Mustaqil O‘zbekistonning 2018 yilgi muhim va unutilmas sanalar taqvimi


Download 154.4 Kb.

Sana15.06.2018
Hajmi154.4 Kb.

Mustaqil O‘zbekistonning 2018 yilgi muhim va unutilmas sanalar taqvimi 

O‘tmish  va  hozirgi  kunni  bog‘lab  turuvchi  muhim  voqealar,  xalqimiz  ko‘p 

yillardan beri nishonlab kelinayotgan bayramlar va tadbirlar haqidagi ma’lumotlarni 

o‘zida  aks  ettiruvchi  Alisher  Navoiy  nomidagi  O‘zbekiston  Milliy  kutubxonasi 

tomonidan “Mustaqil O‘zbekistonning muhim va unutilmas sanalari” taqvimi 

o‘zbek va rus tillarida har yili tayyorlanishi an’anaga aylangan. 

Ushbu  taqvimda  asosan  o‘lkashunoslik  mazmunidagi  ma’lumotlar  kiritilgan 

bo‘lib, mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotiga oid unitilmas sanalar 

hamda  davlat  va  jamoat  arboblari,  san’at  va  fan  fidoyilarining  tavallud  sanalari 

berilgan. 

Muhim sanalar xronologik tartibda oylar bo‘yicha joylashtirilgan. 

Ushbu taqvim keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan. 



Yanvar 

1 yanvar – Yangi yil bayrami. Yangi yilning birinchi kuni. 

1 yanvar – «XXI asr» ijtimoiy-siyosiy gazetasining ilk soni nashr etilgan kun 

(2004). 


1  yanvar  – O‘zbekiston  Respublikasi  hamda  Slovakiya  Respublikasi  bilan 

o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligi (1993). 



1  yanvar –  O‘zbekiston  Respublikasi  hamda  Chexiya  Respublikasi  bilan 

o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligi (1993). 



2  yanvar –  O‘zbekiston  Respublikasi  Jahon  metrologiya  tashkilotiga  (JMT) 

a’zo bo‘lgan kun (1993). 



2 yanvar – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, adabiyotshunos olim, 

filologiya fanlari doktori, professor Sobir Mirvaliev (1933) tavalludining 85 yilligi. 



5 yanvar – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, kimyogar 

olim Shukur Tolipovich Tolipov (1908-1990) tavalludining 110 yilligi. 



7  yanvar –  O‘zbekiston  Respublikasi  hamda  Turkmaniston  bilan  o‘zaro 

diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligi (1993). 



10 yanvar – Ichki Qo‘shinlar tashkil topgan kun (1992). 

10  yanvar –  O‘zbekiston  qishloq  xo‘jaligi  FA  akademigi,  muhandis 

gidrotexnik-miliorator olim Najim Rahimovich Hamroev (1933-1979) tavalludining 

85 yilligi. 

10  yanvar –  O‘zbekiston  xalq  artisti,  xonanda  Habiba  Xo‘jaevna  Oxunova 

(1943-1994) tavalludining 75 yilligi. 



11 yanvar – O‘zbekiston FA akademigi, fizik olim, fizika-matematika fanlari 

doktori, professor Tolib Musaevich Mo‘minov (1943) tavalludining 75 yilligi. 



12 yanvar – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan 

arbobi,  faylasuf  olim  Jondor  Tulenovich  Tulenov  (1928-2003)  tavalludining  90 

yilligi. 

14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni (1993). 


15  yanvar –  O‘zbekiston  Respublikasi  tarkibida  Buxoro  viloyati  tashkil 

etilganligining (1938) 80 yilligi. 



15  yanvar –  O‘zbekiston  Respublikasi  tarkibida  Toshkent  viloyati  tashkil 

etilganligining (1938) 80 yilligi. 



15  yanvar –  O‘zbekiston  Respublikasi  tarkibida  Farg‘ona  viloyati  tashkil 

etilganligining (1938) 80 yilligi. 



16  yanvar –  Toshkent  shahrida  Xalqaro  Vestminster  universiteti  tashkil 

topgan kun (2002). 



18 yanvar – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, kimyogar 

olim Malik Nabievich Nabiev (1913-1992) tavalludining 105 yilligi. 



21  yanvar –  O‘zbekiston  Respublikasi  hamda  Belorussiya  Respubkasi 

o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligi (1993). 



24  yanvar –  Respublika  baynalmilal  madaniyat  markazi  tashkil  topgan  kun 

(1992). 


26 yanvar – Butunjahon Bojxonachilar kuni (1983). 

27  yanvar –  FA  akademigi,  O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  fan  arbobi, 

akusher-ginekolog,  meditsina  fanlari  doktori,  professor  O‘zbekiston  Islom 

Zohidovich Zokirov (1928-2000) tavalludining 90 yilligi. 

28 yanvar – “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniya tashkil topgan 

kun (1992). 



29 yanvar – O‘zbekiston xalq hofizi, xonanda va bastakor Jo‘raxon Sultonov 

(1903-1965) tavalludining 115 yilligi. 



30 yanvar – O‘zbekiston Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga qabul 

qilingan kun (1992). 



30  yanvar –  O‘zbekiston  Qahramoni,  O‘zbekistonning  Birinchi  Prezidenti, 

davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘anievich Karimov (1938-2016) tavalludining 

80 yilligi. 

30 yanvar – Zargarlar kasb bayrami. 

Yanvar –  “G‘uncha”  boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilari  jurnali  nashr 

qilinayotganligining (1958) 60 yilligi. 



Fevral 

5  fevral  – O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  fan  arbobi,  tarixchi  olim,  tarix 

fanlari doktori professor Komil Oqilovich Oqilov (1928) tavalludining 90 yilligi 



6  fevral –  Abdulla  Qodiriy  nomidagi  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat 

mukofoti ta’sis etilgan kun (1991). 



9  fevral –  Buyuk  o‘zbek  shoiri,  mutafakkir,  davlat  arbobi  Nizomiddin  Mir 

Alisher Navoiy (1441-1501) tavallud topgan kun. 



10  fevral –  O‘zbekiston  xalq  artisti,  kompozitor  Boris  Isakovich  Zeydman 

(1908-1981) tavalludining 110 yilligi. 



10  fevral –  O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  madaniyat  xodimi,  shoir 

Husniddin Sharipov (1933-1915) tavalludining 85 yilligi. 



11  fevral –  Aeroflot  kuni  (1979)  (har  yili  fevral  oyining  ikkinchi 

yakshanbasida nishonlanadi). 



13  fevral –  O‘zbekiston  Respublikasi  Mehnat  va  aholini  ijtimoiy  muhofaza 

qilish vazirligi tashkil etilgan kun (2001). 



14 fevral – O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, davlat 

arbobi,  mohir  sarkarda  Zahiriddin  Muhammad  Bobur  (1483-1530)  tavalludining 

535 yilligi. 

15 fevral – O‘zbekiston Respublikasi hamda Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi 

o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligi (1993). 



15  fevral –  O‘zbekiston  FA  akademigi,  matematik  olim,  fizika-matematika 

fanlari  doktori  professor  Tursun  Abdurahimovich  Azlarov  (1938-2012) 

tavalludining 80 yilligi. 

16  fevral –  O‘zbekiston  Respublikasining  Xalqaro  Iqtisodiy  Hamkorlik 

Tashkiloti (XIHT) ga a’zo bo‘lgan kun (1992). 



16  fevral –  O‘zbekiston  Respublikasi  hamda  Qirg‘iziston  Respublikasi 

o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligi (1993). 



17 fevral – Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi tashkil topgan kun (1863 y., Jeneva). 

20  fevral –  O‘zbekiston  xalq  hofizi  Boltaboy  Rajabov  (1878-1960) 

tavalludining 140 yilligi.      



21 fevral – Xalqaro ona tili kuni (YuNESKO). 

22  fevral –  O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  madaniyat  xodimi,  shoir  Azim 

Suyun (1948) tavalludining 70 yilligi. 



23  fevral –  “O‘zbekiston  Respublikasi  xotin-qizlar  qo‘mitasi”  tuzilgan  kun 

(1991). 


24 fevral – O‘zbekiston FA muxbir a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan 

fan  arbobi,  seleksiyachi  olim  Anatoliy  Ivanovich  Avtonomov  (1898-1968) 

tavalludining 120 yilligi. 

24  fevral –  O‘zbekiston  Respublikasi  xalqaro  pochta  ittifoqiga  a’zo  bo‘lgan 

kun (1994). 



24  fevral –  Toshkent  shahrida  M.  V.  Lomonosov  nomidagi  Moskva  davlat 

universitet filiali tashkil topgan kun (2006). 



25 fevral – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, kinooperator Po‘lat 

Rasulov (1913-1990) tavalludining 105 yilligi. 



25  fevral –  O‘zbekiston  Respublikasi  hamda  Malta  Respublikasi  o‘rtasida 

o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligi (1993). 



26  fevral –  O‘zbekiston  Respublikasi  Xalqaro  Iqtisodiy  Aloqalar  tashkiloti 

(XIA)ga a’zo bo‘lgan kun (1992). 



Mart 

1 mart – Butunjahon fuqarolar mudofaasi kuni. 

1  mart –  Giyohvandlik  va  giyohvand  moddalar  bilan  savdo  qilishga  qarshi 

xalqaro kurash kuni. 



1  mart –  O‘zbekiston  Respublikasida  BMTning  Bolalar  jamg‘armasi  – 

YuNISEF vakolatxonasi ochilgan kun. 



2 mart – Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi BMTga a’zo bo‘lgan kun (1992). 



mart 

– O‘zbekiston  davlat  standartlashtirish,  metrologiya  va 

sertifikatlashtirish agentligi ta’sis etilgan kun (1992). 



2 mart – O‘zbekiston tashkiloti “SIFAT” markazi kuni (1992). 

2 mart – O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llarida yuk va yo‘lovchilar tashish 

xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tashkil topgan kun (2001) 



4 mart – O‘zbekiston Ichki Ishlar vazirligi qorovul qo‘shinlari kuni (1999). 

4  mart –  O‘zbekiston  Favqulodda  Vaziyatlar  vazirligi  tashkil  topgan  kun 

(1996). 


8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami. 

8 mart – O‘zbekiston xalq artisti, raqqosa, baletmeyster va pedagog Qunduz 

Mirkarimova (1928) tavalludining 90 yilligi. 



10  mart –  O‘zbekiston  FA  akademigi,  turkiyshunos  olim,  filologiya  fanlari 

doktori, professor Jaloliddin Azimovich Azimov (1938) tavalludining 80 yilligi. 



10  mart –  O‘zbekiston  FA  akademigi,  zoolog  Ergash  Ismoilovich  Fozilov 

(1933-2014) tavalludining 85 yilligi. 



14 mart –"O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi" faxriy unvoni ta’sis etilgan 

kun (1987). 



14 mart – O‘zbekiston Respublikasi Faxriylar tashkilotlari uyushmasi tuzilgan 

kun (1987). 



15 mart – Xalqaro iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni. 

15 mart – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, faylasuf olim Hasan 

G‘ofurovich Rasulov (1913-1992) tavalludining 105 yilligi. 



17 mart – Butunjahon Dengiz kuni. 

17 mart – “O‘zbekkino” Milliy agentligi tashkil etilgan kun (2004). 

18 mart – O‘zbekiston futbol kuni. 

18  mart –  O‘zbekiston  FA  akademigi, O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  fan 

arbobi,  tarixchi  olim,  tarix  fanlari  doktori,  professor  Zuhriddin  Rasulovich 

Nuriddinov (1918-1988) tavalludining 100 yilligi. 

21 mart – Navro‘z bayrami. Umumxalq bayrami kuni (1992). 

21 mart – Xalqaro qo‘g‘irchoqbozlar kuni (2002). 

21 mart – Xalqaro irqiy kamsitishlarni bartaraf etish uchun kurashish kuni. 

22 mart – Butunjahon suv kuni (1992). 

23 mart – Butunjahon metrologiya kuni (1950). 

23 mart – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, geolog va 

geomorfolog olim Yuriy Aleksandrovich Skvorsov (1898-1968) tavalludining 120 

yilligi. 

24 mart – Butunjahon sil kasalligiga qarshi kurash kuni. 

24  mart –  O‘zbekiston  Respublikasining  chegara  qo‘shinlari  tashkil  etilgan 

kun (1992) 



24 mart – Toshkent shahrida Inxa universiteti tashkil topgan kun (2014). 

27 mart – Xalqaro teatr kuni (1961). 

28 mart – Toshkent shahridagi G. V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot 

universitetining filiali tashkil etilgan kun (2001). 



30 mart – Xalqaro yerni muhofaza qilish kuni. 

Aprel 

1 aprel – Xalqaro kulgi kuni. 

1 aprel – Butunjahon qushlar kuni. 

1  aprel  – Geologlar  kuni  (har  yili  aprel  oyining  birinchi  yakshanbasida 

nishonlanadi). 



2 aprel – Xalqaro bolalar kitobi kuni. 

5 aprel – O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ittifoqi tashkil topgan kun (1993). 

7 aprel – Butunjahon salomatlik kuni (1948). 

7 aprel – Toshkent Islom universiteti tashkil topgan kun (1999). 

9  aprel –  Sohibqiron,  buyuk  sarkarda  Amir  Temur  (1336-1405)  tavallud 

topgan kun. 



9 aprel – Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi va Davlat Gerbi 

tasdiqlangan kun (1993). 



12 aprel – Butunjahon aviatsiya va kosmonavtika kuni (1962). 

13 aprel – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, teatr rassomi Lola 

Abdullaeva (1918) tavalludining 100 yilligi. 



15  aprel –  Yozuvchi,  olim,  jamoat  arbobi  Sadriddin  Ayniy  (1878-1954) 

tavalludining 140 yilligi. 



15  aprel –  Ilm-fan  kuni  (har  yili  aprel  oyining  uchinchi  yakshanbasida 

nishonlanadi). 



17 aprel – Yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari kuni. 

18 aprel – Xalqaro yodgorliklarni va tarixiy joylarni asrash kuni. 

19  aprel –  O‘zbek  xalq  yozuvchisi,  O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan 

madaniyat  xodimi  Shuhrat  (G‘ulom  Aminjonovich  Alimov  1918-1993) 

tavalludining 100 yilligi. 

22 aprel – Xalqaro yer sayyorasi kuni (BMTda 1990 yil e’lon qilingan). 

   23  aprel –  Xalqaro  kitob  va  mualliflik  huquqlarini  himoya  qilish  kuni 

(YuNESKOning 28-konferensiyasida 1995 yilda e’lon qilingan). 



24 aprel – Yoshlarning xalqaro birdamlik kuni (1957). 

26  aprel –  O‘zbekiston  xalq  shoiri,  Jamol  Kamol  (Jamolov  Kamol  1938) 

tavalludining 80 yilligi. 



26 aprel – Amir Temur ordeni ta’sis etilgan kun (1996). 

26 aprel – Xalqaro intellektual mulk kuni. 

27  aprel –  Toshkentda  Turin  politexnika  universiteti  tashkil  topgan  kun 

(2009). 


28 aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni (2003). 

29 aprel – Xalqaro raqs kuni. 

30 aprel – O‘zbekiston Respublikasi hamda Braziliya Federativ Respublikasi 

o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligi (1993). 



30 aprel – O‘zbekiston Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lgan 

kun (1992). 



May 

1  may –  O‘zbekiston  FA  akademigi,  O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan fan 

arbobi, 


tarixchi-arxeolog 

olim  Yahyo  G‘ulomovich  G‘ulomov  (1908-

1977) tavalludining 110 yilligi. 

1 may – Chirchiq shahar Mahalliy tarix muzeyi tashkil etilgan kun (1959). 

2 may – Butunjahon matbuot erkinligi kuni (1934). 

3  may –  O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  fan  arbobi, O‘zbekistonda  xizmat 

ko‘rsatgan tibbiyot xodimi, provizor olim, farmasevtika fanlari doktori, professor 

Hamid Xolmatovich Xolmatov (1923) tavalludining 95 yilligi. 

5  may –  “O‘zbekiston  Qahramoni”  unvoni  va  “Oltin  yulduz”  medali, 

“Mustaqillik”,  “Do‘stlik”  ordenlari  hamda  “Jasorat”,  “Shuhrat”  medallari  ta’sis 

etilgan kun (1994). 

5  may –  O‘zbekiston  FA  akademigi,  O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  fan 

arbobi,  adabiyotshunos  olim,  filologiya  fanlari  doktori,  professor  Matyoqub 

Qo‘shjonov (1918-2005) tavalludining 100 yilligi. 

5 may – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, teatr rassomi Shonazir 

Shorahimov (1908-1968) tavalludining 110 yilligi. 



5 may – O‘zbekiston FA akademigi, tilshunos olim, filologiya fanlari doktori, 

professor Shonazar Shoabdurahmonov (1923-2011) tavalludining 95 yilligi. 



7 may – Radio kuni (1895). 

7  may  – “Sog‘lom  avlod  uchun”  ordeni  ta’sis  etilgan  kun  (O‘zbekiston 

Respublikasining 1993 yil 7 may Qonuni bilan tasdiqlangan). 



8 may – Butunjahon Qizil Xoch tashkilotiga asos solingan kuni (1953). 

9 may – Xotira va Qadrlash kuni – umumxalq bayrami (1999). 

9  may –  O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  fan  arbobi,  tarixchi  olim  Habib 

Tursunovich Tursunov (1913-1987) tavalludining105 yilligi. 



10  may –  O‘zbekiston  FA  akademigi,  O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  fan 

arbobi,  kardiolog,  tibbiyot  fanlari  doktori,  professor  Karim  Yo‘ldoshevich 

Yo‘ldoshev (1933-1999) tavalludining 85 yilligi. 

10  may –  O‘zbekiston  FA  akademigi,  O‘zbekiston  xalq  shoiri,  yozuvchi 

G‘afur G‘ulom (1903-1966) tavalludining 115 yilligi. 



12 may – Xalqaro hamshiralar kuni. 

12  may –  O‘zbekiston  FA  akademigi,  matematik  olim,  fizika-matematika 

fanlari doktori, professor Tojiboy Bo‘riev (1938) tavalludining 80 yilligi. 



15 may – Butunjahon oila kuni (1994). 

17 may – Xalqaro elektraloqa kuni (1969). 

18 may – Xalqaro muzeylar kuni (1977). 

19 may – Toshkentda Xalqaro Islom tadqiqot markazi ochilgan kun (1995). 

19  may –  O‘zbekiston  FA  akademigi,  O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  fan 

arbobi, fizik olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor Nazar Yo‘ldoshevich 

To‘raev (1938) tavalludining 80 yilligi. 

20  may –  O‘zbekiston  Respublikasi tog‘-metalurgiya  sanoati xodimlari  kuni 

(har yili may oyining uchinchi yakshanbasida nishonlanadi) (2001). 



20  may –  O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  fan  arbobi,  O‘zbekiston  xalq 

yozuvchisi Sarvar Olimjonovich Azimov (1923-1994) tavalludining 95 yilligi. 



21 may – Xalqaro metrologiya kuni (YuNESKO qarori bilan har yili shu kun 

nishonlanadi). 



21 may – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, pediatr olim, 

tibbiyot  fanlari  doktori,  professor  Konstantin  Gerasimovich  Titov  (1898-1970) 

tavalludining 120 yilligi. 

22 may – Xalqaro biologik rang-baranglik kuni. 

25  may –  O‘zbekiston  Respublikasi  hamda  Urugvay  o‘rtasida  o‘zaro 

diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 20 yilligi (1998). 



26  may –  O‘zbekiston  xalq  artisti,  changchi,  bastakor  Baxtiyor 

Toshkenboevich Aliev (1938) tavalludining 80 yilligi. 



27 may – Kimyogarlar kuni (1956) (har yili may oyining oxirgi yakshanbasida 

nishonlanadi). 



27  may –  O‘zbekistonda  o‘lka  patologiyasi  asoschilaridan  biri,  jarroh  va 

parazitolog Pyotr Fokich Borovskiy (1863-1932) tavalludining 155 yilligi. 



31 may – Butunjahon tamaki chekishga qarshi kurash kuni. 

31  may –  O‘zbekiston  xalq  artisti,  raqqosa,  baletmeyster,  o‘zbek  ommaviy 

sahna raqsining asoschisi Mukarram Turg‘unboeva (1913-1978) tavalludining 105 

yilligi. 

 Iyun 

1 iyun – Butunjahon bolalarni himoya qilish kuni. 

3  iyun –  Melioratorlar  kuni  (har  yili  iyun  oyining  birinchi  yakshanbasida 

nishonlanadi). 



3  iyun –  O‘zbekiston  FA  akademigi,  O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  fan 

arbobi, huquqshunos olima Xadicha Sulaymonova (1913-1965) tavalludining 105 

yilligi. 

5 iyun – Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni. 

10  iyun –  Yengil  sanoat  xodimlari  kuni  (har  yili  iyun  oyining  ikkinchi 

yakshanbasida nishonlanadi). 



10 iyun – Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etilgan kun (1999). 

14 iyun – Butunjahon donorlar kuni. 

15  iyun –  O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  fan  arbobi,  tarix  fanlari  doktori, 

professor Hamid Ziyoev (1923) tavalludining 95 yilligi. 



16  iyun –  Tibbiyot  xodimlari  kuni  (har  yili  iyun  oyining  uchinchi 

yakshanbasida nishonlanadi). 



17  iyun –  O‘zbekiston  FA  akademigi,O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  fan 

arbobi,  onkolog-radiolog  olim,  tibbiyot  fanlari  doktori,  professor  Narimon 

Qodirovich Murodxo‘jaev (1928) tavalludining 90 yilligi. 

17  iyun –  Olimpiya  yugurish  kuni  (har  yili  iyun  oyining  uchinchi 

yakshanbasida o‘tkaziladi). 



17 iyun – Butunjahon Sahrolanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish kuni. 

19 iyun – Butunjahon bolalar futboli kuni. 

19  iyun –  O‘zbekiston  Respublikasi  hamda  Iroq  Respublikasi  bilan  o‘zaro 

diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligi (1993). 



20  iyun –  O‘zbekiston  Respublikasining  Mustaqillik  Deklaratsiyasi  qabul 

qilingan kun (1990). 



20 iyun – Butunjahon qochoqlar kuni. 

21  iyun  –  O‘zbekiston  FA  akademigi,O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  fan 

arbobi,  jarroh  olim,  tibbiyot  fanlari  doktori,  professor  Shavkat  Ibrohimovich 

Karimov (1943) tavalludining 75 yilligi. 

22 iyun –  Tarixchi  olim  Mirxond  Muhammad  ibn  Xovandshoh  (1433-1498) 

tavalludining 585 yilligi. 



23 iyun – Xalqaro Olimpiada kuni. 

24 iyun – O‘zbekiston Respublikasi hamda Gvineya Respublikasi bilan o‘zaro 

diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligi (1993) 



24  iyun –  O‘zbekiston  Respublikasi  hamda  Gvineya  Ekvator  Respublikasi 

bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligi (1993).  



24 iyun – Savdo, matbuot, kooperatsiyasi va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish 

xodimlari kuni (har yili iyun oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi). 



26 iyun – Butunjahon giyohvandlikka qarshi kurash kuni. 

27 iyun – O‘zbekiston matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni 

(1993 yil 24 iyun O‘zbekiston Respublikasi farmoni). 



30  iyun –  Ixtirochilar  va  ratsianalizatorlar  kuni  (har  yili  iyun  oyining  oxirgi 

shanbasida nishonlanadi). 



30  iyun –  Bibliograf,  kitobshunos,  tarixchi  va  sharqshunos  olim  Yevgeniy 

Karlovich Betger (1887-1956) tavallud topgan kun. 



Iyul 

1  iyul –  O‘zbekiston  Respublikasi  milliy  valyutasi  –  so‘m  muomalaga 

kiritilgan kun (1994). 



1 iyul – Dengiz va daryo floti xodimlari kuni (1976). 

1 iyul – Butunjahon me’morlar kuni (1985). 

2 iyul – O‘zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi tasdiqlangan kun (1992). 

4  iyul  – O‘zbekiston  FA  akademigi,O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  fan 

arbobi, matematik olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor Hojiev Jovvat 

(1938) tavalludining 80 yilligi. 

5  iyul –  Yo‘l  jamg‘armasi  tashkil  etilgan  kun.  (O‘zbekiston  Respublikasi 

Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 5 iyuldagi qaroriga asosan) 



7  iyul  – Xalqaro  kooperatsiya  kuni  (1994)  (har  yili  iyul  oyining  birinchi 

shanbasida nishonlanadi). 



8 iyul – Xalqaro baliqchilar kuni (har yili iyul oyining ikkinchi yakshanbasida 

nishonlanadi). 



8  iyul –  O‘zbekiston  FA  akademigi,  ximik  olim,  texnika  fanlari  doktori, 

professor Boris Mixaylovich Beglov (1938) tavalludining 80 yilligi. 



10  iyul –  O‘zbekiston  Respublikasi  xalqaro  elektraloqa  Ittifoqi  (XEI)ga 

to‘laqonli a’zo bo‘lgan kun (1992). 



10  iyul –  O‘zbekiston  FA  akademisi  muxbir  a’zosi,  O‘zbekistonda  xizmat 

ko‘rsatgan fan arbobi, faylasuf olim Xaydar Po‘latov (1928-1993) tavalludining 90 

yilligi. 

10  iyul –  O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  fan  arbobi,  adabiyotshunos, 

filologiya  fanlari  doktori  Mahmudali  Yunusovich  Yunusov  (1918-1985) 

tavalludining 100 yilligi. 

11 iyul – Butunjahon xalqlari kuni (1989). 

12 iyul –  Ma’rifatparvar, jurnalist, davlat va  jamoat  arbobi  Abdulla  Avloniy 

(1878-1934) tavalludining 140 yilligi. 



13 iyul – O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro Mehnat tashkilotiga a’zo bo‘lgan 

kun (1992). 



14  iyul –  O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  fan  arbobi,  patofiziolog,  tibbiyot 

fanlari  doktori,  professor  Nusrat  Hamidovich  Abdullaev  (1933)  tavalludining  85 

yilligi. 

15 iyul – Fan va madaniyat xalqaro jamg‘armasi tashkil etilgan kun (1996). 

15 iyul – O‘zbekiston xalq rassomi Vladimir Pavlovich Stolyarov (1918-1971) 

tavalludining 100 yilligi. 



15  iyul –  O‘zbekiston  xalq  artisti,  teatr  aktyori  Lutfulla  Nazrullaev  (1903-

1962) tavalludining 115 yilligi. 



20 iyul – Butunjahon shaxmat kuni. 

20  iyul –  O‘zbekiston  Respublikasi  fan  arbobi,  folklorshunos  olim  Malik 

Murodov (1933-2001) tavalludining 85 yilligi. 



20-21 iyul – “Imom al-Buxoriy kuni”. 

25 iyul – Yozuvchi va jurnalist O‘ktam Usmonov (1938-1990) tavalludining 

80 yilligi. 



27 iyul – O‘zbekiston xalq artisti, Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan san’at 

arbobi,  dirijor  Abdug‘ani  Abdumalikovich  Abduqayumov  (1928-2002) 

tavalludining 90 yilligi. 

Avgust 

2 avgust – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan 

arbobi,  kimyogar  olim,  kimyo  fanlari  doktori,  professor  Rashidova  Sayyora 

Sharafovna (1943) tavalludining 75 yilligi. 

4  avgust  – Mahallalar  kuni  (har  yili  avgust  oyining  birinchi  yakshanbasida 

nishonlanadi). 



5  avgust –  Temir  yo‘lchilar  kuni  (1936)  (har  yili  avgust  oyining  birinchi 

yakshanbasida nishonlanadi). 



5  avgust –  Shoir  va  tarjimon  Abdulla  Sher  (Sherov  Abdulla  1943) 

tavalludining 75 yilligi. 



6  avgust –  Butunjahon  yadro  qurollarini  taqiqlash  uchun  kurashish  kuni 

(1946). Xirosima fojeasi kuni. 



9 avgust – Xalqaro jahon tub xalqlari kuni. 

11 avgust – Fizkulturachilar kuni (har yili avgust oyining ikkinchi shanbasida 

nishonlanadi). 



11 (24) avgust – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan 

fan  arbobi,  fizik  olim  Sulton  Umarovich  Umarov  (1908-1964)  tavalludining  110 

yilligi. 

12 avgust – O‘zbekiston xalq rassomi, kulol Muhiddin Karimovich Rahimov 

(1903-1985) tavalludining 115 yilligi. 



12 avgust – Quruvchilar kuni (har yili avgust oyining ikkinchi yakshanbasida 

nishonlanadi). 



12 avgust – O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati tashkil topgan kun. 

13  avgust –  O‘zbekiston  xalq  artisti,  bastakor,  sozanda  Muhammadjon 

Mirzaev (1913-1999) tavalludining 105 yilligi. 



14  avgust –  O‘zbekiston  va  Qoraqalpog‘iston  xalq  artisti,  raqqosa, 

baletmeyster  Yelizaveta  Artyomovna  Petrosova  (Lizaxonim  1913-1997) 

tavalludining 105 yilligi. 

16 avgust – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, ginekolog, 

tibbiyot  fanlari  doktori,  professor  Natalya  Trofimovna  Raevskaya  (1903) 

tavalludining 115 yilligi. 

18  avgust –  O‘zbekiston  qishloq  xo‘jaligi  FA  akademigi,  O‘zbekistonda 

xizmat  ko‘rsatgan  fan  arbobi,  zootexnik  olim  Shavkat  Asomovich  Akmalxonov 

(1933) tavalludining 85 yilligi. 

19  avgust –  O‘zbekiston  Respublikasining  havo  floti  kuni  (1995)  (har  yili 

avgust oyining uchinchi yakshanbasida nishonlanadi). 



19 avgust – “O‘zbekiston-Vatanim manim” qo‘shiq bayrami kuni (1996) (har 

yili avgust oyining uchinchi yakshanbasida nishonlanadi). 



20 avgust – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan 

arbobi,  texnika  fanlari  doktori  professor  Begmamat  Eshkuvvatov  (1938) 

tavalludining 80 yilligi 

22 avgust – Buxoro neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirilgan kun (1997). 

25  avgust –  O‘zbekiston  xalq  hofizi,  kompozitor,  sozanda  Fattohxon 

Mamadaliev (1923-1999) tavalludining 95 yilligi. 



26  avgust –  Shaxtyorlar  kuni  (har  yili  avgust  oyining  oxirgi  yakshanbasida 

nishonlanadi). 



27 avgust – Xalqaro Talabalar Ittifoqiga asos solingan kun. 

27 avgust – Kino kuni (1979). 

28 avgust – “El-yurt hurmati” ordeni va “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni 

ta’sis etilgan kun (1998). 



30 avgust – “Shon-sharaf” ordeni ta’sis etilgan kun (1995). 

30 avgust – “Jaloliddin Manguberdi” ordeni ta’sis etilgan kun (2000). 

31 avgust – Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni (2001). 

Sentabr 

1 sentabr – O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni (1991). 

1  sentabr –  O‘zbekiston  xalqaro  bloklarga  qo‘shmaslik  harakatiga  a’zo 

bo‘lgan kun (1992). 



1  sentabr –  Samarqand  qo‘g‘irchoq  teatri  tashkil  topganligining  40  yilligi 

(1978). 


1 sentabr – Toshkentda Olimpiya shon-shuhrat muzeyi tashkil topgan kun. 

2 sentabr – Neft va gaz sanoati ishchilari kuni (har yili sentabr oyining birinchi 

yakshanbasida nishonlanadi). 



2 sentabr – Yangi 2018-2019 o‘quv yilining boshlanish kuni – Bilimlar kuni. 

4  sentabr –  Buyuk  o‘zbek  mutafakkir  olimi  Abu  Rayhon  Muhammad  ibn 

Ahmad Beruniy (973-1048) tavalludining 1045 yilligi. 



7 sentabr – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan 

arbobi,  filosof  olim,  falsafa  fanlari  doktori  professor  Ibrohim  Mo‘minovich 

Mo‘minov (1908-1974) tavalludining 110 yilligi. 

8 sentabr – Jurnalistlarning Xalqaro birdamlik kuni (1958). 

9 sentabr – O‘zbekiston Respublikasi hamda Argentina Respublikasi o‘rtasida 

o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligi (1993). 



9 sentabr – Butunjahon husn-latofat va go‘zallik kuni. 

10 sentabr – O‘zbekiston FA akademigi, matematik olim, fizika-matematika 

fanlari  doktori,  professor  Mirzayusuf  Mirzamaxmudovich  Musaxanov  (1943) 

tavalludining 75 yilligi. 

10 sentabr – O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan 

san’at arbobi Rahmat Fayziy (1918-1988) tavalludining 100 yilligi. 



11 sentabr – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekiston va Tojikistonda xizmat 

ko‘rsatgan  fan  arbobi,  etnograf,  tilshunos,  eronshunos  olim  Mixail  Stepanovich 

Andreev (1873-1948) tavalludining 145 yilligi. 

13  sentabr –  Alisher  Navoiy  nomidagi  O‘zbekiston  Respublikasi  davlat 

mukofoti ta’sis etilgan kun (1989). 



13  sentabr –  O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  fan  arbobi,  kimyogar  olim, 

texnika  fanlari  doktori,  professor  Fuat  Husainovich  Tojiev  (1913-2001) 

tavalludining 105 yilligi. 

14 sentabr – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan 

arbobi,  ortoped-travmatolog,  tibbiyot  fanlari  doktori,  professor  Odil  Sharipovich 

Shokirov (1908-1986) tavalludining 110 yilligi. 

16 sentabr – Bahouddin Naqshband kuni (1993). 

16 sentabr – Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni (1995). 


16 sentabr – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, tarixchi, 

sharqshunos olim Aleksandr Aleksandrovich Semyonov (1873-1958) tavalludining 

145 yilligi 

17  sentabr –  O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  fan  arbobi,  O‘zbekistonda 

xizmat ko‘rsatgan zootexnik, seleksioner olim Petr Filipovich Kiyatkin (1898-1979) 

tavalludining 120 yilligi. 

18  sentabr –  O‘zbekiston  Xalqaro  Geologiya  Ittifoqiga  (XGI)  a’zo  bo‘lgan 

kun (1993). 



21 sentabr – Xalqaro tinchlik kuni. 

22(23) sentabr – Kuzgi teng-kunlik “Mehrjon” bayrami kuni (Mehrgoh). 

22 sentabr – O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at 

arbobi,  opera  xonandasi  Vyacheslav  Aleksandrovich  Grinchenko  (1938-1998) 

tavalludining 80 yilligi. 

22 sentabr – O‘zbekiston FA akademigi, agronom-iqtisodchi, iqtisod fanlari 

doktori,  professor  Aleksandr  Sergeevich  samutali  (1928-2005)  tavalludining  90 

yilligi 

23 sentabr – O‘zbekiston FA muxbir a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan 

fan arbobi, zoolog, fitogelmintolog olim, biologiya fanlari doktori, professor Ahror 

To‘laganovich To‘laganov (1908-1990) tavalludining 110 yilligi. 

24  sentabr –  Adabiyotshunos  olim,  pedagog,  filologiya  fanlari  doktori, 

professor O‘tkir Shokirov (1938) tavalludining 80 yilligi. 



25  sentabr –  O‘zbekiston  Respublikasi  Milliy  xavfsizlik  xizmati  tashkil 

etilgan kun (1991). 



27 sentabr – Butunjahon turizm kuni. 

27 sentabr – O‘zbekiston xalq shoiri, tarjimon Rauf Parfi (Tursunali Parfiev, 

1943-2005) tavalludining 75 yilligi. 



30  sentabr  – Mashinasozlar  kuni.  (Har  yili  sentabr  oyining  oxirgi 

yakshanbasida nishonlanadi). 



Oktabr 

1 oktabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni (1996). 

1 oktabr – Xalqaro musiqa kuni (1980). 

1 oktabr – Xalqaro qariyalar kuni (1992). 

1 oktabr – Xalqaro shifokorlar kuni (1984). (Har yili oktabr oyining birinchi 

dushanbasida nishonlanadi). 



1  oktabr –  O‘zbekiston  FA  akademigi,  O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan 

qishloq xo‘jaligi xodimi, agrokimyogar, tuproqshunos olim, qishloq xo‘jaligi fanlari 

doktori, professor Jo‘raqul Sattarovich Sattarov (1938) tavalludining 80 yilligi. 

2  oktabr –  O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  fan  arbobi,  qurilish  sohasidagi 

olim,  texnika  fanlari  doktori,  professor  Abbos  Boboevich  Ashrabov  (1913) 

tavalludining 105 yilligi. 

4 oktabr – Butunjahon hayvonlarni himoya qilish kuni. 


6  oktabr  – O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  san’at  arbobi,  san’tshunos 

Abdulxay Rashidovich Umarov (1928-2002) tavalludining 90 yilligi. 



8 oktabr – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan 

arbobi,  tuproqshunos  olim  Sergey  Nikolaevich  Rыjov  (1903-1981)  tavalludining 

115 yilligi. 

9 oktabr – Butunjahon pochta kuni (1874). 

10  oktabr –  O‘zbekiston  xalq  hofizi  Alijon  Erkaev  (1933)  tavalludining  85 

yilligi. 



11 oktabr – O‘zbekiston Respublikasi hamda Marokash Qirolligi bilan o‘zaro 

diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligi (1993). 



12 oktabr – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan 

arbobi,  kibernetik  olim,  fizika-matematika  fanlari  doktori,  professor  Boris 

Anisimovich Bondarenko (1923-2017) tavalludining 95 yilligi.  

13 oktabr – Xalqaro ofatni kamaytirish kuni. 

14 oktabr – Xalqaro standartlashtirish kuni (1946). 

14 oktabr – Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni (har yili oktabr oyining ikkinchi 

yakshanbasida nishonlanadi). 



15 oktabr – O‘zbekiston xalqaro Moliya koorperatsiyasiga a’zo bo‘lgan kun. 

15  oktabr –  O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  fan  arbobi,  biokimyogar  olim 

Mark Arnoldovich Rish (1918) tavalludining 100 yilligi. 



15  oktabr –  O‘zbekiston  FA  akademigi,  O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan 

iqtisodchi,  iqtisodchi  olim  Saidkarim  Ziyodullaev  (1913-2003)  tavalludining  105 

yilligi. 

15  oktabr –  O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  san’at  arbobi,  yozuvchi, 

tarjimon Mirzakalon Ismoiliy (1908-1986) tavalludining 110 yilligi. 



16 oktabr – Butunjahon allergik kasalliklarga qarshi kurash kuni. 

17  oktabr –  Xalqaro  kambag‘alchilikni  bartaraf  etish  uchun  kurashish  kuni 

(1995)        



18 oktabr – Samarqand shahri kuni (1996). 

20 oktabr – Xiva kuni. 

20 oktabr – Butunjahon osteoparozga qarshi kurashish kuni (1999) 

21  oktabr –  Oziq-ovqat  sanoati  xodimlari  kuni  (har  yili  oktabr  oyining 

uchinchi yakshanbasida nishonlanadi). 



21  oktabr –  O‘zbekiston  Respublikasining  Davlat  tili  to‘g‘risidagi  qonun 

qabul qilingan kun (1989). 



22  oktabr –  Estrada  san’atini  rivojlantirish  jamg‘armasi  tashkil  etilgan  kun 

(2001). 


22  oktabr –  Xalqaro  maktab  kutubxonalari  kuni  (har  yili  oktabr  oyining 

to‘rtinchi dushanbasida nishonlanadi). 



22 oktabr – O‘zbekiston Respublikasi hamda Livan Respublikasi bilan o‘zaro 

diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 20 yilligi (1998).  



23 oktabr – O‘zbekiston Respublikasi YuNESKOga a’zo bo‘lgan kun (1993). 

24 oktabr – Xalqaro BMT kuni (1947). 

25 oktabr – Xalqaro tinchlik uchun xotin-qizlar kurashishi kuni. 

25 oktabr – O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar xodimlari kuni. 

25  oktabr –  O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  san’at  arbobi,  dramaturg, 

adabiyotshunos, tarjimon, pedagog Maqsud Shayxzoda (1908-1967) tavalludining 

110 yilligi. 

25  oktabr –  O‘zbekiston  xalq  artisti,  xonanda  va  aktyor  Matyoqub 

Rahimovich Rahimov (1918-1993) tavalludining 100 yilligi. 



25  oktabr –  O‘zbekiston  xalq  yozuvchisi,  O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan 

fan  arbobi,  adabiyotshunos  olim  Pirimqul  Qodirov  (1928-2010)  tavalludining  90 

yilligi. 

28  oktabr –  Avtomobil  transporti  xodimlari  kuni  (har  yili  oktabr  oyining 

oxirgi yakshanbasida nishonlanadi). 



28 oktabr – O‘zbekiston Respublikasi hamda Gana Respublikasi bilan o‘zaro 

diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligi (1993) 



31 

oktabr – 

Toshkentda  Inson  huquqlari  bo‘yicha  O‘zbekiston 

Respublikasining milliy markazi tuzilgan kun (1996). 

Noyabr 

1 noyabr – O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi (XDP) tashkil topgan kun 

(1991). 


1 noyabr – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan 

arbobi,  parazitolog-gelmintolog  olim  Erkin  Hamidovich  Ergasheva  (1933-2004) 

tavalludining 85 yilligi. 

4  noyabr –  O‘zbekiston  Respublikasi  Fanlar  Akademiyasi  tashkil 

etilganligining (1943) 75 yilligi. 



4  noyabr –  O‘zbekiston  Respublikasi  Fanlar  Akademiyasining  tarix  instituti 

tashkil etilganligining (1943) 75 yilligi. 



5  noyabr –  Toshkent  televideniyasining  doimiy  tajriba-sinov  ko‘rsatuvlari 

namoyishi boshlangan kun (1956). 



5 noyabr – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan 

arbobi,  geolog  olim  Aleksandr  Sergeevich  Uklonskiy  (1888-1972)  tavalludining 

130 yilligi. 

7 noyabr – O‘zbekiston xalq artisti Obid Tolipov (1918-1994) tavalludining 

100 yilligi. 



7  noyabr –  Mashhur  sayyoh,  elchi  va  tarixchi  Abdurazzoq  Samarqandiy 

(Kamoliddin  Abdurazzoq  ibn  Jaloliddin  Is’hoq  Samarqandiy  1413-1482) 

tavalludining 605 yilligi. 

8  noyabr –  Tashqi  Ishlar  vazirligi  huzuridagi  tashqi  siyosiy  va  xalqaro 

munosabatlarga oid xabarlarni tarqatuvchi “Jahon axborot agentligi” tashkil etilgan 

kun (1994). 

8  noyabr –  O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  fan  arbobi,  jarroh  olim  Mixail 

Petrovich Postolov (1913-1990) tavalludining 105 yilligi. 



10 noyabr – Butunjahon Yoshlar kuni (1945). 

11  noyabr –  Tibbiyot  xodimlari  kuni  (har  yili  noyabr  oyining  ikkinchi 

yakshanbasida nishonlanadi). 



11  noyabr –  O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  fan  arbobi,  psixolog  olim 

Muhammad Gabdulgalimovich Davletshin (1923-2011), tavalludining 95 yilligi. 



 12 noyabr – Butunjahon sifat kuni (1989). 

12 noyabr – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, huquqshunos olim 

Orif Hakimovich Rasulov (1908-1975) tavalludining 110 yilligi. 



13 noyabr – O‘zbekiston FA akademigi, faylasuf olim, falsafa fanlari doktori, 

professor Jumanazar Bozorboev (1933) tavalludining 85 yilligi.  



14 noyabr – Xalqaro qandli diabetga qarshi kurash kuni. 

15 noyabr – “Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-

demokratik” partiyasi ta’sis etilgan kun (2003). 



15 noyabr – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan 

va  texnika  arbobi,  kimyogar  olim  Obid  Sodiqovich  Sodiqov  (1913-1987) 

tavalludining 105 yilligi. 

16 noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni. 

16 noyabr – YuNESKOning Nizomi tasdiqlangan kun (London, 1945 y.) 

17 noyabr – Xalqaro talabalar kuni (1946). 

18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i tasdiqlangan kun 

(1991). 


18 noyabr – O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at 

arbobi, kinorejissyor Melis Oripovich Abzalov (1938-2016) tavalludining 80 yilligi. 



19 noyabr – O‘zbekiston Qurolli kuchlari artilerriyasi kuni. 

20 noyabr – Bola huquqlari Deklaratsiyasi qabul qilingan kun (1959). 

21 noyabr – Butunjahon televideniya kuni (1996). 

21 noyabr – Butunjahon salomatlik uchun kurashish kuni (1913). 

21 noyabr – Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasi tashkil topgan 

kun (1995). 



23 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi hamda Albaniya Respublikasi o‘rtasida 

o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligi (1993). 



23 noyabr – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan 

arbobi, matematik olim, fizika-matematematika fanlari doktori, professor Mahmud 

Salhitdinovich Salohitdinov (1933) tavalludining 85 yilligi. 

26  noyabr –  Paxta  bayrami  (har  yili  noyabr  oyining  oxirgi  yakshanbasida 

nishonlanadi). 



Dekabr 

1  dekabr –  Butunjahon  orttirilgan  immunitet  tanqisligi  sindromi  (OITS) 

kasalligiga qarshi kurash kuni. 



1  dekabr –  O‘zbekiston  FA  akademigi,  O‘zbekiston  va  Qoraqalpog‘istonda 

xizmat  ko‘rsatgan  fan  arbobi,  geolog  olim  Hosil  Nurmatovich  Boymuhamedov 

(1918-1990) tavalludining 100 yilligi. 


3 dekabr – Xalqaro nogironlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish kuni 

(1993). 


3  dekabr –  O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  madaniyat  xodimi,  shoir, 

jurnalist Sulton Akbariy (Akbarov Sulton, 1923-1997) tavalludining 95 yilligi. 



4  dekabr –  O‘zbekiston  Faxriylari  ijtimoiy  qo‘llab-quvvatlab  himoyalash 

“Nuroniy” jamg‘armasi tashkil topgan kun (1996). 





dekabr – 

Qoraqalpog‘iston  Respublikasining  Davlat  Madhiyasi 

tasdiqlangan kun (1993). 

5 dekabr – Xalqaro ko‘ngillilar kuni. 

5 dekabr – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan 

arbobi,  bioximik-genetik  olim  Jo‘ra  Azimboevich  Musaev  (1928-2014) 

tavalludining 90 yilligi. 

7 dekabr – O‘zbekiston xalq artisti, opera xonandasi Halima Nosirova (1913-

2003) tavalludining 105 yilligi. 



8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun 

(1992). 


9 dekabr – O‘zbekiston FA akademigi, faylasuf olim Mubindjona Baratovich 

Baratov (1933-2005), tavalludining 85 yilligi. 



10 dekabr – Inson haq-huquqlari kuni (1948). 

10 dekabr – O‘zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi qabul qilingan 

kun (1992). 



10 dekabr – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan 

arbobi, nevropatolog olim Nabi Madjidovich Madjidov (1928-2010) tavalludining 

90 yilligi. 

11 dekabr – YuNISEF-BMT Bolalar fondi tashkil topgan kun (1946). 

11  dekabr –  “Toshkent  haqiqati”  gazetasi  chiqa  boshlanganining  90  yilligi 

(1928) . 



12 dekabr – O‘zbekiston va Tojikistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, tojik 

adabiyotshunos  olimi  Abdulg‘ani  Muhammadovich  Mirzoev  (1908-1985) 

tavalludining 110 yilligi. 

12 dekabr – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan 

arbobi,  biokimyogar-genetik  olim  Ahmad  Pochchaevich  Ibrohimov  (1928-2008) 

tavalludining 90 yilligi.  

14  dekabr –  Qoraqalpog‘iston  Respublikasining  suverenligi  e’lon  qilingan 

kun (1990). 



14 dekabr – Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat Bayrog‘i tasdiqlangan 

kun (1992). 



16 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi FIFAga a’zo bo‘lgan kun (1992). 

16  dekabr –  O‘zbekiston  xalq  artisti,  aktrisa  Erkli  Vohidovna  Malikboeva 

(1928) tavalludining 90 yilligi. 



18 dekabr – Xalqaro migrantlar kuni (1990) 

18 dekabr – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan 

arbobi, tilshunos olim Azim Xodjiev (1933-2012) tavalludining 85 yilligi. 



20  dekabr –  O‘zbekiston  FA  akademigi,  Qoraqalpog‘istonda  xizmat 

ko‘rsatgan fan arbobi, mikrobiolog olim, tibbiyot fanlari doktori, professor Chorjua 

Abdirovich Abdirov (1933-1997) tavalludining 85 yilligi. 

20  dekabr –  O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  fan  arbobi,  terapevt  olim 

Nozima Abdullaevna Dehqonxo‘jaeva (1928) tavalludining 90 yilligi. 



21 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqil Davlatlar hamdo‘stligi (MDH 

1991) tashkilotiga a’zo bo‘lgan kun. 



22 dekabr – Energetika xodimlari kuni. 

 22  dekabr –  O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  fan  arbobi,  faylasuf  olim 

Rustam Xakimovich Abdushukurov (1908-1981) tavalludining 110 yilligi.  

 23  dekabr –  O‘zbekiston  xalq  artisti,  rejissyor  va  aktyor  Najimatdin 

Ansatbaev (1943) tavalludining 75 yilligi. 



24 dekabr – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan 

arbobi,  texnika  sohasidagi  olim  Oqil  Umurzoqovich  Salimov  (1928-2014) 

tavalludining 90 yilligi. 

24 dekabr – O‘zbekistonda xizmat qo‘rsatgan san’at arbobi, O‘zbekiston xalq 

shoiri, dramaturg Turob To‘la (To‘la Xodjaev, 1918-1990) tavalludining 100 yilligi. 



25  dekabr –  Surxondaryo  viloyati  Muzrabot  tumani  tashkil  etilganining 

(1968) 50 yilligi. 



25  dekabr –  Qoraqalpog‘iston  Respublikasining  Nukus  tumani  tashkil 

etilganining (1968) 50 yilligi. 



28 dekabr – Jizzax viloyati tashkil etilganligining (1973) 45 yilligi. 

29  dekabr –  Respublika  Davlat  Mustaqilligi  masalasi  bo‘yicha  umumxalq 

Referendumi  hamda  O‘zbekiston  Respublikasining  birinchi  Prezidenti  saylovi 

bo‘lib o‘tgan va unda Islom Karimov Prezident etib saylangan kun (1991). 

29 dekabr – O‘zbekiston FAning muxbir a’zosi, arxeolog va sharqshunos olim 

Vasiliy Afanasevich Shishkin (1893-1966) tavalludining 125 yilligi. 



29 dekabr – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, naqqosh, yog‘och 

o‘ymakor Tohir To‘xtaxo‘jaev (1918-1976) tavalludining 100 yilligi. 



30  dekabr –  O‘zbekiston  FA  akademigi,  sharqshunos  olim  Sabohat 

Azimjonovna Azimjanov (1923-2001) tavalludining 95 yilligi. 



30  dekabr –  O‘zbekiston  xalq  rassomi,  rangtasvir  ustasi  Abdulhaq 

Oqsoqolovich Abdullaev (1918-2001) tavalludining 100 yilligi. 



31 dekabr – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, ifeksionist, tibbiyot 

sohasidagi olim Hasana Ahmadjanovna Yunusova (1918) tavalludining 100 yilligi. 



2018 yilda nishonlanadigan sanalar  

O‘rta osiyolik buyuk matematik, astronom, geograf, qomusiy olim Abu Ja’far 

Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783-850) tavalludining 1235 yilligi. 

Fors-tojik  shoiri  Abu  Abdulla  Ja’far  Rudakiy  (858-941)  tavalludining  1160 

yilligi. 

Ulug‘ mutafakkir va qomusiy olim Abu Nasir Farobiy (873-950) tavalludining 

1145 yilligi. 


Ulug‘ o‘zbek mutafakkir olimi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy 

(973-1048) tavalludining 1045 yilligi. 

Matematik,  astronom,  faylasuf,  hakim  va  mutafakkir  shoir  Umar  Xayyom 

(1048-1131) tavalludining 970 yilligi. 

Tasavvuf  tariqatining  asoschisi  Abduxoliq  G‘ijduvoniy  (1103-1179) 

tavalludining 915 yilligi. 

Xorazmshohlar  davlatining  so‘ngi  hukumdori,  mohir  sarkarda  Jaloliddin 

Manguberdi (1198-1231) tavalludining 820 yilligi. 

Naqshbandiya  tariqatining  asoschisi  Bahouddin  Naqshband  (1318-1389) 

tavalludining 700 yilligi. 

Falakiyotshunos va riyoziyotchi olim Ali Qushchi (Mavlono Alouddin Ali ibn 

Muhammad Qushchi Samarqandiy 1403-1474) tavalludining 615 yilligi. 

Mashhur  sayyoh,  elchi  va  tarixchi  Abdurazzoq  Samarqandiy  (1413-1482) 

tavalludining 605 yilligi. 

Tarixchi  olim  Mirxond  Muhammad  ibn  Xovandshoh  (1433-1498) 

tavalludining 585 yilligi. 

O‘zbek  mumtoz  adabiyotining  namoyandalaridan.  Xuroson  hukumdori  va 

shoir Husayn Boyqaro (1438-1506) tavalludining 580 yilligi. 

O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, davlat arbobi, mohir 

sarkarda Mirzo Bobur (1483-1530) tavalludining 530 yilligi. 

Ozarbayjon shoiri va mutafakkiri Muhammad Sulaymon Fuzuliy (1498-1566) 

tavalludining 515 yilligi. 

Turkman  shoiri  va  mutafakkiri  Mahtumquli  (1733-1791)  tavalludining  280 

yilligi. 

Shoir, tarixnavis, tarjimon, xattot Munis Xorazmiy (1778-1829) tavalludining 

235 yilligi. 

O‘zbek shoiri Zavqiy (Ubaydullo Solih o‘g‘li 1853-1921) tavalludining 160 

yilligi. 

O‘zbek  shoiri  Zokirjon  Xolmuhammad  o‘g‘li  Furqat  (1858-1909) 

tavalludining 155 yilligi. 

O‘zbek  dostonchisi  Saidmurod  Panoh  o‘g‘li  (1858-1945)  tavalludining  155 

yilligi. 

O‘zbek  xalq  shoiri,  dostonchi  Ergash  Jumanbulbul  o‘g‘li  (1868-1937) 

tavalludining 145 yilligi. 

Siyosat  va  ma’rifat  arbobi  Munavvarqori  Abdurashidxonov  (1878-1931) 

tavalludining 135 yilligi. 

Yozuvchi, olim, jamoat arbobi Sadriddin Ayniy (1878-1954) tavalludining 135 

yilligi. 

O‘zbekiston  FA  akademigi,  O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  fan  arbobi, 

geolog olim Aleksandr Sergeevich Uklonskiy (1888-1972) tavalludining 130 yilligi. 

O‘zbek  kino  san’atining  asoschisi,  ilk  o‘zbek  kino  aktyori,  kinorejissyor 

Sulaymon Xo‘jaev (1893-1937) tavalludining 125 yilligi. 



Shoir,  yozuvchi,  dramaturg,  tarjimon,  tanqidchi  va  jamoat  arbobi  Cho‘lpon 

(Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Yunusov 1898-1938) tavalludining 120 yilligi. 

O‘zbekiston xalq shoiri G‘afur G‘ulom (1903-1966) tavalludining 115 yilligi. 

O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  san’at  arbobi,  shoir,  dramaturg,  pedagog 

Maqsud Shayxzoda (1908-1967) tavalludining 110 yilligi. 

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, kimyogar olim Malik 

Nabievich Nabiev (1913-1992) tavalludining 105 yilligi. 

O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  fan  arbobi,  huquqshunos  olima  Xadicha 

Sulaymonova (1913-1965) tavalludining 105 yilligi. 

O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  fan  arbobi,  faylasuf,  olim  Rasulov  Hasan 

G‘ofurovich (1913-1992) tavalludining 105 yilligi. 

 O‘zbekiston  xalq  artisti,  raqqosa,  baletmeyster,  o‘zbek  ommaviy  sahna 

raqsining asoschisi Mukarram Turg‘unboeva (1913-1978) tavalludining 105 yilligi. 

O‘zbekiston  xalq  artisti,  opera  xonandasi  Halima  Nosirova  (1913-2003) 



tavalludining 105 yilligi. 

 


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling