Mustaqil ishning yuzi shakllantiriladi; Ikkinchi betda mavzu va reja keltiriladi


Download 14.61 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.11.2023
Hajmi14.61 Kb.
#1758196
Bog'liq
dasturlashmaruza



MUSTAQIL TA’LIM VA MUSTAQIL ISHLAR 
 
Mustaqil ishni bajarish bo‘yicha ko’rsatma! 
Mustaqil ishni bajarish uchun quyida berilgan mavzu o’rganilib chiqiladi, so’ngra: 
1) Mustaqil ishning yuzi shakllantiriladi
2) Ikkinchi betda mavzu va reja keltiriladi; 
3) Uchinchi betdan o’rganilgan mavzu bo’yicha nazariy va amaliy ma’lumotlar 
keltiriladi(Nazariy ma’lumotlar 5 betdan kam bo’lmasligi zarur hamda tizimda 
o’qituvchi tomonidan yuklangan ma’lumotlardan shunchaki nusxalab qo’yish 
mumkin emas ); 
4) Nazariy ma’lumotlardan so’ng nazorat savollari ya’ni ushbu mavzuda o’rganilgan 
ma’lumotlar asosida shakllantiriladi; 
5) Oxirida quyida berilgan masala sharti undan keyin bajarilgan dastur kodi va u 
dasturdan olingan natijaning skrinshot qilingani keltiriladi 
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular: 
1. Tarmoqlanuvchi jarayonlarni tashkil etish (Berilgan uch xonali son raqamlari orasida bir 
xillari bor yoki yo‘qligi aniqlansin?). 
2. Birlashmalarni yaratish va obyektlar massivida foydalanish(Kompyuter unionini yarating. 
Unda kamida 5 ta maydon va ularni ekranga chiqaruvchi, qayta ishlovchi usullarni 
yarating). 
3. Matrisalarni funksiya parametrlari sifatida qo‘llanilishi(Elementlari bir-biriga teng 
bo‘lmagan haqiqiy turdagi 7- tartibli kvadrat matritsa berilgan. Eng katta elementi 
joylashgan satrning eng kichik elementi joylashgan ustunga ko‘paytmasi topilsin). 
4. Bir o‘lchovli va ko‘p o‘lchovli massivlar ustida amallar bajarish(int S[n][n]; S matritsaning 
elementlarini markaz atrofida 90° ga soat millariga teskari yo‘nalishda burish bilan qayta 
aniqlansin). 
5. Takrorlanuvchi jarayonlarni tashkil etish (Berilgan 10 ta natural sonlarning eng katta 
umumiy bo‘luvchisi topilsin). 
6. Ko‘p o‘lchovli massivlarni ma’lum shartlar asosida saralash (int A[n][n]; Butun turdagi A 
matritsaga 1, 2, … , 49 sonlarini spiral bo‘yicha joylashtirilsin). 
7. Tuzilmalar yaratish va obyektlar massivida foydalanish(Talaba strukturasini yarating. 
Unda kamida 5 ta maydon bo’lsin va bu maydonlardan foydalanishni amalga oshiring).
8. Fayllar bilan ishlashning yangi usullari(Berilgan nomdagi matnli faylni yaratish va unga 
o’nta belgidan iborat satr kiritish dasturini tuzing. Unda ‘a’ belgisi necha marta uchrashini 
aniqlang.). 
9. Rekursiv jarayonlarni tashkil etish(Evklid algoritmi yordamida ikkita musbat A va В 
sonlarining eng katta umumiy bo’luvchisini topuvchi (EKUB) butun toifadagi EKUB(A, 
B) rekursiv funksiyasi tuzilsin). 
10. Satrlar bilan ishlash(Satrni juft o’rinlarida nechta "u" harfi borligini aniqlaydigan dastur 
tuzing). 
11. Ichma ich joylashgan rekursiv jarayonlarni tashkil etish(Takrorlanish operatoridan 
foydalanmagan holda S satrdagi raqamlar sonini aniqlovchi butun toifadagi DigitCount(S) 
rekursiv funksiyasi tuzilsin. Shu funksiya yordamida berilgan 3 ta satrdagi raqamlar soni 
aniqlansin). 


12. Ichma ich joylashgan takrorlash jarayonlarini tashkil etish (Berilgan 10 ta natural 
sonlarning eng katta umumiy bo‘luvchisi topilsin - Parametrli takrorlanish asosida). 
13. Ichma ich joylashgan takrorlash jarayonlarini tashkil etish (Berilgan musbat n sonigacha 
bo‘lgan Fibanachchi sonlari topilsin - Old shartli va so‘ng shartli takrorlanish asosida). 
14. Massivlarni tashkil etish (U(K) massivi berilgan, [a,b] intervaliga tegishli bo‘lgan 
elementlar sonini aniqlang). 
15. Matrisalarni tashkil etish(5 ta satr va 7 ta ustundan iborat haqiqiy turdagi matritsa berilgan. 
Uning satrlari kamaymaydigan ko‘rinishda tartiblansin). 
16. Bir o‘lchovli massivlarni funksiya parametrlari sifatida qo‘llanilishi(H(N) massivining eng 
katta va eng kichik elementlarini toping va massivda ulardan qaysi biri avval joylashganini 
aniqlang). 
17. Char toifasidagi massivlarni tashkil qilish va ular ustida amallar bajarish(char turidagi A 
satrni toq oʻrinda turgan soʻzlaridan keyin, shu soʻzlarning katta harlardagi nusxasini 
joylashtiruvchi dastur tuzing). 
18. Vektorlarni(bir o’lchovli massivlarni) funksiya parametrlari sifatida qo‘llanilishi(Y(K) 
massivdan X massiviga manfiy elementlarni ko‘chirib yozing. X massivdagi eng kichik 
elementni birinchi element bilan o‘rnini almashtiring). 
19. Xotira ajratuvchi funksiyalar bilan ishlash (malloc(), calloc(), free(), realloc()) 
20. Dinamik massivlar va ko‘rsatkichlar(n ta elementdan tashkil topgan massiv berilgan.Bu 
massivning juft elementlari yig’indisi hisoblansin (Ko’rsatkichlardan foydalanib 
hisoblansin). 

Download 14.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling