqqiyotining natijalarini nazorat ostiga olish, bu masalada jamiyat hayotini xavf ostiga kuymaslik talabi bilan bog`liqdir.
Antissiyentizmning ayrim uta ashaddiy namoyandalari fan-texnika taraqqiyotini tamoman to`xtatib guyish G`oyasini ham ilgari suradilar. Umuman olganda, ХХ asr falsafasida bir-biriga muqobil bo`lgan yo`nalishlar ratsionalizm va irratsionalizm, antropologizm va naturalizm, ssiyentizm va antissiyentizm, materializm va idealizm o`z o`rniga ega bo`lmoqda.
Yangicha falsafiy tafakkurga asos solgan olimlar orasida ko`pchilik nemis olimi Artur Shopengauer (1788 — 1860) qarashlarini tilga oladi. Shopengauer olamdagi barcha mavjud narsalarni irodaning namoyon bo`lishi, irodani esa ongsiz kur-kurona intilish tarzida tushunadi. Maxlukotlarning instinktlari, xatti-haraqatlari — irodaning namoyon bo`lishidir. Inson faoliyati ham aqldan begona bo`lgan irodaning natijasidir. Shuning uchun inson mohiyati irrotsional asosga ega. Aql esa tasodifiydir. Inson hayoti doimo aylanib to`rgan iroda Qildiragiga bog`liqdir.
Shopengauer ta’limotini davom ettirgan nemis faylasufi Fridrix Nitsshe (1844-1900) fikricha, «borliqning eng chuqur mohiyati hokimiyatga erishish uchun bo`lgan irodadir.» Nitsshe inson borliqida maxlo`g`lik va holiklikni birlashib ketganini asoslab berishga harakat qildi. Uning diyorimizda bundan ikki yarim ming yil mukaddam shakllangan zardushtiylik ta’limotini o`rganib yaratgan «Zardusht tavallosi» asarida kuchli shaxslarni tarbiyalash G`oyasi ilgari surilgan. U o`z ortidan irodasiz kishilar ommasini yetaqlashga kodir bo`lgan irodasi kuchli shaxslarni tarbiyalash tarafdori bo`lgan. Nitsshening sivilizatsiya va madaniyatning sunishi va barham topishi to`g`risidagi G`oyasiga asoslanib, 1918 yilda G. Shpengler «Yevropaning sunishi» degan asarini yozadi.
O`tgan asr oxiri olimlari ijtimoiy inqiroz va ma’naviy turg`unlikdan chiqishning yo`lini o’arbda klassik falsafiy merosga murojaat etishda va uni qayta tiklashda kurdilar. Shu zaylda «Orqaga Kantga» shiori ostida neokantchilik, «Orqaga Хegelga» shiori ostida esa neoxegelchilik paydo bo`ldi.
Shu bilan birga, falsafaning klassik ildizlarini saqlab qolishni diniy oqim bo`lgan neotomizm ham yoqlab chiqdi. Neatomizm shu bugunga qadar ham o`z mavkeini yo`qotmagan bo`lib, katolik cherkovi tomonidan qullab-kuvvatlanadi. Bunda ayniqsa Rim papasi raxbarlik qiladigan Vatikanning faoliyati muxim o`rin tutadi.
Neotomizm — ХХ asrdagi eng yirik diniy-falsafiy oqim bo`lib, u o`rta asrlardagi (ХIII asr) Foma Akvinskiyning ta’limotini qaytadan tikladi. U (neo — yangi, tomizm — «foma», transkripsiyada «toma» bo`lib o`zgargan) Foma Akvinskiyning yangi, zamonaviy ta’limoti demakdir. Bu ta’limotga ko`ra, ilm va e`tiqod o`rtasida tula muvofiglik, uyg`unlik bor. Ular bir-birini tuldirib turadi, har ikkisi ham xudo tomonidan berilgan haqiqat.
Neotomizm vakillari fikricha, ilm yetmagan joyda e`tiqod qo`llanishi kerak. Lekin bu e’tigod kur-kurona, shunchaki ishonch bo`lmay, balki mantiqan teran anglangan e’tigod bo`lishi kerak. Хudoning mavjudligini falsafa turli mantiqiy usullar orqali isbot qilishi lozim. Shunday qilib, falsafaning vazifasi dinga xizmat qilishdan iboratdir.

Neotomistlar dunyoni, jamiyatni xudo yaratgan, jamiyat taraqqiyoti xudoning rejasi asosida boradi, deydilar. Diniy teologiya oqimi bo`lganligidan neotomizm albatta, iloxiy qadriyatlarni ustuvor kuyadi. Ammo u din va uning jamiyatdagi o`rniga, o`zining nomi kelib chiqishiga sabab bo`lgan, Foma Akvinskiy zamonidan farqli yondoshadi. Fomadan keyingi davr Yevropada xristianlikning sofligini saqlash G`oyasi, asta-sekin mutloqlashib, o`rta asr akidaparastligining ma’lum ko`rinishlaridan biri-inkvizitsiyaga olib kelgan edi. Bu esa xurfikrlilik, ilm-fandagi yangilikka qarshi ko`rashga aylanib ketgan edi. Lekin inson huquqlari, fikr erkinligi demokratiya belgisiga aylangan ХХ asrda bunday utaketgan akidaparstlikka o`rin yo`q. Neotomizm hozirgi sivilizatsiyali dunyoda sivilizatsiyalashgan ta’limot sifatida maydonga chiqmokda. O`z navbatida bu demokratiya ustivor bo`lgan hayot tarziga muayyan darajada mos keladi.


Neokantchilik XIX asr o`rtalarida shakllangan va ХХ asr boshlarida rivojlangan edi. Uning vakillari I. Kant o`z davrida kuygan ilmiy bilishning umumiyligi va zaruriyati haqidagi hamda tajribaviy aql haqidagi muammolarni tahlil etadilar. Bu ta’limotga ko`ra, inson dunyoga bir marta keladi, shuning uchun har bir insonning hayoti o`zi uchun eng oliy maqsaddir. Shunday ekan, inson hayotidan kimdir o`z maqsadlarini amalga oshirish uchun vosita sifatida foydalanishi mumkin emas. Erkin mavjudot deganda, Kant izdoshlari o`zi xoxlagan ishlarni qiluvchi kishini emas, balki jamotchilik manfaatiga qarshi yurmaydigan, unga zid ish qilmaydigan, ammo o`z xaq-huquqlarini yaxshi biladigan insonni nazarda tutadilar.
ХХ asrga kelib, fan va texnika taraqqiyoti bilan ilmiy tafakkur va til muammolarini falsafiy tahlil qilishga kizikish nixoyatda ortdi. Bu yo`nalishda ishlayotgan eng yirik oqimlarga neopozitivizm, strukturalizm va germenevtika kabi falsafiy qarash namoyondalari misol bo`ladi.
Neopozitivizm oqimining yirik namoyandalari Karnap, Ayer, Rassel, Vitgenshteyn va boshqalardir. Neo — yangi; pozitiv — ijobiy degan ma’noni anglatadi. Nepozitivizm g’arbda Х1Х asrning 20 — yillarida paydo bo`lgan, asoschisi XIX asrda yashagan Ogyust Kontdir. Uning fikricha, falsafa aniq fanlar taraqqiyotisiz mavjud bo`la olmaydi. Falsafa — ob’ektiv reallikni emas, balki aniq fanlar qilayotgan ilmiy, ya’ni ijobiy (pozitiv) xulosalarni o`rganib, tahlil qilib ularni mantiqan bir tartibga, sistemaga solishi kerak.
Kont falsafaning o`zi mustaqil ravishda ob’ektiv dunyo to`g`risida xech qanday aniq bilimlar berishi mumkin emas, u shu paytgacha yiQilgan bilimlarni formal logika qonunlari asosida tahlil etishi va qayta baholashi, uni «absolyut G`oya, rux» to`g`risidagi ortigcha fikrlardan tozalashi kerak va yangi falsafani yaratishi kerak, deb ta’lim bergan.
Neopozitivistlar verifikatsiya prinsipini ilgari suradilar (lot. Veritas — haqiqat.) ularning fikricha, faqat tajribada o`z tasdiKini topgan bilimgina xaqiqiydir. Lekin nazariy, mavxum bilimlarning hammasini ham tajribada ekvivalentini topish, aynan shunday ekanligini isbot qilish mumkin emasligi tufayli bu prinsip keyinchalik inkor etildi.

Shundan sung postpozitivizm (ya’ni keyingi pozitivizm) vakili K. Popper falsifikatsiyalash metodini ilgari surdi. Bunga ko`ra, inson ba’zi nazariy bilimlarning haqiqatligini emas, xato ekanligini isbotlashi kerak. Oxir-oqibatda neopozitivizm vakillari falsafa bilimlarning xaqiqiyligini mantiqiy — lingvistik usul orqali isbotlashi va sistemalashtirishi kerak, degan xulosaga keldilar. ХХ asrning 60 — 70 yillariga kelib, neopozitivizmning mavkei kamayib, asosiy o`ringa strukturalizm va germenevtika chiqdi.


Strukturalizm (asosiy vakillari Levi — Stross va Fuko) bilishda strukturaviy usulning ahamiyatini mutloqlashtiradi. Bu oqim tarafdorlari narsa va hodisaning strukturasini bilish uning ob’ektiv mohiyatini bilish demakdir, deb xisoblaydilar. Masalan Levi-Stross mifologik tafakko`rni tahlil etib, turli joylarda yashagan qadimgi gabilalar va xalqlar yaratgan afsonalarning umumiy strukturaga ega ekanligini isbot qildi. Uning fikricha, bu afsonalarning asosiy mazmuni bir-biriga tula muvofiq keladi. Insoniyatning ilmiy tafakkuri ham bu ta’limotga ko`ra shunday prinsipga, umumiy mantiqga ega.
Germenevtika — qadimgi yunon afsonalaridagi xudolarning xoxish va irodasini insoniyatga tushuntirib berish uchun yerga yuborilgan elchisi — Germes nomi bilan ataladi. Demak, germenevtika — tushunish, tushuntirish, tahlil etish G`oyalariga asosiy dikkatini qaratadi.
Jamiyat, bu ta’limotga ko`ra, kishilar o`rtasidagi Muloqotga asoslanadi. Muloqot jarayonida madaniy, tarixiy va ilmiy gadriyatlar yaratiladi. Shuning uchun falsafaning asosiy vazifasi hayotning ma’nosini, mohiyatini kishilar o`rtasidagi Muloqotdan gidirishdan iborat.
Bu oqim vakillari Shleyermaxer va Diltey fikricha, biror bir tarixiy manbaning to`g`ri tahlil etilishi tadgigotchining davr xususiyatlarini tula xis etishi, tushunishi bilan bog`liq. Hozirgi davrda bu ta’limotning ko`plab tarafdorlari mavjud.
ХХ asrning 30 — yillariga kelib «ekzistensial falsafa» rivojlandi. Ekzistensiya — tom ma’noda mavjud bo`lmoq demakdir. Ekzestensializm nixoyatda xilma-xil yo`nalishdagi ta’limotlarni insonning ma’naviy dunyosi, inson takdiri, erkinligi G`oyalari asosida umumlashtirdi.
Bu muammolarning talqini, ayniqsa, ijodkor ziyolilar o`rtasida ommaviy tus oldi. Shuning uchun ekzistensial falsafa bu davrda eng keng tarqalgan oqim bo`lib qoldi.
Ekzistensializm vakillari asosan ikki yo`nalishga bo`linadilar. Biri — dunyoviy (Хaydeger, Sartr, Kamyu) va ikkinchisi diniy (Yaspers, Marsel) bo`lib bunday bo`linish nisbiydir.
Хaydeger, Sartr, Kamyo`larning ta’limotiga ko`ra, inson o`zining yaratish jarayonini o`zi erkin amalga oshiradi. Insoniyat oldida o`lkan imkoniyatlar mavjud bo`lib, ulardan kaysi birini tanlashda u erkindir. Demak, inson o`z mohiyatini o`zi erkin belgilaydi, uning kim bo`lib yetishishi faqat uning o`ziga bog`liq. Shu ma’noda, inson doimo rivojlanib boradigan, tugallanmagan loyixaga uxshatiladi. Erkinlik insonning o`zi tomonidan yaratiladigan ichki ruxiy holati tarzida talqin etiladi. Insonga berilgan imkoniyatlarni tanlash nixoyatda mas’uliyatlidir, chunki bunda inson o`zi, boshqalarni hamda uni o`rab to`rgan olamni ham qayta yaratadi.
Diniy ekzistensializm vakillari Yaspers va Marsel fikricha, inson o`z erkin faoliyati davomida xudoga qarab unga yetishish uchun, kamolot tomon harakat qiladi. Хaqiqiy erkinlik insonga taxlikali onlarda, tashvishda, yolg`izlikda namoyon bo`ladi. «axlika, mas’uliyat sof erkinlikning o`zidir, faqat shunday sharoitda inson o`zini tulaligicha anglaydi. Хayot va o`lim, qo`rqinch, daxshat tushunchalari bu ta’limotning markaziy tushunchalaridir. Ekzistensialistlar fikricha, olam ma’nosiz va uni bilib bo`lmasligi abadiy, inson umri utkinchi bo`lganligi uchun ham daxshatlidir.
Yangi zamon falsafasining yana bir oqimi pragmatizm AЈShda keng tarqalgan. Umuman olganda, «pragmatizm» foydali faoliyatga undovchi, «foydaga» qanday qilib erishish yo`llari va usullari haqida muloxaza yurituvchi ta’limotdir. Bunda «foyda» tushunchasi «tajriba», «haqiqat» tushunchalari bilan aynanlashtiriladi.
Pragmatizm ta’limotining yirik namoyandalari Ch. Pirs, U. Djems, J. Dyui va boshqalardir. Ularning ta’limotida olamning o`zgaruvchanligi o`z ifodasini topgan. Ular tajribani turli tasodif va kutilmagan vaziyatlarni o`zida mujassamlashtirgan, ongimizdan tezkor qarorlarni kabo`l qilishni talab etuvchi hodisalar majmui sifatida ta’riflaydilar.
Insonning xatosiz faoliyat ko`rsatishi uchun uning xatti-haraqatlarini boshqarib turuvchi vosita — intellektdir. J. Dyui fikricha, intellekt insonni o`rab to`rgan olamdan nusxa oladi, hamda unga muxitga moslashishga yordam beradi. Pragmatizm falsafasining maqsadi insonga olamda o`z o`rnini topishga yordam berishdan iborat. Dyui tajriba natijasining «foydali» tomoniga e’tiborini qaratadi. Djems fikricha, haqiqat foydali bo`lgan narsa yoki hodisadir.
Pragmatizm AЈSh ijtimoiy-madaniy hayotining qadriyatlarini ifoda etib, u yerdagi ishbilarmonlar, menedjerlar, siyosatchilar va davlat arboblari o`rtasida keng tarqalgan. Amerikaliklar bu ta’limotning nazariyotchilarini xalqning dunyoqarashi o`zgarishida, hozirgi amerikacha hayot tamoyillarini keng ommaga singdirishda katta xizmat qilgan faylasuflar sifatida qadrlaydilar. Masalan, J. Dyuini «Amerikaning Arastusi» deya hurmat bilan tilga oladilar.
Jamiyat taraqqiyotiga oid G`oyalar tahlili falsafada antik davrlardan, Sugrot va Aflotun zamonlaridan boshlab shakllana boshlagan. Bu G`oyalarning rivojida XVII-XVIII asrlarda yashagan italiyalik faylasuf Dj. Viko, XVIII asrda yashagan I.G. Gerder va ayniqsa, nemis falsafasining yirik namoyondasi Хegel katta xissa qo`shganlar. Jamiyat taraqqiyoti to`g`risidagi ta’limotlar orasida tadrijiy taraqqiyot va inqilobiy sakrashlar yo`lidan borishni ilgari suradigan ta’limotlar talaygina. Ko`pchilik tadrijiy yo`lni ma’qul ko`radi va biz yuqorida tilga olgan faylasuflarning aksariyati ana shunday qarash tarafdori.
Afsuski, boshqacha qaraydigan ta’limotlar ham bor. Yangi davr falsafasida tarqalgan ana shunday oqimlardan biri marksizm bo`lib, uning asoschisi nemis iqtisodchisi va faylasufi K. Marksdir (1818 — 1883). Uning ijtimoiy falsafasi kapitalizmda sinfiy ko`rashning mutloq antogonizm darajasiga kotarilishi, oxir-oqibat proletariat diktaturasining o`rnatilishi va shu yo`l bilan sinfsiz jamiyatga o`tishni targ`ib qiladigan va real hayotni aks ettirmaydigan nazariyadir.
Keyinchalik sobik ittifokda xukmron mafko`raga aylangan bu ta’limot dastlab K. Marks va F. Engels yozgan «Kommunistik partiya manifesti»da bayon qilingan. Uning nazariy asoslari K. Marksning «Kapital», F. Engelsning «Anti-Dyo`ring» va «Тabiat dialektikasi» asarlarida ta’riflab berilgan bo`lib, ijtimoiy hayotda salbiy oqibatlarga olib keldi. U borliq tushunchasini materiya bilan aynanlashtirgan, ruxni butunlay inkor qilgan, materializm va ateizmni mutloqlashtirgan.
Bu ta’limotning K. Kautskiy, V. Plexanov boshlik mu’tadil tarofdorlari keyinchalik sotsial-demokratiyaga ko`proqmoyil bo`lishdi. Rossiyada V. Lenin boshchiligidagi tarafdorlari esa sinfiy ko`rash va proletariat diktaturasini mutloqlashtirish yo`lidan bordilar. Bu o`z navbatida, inklobiy sakrash yo`lini tanlashga olib keldi va Rossiyani terror yo`liga boshladi. Oqibatda esa bu tipdagi dunyoqarash jamiyat va xalqlar takdirida G`oyat salbiy o`rin to`tishi ma’lum bo`ldi. o’arbda Marksning hozirgi davrdagi tarofdorlari «neomarksizm» oqimini tashkil etadilar. Ko`pgina neomarksistlar sinfiy ko`rashni mutloqlashtirmaslik, inklobiy emas, tadrijiy sakrash yo`lidan borish ustuvor bo`lishi lozimligini e’tirof eta boshladilar. Ammo ularning asl qarashlarini jamiyat, millat emas, sinf va ular o`rtasidagi ko`rash taraqqiyoti belgilaydi, degan usha ta’limotga bog`liqligicha qolmokda.
Aloxida ta’kidlash lozimki, yaqingacha sobik Ittifok va uning ittifokchilari xududida mutloq xukmron bo`lgan mafko`raning takdirini o`rganish, uning tarixidan holisona xulosa chiqarish, bu ta’limotning qanday ayanchli natijalarga olib kelganini bilib qo`yish ham foydadan holi emas. Bu borada lom-mim demaslik foyda bermaydi. Zero, ta’limotlar tarixi — insonlar, ularning takdiri, yo`qsalishi yoki tanazzuli tarixidir. Bu yo`qsalish yoki tanazzul ko`p hollarda muayyan G`oyalar, mafko`ralar ta’sirida ro`y beradi. Goxida minglab, millionlab kishilarni maftun qilgan ba’zi G`oyalar yoki mafko`ralar oxir-oqibat ana shu millionlarning zavoliga sabab bo`lishi ham mumkin. Biz kiska tahlil qilgan marksizm va keyinrok u paydo bo`lgan xududda shakllangan natsional sotsializm (fashizm) nazariyalari ana shu tarixiy haqiqatni isbotlaydi. Bu haqiqatning ostida esa biror ta’limot qadriyatlarini mutloqlashtirish, albatta, muayyan «izm»ga, akidaparastlikka olib keladi, bu o`z navbatida jaholat va kaboxatga eltuvchi yo`ldir, degan umuminsoniy tamoyil yotadi.
ХХ asrga kelib jamiyat tarixiy taraqqiyotiga oid ta’limotlarni umumlashtirish natijasida ijtimoiy taraqqiyotning plyuralistik modeli, «lokal madaniyatlar» hamda «sivilizatsiyalarning xilma-xilligi» konsepsiyalari shakllandi. Ularga ko`ra, jamiyat tarixi — o`ziga xos madaniyatlarning birligi emas, xilma-xilligidan iborat. Shu ma’noda u organiq tabiatdagi hayot shakllarining rang-barangligiga kiyoslanadi. Demak, tabiat qanday xilma-xillikning birligi bo`lsa, jamiyat ham ana shunday rang-baranglikning uyg`unligidir. Jamiyatda ham hamma va har bir narsaning o`z o`rni bor.
Bu G`oyalar nemis faylasufi va sotsiologi O. Shpengler (1880-1936) va ingliz tarixchisi A. Тoynbi (1889-1975) ta’limotlarida har tomonlama asoslab berishga harakat qilindi. O. Shpengler o`zining «Yevropaning sunishi» nomli asarida tarixni bir — biridan mustasno bo`lgan madaniyatlar majmuidan iborat, deb xisoblaydi hamda mukammal rivojlangan 8 xil madaniyatni ko`rsatadi. Bo`lar: arab, xind, vavilon, xitoy, yunon-rim, vizantiya-arab madaniyatlari, mayya va russ-sibir madaniyatlaridir. Madaniyatlar o`ziga xos diniy asosga ega bo`lib, ularning har biri gat’iy biologik maromga (ritmga) buysunadi. Va quyidagi asosiy davrlarni bosib utadi: tug`ilish va bolalik, yoshlik va kamolot, karilik va sunish. Buning asosida madaniyatlar rivojining ikki bosqichi mavjud, deb ko`rsatiladi. Birinchi bosqich — madaniyat ravnaki (sof madaniyat) va ikkinchisi — uning tanazzuli («sivilizatsiya»).
O. Shpengler yevropotsentrizmga, ya’ni barcha madaniyatlarni yevropalashtirish G`oyasiga qarshi chiqdi. Har bir madaniyatning o`ziga xosligi, bir-biridan mustasno holda rivojlanish G`oyasini mutloqlashtirdi. Ular o`rtasidagi o`zaro aloqadorlik ham mavjudligiga kam e’tibor qaratdi.
Yana bir olim A. Тoynbi esa o`zining 12 jildlik «Тarixni o`rganish» asarida madaniyatlarning lokal rivojlanish G`oyasini davom ettirdi. Biroq uning ta’limoti Shpengler konsepsiyasidan o`zining ikki jixati bilan farqlanadi. Birinchidan, insonda o`z hayotini erkin belgilash imkoniyati mavjudligini, tarixiy taraqqiyot zaruriyat va erkinlikning o`zaro birligidan iborat ekanligini nazarda tutsa, ikkinchidan, tarixiy taraqqiyotning davriy modeli dunyoviy dinlar (buddizm, xristianlik, islom) ning barcha xalqlarni yaqinlashtiruvchi va jipslashtiruvchi bosh omil G`oyasi bilan boyitilgan.
Тoynbi o’arb xristian sivilizatsiyasining tanazzulga qarab borayotganligini ko`rsatib, uning oldini olish yo`lini ma’naviy birlikda, jahon xalqlarining yagona dinni kabo`l qilishlarida, deb xisoblaydi.
Umuman olganda, hozirgi paytda jamiyat taraqqiyotining sivilizatsion konsepsiyasi ko`pchilik faylasuflar tomonidan tan olinmokda. Хususan, indo`strial va postindo`strial jamiyat G`oyalari, ayniqsa, ommaviylashib bormoqda. Unga ko`ra, jamiyat taraqqiyotining bosh mezoni — sanoatning rivojlanish darajasidir.
Shunday qilib, ХХ asrga kelib rang-barang falsafiy ta’limotlar shakllandi. Ularning barchasini mazkur mavzuda kurib chiqish imkoniyati bo`lmasa-da, yuqorida bayon etilgan ma’lumotlardan falsafiy plyuralizm haqida, falsafa zamon va makon bilan bog`liq murakkab fan ekanligi to`g`risida muayyan xulosaga kelish mumkin. Bu soxadagi bilimlarimiz, o`z navbatida bizning milliy G`oya va mafko`ramizni shakllantirishga, ma’naviyatimizning boyib, mustaxkamlanib borishiga, intellektual kamolotimizga xizmat qiladi.
Download 80.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling