Mustaqil o‘zbekiston respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati. Reja


Download 286.3 Kb.
bet2/4
Sana19.01.2023
Hajmi286.3 Kb.
#1101889
1   2   3   4
Bog'liq
Shohsanam

Gorbachev bir guruhi deputatlar va rahbarlar bilan vaziyatni o‘rganish, aniqrog‘i, tazyiq qilish, ta’sirini o‘tkazish maqsadida Boltiqbo‘yiga bordi. Guruhi tarkibida O‘zbekiston Prezidenti I.Karimov ham bor edi. U yerda I.Karimov xaqiqat bilan yuzma-yuz keldi va shunda juda katta qat’iyat va favqulodda jur’at bilan munosabatini bildirdi. Komissiya ishini yakunlamasdanoq Gorbachevni ham, uning manfaatlarini qo‘llab-quvvatlovchi guruhni ham tashlab, tezda orqaga qaytdi. Bu bilan u Boltiqbo‘yi xalqlarinining talablari qonuniy ekanligi, mustaqillik SSSR tarkibidan chiqish-tarixiy xaqiqat, inson haq-huquqlarinining tantanasi ekanligini oshkora namoyon qildi. Xaqiqatdan ham, ittifoq tarkibida turib hech qanday milliy ravnaq, ma’naviy taraqqiyot to‘g‘risida gap bo‘lishi ham mumkin emas edi.

1991-yil avgust oyiga kelib butun mamlakatda voqealar shu darajada chuvalashib ketdiki, uning yechimini topish o‘ta mushkul bo‘lib qoldi.

Shu vaziyatdan foydalanib 19-21-avgust kunlari Moskvada davlat to‘ntarishi qilishga urinib ko‘rildi. Favqulodda holat davlat qo‘mitasi tuzilib, SSSR Prezidenti M. Gorbachev zo‘ravonlik bilan vazifasidan chetlashtirildi 2.Ma’lumki, mustaqillikka erishish ostonasida odamlarning ta’minoti , daromadi, yashashi uchun zarur bo‘lgan kundalik mahsulotlarning eng kam miqdori, ortiqcha ishchi kuchining bandligi kabi masalalardagi ahvol og‘ir bo‘lgan. Buning asosiy sababi – bu yillarda har bir viloyat bo‘yicha aniq dasturlar, ichki rezervlar hisobidan ishni to‘g‘ri tashkil etish, ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiya qilish, qancha miqdorda, kimga va qachon qo‘shimcha xom ashyo ajratish evaziga ahvolni yaxshilash imkoniyatlari to‘g‘risida amaliy tadbirlar bo‘lmagan. Bu davrda yildan-yilga tobora keskinlashib kelayotgan asosiy ijtimoiy muammo – bu aholi o‘rtasida ishsizlar sonining jadal ravishda o‘sib borishi edi.


Mamlakatimiz rahbari o‘sha davrda vujudga kelgan ahvoldan chiqish yo‘li sifatida quyidagilar
a) ishlarning ahvoliga xolis baho berish,respublikadagi vaziyatni sog‘lomlashtirishning konkret va aniq-puxta dasturini ishlab chiqish;
b) hayotning barcha sohalarida qat’iy tartib va intizom o‘rnatish, rahbar kadrlarni joy-joyiga to‘g‘ri qo‘yish, ularga nisbatan talabchanlikni oshirish.ni belgilab berdi:

Download 286.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling