Mustaqil ishni bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma kirish


Download 36.35 Kb.
Sana06.05.2023
Hajmi36.35 Kb.
#1433119
TuriReferat
Bog'liq
Услубий кўрсатма


MUSTAQIL ISHNI BAJARISH BO‘YICHA USLUBIY KO‘RSATMA
KIRISH
Ushbu o‘quv fani bo‘yicha talabaning mustaqil ishi ma’ruzalar konspekti va tavsiya etilgan adabiyotlar hamda davriy jurnallar va Internet materiallari bilan ishlashni, amaliyot ishlarini o‘tishga tayyorgarlik ko‘rishni, referatlar yozishni, kurs loyihasiga ijodiy yondashib, standart talablariga mos ravishda mustaqil ish bajarishni o‘z ichiga oladi.
1.MUSTAQIL ISH TUZILMASI

    1. Mustaqil ishi quyidagi qismlardan tashkil topishi lozim:

  • Titul varag‘i;

  • Mundarija;

  • Kirish;

  • Mo‘ljallangan mavzuning tahlili va masalani qo‘yilishi;

  • Bo‘limlar

  • Xulosa (yoki mulohaza);

  • Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati;

  • ilova (agar lozim bo‘lsa).

    1. Titul varaqa mustaqil ishining birinchi beti hisoblanib, qat’iy ravishda tasdiqlangan qoida bo‘yicha to‘ldiriladi (titul varag‘ining namunasi 1 ilovada keltirilgan); titul varag‘idan so‘ng mundarija joylashtiriladi.

    2. Mundarija – mustaqil ishining qism, bo‘lim va paragraflarining ro‘yxati. Mustaqil ishning bo‘lim va paragraflarining nomlari qisqartirilgan holda yoki tasdiqlangan qoidadan boshqa ko‘rinishda berish mumkin emas.

    3. Kirish qismida quyidagilar o‘z aksini topishi lozim:

  • Mavzuning dolzarbligi;

  • Fan sohasini formal tasnifi;

  • Ushbu sohadagi muammolar va mazkur ishning zarurati;

  • Samaradorligini oshirish, sifatini yaxshilash;

    1. Bo‘limda quyidagilar o‘z aksini topishi lozim:

  • Tadqiqot ob’ektining qisqacha tavsifi. Funksional tuzilmasi, tarkibi va masalalarning o‘zaro ta’siri;

  • Ushbu soha muammolarining tahlili va rivojlantirish istiqbollari;

    1. Mustaqil ishda bajarilgan ishlarning xulosasi «Xulosa» degan bo‘limda keltiriladi. Har bir xulosa asoslangan bo‘lib, qo‘yilgan masalani bajarilganlik darajasi hamda kelgusida rivojlantirish istiqbollari ko‘rsatib o‘tilishi lozim. Faqatgina jiddiy tahlil qilingan va tekshirilgan natijalar asosida xulosa chiqarish tavsiya etiladi. Xulosalar qisqa va lo‘nda bo‘lishi lozim. Umuman olganda, har bir o‘quvchi ishning “Kirish” va “Xulosa” qismini o‘qib chiqqandan so‘ng ishning maqsadi va erishilgan natijalar bo‘yicha tasavvurga ega bo‘lishi lozim.

    2. Adabiyotlar ro‘yxatiga muallif foydalangan barcha manbalar kiritiladi.



2. MUSTAQIL ISHNI KERAKLI SHAKLGA KELTIRISHNING ASOSIY TALABLARI
2.1.Mustaqil ish bo‘lim va alohida qismlarining mazmuni mustaqil ishning asosiy maqsadiga mos va talablariga javob berishi lozim.
2.2.Mustaqil ishning matni kompyuterda chop etiladi.
2.3.Mustaqilishning hajmi qat’iy ravishda chegaralanmaydi, ammo uning kompyuterdagi matni xajmi 10-15 bet atrofida bo‘lishi tavsiya etiladi. Matn 1,5 oraliqda Times New Roman, Times New Roman UZ, shriftlarida 14 o‘lchamda teriladi. Mustaqil ish qo‘lyozmasini o‘lchamlari quyidagicha (A4 formatli qog‘ozda): chapdan 30 mm, yuqoridan 20 mm, o‘ngdan 10 mm va quyidan 25 mm maydonlar qoldirilib, matn teriladi. 2-ilovada ko‘rsatilgan. Formulalar aniq va alohida-alohida kompyuterda yoziladi.
Bosma va yozma harflar, daraja va indeksdagi belgilar aniq bo‘lishi lozim. Formulalar uchun belgilarni quyidagi o‘lchamlari tavsiya etiladi: bosma harflar va raqamlar -7-8 mm, yozma – 4 mm, indeks va daraja ko‘rsatkichlari – 2 mm dan kichik bo‘lmasligi talab etiladi.
Jadvallar, rasmlar, chizmalar, grafiklar, fotorasmlar Mustaqil ish ichida ham ilovada ham standart varaqlarda (A4 formatda) bo‘lishi lozim. Foto va rasmlar skaner yordamida matnni kerakli joyiga qo‘yiladi.


3. MUSTAQIL ISHDA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
3.1 Mustaqil ishda foydalanilgan adabiyotlar quyidagi tartibda qayd etiladi



  1. O‘zbekiston Prezidentining “Respublika aholisini axborot-kutubxona blan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-381 sonli Qarori “Xalq so‘zi” 2006 yil 20 iyun.

  2. 2011 yil 23 fevralda qabul qilingan “ 2011-2015 yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborot-kutubxona va axborot-resurs xizmatini yanada sifatli takomillashtirishning chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori

  3. Kalinichenko L.Ontological Modeling / L. Kalinichenko, M. Missikoff, F. Schiappelli, N.Skvortsov // Proc. of the 5th Russian Conference on Digital Libraries RCDL2003, St.-Petersburg, Russia,- 2003.- R.7-13.

2 ilova


20 мм



10 мм



30 мм



25 мм

Download 36.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling