Mustaqil ishlash uchun savollar
1. “Korrupsiya” tushunchasining mazmuni nimalardan iborat?
2. Korrupsiyaning ildizlarini nimalar tashkil qiladi?
3. Korrupsiyaning sub‟ektlariga kimlar kiradi?
4. Soliq tizimida korrupsiya borligiga ishonasizmi?
5. Qaysi sohalarni korrupsiyalashgan deb o„ylaysiz?
1. Korrupsiya tushunchaci, mazmun mohiyati
Korrupsiya- mansabdor shaxs tomonidan shaxsiy boylik orttirish maqsadida
qonunlarni buzish bilan bog„liq bo„lgan mansab faoliyatidan
foydalanishdir.
UMUMIY TUSHUNCHASI
Korrupsiya - “davlat funksiyalarini bajarish vakolatiga ega bo„lgan (yoki ularga
tenglashtirilgan) shaxslarning noqonuniy tarzda
moddiy va boshqa boyliklar,
imtiyozlarni olishda o„z maqomi va u bilan bog„liq imkoniyatlardan
foydalanishi, shuningdek, bu boylik va imtiyozlarni jismoniy yoki yuridik
shaxslar qonunga xilof ravishda egallashiga imkon berishi”, deb ta‟rif
berilgan.
“YURIDIK ATAMALAR QOMUSIY LUG„ATI”DA
1) mansabdor shaxslar tomonidan davlat mulkini o„g„irlash, talon taroj qilish;
2) rasmiy maqomdan norasmiy foydalanish natijasida shaxsiy foyda ko„rish uchun o„z
hizmat vazifasini suiste‟mol qilish;
3) ijtimoiy burch bilan shaxsiy foyda o„rtasidagi manfaatlarning nizosi.
KORRUPSIYA MAZMUNI
2. Korrupsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy zaminlari va kuchayishining sabablari
BMT ma‟lumotlariga ko„ra, hozir dunyoda har yili 1 trillion AQSH dollari miqdorida
pora beriladi. Jahon iqtisodiyoti har yili korrupsiya tufayli 2,6 trillion dollar mablag„dan
ayriladi, bu jahon yalpi ichki mahsulotining 5 foizidir.
Korrupsiyaning xavfi ko„p qirralidir
birinchidan
iqtisodiyot negizlariga bolta uradi va islohotlar jarayoniga to„sqinlik qilib
uning asl mohiyatiga putur etkazadi va bu bilan islohotlar g„oyasini obro„sizlantiradi