Mustaqil ta’lim 2 Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyaga kirish


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
Sana28.12.2022
Hajmi0.72 Mb.
#1071006
Bog'liq
Mustaqil talim 2



Mustaqil ta’lim 2
1.Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyaga kirish
2.Psixik jarayonlarni shakllanishida tilning ahamiyati
3.Shaxsni evolyusion jihatdan rivojlanishi
4.Harakat inson faoliyatning birligi sifatida
5.Xatti-harakat qurilmalari
Qiyosiy psixologiya - bu hayvonlarning xulq-atvorini o'rganish bilan bog'liq
psixologiya sohasi. Hayvonlarning xulq-atvoridagi zamonaviy tadqiqotlar
Charlz Darvin va Georges Romanesning ishi bilan boshlangan va bu soha
ko'p sohaga mo'ljallangan mavzuda rivojlangan. Bugungi kunda biologlar,
psixologlar , antropologlar, ekologlar, genetikchilar va boshqalar
hayvonlarning xulq-atvorini o'rganishga hissa qo'shmoqda.
Qiyosiy psixologiya ko'pincha hayvonlarning xulq-atvorini o'rganish uchun
taqqoslash usulidan foydalanadi. Qiyosiy uslub evolyutsion munosabatlarni
anglash uchun turlar orasidagi o'xshashlik va farqlarni taqqoslashni o'z
ichiga oladi. Qiyosiy usul shuningdek zamonaviy hayvon turlarini qadimgi
turlarga solishtirish uchun ham ishlatilishi mumkin.
Qiyosiy psixologiyaning qisqacha tarixi
Charlz Darvin va Jorj Romanes shogirdlaridan Per Flourens 1864 yilda nashr
etilgan « Qiyosiy psixologiya» (Psychologie Comparée ) kitobida termini
birinchi marta ishlatgan. 1882 yilda Romanlar « Animal Intelligence» nomli
kitobini chop etib, va hayvon va inson harakatlarini taqqoslash tizimi.
Boshqa muhim qiyosiy fikrlovchilardan Lloyd Morgan va Konrad Lorens
ham bor edi. Qiyosiy psixologiyaning rivojlanishiga, jumladan, Ivan Pavlov
va Eduard Torndike va Jon B. Watson va BF Skinner .
Nima uchun hayvonlar xatti-harakatlarini o'rganish kerak?
Xo'sh, nega hayvonlarning o'zini tutishlarini o'rganishni xohlaysiz? Qanday
hayvonlarni o'rganish va turli turlarni taqqoslash insoniy xatti-harakatlar
haqida foydali ma'lumotlarni taqdim etishi mumkin?
Evolyutsion jarayonlarni tushunish uchun. Amerika Psixologiya
Assotsiatsiyasining oltinchi bo'limi bo'lgan Behriy nevrologiya va qiyosiy
psixologiya jamiyati inson va hayvonlarning xatti-harakatlaridagi
o'xshashlik va farqlarga qarash, shuningdek, rivojlanish va evolyutsion
jarayonlar haqida tushunchalar olish uchun foydali bo'lishi mumkinligini
ko'rsatadi.
2.Psixik xodisalar–bu faoliyatning hozir ta'sir etayotgan (sеzgi, idrok) yoki
qachonlardir, ya'ni turmush tajribada (xotira) yuz bеrgan qo`zg`oluvchiga
javob tarzida ro`y bеradigan ana shu ta'sirni umumlashtiradigan, ular
pirovard natijada olib kеladigan natijalarni (tafakkur, xayol) oldindan ko`ra
olishga yordam bеradigan, bir xil ta'sirlar natijasida faoliyatni (xis–tuyg`u,
iroda) kuchaytiradigan yoki susaytiradigan, umuman faollashtirib
yuboradigan va boshqa xildagi ta'sirlar oqibatida uni tormozlaydigan,
odamlar xulq–atvoridagi (tеmpеramеnt, xaraktеr va b.) tafovutlarni


aniqlaydigan doimiy boshqaruvchilaridir.
Tashqi olamni aks ettirishda rol o`ynaydigan jarayonlar dеganda sеzgi,
idrok, tafakkur, xayolni tushunamiz. Biroq boshqa psixik jarayonlar ham
ta'sir ko`rsatadi.
Psixik jarayonlarda I signallar tizimi bilan bir qatorda odam uchun xos
bo`lgan II signallar tizimi ham ahamiyatlidir.
Xoxlagan psixik jarayonning sodir bo`lishi va davom etishi shunday bir
ruhiy xodisaga bog`liqki u barcha jarayonlarda ishtirok etadi, uning
samaradorligiga ta'sir o`tkazadi. Bu diqqatdir. Diqqat ongning bir nuqtaga
qaratilishi bo`lib, shaxsning aktivligini hamda uning ob'еktiv borliqdagi
narsa va xodisalarga tanlovchi munosabatini xaraktеrlaydi. Diqqat
bo`lmasa, aniq maqsadga qaratilgan faoliyat ham bo`lmaydi. Diqqatning
uch turi bor: ixtiyorsiz, ixtiyoriy, ixtiyoriydan so`nggi diqqat turi. Diqqatning
quyidagi xususiyatlari bor: diqqat ko`lami, davomiyligi, taqsimlanishi,
chalg`ishi, ko`chishi, mazmuni va diqqat barcha kasb egalari uchun ham
birday zarurdir. Ilm olish, kasb egallash, sifatli mahsulot ishlab chiqarish,
el–yurt xurmatiga sazovor bo`lish uchun ongni bir nuqtaga to`plab faoliyat
ko`rsatish zarur.
Sеzgilar. Tеvarak atrofdagi olamning boyligi haqida, tovushlar va ranglar,
xidlar va xarorat, miqdor va boshqa ko`plab narsalar to`g`risida biz sеzgi
a'zolari vositachiligida axborotlarga ega bo`lamiz. Sеzgi dеb sеzgi
a'zolarimizga bеvosita ta'sir etib turgan narsa yoki xodisalarning ayrim sifat
va xodisalarning ayrim sifat xossalarining ongimizga aks ettirilishiga
aytamiz. Biz turli ranglarni, ta'mlarni, og`ir–еngilni, issiq–sovuqni,
tovushlarni sеzamiz. Sеzgi a'zolari axborotni qabul qilib oladi, saralaydi,
jamlaydi va miyaga еtkazib bеradi.
Sеzgi a'zolari tashqi olamning kishi ongiga kirib kеladigan yagona yo`lidir.
Sеzgi a'zolari kishiga tеvarak atrofdagi olamda mo`ljal olish imkonini
bеradi.
3.Hayvonlar psixikasining paydo bo’lishi va o‘sib taraqqiy qilinishini
yuksakdarajada taraqqiy etgan psixikaning, ya’ni faqat insonga xos bo‘lgan
ongning ilk tarixi arafasi desa bo‘ladi. Inson ong egasi bo‘lganligi tufayli
hodisalaming o‘zaro sababiyatlari, bog‘lanishlarini va bu bog'lanishlarning
natijalarini ochib ola biladi, o‘z oldiga muayyan maqsadlar qo‘yadi va shu
maqsadlarga yarasha ish ko‘radi.
Psixologiya fanida inson zotiga xoslik masalasi individ (lotincha individ
ajralmas, aloshida zot degan ma'no anglatadi), shaxs, individuallik
(yakkashollik) tushunchalari orqali aks ettiriladi. Katta yoshdagi ruhiy
sog’lom (esi-shushi joyida) odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo’q, oddiy
malakalarni o’zlashtira olmaydigan aqli zaiflar ham individlar deb ataladi.
Psixik holatlar, hodisalar (shissiyot, xoshish, orzu, tafakkur va shu kabilar)
uzluksiz ravishda o’zgarib turishi, ijtimoiy guruhlarda, shayotiy vaziyatlarda
odam o’z zimmasiga olgan rollariga aloqador xulq-atvorning o’zgarishi,


yoshni ulg’ayib borishi ham shaxsning psixologik qiyofasi (milliylik, etnik
ta'sir asosida) muayyan darajada barqarorlikni saqlaydi.
.Hozirgi zamon jahon psixologiyasida biologik (tabiiy) va ijtimoiy (sosial)
omil (faktor) ning, voqelikning ta'siri ostida shakllangan inson shaxsida
ikkita muhim qism bo’lganligini tasdiqlovchi nazariya yuksak mavqeni
egallab turibdi. Mazkur nazariyaga binoan "ichki psixik" ("endopsixik" -
yunoncha "endo" ichki degan ma'noni bildiradi) qismlarga ajratiladi, degan
g’oyani ilgari suriladi. Ushbu talqinga ko’ra "endopsixika" shaxsning psixik
tuzilishining ichki qismlari sifatida psixik elementlar va funksiyalarning
o’zaro bog’liqligi aks ettiriladi.
Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon
bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab
jarayondir. Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga,
eski sifatlardan yangi holatlarga o‘tish, yangilanish, yangining paydo
bo‘lishi, eskining yo‘qolib borishi, miqdor o‘zgarishining sifat o‘zgarishiga
o‘tishini ifodalaydi. Rivojlanishining manbai qarama-qarashliklarni
o‘rtasidagi kurashdan iboratdir.
SHaxs – muayyan jamiyatning a’zosi bo’lib, u psixologik jihatdan taraqqiy
etgan, o’z xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib
turadi.
Kadrlar tayyorlash milliy modelida ham shaxs – kadrlar tayyorlash
tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining
iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida ta’riflanadi.
SHaxs rivojlanishida irsiyat, muhit, tarbiya bilan bir qatorda inson faoliyati
ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu degani inson qanchalik mehnat qilsa,
uning rivojlanishi shunchalik yuqori bo’ladi.
Faoliyat o’zi nima? Faoliyat inson tomonidan tabiiy va ijtimoiy hayotni
maqsadga muvofiq o’zgartirishga yo’naltirilgan ijtimoiy-tarixiy
turmushning o’ziga xos shaklidir. Insonning qobiliyati va yoshi u tomonidan
tashkil etilayotgan faoliyat mohiyatiga ko’ra belgilanadi.
Faoliyat jarayonida inson shaxsi, har tomonlama va bir butun, yaxlit holda
rivojlanadi. Lekin faoliyatni maqsadga muvofiq amalga oshirishi uchun uni
to’g’ri tashkil etish lozim. Lekin ko’p holatlarda shaxsning rivojlanishi uchun
imkoniyatlar yaratilmaydi, tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy mehnat, bilish
faoliyatlari cheklangan bo’ladi.
4.Shaxs va uning faolligi
Jamiyat bilan doimiy munosabatni ushlab turuvchi , o’z-o’zini anglab , har
bir harakatni muvofiqlashtiruvchi shaxsga xos bo’lgan eng muhim va
umumiy xususiyati- bu uning faolligidir.
Faollik- (lotincha “actus”- harakat , “activus”- faol so’zlaridan kelib chiqqan
tushuncha) shaxsning hayotdagi barcha xatti harakatlarini namoyon
etishini tushuntiruvchi kategoriyalardir. Bu o’sha oddiy qo’limizga qalam
olib , biror chiziq tortish bilan biologik bog’liq elementar harakatimizdan
tortib, toki ijodiy uyg’onish paytlarimizdan amalga oshiriladigan mavhum


fikrlashimizgacha bo’lgan murakkab harakatlarga aloqador ishlarimizni
tushuntirib beradi.
Fanda inson faolligining asosan ikki turi farqlanadi:
A) Tashqi faollik- bu tashqaridan o’z ichki istak xohishlarimiz ta’sirida
bevosita ko’rish, qayd qilish mumkin bo’lgan harakatlarimiz ,
mushaklarimizning harakatlari orqali namoyon bo’ladigan faollik
B) Ichki faollik- bu bir tomondan u yoki bu faoliyatni bajarish mobaynidagi
fiziologik jarayonlar ( moddalar almashinuvi , qon aylanish, nafas olish,
bosim o’zgarishlari) hamda ikkinchi tomondan bevosita psixik jarayonlar ,
ya’ni aslida ko’rinmaydigan , lekin faoliyat kechishiga ta’sir ko’rsatuvchi
omillarni o’z ichiga oladi.
Inson faolligi “harakat”, “faoliyat”, “xulq” tushunchalari bilan chambarchas
bog’liq bo’lib, shaxs va uning ongi masalasiga borib taqaladi . Shaxs aynan
turli faolliklar jarayonida shakllanadi, o’zligini namoyon qiladi.
Faoliyat turlari
Jismoniy va aqliy harakatlar. Har qanday faoliyat real shart-sharoitlarda,
turli usullarda va turlicha ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. Qilinayotgan har
bir harakat ma’lum narsaga – predmetga qaratilgani uchun ham , faoliyat
predmetli harakatlar maymui sifatida tasavvur qilinadi. Predmetli
harakatlar tashqi olamdagi predmetlar xususiyatlari va sifatini
o’zgartirishga qaratilgan bo’ladi.
Jismoniy va aqliy harakatlar .
Har qanday sharoitda ham barcha harakatlar ham ichki psixologik , ham
tashqi muvofiqlik, nuqtai nazaridan ong tomonidan boshqarilib boradi.
Aqliy harakatlar-shaxsning ongli tarzda , ichki psixologik mexanizmlar
vositasida amalga oshiriladigan turli-tuman harakatlardir.
Eksperimental tarzda shu narsa isbot qilinganki , bunday harakatlar doimo
motor harakatlarni ham o’z ichiga oladi. Bunday harakatlar quyidagi
ko’rinishlarda bo’lishi mumkin.
Perseptiv- ya’ni bular shunday harakatlarki, ularning oqibatida atrofdagi
predmetlar va hodisalar to’g’risida yaxlit obraz shakllanadi.
Mnemik faoliyat-narsa va hodisalarning mohiyati va mazmuniga aloqador
materialning eslab qolinishi, esga tushurilishi hamda esda saqlab turilishi
bilan bog’liq murakkab faoliyat turi;
Fikrlash faoliyati- aql, faxm-farosat vositasida turli xil muammolar, masalar
va jumboqlarni yechishga qaratilgan faoliyat;
Fikrlash faoliyati- aql, faxm-farosat vositasida turli xil muammolar, masalar
va jumboqlarni yechishga qaratilgan faoliyat;
Imajitiv- (“image”- obraz so’zidan olingan) faoliyati shundaki, u ijodiy
jarayonlarda hayol va fantaziya vositasida hozir bevosita ongda berilmagan
narsalarning xususiyatlarini anglash va hayolda tiklashni taqoza etadi.
Shaxsning jamiyatda odamlar orasidagi xulqi va o’zini tutishi sabablarini
o’rganish tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan narsa bo’lib, masalani
yoritishning ikki jihati farqlanadi: A) ichki sabablar , ya’ni xatti-harakatlar
egasining sub’ektiv psixologik xususiyatlari nazarda tutiladi


(motivlar,ehtiyojlar,maqsadlar,mo’ljallar,istaklar va hakozolar) .
Shaxsning jamiyatda odamlar orasidagi xulqi va o’zini tutishi sabablarini
o’rganish tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan narsa bo’lib, masalani
yoritishning ikki jihati farqlanadi: A) ichki sabablar , ya’ni xatti-harakatlar
egasining sub’ektiv psixologik xususiyatlari nazarda tutiladi
(motivlar,ehtiyojlar,maqsadlar,mo’ljallar,istaklar va hakozolar) .
B) tashqi sabablar- faoliyatning tashqi shart-sharoitlari va holatlari , ya’ni ,
bular ayni konkret holatlarni kelib chiqishga sabab bo’ladigan tashqi
stimullardir.
5.Ehtiyoj – bu tirik organizmlar faolligining boshlang'ich shakli. Tirik
organizmda davriy ravishda zo'riqishning ma'lum holatlari yuzaga keladi;
ular organizmning ma'lum hayotiy faoliyatini davom ettirishi uchun zarur
bo'lgan moddalarning ob'ektiv etishmovchiligi bilan bog'liq. Organizmda
normal faoliyat ko'rsatishi uchun zarur sharoitlarni tashkil etuvchi biror
narsaning ob'ektiv etishmovchiligi holatlari ehtiyojlar deb ataladi. Bunday
ehtiyojlar sirasiga ozuqaga, suvga, kislorodga bo'lgan ehtiyojlar va
boshqalar kiradi.
Insondagi, shuningdek, yuqori tuzilgan hayvonlarda tug'ma bo'lgan
ehtiyojlar haqida so'z yuritilganida, sodda biologik ehtiyojlarga yana
ikkitasini qo'shib qo'yish lozim. Bu, birinchidan, o'zi kabilar bilan, va birinchi
navbatda, yoshi katta individlar bilan aloqaga bo'lgan ehtiyojdir. Bolalarda
bu juda erta namoyon bo'ladi. Onaning tovushi, yuzi, qo'l harakatlari –
bolada paydo bo'ladigan ijobiy reaktsiyani keltirib chiqaruvchi birlamchi
seskantiruvchilar. Bu 1,5-2 oylik bolada kuzatiladigan «jonlantirish
majmuasi»dir.
Insondagi ijtimoiy aloqalar yoki muloqotga bo'lgan ehtiyoj etakchi
ehtiyojlardan biri bo'lib hisoblanadi. Faqat inson hayoti davomida u o'zining
shakllarini o'zgartiradi.
Bola hayotining dastlabki oylari va yillarida unga Mehribonlik qiluvchi
onaga va yaqinlarga bo'lgan ehtiyoj. Vaqt o'tishi bilan bu manzara o'zgara
boshlaydi, chunki avvalgi ehtiyoj tengdoshlar jamoasida hurmatga sazovor
bo'lishga intilish bilan almashinadi. Do'stga, maslakdosh insonga,
ruhlantiruvchi ustozga ehtiyoj ortadi. Keyinchalik esa hayotda o'z o'rnini
topish, ta'lim olish, jamiyat e'tirofini qozonishga va boshqalarga intilish
paydo bo'ladi.
Insonda tug'ma xususiyatga ega bo'lib, organik ehtiyojlarga taalluqli
bo'lmagan ikkinchi ehtiyoj - bu tashqi taassurotlarga ehtiyoj, yoki keng
ma'noda bilishga ehtiyoj hisoblanadi.
O'tkazilgan tadqiqotlarga ko'ra, yangi tug'ilgan chaqaloqlar hayotining
birinchi soatlaridan boshlab ko'rish, eshitish, tovush seskantiruvchilariga
javoban ta'sir ko'rsatibgina qolmasdan, ularni o'rganadilar ham. Xususan,
yangi seskantiruvchilarga nisbatan ularda jonliroq javob reaktsiyalari
paydo bo'ladi.
Ikki-uch oylik chaqaloqlarda bilishga ehtiyoj mavjudligini tasdiqlovchi


tajribalar o'tkazildi. Bolaga so'rg'ich berib, uni rezinali nay orqali televizorga
ulab qo'ydilar. Bunda so'rg'ich pnevmatik o'tkazgich vazifasini bajaradi.
Qurilmaning ishlash mexanizmi quyidagicha edi: agar bola so'rg'ichni so'rsa,
televizor ekrani yorishib, tasvir – yoki harakasiz rasm, yoki so'zlayotgan
ayol paydo bo'lardi. Agar bola so'rishdan to'xtagudek bo'lsa, ekran asta-
sekin o'chib qolardi. Bolaning qorni to'q bo'lishi kerak (bu tajribaning zarur
sharti), lekin bunday holatda bola so'rg'ichni istar-istamas so'radi. Shunday
qilib, tajriba davomida bir muncha vaqt o'tib, bola so'rish harakatlarining
ekrandagi tasvir bilan aloqasini payqab qolardi, shunda quyidagi voqea
sodir bo'lardi: u jadallik bilan, harakatlarini bir soniyaga ham to'xtatmay,
so'rg'ichni so'ra boshlardi! Bu natija ishonarli tarzda ikki oylik bolaning
faollik bilan tashqi olamdan axborot o'zlashtirishga qodirligidan dalolat
beradi. Bunday faollik bilish ehtiyoji ifodasining o'zidir.
Ko'rib o'tilgan bu ikki ehtiyojga nisbatan ikki muhim holatni qayd etib o'tish
mumkin. Birinchidan, munosabatlarga va bilishga bo'lgan ehtiyoj dastlabki
vaqtlarda bir-biri bilan uzviy tutashib ketgan bo'ladi. Bolaga yaqin bo'lgan
inson uning faqat munosabatlarga bo'lgan ehtiyojlarini qondirmasdan,
bolada hosil bo'ladigan turli taassurotlarning eng birinchi va asosiy
manbaidir. Ota-onaning faol harakatlari, gap-so'zlari, bolani boshqarishi,
o'yinlar uning bilish ehtiyojini "oziqlantiruvchi" taassurotlarning bosh
manbai bo'lib xizmat qiladi.
Shunday qilib, ehtiyojlar haqidagi umumiy qarashlar: ta'riflari, organik
ehtiyojlar bilan birgalikda inson uchun juda muhim bo'lgan ikki: ijtimoiy va
bilish ehtiyojlarining mavjudligi ko'rib chiqildi.
Endi ehtiyojlarning faoliyat bilan bo'ladigan aloqalariga murojaat qilamiz.
Bunda har bir ehtiyoj hayotidagi ikki bosqichni ajratish lozim. Birinchi
bosqich – ehtiyojni qondiruvchi jismni uchratishgacha bo'lgan davr; ikkinchi
bosqich – bu uchrashuvdan keyingi davr.
Birinchi bosqichda ehtiyoj sub'ektga taqdim etilmagan bo'ladi. U qandaydir
zo'riqish, qoniqmaslik holatini boshidan kechirishi, lekin bu holatning asl
sababini bilmasligi mumkin. Hulq-atvor tomonidan esa bunday holat
notinchlikda, turli jismlarni izlash, tanlashda ifodalanadi. Masalan, mashhur
bolalar shifokori B. Spok farzandlari ortiqcha vazndan aziyat chekayotgan
ota-onalarni ortiqcha ishtahalarining asl sababi haqida chuqur fikr
yuritishga chaqiradi. Uning fikricha, ota-onalarning e'tibori va mehribonligi
etishmaganida bolalar o'zlarini shunday tutadilar. Bunday bolalar
qoniqmaslik holatini boshidan kechirib, uni aniqlashtira olmaydilar va
ovqatga ruju qo'yadilar!
Izlash faoliyati davomida, odatda, ehtiyojning jism bilan uchrashuvi sodir
bo'ladi va shu bilan ehtiyoj "hayotidagi" birinchi bosqich o'z nihoyasiga etadi.
Ehtiyoj tomonidan o'z jismini "bilib olish" jarayoni ehtiyojning jismga ega
bo'lishi nomini olgan. O'zining sodda shakllarida u "imprinting mexanizmi",
ya'ni, yodda qolish sifatida ma'lum. Imprintingga misol – yangi tuxumdan
chiqqan g'ozda yonidan o'tib ketayotgan jismning iziga tushish
reaktsiyasining uyg'onishi: u har bir harakatlanayotgan jismning, u jonsiz


bo'lsa ham, ortidan keta boshlaydi. Xuddi onasi ortidan yurganday (K.
Lorents tajribalari).
Jismga ega bo'lish jarayonida ehtiyojning ikki asosiy xususiyati namoyon
bo'ladi. Birinchisi, ushbu ehtiyojni qondira olish xususiyatiga ega bo'lgan
jismlarning dastlabki juda keng tarkibiy qismidan, ikkinchisi – ehtiyojni
birinchi bo'lib qondirgan jismda tezda qayd etishdan iborat.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling