Mustaqil sih
Bolalarni matematik jixatdan maktabga tayyorgarliklarini tashxis etish
Download 24.17 Kb.
|
7-22-guruh talabasi Tuychiyeva Barno 4
Bolalarni matematik jixatdan maktabga tayyorgarliklarini tashxis etish.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim tarbiyasiga qо‘yiladigan davlat talablarini hayotga joriy etish keng kо‘lamli ish bо‘lib, u bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Talablarda belgilangan kо‘rsatkichlarga erishish uchun davlat tomonidan zaruriy shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratiladi. Halq ta’limi vazirligi xamda joylardagi ta’lim — tarbiyaga tegishli bо‘lgan tashkilotlar va muassasalar talablarni hayotta joriy etish yuzasidan о‘z faoliyatini maqsadli yо‘nalishda olib boradilar. Bolalarning bilim, kо‘nikma va malakalari har о‘quv yilining 9-kunida tayanch dasturda keltirilgan talablar asosida nazorat mashg‘ulotlari orqali tekshirib boriladi. 6 — 7 yoshdagi bolalarning maktabga tayyorlik darajasi ushbu davlat talablari, kо‘rsatkichlari asosida о‘quvchilarni kasb-hunarga yо‘naltirish va pedagogik-psixologik tashxis markazi mutaxassislari tomonidan tekshiriladi. Davlat talablari kо‘rsatkichlariga erishish «Bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash tayanch dasturi» asosida bolalarning ilk va 6 — 7 yoshga yetgunga qadar amalga oshiriladi. Bolalarning bilim, kо‘nikma va malakalari har о‘quv yili yakunida tayanch dasturda keltirilgan talablar asosida nazorat mashg‘ulotlari orqali tekshirib boriladi. 6-7 yoshli bolalarning maktabga tayyorgarlik darajasi ushbu Davlat talablari kо‘rsatkichlari asosida tekshiriladi. Tashxis о‘tkazish, bolaning rivojlanganligi va maktabda ta’lim lishga tayyorgarligi darajasini aniklash maksadida turli usullarning bir necha variantlari berilmoqda. Biroq bu xar bir bolaga tashxis qо‘yishda maskur uslublarning barchasini qо‘llash zarur, degani emas. Bolani tashxisdan о‘tkazishni majburiylikka asoslanmagan, ishonchli suxbat yoki о‘yin tartibida olib borgan ma’qul. Toki bola о‘zini tekshirilayotganligini sezmasin. Bolani berilgan savollarga javob bervyotganda shoshirmaslik, uning kizikishini sо‘ndirmaslik uchun suxbat va tavsiya etilayotgan uyinlardan 2-3 tasini о‘tkazgan ma’qul. Bir marta tashxis о‘tkazish vakti 20-25 minutdan oshmasligi lozim. Barcha turdagi maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar uchun majburiy bо‘lgan xamda ota-onalarning xam bolani maktabga tayyorligini aniqlash va bola rivojlanishidagi ayrim jixatlarni chuqurrok yechishlariga imkon beruvchi asosiy tashxislash usullarining asosiylarga quyidagilar kiradi: 1. Bolalarning sog‘lig‘i va jismoniy rivojlanganligi holatini tashxislash. Maktabga qabul kilinishdan oldin barcha bolalar о‘z yashash joylaridan bolalar poliklinikasi tarkibida tor mutaxassislik bо‘yicha shifokorlardan iborat bо‘lgan tibbiy komissiya tekshiruvidan o’tishi shart. Ular bolaning sogligi va maktabga tayyorgarligi xaqida о‘z hulosalarini berishadi. Mazkur tekshiruvning erta bahorda o’tkazilishi bolada aniqlangan yetishmovchiliklarni yoz davomida dispanserizatsiyada tо‘ldirib olish imkonini beradi. Xarakatning asosiy turlari, qо‘l musqullari sport o’yinlarining oddiy kо‘nikmalari, xarakat sifati rivojlanganligini musobaqa, estafeta tarzida о‘tkaziladigan sport va xarakatli o’yinlar davomida tekshirish mumkin. 2. Bolaning shaxsiy – psixologik va aqliy rivojlanganligini tashxislash. 3.Ta’lim olish faoliyatining kо‘nikma va ilk zaminini aniqlash tashxisi: Bolaning о‘quv faoliyatiga ilk zamin va kо‘nikmalarni egallaganligi va darajasini aniqlash uchun J.Saidnazarova tomonidan tayyorlangan savollar jamlanmasi tavsiya etiladi. Xulosa. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, shunday xulosa qilish mumkinki, bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish tarbiyachi (pedagog) rahbarligida, maqsadli tashkil qilingan faoliyat jarayonida samarali rivojlanadi. Tarbiyachi (pedagog) rahbarligida ta’lim jarayonida umumiylashtirish, fikrlash, mantiqiy bog'lash bilimlari rivojlanadi va bu pedagogik jarayonda o‘z aksini albatta topadi. Fan-texnika va hayotning zamonaviy rivojlanish darajasi maktabgacha ta’lim oldiga o‘sib kelayotgan yosh avlodlarga ta’lim-tarbiya berish jarayonini uzluksiz tako-millashtirish vazifasini qo‘yadi. Psixologlar, pedagoglar va metodistlar tajribali o‘qituvchilar bilan birgalikda matonat bilan darsni tashkil etish yo‘llari, shakllari hamda uslublarini izlashmoqda, bilim va ko‘nikmalar sifatini ko‘tarish sharoitlari ishlab chiqilmoqda. Ta’lim-tarbiya sifatini kuchaytirish talablarini qo‘yayotganda yosh avlod bilan matonatli xizmat qilish muhimdir, maktabgacha ta’lim faqatgina aniq bilimlar hajmini belgilabgina qolmay, balki o‘zlashtirilgan bilimlar, olingan natijalar asosida bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirishdan iboratdir. Download 24.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling