Mustaqil ishlash uchun savollar


Mayda bo„g„inli korrupsiya


Download 265.32 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana13.01.2023
Hajmi265.32 Kb.
#1092177
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavlayanova

Mayda bo„g„inli korrupsiya uyushgan jinoiy guruhlar bilan aloqasi bo„lishi ham, 
bo„lmasligi ham mumkin. Mayda bo„g„inli korrupsiya o„rta va kichik lavozimli rahbarlar 
tomonidan amalga oshiriladi. Mayda ko„rinishlar kommunal xizmat tarmog„ida, soliq, 
yig„im, jarima kabi aholidan olinadigan tulov sohalarida, muayyan faoliyat bilan 
shug„ullanishga ruhsat beruvchi idoralarda, davlat nazoratini amalga oshiruvchi 
xizmatlarda seziladi.
Korrupsiya ko„rinishlari  
Korrupsiya nafaqat bizning xavfsizligimizga ham, xalqaro xavfsizlikka balki tahdid 
soluvchi real muommodir. SHunday ekan, mazkur xodisaga qarshi kurash masalalari 
faqatgina bizga taalluqli bo„lmay balki butun jahon hamjamiyati muammosi bo„lmog„ii 
lozim Mustaqil O„zbekiston xalqi va rahbariyati esa ular bilan faol hamkorlik qilishga 
doimo tayyordir.
Davlat soliq xizmati organlarida mehnat munosabatlariga oid hujjatlarda (mehnat yoki 
jamoat shartnomasi) korrupsiyaga qarshi shartlarni kiritish, korrupsiya holatlari haqida 
xabar bergan xodimlarni ragʻbatlantirish va ularni taʼqibga olmaslik kafolatini belgilovchi 
ichki idoraviy hujjatlarni ishlab chiqilgan.
Xususan, qo„mita Raisining 2021-yil 22-apreldagi 202-son buyrug„iga muvofiq, xodimlar 
bilan tuziladigan mehnat shartnomasi namunasiga korrupsiyaga qarshi kurashish va uning 
oldini olish bo„yicha majburiyatlarni qayd etish masalalari kiritilgan. 
Qo„mitaning 2020-yil 4-dekabrdagi 386-son buyrug„i bilan tasdiqlangan “O„zbekiston 
Respublikasi Davlat soliq qo„mitasining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati”ning 32-
bandida “Korrupsion holat haqida murojaat qilgan soliq organi xodimi himoyaga olinadi 
hamda uni qasddan ishdan bo„shatish, lavozimini pasaytirish, kamsitish, bosim o„tkazish 
hamda ta‟qib qilish kabi holatlarga yo„l qo„yilmaslik kafolatlanadi.” va 36-bandida “Soliq 
organlarida korrupsiya faktlari to„g„risida vijdonan xabar bergan xodimlar, agar bu 
ma‟lumotlar tasdiqlangan bo„lsa, belgilangan tartibda rag„batlantirilishi mumkin.” deb 
belgilab qo„yilgan. 
Qo„mitaning 2022-yil 15-apreldagi 119-son buyrug„i 2-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan 
“Davlat soliq xizmati organlari, qo„mita huzuridagi Kadastr agentligi, korxona va 


muassasalarda aloqa kanallari orqali korrupsiyaviy xatti-harakatlar to„g„risida kelib 
tushgan xabarlarni qabul qilish va ko„rib chiqish bo„yicha nizom”da aloqa kanallari orqali 
korrupsiyaviy harakatlar haqida o„z xohishiga ko„ra xabar bergan jismoniy va yuridik 
shaxs, xususan, davlat soliq xizmati organlari va qo„mita huzuridagi tashkilotlar xodimi 
xabarning mazmunidan qat‟i nazar biron-bir javobgarlikka tortilmasligi belgilangan. 

Download 265.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling